Joze Mourino yetakchi tahlilchilarni «chuv tushirdi»
08.06.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Buyuk Britaniyadagi Top Eleven telekanalining «Futbol kundaligi» tok-shousida yetakchi tahlilchilarni «chuv tushirdi».
Portugaliyalik mutaxassis teleshouda ishtirok etib, yashirin xonada o‘tirgan holda, boshqalarga bildirmasdan maxsus vosita orqali farrosh ayolga yordam berib turdi.
Videoda jurnalistlar oldindagi Yevropa chempionatida qaysi jamoa yoki qaysi futbolchi yaqqol ajralib turishi haqida fikr almashishadi.
Farrosh ayol esa studiyada o‘tirgan mutaxassislarning futbol haqidagi bahsiga «tasodifan aralashib», o‘zining aniq va teran fikrlari, futbol haqidagi bilimi bilan yig‘ilganlarni hayratga soladi.
Masalan, boshlovchi ekspertlardan chempionatda qaysi futbolchi porlashini haqidagi fikrini so‘raydi. Ulardan biri Koke, Kevin de Bryuyne va Antuan Grizmanning nomini keltiradi. Ikkinchi mutaxassis esa Antoni Marsiyalni eslatadi.
Turnir favoriti haqidagi so‘rovga esa ekspertlardan biri Germaniya yaqqol ajralib turganini aytgan, boshqa biri esa Fransiya nomini keltiradi.
Shu vaqtda esa farrosh suhbatga qo‘shiladi va baralla ovoz bilan «Avstriya» deydi. U quloqchin orqali diktovka qilib turgan Mourinoning gaplarini takrorlay boshlaydi va Avstriya terma jamoasining imkoniyatlari haqida so‘zlaydi (saralash bosqichidagi 9ta g‘alaba, tarkibdagi futbolchilar nomlari).
Kim turnirda «qora toychoq» rolini bajarishi haqidagi savolga esa Angliya va Uels nomlarini sanashadi. Farrosh xonim tomonidan esa «Polsha» so‘zi yangraydi. U polshaliklar saralash bosqichida ikki marta Germaniya terma jamoasini yenggani, ularning tarkibidagi Levandovskining imkoniyatlari haqida gapiradi.
Ko‘rsatuv yakunida Mourino yashirin xonadan chiqadi, shundagina ishtirokchilar aslida gap nimadaligini anglashadi va bu hazilni kulgi bilan qabul qilishadi.
Erik Bayi «Yunayted» jamoasi a'zosi
08.06.2016

«Vilyarreal» jamoasi himoyachisi Erik Bayi «Manchester Yunayted» jamoasi tomonidan transfer qilindi.
Ushbu ivuarlik 22 yoshli futbolchi uchun manchesterliklar rahbariyati 30 mln yevro to‘lagan va u bilan 4 yillik shartnoma tuzgan.
Keyingi mavsumda bu shartnoma muddati yana 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Qayd etish kerakki, bu Joze Mourino jamoa boshqaruviga kelganidan keyin amalga oshirilgan ilk transfer bo‘ldi.
«Vilyarreal» o‘tgan yili Bayini «Espanol»dan 5,2 million yevro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.
Garet Beyl uchun 120 milion evro
08.06.2016

El Confidencial nashirining xabar berishicha «Manchester Yunayted» Garet Beyl transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.
Ingiliz klubi allaqochon 120 millonlik taklif tayyorlab qo‘ygan. Florentino Peres Beylning katta muxlisi va uni Ronalduni o‘rinbosari sifatida qaramoqda, agar Beyl «Real» tark etishni xoxlasa o‘ylab ko‘rihsiga to‘g‘ri keladi. Barchasi Beylni istagiga bog‘liq.
Agar Beyl qolishni istasa, transferni ilojisi bo‘lmaydi.
08.06.2016

«Manchester Yunayted»ning amaldagi yangi murabbiyi Joze Mourino ushbu yozgi transferlarda jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatini allaqachon aniqlab bo‘ldi - deya xabar qiladi El Confidencial.
Xabar qilinishicha, yozda 13 futbolchi «Old Trafford»ni tark etadi. Ular Xuan Mata, Bastian Shvaynshtayger, Memfis Depay, Andre Errera, Maruan Fellaini, Antonio Valensiya, Lyuk Shou, Matteo Darmian va yana 4 futbolchining ismi hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourino «Manchester Yunayted»ni shu yil 27 may kuni jamoani boshqarib kelgan gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaaldan keyin qabul qilgandi. «Qizil iblislar» ushbu mavsum 66 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 5-pog‘onasidan joy oldi.
07.06.2016

«Manchester Yunayted» yangi bosh murabbiyi Joze Mourino mankunianliklar safidagi faoliyatining dastlabki kunlarida borasidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Manchester Yunayted»da o‘z ishimni boshlaganimdan benihoya ham xursandman. Hozirda ish mening to‘liq vaqtimni band etyapti. Klubning bir bo‘lagi bo‘lishni istayman va bo‘laman ham. Men o‘z uyim — «Old Trafford»da futboldan maroqlanishni istayman», — deydi Mourino.
Bir hafta ilgari Mourino ilk marta «Manchester Yunayted»ning Karringtondagi bazasiga tashrif buyurdi. 53 yoshli mutaxassisning klub bilan shartnomasi 3 yilga tuzilgan. U yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Smolling o‘z o‘yinchog‘i bilan tashrif buyurdi
07.06.2016

Angliya terma jamoasi safida Fransiyaga yetib kelgan «MYu» futbolchisi, 26 yoshli Kris Smolling o‘zi bilan safarga o‘yinchoq sherni olib keldi. Terma jamoa a’zolari aeroportda tushgan suratda ham, futbolchilar avtobusdan tushib mehmonxonaga kirishi vaqtida ham Smollingning ryukzagi ustida yirikkina o‘yinchoq sherni ko‘rish mumkin.
Angliya terma jamoasi Shantayi shahridagi mehmonxonaga joylashgan. Shahar meri Erik Vert tashabbusi bilan angliyaliklarni Auberge du Jeu de Paume mehmonxonasida kutib olish marosimi tashkillashtirilgan. Terma jamoani mehmonxona hovlisida otliq ayollar qurshovidagi orkestr kutib olgan.
Mer Angliya delegatsiyasining har bir a’zosi bilan qo‘l siqishib ko‘rishgan.
Seshanba kuni Angliya terma jamoasi dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Unda 400 muxlis ishtirok etishi kutilmoqda.
Shantayi shahri Parijdan 40 km shimolda joylashgan. Shaharning diqqatga sazovor joylaridan biri qoyalar orasida qurilgan qadimiy qasr hisoblanadi. Qal’ani chor tarafdan suv qurshagan. Shantayi shahri aholisi 11 ming kishi.
Angliya terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Uels, Rossiya va Slovakiya terma jamoalariga qarshi bahslar olib boradi. Birinchi o‘yin 11 iyun kuni Rossiyaga qarshi Marsel shahrida kechadi.
Shvaynshtayger: U eng yaxshi murabbiylardan biri
06.06.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger jamoaga Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlanganiga munosabat bildirdi.
«O‘ylashimcha, Mourinoni qo‘lga kiritib, jamoamiz yaxshi ish qildi. U Yevropadagi eng yaxshi murabbiylardan biri, agar eng yaxshisi bo‘lmasa. Biroq «Manchester Yunayted» mavzusiga keyinroq qaytamiz», — dedi germaniyalik futbolchi.
«Jamoaning barcha a’zolari shunday murabbiy bizda ishlashidan xursand. Biroq hozir futbolchilar «Manchester Yunayted» emas, balki Yevro haqida ko‘proq o‘ylamoqda», — dedi Bastian Shvaynshtayger.
Ibrahimovich: Bu bomba xabar bo‘ladi
06.06.2016

«PSJ»ni erkin agent sifatida tark etayotgan Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘zining yangi jamoasi haqida qachon e’lon qilishini bildirdi.
«Men 7 iyun kuni muhim bayonot bilan chiqaman. Bu yozning eng katta voqealaridan birini kuting. Bu bomba xabar bo‘ladi», – degan Ibrahimovich.
Bundan oldinroq, 34 yoshli bu futbolchi «Manchester Yunayted» bilan 1 yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani, uning yangi jamoasida oladigan yillik maoshi miqdori 17 mln yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.
Ibrahimovich «MYu» bilan shartnoma imzoladi
06.06.2016

Gazzetta dello Sport, beIN Sports va CNN muxbiri hisoblanadigan Tankredi Palmerining xabar berishicha, shvetsiyalik futbolchi Zlatan Ibrahimovich «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bu shartnoma 1 yilga mo‘ljallangan va unda shartnomani avtomatik uzaytirish bo‘yicha band yo‘q.
O‘z navbatida klubda hamkorlikni ikkinchi yilga ham uzaytirish bo‘yicha taklif berishi mumkinligi aytilgan.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, Ibrahimovich yangi jamoasida 1 yilda 17 mln yevro miqdorida maosh oladi.
Bundan oldinroq, ushbu futbolchi yangi jamoasi haqida 7 iyun kuni e’lon qilishini bildirgandi.
Mourinodan dastlabki g‘alaba
06.06.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino boshchiligidagi Angliya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Klaudio Raneri boshqarayotgan Jahon terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda «MYu» matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Liverpul» klubining sobiq himoyachisi Mark Rayt 51-daqiqada hisobni ochdi. Oradan biroz o‘tgach, jahon terma jamoasida o‘ynayotgan Dimitar Berbatov ketma-ket 2 gol urdi. Biroq o‘yin yakunida Jermeyn Defo ham 2 gol urib, o‘z jamoasiga g‘alaba keltirdi.
O‘yinda Devid Simen, Sol Kempbell, Jeymi Karrager, Dida, Kafu, Edgar Davids, Ronaldino va boshqa futbolchilar maydonga tushishdi. YuNISEF hamkorligida, «Old Trafford»da o‘tgan bu o‘yindan so‘ng, tashkilotchilar bir necha million funt mablag‘ni to‘play olishdi. Bu pullar xayriya maqsadlari uchun sarflanadigan bo‘ldi.
Qayd qilish joizki, portugaliyalik murabbiy 2014 yilda o‘tkazilgan bunday o‘yinda Jahon terma jamoasini boshqargan va g‘alaba qozongan edi.
England 3
Wright 51, Defoe 65, 77
Rest of the World 2
Berbatov 54, 59
England: Seaman (Theakston 46), Bishop (McGuinness 56) (Tomlinson 83), Campbell (Murphy 46), Carragher, Wright (Williams 83), Shephard, Neville (Whitehall 46), Wilkes, Humes (Dyer 46), Murs (Lewis 66), Fowler (Defoe 46).
Sent off: Shephard
Rest of the World: Dida (Kielty 46), Morrison (Haywood-Williams 73), Cafu (Thomas 46), Stam (Cannavaro 37), Sheen (Fletcher 25), Evans (McCoy 77), Byrne (Rheon 81), Davids, Pizzorno (Berbatov 46), Ward (Horan 76), Ronaldinho.
Booked: Cannavaro