05.06.2016

Shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich yaqin orada Angliyaning «Manchester Yunayted» o‘yinchisiga aylanadi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining agenti Mino Rayola mankunianliklar bilan shvedning maoshi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ibrahimovich haftasiga 220 ming funt sterling (320 ming dollar) maosh talab qilgan va klub bu shartga ko‘ngan.

Endi Ibrahimovichning yangi klubga o‘tish taqdiri futbolchining «MYu»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan suhbatiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lum qilinishicha, futbolchini zaxira o‘yinchisi roli qoniqtirmaydi va «Old Trafford»ga agar unga asosiy tarkibdan joy kafolatlansagina o‘tadi.

Ibrahimovichning oxirgi to‘p surgan klubi Parijning «PSJ» klubi bo‘ldi. U klubga 2012 yilda o‘tib, klub uchun 178 ta o‘yinda maydonga tushib, 152 ta to‘p muallifiga aylangan. Shvesiyalik hujumchi jamoaning to‘plar soni bo‘yicha rekordchisiga aylandi.

Joriy mavsumda futbolchi 46 ta o‘yinda 48 ta gol kiritdi. «PSJ» esa 13 martdayoq muddatidan avval Fransiya chempioni bo‘ldi, 24 aprelda fransuz ligasi kubogini, 21 mayda esa Fransiya kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Муҳокама

05.06.2016

So‘nggi uch hafta ichida «Manchester Yunayted» klubi «Barselona» hujumchisi Lionel Messining transferi borasida 2 marta murojaat qilgan deb xabar beradi Daily Mail.

Agar Mourino boshchiligidagi «MYu» 2016/17 yilgi mavsum yakunida YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, 28 yoshli argentinalik futbolchi mankunianlar tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.

Messining o‘zi bu mish-mishlarni rad qilmoqda. Ammo u soliqlar borasidagi doimiy mojarolardan va sudlardan charchaganligi sababli, klubini o‘zgartirish ehtimoli yo‘q emas.

Messi «Barselona» safida 2003 yildan buyon o‘ynamoqda. U kataloniyalik klub tarkibida 531 o‘yinda maydonga tushib, jami 453 gol urgan.

Муҳокама

03.06.2016

«Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi davom ettirishi mumkin, deya xabar tarqatdi The Sun nashri.

Futbolchining transfer narxi 60 mln funt sterlingni tashkil etishi mumkin. Shu tariqa, mazkur transfer APL tarixidagi rekord darajadagi transferga aylanishi mumkin. Hozirgacha eng qimmatbaho transfer Anxel Di Mariyaga tegishli bo‘lib, u «Real»dan «Manchester Yunayted»ga 59,7 mln funt evaziga o‘tgan.

Pogbaning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda yakuniga yetadi. «Byankoneri» rahbariyati 23 yoshli futbolchiga shartnomani 2020 yilgacha uzaytirishni taklif qilmoqda. Bu orqali uning yillik maoshi 4,5 million yevrodan 6 million yevroga ko‘tariladi.

Avvalroq Pogba Barselona shahrida uy sotib olgani va «ko‘k-anorranglilar» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi.

Pol Pogba 2012 yilda «Manchester Yunayted»dan «Yuventus»ga o‘tgandi. Fransiyalik futbolchi mankunianliklar safida 2009 yildan boshlab faoliyat yuritib kelgan.

Муҳокама

03.06.2016

«Barselona» klubi «Manchester Yunayted» himoyachisi Deyli Blindga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, «qizil iblislar»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino gollandiyalik futbolchini asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi emas. Kataloniyaliklar esa Daniel Alves va Xaver Maskerano jamoani tark etishi mumkinligini inobatga olib, himoyani kuchaytirishni o‘ylashmoqda.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Blindning universalligiga e’tibor qaratishmoqda. U markaziy himoya, chap qanot himoyasi va yarim himoyasida birdek o‘ynay olmadi. Shuningdek, futbolchi olis masofalarga aniq uzatma berish orqali, jamoaning hujumlarini boshlay oladi.

Муҳокама

03.06.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino kelayotgan mavsumda «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan kechishi kutilayotgan raqobat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Tajribamdan kelib chiqsak, bunga befarq bo‘la olmayman. Biz Gvardiola bilan ikki yil davomida La ligada raqobatlashdik. Ispaniyada ikkimiz ham bir martadan chempion bo‘lgandik.

Lekin biz Angliyada o‘zaro raqobatlashish bilan band bo‘lsak, «MYu» va «Siti» qarama-qarshiligiga e’tibor qaratsak, chempionlikni boshqa murabbiy ilib ketadi.

APL darajasi yangi futbolchilar va murabbiylar kelgach, yanada o‘sdi. Keyingi 4 mavsumda 4ta chempionni ko‘rdik. Bu esa ligadagi raqobatbardosh jamoalar soni juda ko‘pligi isbotidir.

Bu vaqtda esa boshqa ligalarda grandlar o‘z hukmronligini o‘rnatgan», deydi Mourino.

Муҳокама

03.06.2016

«Manchester Yunayted» ishqibozlari hujumchi Antoni Marsyalni may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

20 yoshli hujumchi muxlislarning 49 foiz ovozini to‘plab, Ueyn Runi (36 foiz) va Antonio Valensiya (15 foiz)ni ortda qoldirdi. So‘rovnomada 100 mingdan ortiq muxlis qatnashgan.

Fransiya terma jamoasi o‘yinchisi «MYu» tarkibida ikkinchi marta muxlislar tomonidan oy o‘yinchisi deb topilmoqda. Birinchi marta u 2015 yil dekabrida mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

May oyida Marsyal 4 uchrashuvda maydonga tushdi, 3 ta gol urdi va bitta samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi.

Муҳокама

03.06.2016

Joze Mourino darvozabon David De Xeani «Manchester Yunayted»da olib qolmoqchi. U bu darvozabonni yangi mavsum uchun rejalariga kiritgan.

As nashri nashri xabariga ko‘ra, «Real» prezidenti Florentino Peres De Xeani qo‘lga kiritish uchun barcha choralarni ishga solmoqchi.

O‘tgan yili transfer amalga oshmagani uchun Peres darvozabonning oldida o‘zini aybdor his qilishi aytilgan.

De Xeaning «MYu» bilan tuzgan shartnomasidagi alohida bandga ko‘ra, «Real» 15 iyunga qadar futbolchini 50 million yevro evaziga sotib olishi mumkin. Madridliklar bundan foydalanib, Yevro-2016 boshlangunga qadar transferni amalga oshirishmoqchi va futbolchi turnir boshlanishidan oldin o‘z kelajagi bo‘yicha xotirjam bo‘lishini ta’minlashmoqchi.

Муҳокама

30.05.2016

Italiya OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning shaxsan o‘zi «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalani «Old Trafford»ga taklif etdi.

Portugaliyalik mutaxassis bundan 10 kun oldin, hali «MYu» bosh murabbiyi sifatida rasman e’lon qilinmasidan avval futbolchi bilan gaplashgan. Ammo argentinalik futbolchi Mourinoning taklifiga rad javobini berdi.

O‘z navbatida, «Yuventus» Dibalaga yangi shartnoma taklif qilib, uning maoshini oshirmoqchi. Hozir hujumchi 2.5 mln yevro yillik maosh olmoqda. Yangi shartnomada ushbu summa 4.5 mln yevroga oshirilishi rejalashtirilgan.

Dibala yakunlangan mavsumda «Yuventus» safida barcha turnirlarda 46ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ronald Kuman: Lui bu Lui

30.05.2016

«Sauthempton» jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman o‘z vatandoshi Lui van Galning «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiligidan iste’foga chiqarilishiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Men van Gal, Mourino va «MYu» bilan bog‘liq jarayonni kuzatib bordim. Hamisha gazetalarda Mourino va «Yunayted» haqida o‘qidim.

Agar Luiga Angliya Kubogi finaliga qadar iste’foga chiqarilishi haqida ma’lum qilishmagan bo‘lsa, «MYu» unga qilgan munosabati tufayli Kubok uchun haqli bo‘lmaganini aytishim mumkin.

Agar futbol biznesida ozgina narsani tushunsangiz, siz bilasizki bunday kelishuvga bir kechada erishilmaydi. Keyingi bir necha oy davomida Lui katta bosim ostida ishladi, lekin men u bu bosimni qanday yengib o‘tganini ko‘rib, hayratga tushgandim.

Albatta, unda OAV bilan munosabatlar yaxshi kechmadi. Men unga aytgandim: «Lui, sen ular bilan boshqacharoq munosabatda bo‘lishing kerak». Lekin Lui bu Lui.

O‘ylaymanki, u Angliya Kubogida g‘olib bo‘lish orqali katta ish qilgandi, hatto shunday bosim ostida ishlay turib ham», – deydi Kuman.

Муҳокама

29.05.2016

«Manchester Yunayted» 1 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan 18 yoshli futbolchisi Markus Reshford bilan shartnomani uzaytirdi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, mankunianliklar yosh hujumchi bilan 4 yillik yangi shartnoma tuzgan, unga ko‘ra futbolchining haftalik maoshi miqdori haftasiga 20 ming funtni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, kelishuvda o‘yinlar soni miqdori va ulardagi ishtirok muvaffaqiyati darajasiga qarab bonuslar belgilanadi va shunda futbolchining haftalik maoshi miqdori o‘rtacha 25 ming funtga yetishi mumkin bo‘ladi.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, futbolchining «MYu»dagi maoshi shu vaqtgacha haftasiga 1,5 ming funt edi.

«MYu» Reshford bilan yangi shartnomasi haqida Yevro-2016 boshlanguniga qadar e’lon qilishi kutilmoqda, yosh futbolchi Angliya terma jamoasi safida shu turnirda ishtirok etish uchun tayyorlanmoqda.

Reshford yakunlangan mavsumning 11 uchrashuvida ishtirok etib, 5ta gol urdi va 2ta samarali to‘p uzatishi muallifi bo‘ldi.

«MYu» yana bir yosh futbolchisi, 19 yoshli Kemeron Bortuik-Jekson bilan ham shartnomani uzaytirish arafasida turibdi.

Муҳокама