12.06.2016

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati «PSJ» jamoasi yarim himoyachisi Marko Verrattiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda.

Corriere dello Sport nashrining ma’lumotiga ko‘ra, «MYu» shu yozda italiyalik futbolchini sotib olmoqchi va buning uchun 100 million yevro sarflashga, o‘yinchining o‘ziga esa yiliga 8,5 million yevro shartnoma taklif qilishga tayyor.

23 yoshli Verattining «PSJ» bilan amaldagi bitimi 2020 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

May oyi o‘rtalarida Verratti jarohati yuzasidan operatsiya stoliga yotgandi va shu tufayli Yevro-2016 musobaqasiga o‘tkazib yuborishga majbur.

Муҳокама

12.06.2016

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Xerard Pike turli jamoalarda yosh futbolchilarga ko‘rsatiladigan munosabatlarni taqqosladi.

«Ispaniya terma jamoasiga yosh futbolchilarning qo‘shilib ketishi juda oson bo‘lmoqda. Hozir avvalgidan ancha yaxshiroq. Qachonki men 17 yoshdaligimda «Manchester Yunayted»ning asosiy tarkibiga kirishga uringanman, bu juda ham qiyin bo‘lgandi. «MYu»ning asosiy tarkib futbolchilari juda yomon tutishgan, xuddi hayvonlarcha.

Hozirgi kunda sen hazil qilishga hadding sig‘sa, darhol jazolanasan. Men bir safar Deulofeu jamoaga endi kelgan vaqtida, u tushlik mahali o‘tirmoqchi bo‘lgan stulni tortib qo‘ygandim va Xerard yiqilib tushgandi. Menga o‘shanda xayfsan e’lon qilishgan.

«Manchester Yunayted»da esa bunday voqealar deyarli har kuni ro‘y berardi», – deya Pikening so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Pike «Manchester Yunayted» safida 2004 yildan 2008 yilgacha bo‘lga va mankunianliklar jamoasi safida jami 12 uchrashuvda maydonga tushgan, keyin «Barselona»ga transfer qilingan.

Муҳокама

11.06.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi, Brand Finance konsalting kompaniyasi tadqiqotiga ko‘ra, futbol olamidagi eng qimmat brend deb topildi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Klub uch yildan buyon yirik g‘alabalarga erisha olmayotganiga qaramay, «MYu» brendining bahosi 1,17 milliard dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan yilgi ko‘rsatkich 1,2 milliard dollardan oshgan edi. Shu tariqa, bu yillik tushish taxminan 3 foizni tashkil etdi.

Umuman olganda, Brand Finance reytingining kuchli o‘ntaligi 2015 yilga nisbatan o‘zgarmadi: «MYu»dan keyingi pog‘onalarni «Bavariya» va «Real» egalladi. Top-10 ga, shuningdek, «Manchester Siti», «Chelsi», «Barselona», «Arsenal», «Liverpul» va «Pari Sen-Jermen» kirdi.

Joriy yilda Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan «Lester» eng tez o‘sayotgan brend deb topildi. U bir yilda 132 foizga o‘sib (237 million dollar), 42-o‘rindan 16-o‘ringa ko‘tarildi.

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea jamoada qolishi aytildi

11.06.2016

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea Ispaniya matbuotida futbolchining jinsiy mojaroga aloqadorligi haqidagi gaplarning tarqalgani sababli Manchesterga qaytarib yuborilishi ma’lum qilingandi. Bu haqda 10 iyunda Independent nashri xabar berdi. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» darvozaboni Yevropa chempionatida ishtirok etmaydigan bo‘lgan. Ispaniyaning asosiy tarkibida uning o‘rnini Iker Kasilyas egallashi aytilgandi.

Avvalroq El Dario nashri 2012 yilda De Xea bir qizni Ispaniya yoshlar terma jamoasidagi sheriklari bilan jinsiy aloqaga kirishga majburlaganini ma’lum qildi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabonning o‘zi qiz bilan jinsiy aloqaga kirmagan.

Biroq Ispaniya terma jamoasi vakillari bu axborotni inkor qilishdi va darvozabon Chexiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishini aytishdi.

Futbolchining advokati bilan maslahatlashuvdan keyin, De Xea rejalashtirilgan matbuot-anjumanida ishtirok etmasligiga qaror qilindi. Matbuot-anjumanida jurnalistlarning savollariga futbolchilar Ektor Belerin va Aris Aduris javob beradilar.

De Xea 2011 yildan beri «MYu»da o‘ynaydi. 25 yoshli darvozabon 2013/14, 2014/15 va 2015/16 yillardagi mavsumlarda «MYu»ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

Ispaniya terma jamoasi Yevro-2016’ning guruh bosqichida Chexiya (13 iyun), Turkiya (17 iyun) va Xorvatiya (21 iyun) bilan o‘ynaydi.

Ispaniya amaldagi Yevropa chempioni hisoblanadi.

Муҳокама

11.06.2016

Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi Yevro-2016 guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi uchrashuv oldidan fikrlari bilan bo‘lishdi. 

«Jamoa yaxshi tayyorlandi, o‘yinchilar ko‘tarinki kayfiyatda, biz Rossiya bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Tayyorgarlik mukammal bo‘ldi. Bizda jarohatlanganlar yo‘q, bu juda muhimdir. Faol, jadal ravishda o‘ynash kerak.

Bu bizning birinchi uchrashuvimiz, juda e’tiborli bo‘lish lozim. Ikki yil avval biz muvaffaqiyatsiz ishtirok etgandik, endi bo‘lsa, biz birinchi uchrashuv juda muhimligini bilamiz. Biz maydonga chiqib, 100 foiz kuch bilan o‘ynaymiz.

Terma jamoalar o‘yinini klublarniki bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Bu biz uchun jamoaning yoshi sababli katta chaqiriqdir, biroq fikrimcha, yigitlar Yevropa chempionatida zarur tajribaga ega bo‘ladilar «, deb aytdi Runi.

Муҳокама

11.06.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiylari Aleks Fergyuson va Devid Moyes 2016 yilgi Yevropa chempionatida UEFAning texnik kuzatuvchilari qatoriga kiritildilar. Bu haqda UEFA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hammasi bo‘lib texnik kuzatuvchilar tarkibiga 13 nafar sobiq futbolchi va murabbiy kiritildi, ular orasida nemis Tomas Shaaf, serb Savo Miloshevich, ingliz Garet Sautgeyt, fransuz Alen Jiress bor. Ular har bir uchrashuv natijasiga ko‘ra uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashadi. Shuningdek, ular musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi, eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomini aytishadi va ramziy terma jamoasini aniqlashadi. 

Fergyuson «Manchester Yunayted»ga 1986 yildan 2013 yilgacha murabbiylik qilgan. U bu davr ichida 13 marta Angliya chempioni, 5 marta Angliya kubogi sohibi bo‘lgan, 2 marta Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritgan. 1999 yilda bir mavsumning o‘zida Angliya chempioni, Angliya kubogi va Chempionlar Ligasi g‘olibi unvonlarini qo‘lga kiritgach, ritsar darajasiga ko‘tarilgan.

Fergyusonning o‘rnini egallagan Moyes 2013/14 yillardagi mavsum yakunlanishiga bir necha tur qolganda qoniqarsiz natijalar uchun iste’foga chiqarilgandi. U shundan keyin Ispaniyaning «Real Sosedad» klubida faoliyatini davom ettirgan.

Муҳокама

10.06.2016

«Manchester Yunayted» Pol Pogbani «Yuventus»dan qaytarish uchun jiddiy harakat qilmoqda.

ESPN nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar jamoasi «Yuve» rahbariyati va futbolchining agenti Mino Rayola bilan uchrashgan. Bu vaqtda esa fransiyalik bu yosh futbolchi «Real» tomonidan bildirilayotgan qiziqishni ham hisobga olgan holda voqealar rivojini kuzatishda davom etmoqda.

«Real» Pogba uchun 120 mln yevrolik taklif tayyorlamoqda.

Futbolchining transfer qiymati 65 million funtdan ortiqni tashqil qiladi. «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino Pogbani o‘zi tuzajak yangi jamoada ko‘rishni istamoqda va u bilan jamoaning markazini mustahkamlamoqchi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis Pogba Turinda qoladigan yoki madridliklar safiga o‘tadigan bo‘lsa, «Chelsi»dan Nemanya Matichni xarid qilishni mo‘ljallagan.

Муҳокама

09.06.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino Erik Bayining transferi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Erik – katta iqtidorga ega bo‘lgan yosh markaziy himoyachi. Shu paytgacha u yaxshi rivojlanib keldi. Undagi salohiyat futbolchining eng yaxshilardan biriga aylanishiga imkon beradi. 

Bayi bilan birgalikda ishlashni intizorlik bilan kutyapman. Uning iqtidorini oshirishni va futbolchining salohiyatini ro‘yobga chiqarishda yordam berishni istayman. Futbolchi rivojlanishi uchun to‘g‘ri klubni tanladi», – deydi portugaliyalik murabbiy.

Муҳокама

09.06.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionatida «MYu»dan boshqa jamoada o‘ynay olmasligini tan oldi va jamoasiga sadoqatini izhor qildi.

«Men bu jamoada baxtiyorman va sizlarni ishontirib aytishim mumkinki, men Angliya premer-ligasida «Manchester Yunayted»dan boshqa jamoada o‘ynamayman», — deya Runining so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Runi 2004 yili «Manchester Yunayted»ga «Everton» safidan 37 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Uning «MYu» bilan shartnomasi 2019 yil yoziga qadar tuzilgan. Yakunlangan mavsumda Runi «qizil iblislar» safida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol urgan va 6 marta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Муҳокама

09.06.2016

«Yuventus» jamoasining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaning onasi Yeo Moriba o‘g‘lining «Manchester Yunayted»da o‘tgan davri haqida gapirib o‘tdi.

Yarim himoyachining onasi ta’kidlashicha, Fergyuson doimiy ravishda Pogbaga bosim uyushtirib kelgan va uning jamoadan ketishi ham Fergyussonning qarori bo‘lgan. Bundan tashqari, Yeo Maribaning ma’lum qilishicha, o‘g‘li MYudan ketar ekan, ko‘zdan oqayotgan yoshlarni to‘xtata olmagan.

«Biz u uyimizga kelayotganini ko‘rib ko‘zlarimizga ishonmadik. U yolg‘iz edi. Biz barchamiz bir joyga yig‘ildik, Polning akalari ham bor edi. Murabbiyning kelishidan maqsad shartnomani uzaytirmaslik edi. Aleks Fergyuson Polni tarkibga qo‘shmadi, o‘g‘lim o‘zini doim yolg‘iz his etardi», – dedi Pol Pogbaning onasi.

Ayni damda Pol Pogba Fransiya terma jamoasining yetakchi futbolchisi hisoblanadi.

Муҳокама