Renatu Sanshesh «MYu»ga o‘tishga yaqin turibdi
09.05.2016

«Benfika» yarim himoyachisi Renatu Sanshesh mavsum yakunida «MYu»ga o‘tishga yaqin turibdi.
Xabar qilinishicha, Portugaliya terma jamoasining 18 yoshli futbolchisi 40 million yevro evaziga «MYu» tomonidan sotib olinadi. Yana shuncha mablag‘ Sansheshning muvaffaqiyatli o‘yini evaziga «Benfika»ga to‘lab berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Sanshesh Portugaliya chempionati doirasida «Maritima»ga qarshi kechgan va 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakuniga yetgan bahsning 37-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Ushbu uchrashuv uning «Benfika» uchun o‘tkazgan so‘nggi bahsi bo‘lib qolishi kutilmoqda.
Yarim himoyachi joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasida 24 o‘yinda maydonga tushgan va 2 ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Giggz yozda jamoani tark etadi?
09.05.2016

«Yunayted» klubi murabbiyi Rayan Giggz yozda «qizil iblislar»ni Joze Mourino qabul qilib olsa, jamoani tark etishi mumkin, deya xabar beradi Mirror.
Avvalroq Lui van Gal omadsiz mavsum uchun o‘z lavozimidan ozod qilingan taqdirda bosh murabbiylikka Joze Mourino asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Manbaning yozishicha, portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi etib tayinlansa, Giggz jamoani tark etadi va mustaqil murabbiylik faoliyatini boshlaydi.
Rayan Giggz «Manchester Yunayted» murabbiylar shtabiga 2014 yil faoliyatini yakunlagandan so‘ng kelgan. Joze Mourino esa 2015 yil dekabridan beri ishsiz yuribdi.
Ayni damda «Manchester Yunayted» 63 ochko bilan turnir javdalining 5-pog‘onasida bormoqda va kuchli to‘rtlikka kirish imkonini saqlab turibdi.
Mourino yana bir yil kutmoqchi emas
07.05.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiy Lui van Gal o‘z lavozimida olib qoladigan bo‘lsa, Joze Mourino yana bir yil kutmoqchi emas.
«Daily Mail» tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, manchesterliklar gollandiyalik mutaxassisning shartnoma oxirigacha ishlashini hamda Mourino klubni 2017 yilda qabul qilib olishini istashmoqda. Ammo portugaliyalik murabbiy bir yil kutmoqchi emas va yozda o‘ziga yangi jamoa topmoqchi.
Lui van Gal mazkur yozda «MYu»ni tark etishi mumkin, agar klub Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas»ga yutqazsa yoki Premer-ligada kuchli to‘rtlikka kirmasa.
06.05.2016

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshfordning iqtidoriga yuqori baho berdi.
«U aqlbovar qilmas iqtidorli yosh futbolchi.U o‘z iqtidori bilan meni eslatib yubormoqda. Unda erkakcha shijoat, tezlik va ajoyib to‘p muomalasi bor.
Hujumchida gol urishga bo‘lgan chanqoqlik kerak va men unda bu chanqoqlikni ko‘ryapman. Uni ajoyib kelajak kutmoqda», - deydi Ronaldo.
06.05.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq sardori Roy Kin gollandiyalik mutaxassis Lui van Galning jamoada yana bir yil qolishiga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» 21 may kuni Angliya kubogi finalida «Kristal Pelas» bilan uchrashadi.
«Fergyusondan so‘ng ishlash osonmas, hatto Devid Moyes uchun ham.
Ammo menimcha, «MYu» Kubokni qo‘lga kiritsa (to‘rtinchi o‘rinni olish qiyin), Van Galga shartnomasining oxirgi yilini o‘tkazishiga monelik qiladigan sabab ko‘rmayapman. Van Gal ham shuni istaydi.
Kubokdagi g‘alaba unga xotirjam nafas olishga va kelgusi yilda ishini oxiriga yetkazib qo‘yish imkoniyatini beradi. Men chempionlikni nazarda tutyapman», - deydi Roy Kin.
van Gal: «Norvich»dan qasos olishimiz kerak
06.05.2016

«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal APLning 37-turida «Norvich»ga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.
«APLda hamisha ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib boradigan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin kechgan. Ular bizni birinchi davrada «Old Trafford»da kechgan uchrashuvda mag‘lub etishgandi, buning uchun biz qasos olishimiz kerak. Oldinda qiyin o‘yin turibdi, lekin biz albatta g‘alaba qozonishimiz kerak.
Biz YeChL yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiramiz. Ha, «Manchester Siti» kecha uchib ketgan, lekin vaziyat o‘zgarmagan», – deydi van Gal.
AFA: Maruan Fellaynini jazoladi
06.05.2016

Angliya futbol assotsiatsiyasi «Manchester Yunayted» va «Lester» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida jamoalar futbolchilari Robert Hut va Maruan Fellayni o‘rtasida kechgan janjalli vaziyat uchun ularga jazo tayinladi.
Germaniyalik va belgiyalik bu futbolchilar endi APL doirasidagi 3tadan uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Kameralar Hutning Fellaynining sochlaridan tortgani, «Manchester Yunayted» futbolchisi esa bunga javoban tirsagi bilan unga zarba bergan.
Ikki futbolchi ham sportchiga xos bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishda ayblangan. Hut bu jazoga munosabat bildirgan va 3 o‘yindan chetlatish adolatsiz ekani haqida aytgan.
Qayd etish kerakki, APLning joriy mavsumi yakuniga 2ta tur qoldi va futbolchilar bu 2 tur o‘yinidan tashqari keyingi mavsumning birinchi uchrashuvini o‘tkazib yuborishadi.
van Gal «MYu» muxlislariga ochiq xat yo‘lladi
04.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal «qizil iblislar» jamoasi muxlislariga qarata ochiq xatini yo‘lladi. U o‘z maktubida keyingi mavsumda ham jamoani boshqarishda davom etishi haqida ma’lum qilgan. Bungacha 64-yoshli hollandiyalik ushbu mutaxassis mavsum yakunida jamoani tark etishi, uning o‘rniga «MYu» futbolchilarini portugaliyalik Joze Mourino shug‘ullantira boshlashi haqida xabarlar berilgandi.
«Shubha qilmaymanki, «Manchester Yunayted»da dunyodagi eng zo‘r muxlislar bor, jamoaning muxlislarga bo‘lgan hurmatini alohida ta’kidlash mumkin. Men bor kuchim bilan jamoaga foyda keltirish uchun ishlamoqdaman, lekin birinchi navbatda siz muxlislarni xushnud etishni istayman. «Manchester Yunayted»ning barcha futbolchilari jamoani avvalgi maqomiga qaytarish uchun bor kuchi bilan mehnat qilmoqda. Bu yo‘lda sizlarning ham yordamingiz muhim o‘rin tutadi.
Men bilamanki, jamoani qaytadan tuzish jarayoni o‘rtacha 3 yil talab etadi. Lekin men buni 2 yilda uddalashga urindim. Rahbariyat menga 3 yillik shartnoma tuzishni taklif qilgandi, holbuki men shartnomani 2 yilga tuzmoqchi bo‘lgandim. Shunday qilib 3 yillik shartnoma tuzilgan. Shunday ekan, keyingi mavsumda ham biz birga bo‘lamiz», – deya van Gaalning maktubidan iqtibos keltiradi Goal portali.
Eslatib o‘tamiz, van Gaal 2014 yilda jamoa boshqaruviga kelgandi.
Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» 60 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Grizmann uchun 80 million funt
04.05.2016

«Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann «Manchester Yunayted» jamoasining qiziqishlari doirasiga tushgan.
El Confidencial ma’lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi ushbu 25 yoshli fransiyalik futbolchiga talab etilgan mablag‘ni berishga tayyor. «MYu» Grizmanning shartnomasida belgilangan transfer qiymati 80 million yevro ekanini biladi va u uchun shuncha mablag‘ berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin angliyaliklar 75 million yevro evaziga«Real»dan Anxelt Di Mariyani transfer qilgandi.
Joriy mavsumda Grizmann jamoasi bilan barcha turnirlarda jami 51 uchrashuv o‘tkazib, 37 gol urdi va 7 marta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Obameyang uchun 70 million funt
03.05.2016

«Yunayted» klubi Dortmundning «Borussiya» klubi hujumisi Per-Emerika Obameyang xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Manbaning aytishiga qaraganda, «MYu» futbolchi uchun 70 million funt taklif qildi. Biroz oldinroq «Borussiya» klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatske agar Obameyangga 100-120 millionlik takliflar bo‘lmasa, keyingi mavsumda ham jamoa tarkibida qolishi haqida aytib o‘tgandi.