Ed Vudvord: Mourino dunyoning eng yaxshi murabbiyi
27.05.2016

«Manchester Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvord jamoaga Joze Mourinoning bosh murabbiy etilishidan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Mourino shunchaki bugungi kun futbolida dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U Yevropaning turli mamlakatlarida sovrinlar yutgan va hamisha futbolchilarni ruhlantirib, olg‘a boshlagan. Qolaversa, u APL chempionatini juda yaxshi biladi va bu yerda 3 mavsumda chempion bo‘lgan.
Men Mourinoni «Manchester Yunayted»da ko‘rganimdan xursandman va uni qo‘llayman. Uning muvaffaqiyatlar ro‘yxati jamoamizni olg‘a boshlash uchun ideal tarzda mos keladi», - deydi Vudvord.
Ma’lumot uchun, Mourino turli yillard Angliyada «Chelsi»dagi 2 marta faoliyatidan tashqari, Portugaliya, Italiya va Ispaniya chempionatlarida «Portu», «Inter» va «Real» jamoalarida ishlagan.
U APLdagi 212ta o‘yinining 140tasini g‘alaba bilan yakunlagan, 44ta durang va 28ta mag‘lubiyat qayd etgan. G‘alaba ko‘rsatkichi 65 foiz.
53 yoshli mutaxassis APL tarixidagi o‘yinlarda o‘rtacha hisobda eng ko‘p ochko ishlagan yetakchi murabbiy (3dan 2,18). Undan keyingi o‘rinlarda Fergyuson (2,16), Anchelotti (2,07), Manchini (2,03).
AFA Angliya Kubogi shartlarini o‘zgartirdi
27.05.2016

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) Angliya Kubogining chorak final bosqichida durang qayd etilgan taqdirda o‘yinni qaytadan o‘tkazish g‘oyasidan voz kechdi.
Bundan buyon turnirning chorak final bahsi durang bilan tugasa, qo‘shimcha bo‘limlar belgilanadi va unda «Oltin gol» qoidasi amalda bo‘ladi. Hal qiluvchi gol urilmasa, penaltilar seriyasi boshlanadi.
Ma’lumot uchun, 1991 yilga qadar Angliya Kubogining barcha bosqichlarida g‘olib nomi aniqlanmaguncha o‘yinlar takroran o‘tkazilgan. Keyinchalik esa takroriy o‘yinni faqat bir marta o‘tkazish haqida qaror qabul qilingan.
27.05.2016

«MYu»ning yangi bosh murabbiyiga aylangan Joze Mourino o‘zining yangi lavozimiga tayinlanishidan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«MYu» bosh murabbiyiga aylanish katta sharaf – ayniqsa men uchun. Bu klub butun dunyodagi kishilarni hamisha to‘lqinlantirib kelgan. Ushbu klubni butun dunyoda tanishadi va unga muxlislik qilishadi.
«MYu» atrofida hamisha ertaknamo muhit hukmron va shunisi bilan dunyodagi hech bir klubga o‘xshamaydi.
Men hamisha o‘zimni «Old Trafford»ga yaqin his qilganman.
Faoliyatimning esda qolarli lahzalari shu stadion bilan bog‘liq. Endi bu jamoani boshqaraman va yaqin yillar ichida muxlislarning ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashlaridan rohatlanaman», – deydi u.
Joze Mourino «Yunayted» bosh murabbiyi
27.05.2016

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino rasman «Manchester Yunayted» bosh murabbiyiga aylandi.
53 yoshli mutaxassis bilan keyinchalik uzaytirish ehtimolini nazarda tutgan holda 3 yillik shartnoma tuzilgan.
23 may kuni «Manchester Yunayted» Lui van Gaal bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgandi. Uning o‘rniga tayinlangan Mourino esa 2015 yilning dekabrida «Chelsi» jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganida buyon ishsiz edi.
Bundan oldinroq manchesterliklar rahbariyati Joze Mourino «Chelsi»dan ketgach, yarim yil davomida boshqa klublarning taklifini qabul qilmasligi uchun unga 4 million funt sterlingni oldindan to‘lagani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, unga yozgi transferlar vaqtida jamoani kuchaytirish uchun 150 mln funt ajratilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» 2015/16 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra Angliya chempionatida 5-o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda YeChL turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kirita olmadi.
26.05.2016

«Manchester Yunayted»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Adnan Yanuzay Kosovo terma jamoasi uchun o‘ynash istagini bildirdi. Bu haqda «Chempionat.com» nashri Kosovo futbol federatsiyasi bosh kotibi Erol Solihga asoslangan holda xabar tarqatdi.
21 yoshli ushbu futbolchi kelib chiqishiga ko‘ra kosovolik alban hisoblanadi, Belgiya terma jamoasida o‘ynashga ulgurgan. Qayd etish kerakki, qoidalarga ko‘ra, boshqa terma jamoa safida maydonga tushishga ulgurgan futbolchining boshqa terma jamoada o‘ynashi mumkin emas.
Futbolchining Kosovo terma jamoasi safida o‘ynash istagi bu mamlakat futbol federatsiyasining FIFA va UEFA tarkibiga qabul qilinganidan keyin bildirildi. Belgiyadagilar futbolchining rejalariga xalaqit qilmasliklarini aytishgan.
Kostas Manolas «Yunayted» qiziqishlari doirasida
26.05.2016

«Roma» jamoasi himoyachisi Kostas Manolas «Manchester Yunayted» klubi rahbariyatining qiziqishlari doirasida bo‘lib turibdi.
Ingliz klubi vakillari amalga oshishi mumkin bo‘lgan transferning tafsilotlarini muhokama qilish uchun 13-14 mayda 24 yoshli gretsiyalik futbolchi bilan uchrashishgan.
«Roma» Manolas uchun 40 million yevro so‘ramoqda va «MYu» bu shartni qabul qilishga tayyor.
Agar «Roma» Manolasni 2016 yilning 1 sentyabriga qadar sotsa, umumiy qiymatdan 50 foizini «Olimpiakos»ga berishga majbur.
Shuning uchun, inglizlar Manolasni sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishlari ham ehtimoldan holi emas.
Muzokaralar to‘xtab qoldi!?
26.05.2016

Joze Mourinoning «Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi»ning sobiq murabbiyi homiylari va mankunianliklar jamoasi hamkorlari o‘rtasidagi ziddiyat tufayli muzokaralar qoldirilgan. Tomonlarning huquqshunosalari imijlardagi qarama-qarshiliklar tufayli muzokaralarni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Xususan, gap Mourinoning Jaguar avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan, shuningdek kazino xizmatlari ko‘rsatadigan va soat ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan hamkorligi to‘g‘risida ketmoqda. «Manchester Yunayted» esa avtomobillar ishlab chiqaruvchi Chevrolet kompaniyasi bilan, shuningdek boshqa kazino hamda soat ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi brendlar bilan hamkorlik qiladi.
2015/2016 yilgi mavsumni «MYu» beshinchi o‘rinda yakunladi va Lui van Gaalni iste’foga chiqardi. Mahalliy nashrlarda yaqin vaqt ichida uning o‘rniga Joze Mourino yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi kutilayotgani haqida xabarlar berilmoqda.
25.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi keyingi mavsumni kuchli sakkizlikda yakunlasa, 1 milliard funt mukofot puli oladi. Bu haqda goal.com portali xabar berdi.
1992 yildan beri «qizil iblislar»ning eng katta daromadi bu mavsumga to‘g‘ri keldi. Ular 5-o‘rinda bo‘lishiga qaramay, 870.2 million funt miqdorida pul ishlab olishdi va premer ligada shuncha mukofot olgan ilk klubga aylanishdi.
Agar keyingi amvsumni ular kuchli sakkizlikda yakunsalar ham, 1 milliard funt miqdorida mukofotga ega chiqishadi. Ushbu mavsumda «Arsenal» 100.9 million, chempion «Lester» esa 93.2 million funt mukofot olishdi. Premer ligani tark etgan «Aston Villa» esa 66 million funt foyda ko‘rdi.
Yangi mavsumda jamoalar qaysi o‘rinda bo‘lishlaridan qat’iy nazar, ularga 100 million funtdan mukofot puli ajratiladi. So‘nggi 24 yil ichida premer liga mukofot uchun 14.8 milliard sarfladi. Eng ko‘p mukofot olish bo‘yicha «MYu» birinchi o‘rinda bo‘lsa, «Arsenal» va «Liverpul» kuchli uchlikdan joy olgan.
Shmeyxel: Mourino «Yunayted»ni qutqarishi mumkin
25.05.2016

«Manchester Yunayted» klubi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel Joze Mourino mankunianliklar boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi haqidagi ma’lumotga izoh berib o‘tdi.
«Mourinoni jamoaga taklif qilish klub rahbariyati uchun og‘ir qaror bo‘lgan. Agar uni ushbu lavozimga loyiq deb topishganda, uni ancha aavalroq taklif qilishgan bo‘lishardi.
«Chelsi»da Mourino «MYu» uchun aql sig‘maydigan ko‘p ishlar qilgan.
Endi esa jamoa boshqaruvini dunyoning eng yaxshi murabbiyi o‘z qo‘l ostiga olmoqda. Mourino «Manchester Yunayted»ni qutqarishi mumkin», — dedi Shmeyxel.
24.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal o‘zining ishdan bo‘shatilishi haqida portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bilan telefon orqali muloqot qilganidan keyin bilgan. Bu haqda Mirror xabar tarqatdi.
23 may kuni kechqurun «MYu» rasman van Galni iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini aynan Joze Mourino egallashi kutilmoqda.
«Lui van Gal o‘zining «MYu»dan ketishi haqida o‘zidan keyin jamoada bosh murabbiy bo‘luvchi Joze Mourino bilan telefon muloqotidan keyin bilgan», deb yoziladi xabarda.
64 yoshli van Gal «MYu»ni 2014 yilning mayidan buyon boshqarib kelmoqda. U bilan shartnoma muddati 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.
3 kun oldin u jamoa bilan Angliya Kubogi finalida zafar quchgandi. Lekin u o‘sha kuni muxbirlardan birining o‘z kelajagi xususida bergan savoliga «barchasi tugagani» haqida aytgandi.
Uning murabbiyligining birinchi yilida «Manchester Yunayted» mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunladi va YeChL yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Lekin jamoa YeChLni guruh bosqichida yakunladi. «Volfsburg», sSKA va PSV jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan «MYu» uchinchi o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasida kurashni davom ettirdi. Bu turnirdagi ishtirok «Midtyulland» to‘sig‘idan o‘tish va keyingi bosqichda «Liverpul»dan ortda qolish bilan yakunlandi.
APLda esa jamoa beshinchi o‘rinni egalladi va keyingi mavsumda YeChLda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.
Mourino Angliyaning boshqa bir jamoasi «Chelsi»ni 2 marta boshqargan. Avvaliga, 2004 yildan 2007 yilgacha o‘tgan davrda u jamoa bilan 2 marta Angliya chempionligiga erishgan. Shuningdek, 2007 yilda Angliya Kubogida, 2005 va 2007 yillarda Angliya Ligasi Kubogida, 2005 yili Angliya Superkubogi finalida g‘olib chiqqan.
U London jamoasidan birinchi marta ketishi YeChLdagi muvaffaqiyatsiz ishtirok tufayli bo‘ldi. Shundan keyin Mourino 2008-2010 yillarda «Inter»ni, 2010-2013 yillarda esa «Real»ni boshqardi.
2013-14 yilgi mavsum arafasida ushbu mutaxassis «Chelsi»ga qaytdi. Uning rahbarligida jamoa 2014-15 yilgi Angliya chempionatida g‘olib chiqdi va Angliya Ligasi Kubogini qo‘lga kiritdi. Lekin o‘tgan yilning 17 dekabrida u qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarildi.