20.06.2016

«Manchester Yunayted» va Hollandiya terma jamoasi himoyachisi Deyli Blind faoliyatini Londonning «Arsenal» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning Sunday People nashri xabar tarqatgan.

Manbada aytilishicha, Arsen Venger jamoasiga Blindni olib kelishni niyat qilgan. Futbolchining transfer narxi haqida hech nima deyilmagan. Ta’kidlash joizki, «Arsenal» himoyachisi Ektor Belyaringa Ispaniyaning «Barselona» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu sabab londonliklar yangi qanot himoyachisi izlab qolishgani bejiz emas.

Blind aslida qanot himoyachisi hisoblanadi, lekin o‘tgan mavsumda u «Yunayted»ning markaziy himoya chizig‘ida harakat qildi.

Муҳокама

20.06.2016

«Manchester Yunayted» murabbiylaridan biri Rayan Giggz yaqin vaqt ichida chempionship vakili «Nottinhem Forest» jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.

Manchester Evening News ma’lumotiga ko‘ra, bukmekerlar ushbu 42 yoshli uelslik murabbiyning chempionship jamoasi rahbarligiga tayinlanishi imkoniyatlarini 33/1 dan ½ gacha ko‘tarishgan.

Bundan oldinroq, «MYu»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoga yordamchi murabbiy sifatida uning ko‘p yillik hamkori Ruy Fariya tayinlanishi haqida xabar chiqqandi.

O‘tgan mavsumda «Forest» chempionshipda 16-o‘rinni egalladi.

«MYu» rahbariyati esa o‘tgan yili Lui van Gaalga yordamchilik qilgan Giggz jamoada qolishi va yoshlar bilan ishlab ularning asosiy jamoaga o‘tishiga yordam berishini istamoqda.

Муҳокама

20.06.2016

Hurmatli MANCHESTER YUNAYTED jamoasi muhlislari!

Jurnalistik va tarjimonlik qobiliyati bor bo‘lgan jamoa muhlislarini hamkorlikka chaqiramiz.

Siz jurnalistlikka dastlabki qadamni bizning www.manutd.uz sayt orqali tashlashingiz mumkin.

Biz sizga yordam beramiz!

Qo‘yiladigan talablar:

1) Futbolni yaxshi tushunadigan;

2) Rus yoki ingliz tilidagi maqola va materiallarni imlo qoidalariga amal qilgan holda o‘zbek tiliga tarjima qila olish;

3) Ma’lum belgilangan reja asosida ish olib borish qobiliyatiga ega;

4) Futbol o‘yinlarini tahlil qilish;

4) Maqola tayyorlashda o‘ziga xos uslub joriy qila olish;

Hurmat bilan, www.manutd.uz sayt ma’muriyati

Aloqa: info@manutd.uz

Telegram: +99893 385 5353

Муҳокама

17.06.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Real» himoyachisi Rafael Varanni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Manchester Evening News xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Mourino yangi jamoasining markaziy himoyachilaridan qoniqmayapti. Klub Leonardo Bonuchchi, Jon Stouns va Aymarik Laportlardan birini qo‘lga kiritish niyatida. Lekin bu futbolchilarning klublari ularni qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sabab Mourino sobiq shogirdi Varanni jamoasiga olib kelmoqchi.

Varan «Real» asosiy tarkibi uchun kurashda Pepega imkoniyatni boy berdi va ancha vaqtdan buyon zaxirada o‘tirib qolgan. Zidan unga yangi shartnoma taklif qilgan, lekin Varan jamoada qolmoqchi emas. Shu sabab uning «MYu»ga o‘tishi haqiqatga yaqin.

Муҳокама

16.06.2016

Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi 2016 yilgi Yevropa chempionati doirasida Uelsga qarshi 16 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan oldin o‘z jamoasi bu uchrashuvda Garet Beylga alohida e’tibor qaratmasligi, jamoaning barcha futbolchilar uchun taktika qo‘llanishi haqida aytib o‘tdi.

«Bu qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. Biz 3 ochko qo‘lga kiritish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz. Beylning gaplariga kelsak, bu o‘yin Angliyaning Beylga qarshi o‘yini emas — bu  Angliyaning Uelsga qarshi o‘yinidir», — deyiladi uning tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Beyl nashrlardan biriga bergan intervyusida Angliya terma jamoasining bironta futbolchisi Uels terma jamoasidan o‘rin ola olmasligi haqida gapirgandi.

B guruhidagi ilk turda inglizlar Rossiya terma jamoasi bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etgandi. Uelsliklar esa slovaklarni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

Муҳокама

15.06.2016

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan faoliyatini «Manchechster Yunayted»da davom ettirishni istamoqda. Bu haqida uning agenti Mino Rayola xabar bergan. Eslatib o‘tamiz, Mxitaryan bir yildan so‘ng erkin agent maqomida «Borussiya»dan ketishi mumkin.

«Bir necha oy muqaddam «Borussiya» rahbariyati Mikiga yozda ketishi mumkinligini va’da bergan edi. Ammo aftidan ular o‘z muxlislaridan qo‘rqib ketdilar va shartnoma oxiriga qadar o‘ynashi haqida gapira boshladilar. Bu esa juda yomon qaror.

Nima sababdan «Borussiya» Xummelsni ashaddiy raqibiga («Bavariya»ga) berib qo‘ydi va shu bilan birgalikda Mikini ushlab qolishga intilmoqda. Bunday ishlamaslik kerak!

Miki «MYu»ga o‘tishni istamoqda. Bu uning uchun ajoyib imkoniyat», - deydi Rayola.

Eslatib o‘tamiz, Mxitaryanga «Arsenal» va «Chelsi»dan ham qiziqish bor. «Borussiya» futbolchi uchun 25 million funt talab qilgani aytilgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Manchester derbisi 10 sentyabrda

15.06.2016

Angliya Premer-ligasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra «Manchester derbisi» o‘tkaziladigan sana ma’lum bo‘ldi.

«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari Angliya chempionatining 4-turida o‘zaro to‘qnash keladilar. Ushbu uchrashuv «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, ushbu to‘qnashuv «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino va «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola ishtirokidagi ilk derbi bahsi bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu murabbiylar oxirgi marta 2013 yilning 30 avgustida UEFA Superkubogi doirasida to‘qnash kelgan edilar. O‘shanda Gvardiola boshchilik qilgan «Bavariya» Joze Mourinoning «Chelsi»sini penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lub etgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mourino va Gvardiola Ispaniya chempionatida faoliyat yuritgan vaqtda «Real» va «Barselona» boshqaruvida «klasiko» bahslaridagi to‘qnashuvlari bilan tanilgan edilar.

Муҳокама

14.06.2016

Hujumchi Zlatan Ibrohimovich Shvesiya termasining Yevropa chempionatidagi ishtirokini yakunlagach, «Manchester Yunayted»ga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun keladi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar taprqatgan.

Manbada aytilishicha, futbolchi va ingliz klubi bir yilik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib olgan. Aslida, transferni Yevropa chempionatigacha rasmiylashtirishni mo‘ljallagan bo‘lsalar-da, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun vaqt yetmay qolgan edi.

Муҳокама

13.06.2016

Shvesiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Rio-2016 olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni istamoqda. Shu bois uning «Manchester Yunayted» safiga qo‘shilish jarayoni barbod bo‘lish xavfi ostida qolmoqda.

Olimpiadaning futbol musobaqasi 4-20 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Zlatan ushbu musobaqada ishtirok etadigan bo‘lsa, u «MYu»ning mavsumoldi yig‘inida qatnasha olmaydi. Bundan tashqari, olimpiada tufayli shvesiyalik futbolchi jamoaning Xitoyda o‘tadigan tijorat turniri va Angliya premer-ligasining 1-tur bahsida (13 avgust) ishtirok eta olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning futbol musobaqasida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar va undan katta bo‘lgan 3 nafar o‘yinchi ishtirok etishi mumkin. Shvesiya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xakan Erikson Ibrahimovichni Rio-2016ga olib ketmoqchi.

Муҳокама

12.06.2016

«Manchester Yunayted» «Lester Siti»ning fransiyalik tayanch yarim himoyachisi Kante uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Mirror nashri xabar tarqatdi. 

Joze Mourino uni klubni kuchaytira olishi mumkin bo‘lgan futbolchi deya hisoblamoqda. 

Bundan avvalroq Kantega APLning boshqa grandlari «Arsenal» va «Chelsi», shuningdek Fransiya grandi «PSJ» tomonidan qiziqishlar borligi haqida xabarlar berilgandi. 

Bu jamoalarning har biri N'Goloning «Lester Siti» bilan shartnomasida ko‘rsatilgan 25 mln yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashga tayyor.

Kante Angliya premer-ligasining yakunlangan mavsumida 37ta o‘yinda maydonga tushdi. Shundan 33tasida ilk daqiqalardan boshlab harakat qilgan. Statistikaga ko‘ra, u to‘plarni olib qo‘yish va egallab olishda chempionatda eng yaxshi natija ko‘rsatgan.

Муҳокама