Янгиликлар /

Lui van Gaal: Bu mening fikrim

14.05.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal kelasi mavsumda jamoa bilan ishlashda davom etishini aytib o‘tdi.

«Kelasi mavsumda «MYu»da ishlashimni avval ham aytgandim. Bu mening fikrim. Ammo, direktorlar kengashi bu borada yakuniy qarorga kelishi lozim.

Faqat faktlarni muhokama qilish mumkin va shuni ayta olaman-ki, biz hamon Chempionlar ligasi uchun kurashmoqdamiz. Barchasi «Manchester Siti»ga bog‘liq.

Lekin, biz shuningdek Angliya kubogida ham g‘alaba qozonishimiz mumkin. Shundan so‘ng rahbariyat bir qarorga keladi», – dedi van Gal.

Муҳокама

14.05.2016

«Manchester Yunayted» klubi hamda Angliya terma jamoasi bosh himoyachisi Lyuk Shou 2016 yilgi Yevropa chempionatiga sog‘ayishga ulugurmaydi.

ESPN telekanalining ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli angliyalik futbolchi bu mavsum rasmiy o‘yinlarda aniq maydonga tushmaydi

Aprel oyida futbolchi mashg‘ulotlarga qaytgandi, biroq, optimal sport forma to‘plashning uddasidan chiqa olmadi.

Муҳокама

14.05.2016

Olti karra Olimpiada chempioni, 11 karra jahon chempioni yamaykalik sprinter Useyn Bolt o‘zi muxlislik qiladigan «Manchester Yunayted» jamoasining bosh murabbiyi Lui van Galni tanqid ostiga oldi.

«Uzoq yillardan buyon «Manchester Yunayted»ga muxlislik qilaman va ushbu klub safida maydonga tushishni istayman. Lekin Lui van Gal boshqaruvida emas. Uning dastidan bir qancha futbolchilar jamoaga kelgisi kelmayapti. Ko‘pchilik u bilan ishlashni istamaydi», – dedi Bolt.

Муҳокама

12.05.2016

Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) APL doirasidagi «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» jamoalri uchrashuvi (3:2) oldidan mezbon jamoa muxlislarining mehmonlar o‘tirgan avtobusiga uyushtirgan hujumi bo‘yicha bayonot bilan chiqdi. 

«FA «Boleyn Graund» stadioni atrofida «MYu» avtobusiga qilingan hujum va uchrashuv paytida «Vest Hem» muxlislari o‘tirgan sektordan uloqtirilgan begona buyumlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi. 

Klub va politsiya bilan hamkorlikda vaziyat bo‘yicha chuqur o‘rganishlar olib boriladi», – deyiladi FA bayonotida.

Муҳокама

11.05.2016

«Manchester Yunayted» «Real» himoyachisi Rafael Varanni sotib olish fikriga yana qaytdi, deya xabar beradi Daily Mail.

Manchesterliklar fransiyalik 23 yoshli futbolchi uchun 25 million funt to‘lashga tayyorlar. Avvlroq Varan madridliklar safida maydonga kam tushayotganidan norozi ekanligi va klub ustozi Zinedin Zidan himoyada Serxio Ramos-Pepe juftligini ma’qul ko‘rayotgani xabar qilingan edi.

Varanga, shuningdek, «Bavariya» ham qiziqmoqda, bu klubni yangi mavsumdan boshlab «Real»ning sobiq ustozi Karlo Anchelotti boshqaradi.

Муҳокама

11.05.2016

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Londonning «Tottenxem» jamoasi amaldagi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan uchrashdi.

«Taqachilar» rahbariyati argentinalik murabbiyning Fergyuson bilan uchrashganini bilib qolishgan. Pochettino «Manchester Yunayted»ni boshqarishga asosiy nomzodlardan hisoblanmoqda.

«Qizil iblislar»ga murabbiyning ish uslubi yoqadi va uni manchesterliklar boshqaruviga taklif etilishlari mumkin

Муҳокама

11.05.2016

«Manchester Yunayted» klubi muxlislari jamoa rahbarlaridan juda ranjigan. Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, muxlislar kecha amalga oshgan transferdan norozilar. Chunik «Bavariya» klubi «Benfika»danRenatu Sanchesni sotib oldi. Bu portugaliyalik yarim himoyachini «qizil iblislar» anchadan beri kuzatib yurgandi va sotib olishni rejalashtirayotgandi. Bu esa muxlislarni ancha ranjitdi. Muxlislar ayniqsa, klub direktori Eda Vudvorddan jaxli chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, myunxenliklar Sanchesga 35 million yevro berishdi va 5 yillik shartnomaga imzo chekishdi. O‘z navbatida, ushbu futbolchiga mankunianliklar 46 million funt sterling berishga tayyorliklarini bildirishgandi.

Муҳокама

11.05.2016

«Manchester Yunayted» klubi fevral oyidayoq «Benfika» yarim himoyachisi Renatu Sansheshni sotib olish fikridan voz kechgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu futbolchi kelgusi faoliyatini «Bavariya» jamoasida davom ettirishi ma’lum qilingan.

Yaqinda Sanshesh myunxenliklar bilan besh yillik shartnoma imzoladi, uning transferi esa 35 million yevrodan iborat. Ammo bu mablag‘ mukofot pullari evaziga yanada oshishi mumkin.

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord esa mankunianliklar muxlislari tomonidan Sansheshni sotib olmagani uchun tanqid qilingan. Ammo «Manchester Yunayted» rahbariyati tomonidan ma’lum qilinishicha, ular fevral oyidayoq Sansheshni sotib olishdan voz kechishgan va boshqa futbolchilarni ko‘rib chiqishda davom etishyapti.

Муҳокама

10.05.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Vest Hem»ga qarshi 35-turning qoldirilgan uchrashuvi oldidan fikr bildirdi.

«Biz APLda eng bo‘yi past jamoalardan birimiz, shuning uchun «ikkinchi qavat»dagi muammolar biz uchun yangilik emas. Ha, men Endi Kerolldan juda xavfsirayapman - u havoda juda yaxshi o‘ynaydi.

«Vest Hem»ni juda hurmat qilaman, u tarixi boy katta klub. Biz ularning bayramini buzgimiz kelmayapti - ular «Apton Park — Boleyn Graund» stadionida so‘nggi o‘yinini o‘tkazmoqdalar - ammo «MYu»ga uch ochko juda kerak» - deydi Van Gal.

Муҳокама

10.05.2016

«Yunayted» klubi hujumchisi Antoni Marsyal «Norvich»ga (1:0) qarshi o‘yin oldidan chigal yozdi mashg‘uloti vaqtida jarohat orttirib olgan.

The Telegraph nashrining ma’lumotiga ko‘ra, jarohati tufayli fransiyalik futbolchi «Vest Xem»ga qarshi kechadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

20 yoshli hujumchi 15ta gol bilan «MYu»ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi, «Yunayted» esa «Siti» bilan zahirada bitta o‘yini bo‘la turib, bir ochkoga ortda qolgan holda to‘rtinchi o‘rin uchun kurashmoqda.

Муҳокама