17.05.2016

«Yunayted» darvozaboni David De Xea faoliyatini aynan «Real» klubida davom ettirishni istamoqda. Madridliklarda darvozabonni sotib olish imkoniyati mavjud.

Xabar qilinishicha, De Xea «MYu» bilan yangi shartnoma imzolash davomida ungi transfer qiymati to‘g‘risida alohida band kiritgan. Unga ko‘ra ushbu band faqat «Real»ga atalgan bo‘lib, madridliklar uni 50 million yevro evaziga sotib olishlari mumkin. Ammo ushbu band faqat 15 iyunga qadar amalda bo‘ladi va ushbu muddat o‘tgani hamono o‘z kuchini yo‘qotadi.

Eslatib o‘tamiz, De Xea mavsum boshlanishi oldidan «Real»ga o‘tishga yaqin turgan, ammo so‘nggi daqiqalarda transfer amalga oshmay qolgan edi.

Муҳокама

16.05.2016

Hozirgina Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Yevropa chempionati uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Unda Andros Taunsend va Markus Reshford kabi yosh futbolchilarni ham ko‘rish mumkin. Marhamat, tanishing!

Darvozabonlar: Freyzer Forster («Sautgempton»), Jo Xart («Manchester Siti»), Tom Xiton («Bernli»)

Himoyachilar: Rayan Bertrand («Sautgempton»), Gari Keyxill («Chelsi»), Nataniel Klayn («Liverpul»), Denni Rouz («Tottenxem»), Kris Smolling («Manchester Yunayted»), Jon Stouns («Everton»), Kayl Uolker («Tottenxem»);

Yarim himoyachilar: Dele Alli («Tottenxem»), Ross Barkli («Everton»), Fabian Delf («Manchester Siti»), Erik Daer («Manchester Siti»), Denni Drinkvoter («Lester»), Jordan Xenderson, Adam Lallana, Jeyms Milner (uchovi «Liverpul»), Rahim Sterling («Manchester Siti»), Andros Taunsend («Nyukasl»), Jek Uilsher («Arsenal»);

Hujumchilar: Harri Keyn («Tottenxem»), Markus Reshford, Ueyn Runi (ikkisi «Manchester Yunayted»), Daniel Starrij («Liverpul»), Jeymi Vardi («Lester»)

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» 3 mln funt zarar ko‘rdi

16.05.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati ma’lum qilishicha, 15 may kungi «Bornmut»ga qarshi o‘yin uchun chipta sotib olgan muxlislar 17 mayga qoldirilgan o‘yinga ham shu chipta bilan kira oladi.

Goal.com xabariga ko‘ra, o‘yin sanasining o‘zgartirilishi «qizil iblislar» uchun jami 3 million funt miqdorida zarar keltirgan.

Eslatib o‘tamiz, APLning oxirgi turi doirasidagi o‘yin boshqa o‘yinlar bilan bir vaqtda, Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi kerak edi. Ammo o‘yin arafasida «Old Trafford» tribunalaridan birida shubhali buyum aniqlandi va o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida muxlislar evakuatsiya qilinishi boshlanib, o‘yin qoldirildi.

Muxlislar olib chiqib ketilgach, sapyorlar shubhali buyumni portlatib yo‘q qilishdi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bu bomba maketi edi, u 1 hafta oldin o‘tkazilgan mashg‘ulot vaqtida unutib qoldirilgan.

Муҳокама

16.05.2016

«Yuventus» klubi hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishni istaydi.

The Guardian nashrining ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli ispaniyalik futbolchi, agar «Manchester Yunayted» jamoasiga Joze Mourino kelsa, mankunianliklar safiga kelib qo‘shilishga qarshi emas. Morata aynan portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida «Real»da debyut qilgan.

Madrid klubi esa o‘z navbatida o‘z tarbriyalanauvchisi «Yuventus»dan 30 million yevroga sotib olish huquqidan foydalanib, uni 50 millionga qayta sotib niyatida.

«MYu»dan tashqari Morataga «Arsenal», «Chelsi», «Lester», «PSJ», «Napoli», «Inter» hamda «Milan» klublari da’vogarlik qilishmoqda.

Муҳокама

16.05.2016

APLning 38-turi doirasidagi «MYu» va «Bornmut» jamoalari uchrashuvi boshlanishi arafasida «Old Trafford» stadionida aniqlangan shubhali buyum muxlislar evakuatsiya qilib bo‘linganidan keyin har ehtimolga qarshi sapyorlar tomonidan portlatib yo‘q qilingan. Bu haqda Manchester shahri politsiyasining tvitterida ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, turning boshqa o‘yinlari kabi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi belgilangan «MYu» va «Bornmut» uchrashuvi tribunalardan birida aniqlangan shubhali buyum tufayli avvaliga 45 daqiqaga kechiktirildi, keyin butunlay boshqa kunga qoldirildi.

Bu o‘yin natijasi mehmonlar uchun deyarli hech qanday ahamiyatga ega emasdi. G‘alaba mehmonlarni 16-o‘rindan 12-o‘ringa ko‘tarishi mumkin. Mezbonlar uchun esa bu o‘yindagi g‘alaba to‘rtinchi o‘rinni egallash uchun nazariy jihatdan imkoniyat berardi. Turning boshqa uchrashuvida, to‘rtinchi o‘rin uchun da’vogar, tur arafasida «MYu»dan 2 ochko oldinda joylashib turgan «Manchester Siti» «Suonsi»ga safar qildi va yutqazmadi. Endi Manchesterning ikki jamoasi o‘rtasidagi farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. 

Angliya Premer-ligasi reglamentiga ko‘ra, ochkolar teng bo‘lgan holatda birinchi navbatda to‘plar nisbati inobatga olinadi. Hozirda «Siti»ning to‘plar farqi 71-41 (+30) bo‘lsa, Lui van Gal jamoasida bu ko‘rsatkich — 46-34 (+12). Demak, «Manchester Yunayted» 4-o‘rinni egallashi uchun «Bornmut»ni 19ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishi shart.

Муҳокама

15.05.2016

Yangi mavsumdan «Bavariya»ni boshqaradigan Karlo Anchelotti o‘z vaqtida «Real» o‘rniga «Manchester Yunayted»da bo‘lishi mumkinligi haqida gapirib berdi.

«2013 yilda Aleks Fergyuson meni kechki ovqatga taklif qildi. U o‘ziga juda qimmat vino buyurtma qildi. Biroq men o‘shanda «Real» bilan muzokaralar olib borayotgan edim.

Istalgan murabbiy Madrid jamoasida tajribaga ega bo‘lish uchun ishlab ko‘rishi lozim. Agar ispanlar bilan muzokaralar bo‘lmaganda, men 100 foiz «MYu»ni boshqargan bo‘lardim.

«Chelsi» bilan Angliya chempionati va Kubogini yutdim, biroq bo‘shatib yuborishdi. «Real» bilan Chempionlar Ligasini yutdim, yana bo‘shatib yuborishdi. Faoliyati davomida bo‘shatilmagan birorta murabbiy yo‘q. Fergyuson, Lippi, Kapello, Mourino va Benitesni ham bo‘shatishgan.

Hozircha bo‘shatilmagan yagona murabbiy – Gvardiola. Biroq u hali juda yosh va bir kun albatta bo‘shatib yuborilgan murabbiylar klubimizni to‘ldiradi», deb aytdi Anchelotti.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Shogirdlarimga ishonaman

15.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal jamoaning sobiq futbolchilari tomonidan bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. U ayni vaqtda Britaniyadagi telekanallarda ekspertlar sifatida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchilar, «Qizil iblislar»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand va «sariq iblis» Pol Skoulzga qarata murojaat qilgan.

«Albatta, keyingi yarim yil davomida mening kelajagim xususida olib borilgan muhokamalar jonimga tegdi. Men barchaga kitobni qanday ochishni ko‘rsatib berdim.

Shunga qaramasdan men va jamoa doimiy ravishda OAV hamda jamoaning sobiq futbolchilari tomonidan tanqid qilib kelindi. Ularning tanqidlari jamoaga yordam bermaydi. Men shu yerda ekanman, jamoa kurashishda davom etadi.

Men o‘zimga, «MYu»ga va shogirdlarimga ishonaman», deya van Gaalning so‘zlarini keltiradi Goal.com.

Муҳокама

15.05.2016

Angliya chempionatining oxirgi turiga belgilangan «MYu» va «Bornmut» bahsi boshlanish vaqti «Old Trafford» stadioni hududida aniqlangan paket tufayli 45 daqiqaga kechiktirilgan edi ammo keyin politsiya o'yinni bekor qilish uchun qaror qabul qildi.

O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanishi kerak edi.

Bu xabardan, o‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qolganida stadionga kirib bo‘lgan muxlislar evakuatsiya qilinishi boshlangan va o‘yin noma’lum muddatga qoldirilgan.

Ayni vaqtda hodisaning boshqa tafsilotlari bildirilmayapti.

Ma’lumot uchun, «Old Trafford» stadionida o‘yin bekor qilinishi hodisasi oxirgi marta 2004 yili mavsumlar oralig‘idagi o‘rtoqlik uchrashuvlar vaqtida sodir bo‘lgandi. O‘shanda Yaponiyaning «Urava Red Daymonds»ga qarshi uchrashuv kuchli bo‘ron tufayli bekor qilingandi.

Qayd etish kerakki, «MYu»ning mavsumning ikkinchi davrasida 10 aprelda «Tottenhem»ga qarshi, 10 may kuni «Vest Hem»ga qarshi safar uchrashuvlari jamoa belgilanganidan 45 daqiqa kech boshlangandi. Birinchi holda jamoa avtobusi London ko‘chalarida tirbandlikka duch kelgani uchun stadionga kechikib borgan, ikkinchi holda jamoa avtobusini londonlik muxlislar toshbo‘ron qilishgandi.

Bugungi o‘yinda jamoaning keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish-etmasligi masalasi hal bo‘lishi kerak edi. Jamoa keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun oxirgi turda o‘z uchrashuvida g‘alaba qozonishi va parallel ravishda kechadigan «Suonsi» va «Manchester Siti» uchrashuvida uelsliklar g‘alabasiga umid qilishi kerak bo‘lardi.

Муҳокама

14.05.2016

Angliya premer ligasida ishlari yurishmayotgan «Manchester Yunayted» shvetsiyalik mohir hujumchi Zlatan Ibrohimovichni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ibrohimovich «PSJ»da yana bir yil to‘p surishni xohlagan va haftasiga soliqlardan tashqari 300 ming funt olish istagini bildirgan. Biroq Parijlikoar bu shartga ko‘nmagan.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» fublolchining bu talabini qondira olmadimi, yo‘qmi bir narsa deyish qiyin. Lekin Manchester klubi va Ibrohimovichning agenti Mino Rayola o‘rtasidagi muzokaralar ancha chuqurlashgani aytilmoqda. Va maosh masalasi katta muammo bo‘lmasligi taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» boshqaruviga Joze Mourinoning ham kelishi mumkinligi Zlatanni ingliz klubiga qattiqroq bog‘laydi. Chunki U «Inter»da Joze Mourino qo‘l ostida to‘p surgan.

Муҳокама

14.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi hamda Joze Mourino o‘rtasida murabbiylik borasida hech qanday kelishuv yo‘q.

Avvalroq, mankunianliklar Mourino bilan yaqin vaqt orasida shartnoma imzolashi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Joriy mavsumda jamoaning hozirgi murabbiy Lui van Gal «MYu»ni Angliya kubogi finaliga olib chiqdi hamda premer-ligadagi 5-o‘rin bilan ta’minladi.

Муҳокама