van Gal: Matbuot haqiqatni hazm qila olmaydi
03.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal o‘zining tez orada jamoadan ketishi haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Bizdan juda ko‘p narsani kutishadi. Hozir jamoa o‘zgarishlar davrida turibdi va bunday davrda barcha o‘ylaganing osonlik bilan amalga oshavermaydi.
Matbuot meni yarim yil oldinoq ishdan bo‘shatgandi. Avval ishlagan boshqa jamoalarimda ham jurnalistlar menga shunday munosabatda bo‘lishardi va men bunday holatlardan chiqib ketardim.
Bu vaziyat futbolchilarimga ham aloqador. Men – murabbiyman, menda o‘tab berishim kerak bo‘lgan shartnoma mavjud. Futbolchilar har kuni gazetalarda mening ishdan bo‘shatilishim haqida o‘ylashadi. Bunday xabarlar mening ular oldidagi nufuzimga qanday ta’sir ko‘rsatishini bilasizmi? Bunday holatda ularga gapim o‘tadimi? Ular qanday qilib mening ko‘rsatmalarimga amal qilishsinki, har kuni ularga mening jamoada hech kimligim haqida uqtirishsa?
Ammo bu hali hammasi emas. Men o‘zimga yarasha g‘ururli insonman. Men dunyodagi eng kuchli murabbiylardan biriman. Lekin matbuot bu haqiqatni hazm qila olmaydi», – deydi hollandiyalik mutaxassis.
«Manchester Yunayted» ayni vaqtda 60 ochko bilan APL turnir jadvalining 5-pog‘onasida joylashgan. Jamoa keyingi turlarda «Norvich» hamda «Bornmut» jamoalariga qarshi o‘ynaydi. Qolaversa, van Gaal shogirdlarida bitta zaxira o‘yini mavjud va bu o‘yin «Vest Hem»ga qarshi kechadi. Bu uchrashuvlarda kerakli natijani qayd etib jamoa keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishi mumkin. Jamoaning 3 va 4-o‘rinlar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqiblari «Arsenal», «Manchester Siti» va «Vest Hem» hisoblanadi.
van Gal: Bu axir penaltimasmidi?
02.05.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiy Lui van Gal «Lester»ga qarshi o‘yindan keyin bergan intervyusi davomida raqiblar futbolchisi Robert Hut tomonidan o‘z shogirdi Maruan Fellaynining sochini tortish orqali qo‘pollik ishlatilganidan yozg‘irdi.
«O‘yin hakami bugun qiynaldi. O‘sha vaziyatda Hutning Fellayniga qarshi nima qilganini ko‘rdingizmi? Bu axir penaltimasmidi? Sochlaringi mana bunday qilib og‘ritib tortishganda albatta norozi bo‘lasanda», deya muxbirning sochlaridan tortqilab ushlagan o‘sha vaziyatni ko‘rsatib berish uchun van Gaal.
Pochettino: Ser Aleks Fergyuson o‘ziga xos inson
01.05.2016

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o‘zining kelajakdagi zafarlariga va Fergyusonning «MYu»dagi natijalarini takrorlashiga to‘liq ishonmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» Fergyuson bilan 23 marta APL chempioni bo‘lgan.
«Fergyuson davridagi «MYu» natijalarini takrorlash? Nima uchun yo‘q? Ser Aleks Fergyuson - o‘ziga xos inson, unga ishlash imkoniyati berildi va u bizga buyuk davrni sovg‘a qildi. O‘ylaymanki, «Tottenhem»da ham o‘ziga xos insonlar yig‘ilgan va ular bilan buyuk jamoa tuzish mumkin. «Totenhem» - o‘zgacha klub, men bu yerda baxtiyorman va u bitlan muvaffaqqiyatlarga erishmoqchiman.
Bizning salohiyatimiz ulkan. Klub stadion qurmoqda va qiyin davrni boshdan kechirmoqda, ammo bu yerda ishlash juda qiziq. Ikki yil ichida kelajagi bor, ajoyib jamoa tuza oldik», - deydi Pochettino.
LVG: Chempion bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaymiz
01.05.2016

Xabaringiz bor, Angliya Premer ligasi 30 aprel kuni 36-turida musobaqa peshqadami «Lester» jamoasi «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» mehmoni bo‘ladi.
Agar «Lester» ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, chempionlikni tantana qiladi. Ushbu o‘yindan avval «MYu» ustozi Lui van Gal bo‘lajak o‘yin haqida o‘z fiklarini bildirib o‘tdi.
«Biz ularning «Old Trafford»da chempion bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz «Lester»ning bayramini buzmoqchi emasmiz, shunchaki uni bir oz kechiktirmoqchimiz», — deya van Galning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub rasmiy tvitteri.
Shuningdek, gollandiyalik mutaxassis «tulkilar» ustozi Raneri haqida ham fikr bildirib o‘tdi.
«Uning jamoalariga qarshi o‘ynash qiyin. Har doim o‘z shogirdlarini judayam tartibli o‘ynata oladi».
«Benfika» Sanchesni sotib yuborishga tayyor
30.04.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati «Benfika» yarim himoyachisi Renatu Sanchesni sotib olishga yaqin turibdi.
Klublar bir necha oydan buyon iqtidorli futbolchi borasida muzokara olib bormoqdalar. Yaqinda «Benfika» prezidenti Luish Filipe Vieyra Angliyaga kelgan edi. Tashrif davomida muzokarani yakunlash ko‘zda tutilgan.
Sanchesning shartnomasida transfer qiymati 75 million yevroga baholangan. Ammo «Benfika» yarim himoyachini 40 million yevro va qo‘shimcha 20 million yevro mukofot puli evaziga sotib yuborishga tayyor. Ayni vaqtda kelishuv e’lon qilinishi kutilmoqda.
Sanches joriy mavsum Portugaliya chempionatida 22 o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
«MYu» Kante transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
29.04.2016

«Manchester Yunayted» «Lester»dan fransiyalik yarimhimoyachi Ngolo Kanteni transfer qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqchi.
Goal.com xabariga ko‘ra, mankunianlar klubi «Lester»ga futbolchining yozgi transferlar vaqtida sotilishi ehtimoli bo‘yicha murojaat qiladi. Bu masala shu haftada «tulkilar»ning «Manchester Yunayted»ga qarshi «Old Trafford»da kechadigan bahsidan keyin ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Kantening o‘yinlari mankunianlar jamoasining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga ma’qul kelgan. Shotlandiyalik mutaxassis ushbu futbolchini transfer qilishni «Manchester Yunayted» rahbariyatiga tavsiya etgan.
Jamoa ushbu futbolchi uchun 20 million funt sterling (27 mln yevro) berishni mo‘ljallagan. «Manchester Yunayted» bundan ko‘proq talab etilsa ham, navbatdagi taklifni bildirishi mumkin. Kantening transferi evaziga mankunianlar braziliyalik futbolchisi Andreas Pereyrani «Lester»ga ijaraga berishga tayyor.
Bundan oldinroq, «Yunayted»«Benfika»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Renatu Sansheshga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Ferdinand: Maqtashga arzirli tomonini bor
27.04.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand jamoa bosh murabbiyi Lui van Galning maqtashga arzirli tomonini ko‘rsatdi.
«Agar Van Gal Angliya kubogini yutsa va chempionlar ligasi zonasidan joy olsa, u klubda qolishi hamda o‘sishga erishilganini aytishi mumkin. Ammo «MYu» muxlislar o‘rgangan futbolni ko‘rsatmayotgani - bu fakt.
«MYu» muxislari jamoadan klub tarixiga mos o‘yin kutishadi.
Bu mavsumda Van Galni ko‘p tanqid qilishdi, ammo uni maqtasa bo‘ladigan bir nasrasi bor - u Reshford boshliq bir nechta yosh o‘yinchilarni ochdi», - deydi Ferdinand.
Fellayni: G‘alabaga 100 foiz haqli edik
26.04.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Maruan Fellayni «Kristal Pelas»ga qarshi kechadigan Angliya Kubogi finali haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Angliyadagi faoliyatimning birinchi yilidayoq «Everton» bilan Angliya Kubogiga qadar yetib kelgandim. O‘shanda «Chelsi»ga mag‘lub bo‘lgandik. Bu safar mening jamoam mazkur musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritishiga umid qilaman. Ammo hozirgi vazifamiz mamlakat chempionatini to‘rtinchi o‘rinda yakunlashdan iborat.
Yarim final qiyik kechdi, biroq jamoaviy ruhimiz muvaffaqiyat qozonishimizga yordam berdi. O‘yin so‘nggida «Everton» oldinga tashlandi, ularning yo‘qotadigan hech narsasi yo‘q. G‘alabaga 100 foiz haqli edik», – deydi belgiyalik futbolchi.
Rashford shartnoma imzolashga shoshilmayapti
26.04.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Rashford mankunianliklar bilan yangi shartnoma imzolashga shoshilmayapti.
U kelasi yil yozda erkin agentga aylanishi mumkin. Daily Mail nashrining xabar berishicha, 18 yoshli futbolchi mavsum yakunlangach, avvalo, o‘ziga agent topmoqchi va shundan keyin «MYu» bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.
Ayni payt Rashfordning huquqiy ishlari bilan uning onasi va akalari shug‘ullanishmoqda.
Hujumchi amaldagi kelishuvga asosan, haftasiga 1500 funt sterling miqdorida maosh va har bir o‘yinda maydonga tushgani hamda g‘alaba evaziga yana 5 ming funtdan mukofot puli oladi.
Jeymi Vardi «Yunayted»ga qarshi o‘ynamaydi
26.04.2016

«Lester Siti» hujumchisi Jeymi Vardi Angliya chempionatining 36-turida «Manchester Yunayted»ga qarshi safardagi uchrashuvda qatnasha olmaydi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, AFA futbolchining diskvalifikatsiyasini yana bir o‘yinga uzaytirgan. Vardi 34-turda «Vest Hem»ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olganidan so‘ng o‘zini beodoblarcha tutgan.
Futbolchi «Suonsi»ga qarshi uchrashuvni avtomatik diskvalifikatsiya tufayli o‘tkazib yuborgan edi. Shuningdek, 28 yoshli futbolchi 10 ming funt jarimaga tortilgan.
36-turda «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv «Lester»ga Angliya chempionligini keltirishi mumkin.