26.04.2016

«Tottenhem» hujumchisi Garri Keyn APLning 35-turida «Vest Bromvich» bilan uchrashuvdagi durangdan so‘ng (1:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Chempionlik uchun kurash hali tugamadi, kurashda davom etishimiz kerak. Biz «Vest Bromvich»ni yutishimiz kerakligini bilardik, shuning uchun afsusdamiz. Birinchi bo‘limdayoq uchrashuv masalasini hal qilishimiz mumkin edi.

Bu futbol. Qo‘limizdan kelgancha - kurashishda davom etish kerak. Oldinda «Chelsi» bilan o‘yinimiz bor. «MYu»dan sovg‘a kutamiz, ular «Lester» bilan o‘ynaydilar», - deydi Keyn.

Eslatib o‘tamiz, chempionat tugashiga uch tur qolganda «Tottenhem» peshqadam «Lester»dan 7 ochkoga ortda bormoqda.

Муҳокама

25.04.2016

«Manchester Yunayted» klubi yordamchi murabbiyi Rayan Giggz PFA Merit Award mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Giggz futbol oldidagi xizmatlari uchun taqdirlangan.

O‘tgan yili ushbu sovrin Stiven Jerrard va Frenk Lempardga berilgan edi.

Муҳокама

25.04.2016

Forbes jurnali 2014/15 yillardagi mavsumda eng katta daromad olgan futbol klublari o‘ntaligini chop etdi.

Ushbu ro‘yxatning 1-o‘rinini «Manchester Yunayted» egalladi. Bu klubning o‘tgan mavsumdagi daromadi 190 mln dollarga yetgan.

Eng serdaromad klublarning soliqlar, amortitsaziya va transferlar hisobga olinmagandagi umumiy daromadi 1,1 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Quyida shu o‘ntalik ro‘yxati keltirilgan.

1. «Manchester Yunayted» – 190 mln dollar

2. «Real» – 162 mln dollar

3. «Manchester Siti» – 131 mln dollar

4. «Arsenal» – 122 mln dollar

5. «Liverpul» – 115 mln dollar

6. «Barselona» – 108 mln dollar

7. «Yuventus» – 81 mln dollar

8. «Tottenxem» – 73 mln dollar

9. «Shalke» – 67 mln dollar

10. «Bavariya» – 60 mln dollar.

Муҳокама

25.04.2016

24 aprel kuni Angliya Kubogi yarim finalining ikkinchi juftligida «Kristal Pelas» va «Uotford» jamoalari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Alan Pardyu shogirdlari Yannik Bolase va Konnor Uikhem tomonidan urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi.

«Kristal Pelas» yarim finalga qadar «Riding», «Tottenhem», «Stok Siti», «Sauthempton» kabi klublar to‘sig‘idan o‘tib kelgandi. «Uotford» esa chorak finalda turnir tarixida eng ko‘p marta (19 marta) finalga chiqqan «Arsenal»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra turnirda chiqarib yubordi. «Arsenal» 19 finalning 12tasida muvaffaqiyat qozongan. Jamoa oxirgi 2 mavsumda ushbu turnir g‘olibi bo‘lgandi.

Endi jamoa «Everton»ni yengib finalga chiqqan «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs o‘tkazadi.

«Manchester Yunayted» ham bu mavsumda o‘z tarixida 19-bor Angliya Kubogining finalida to‘p suradi va bu borada «Arsenal»ga yetib oladi. «Manchester Yunayted» hozircha 11 marta Angliya Kubogi sohibiga aylangan.

O‘z tarixida 135-marta bo‘lib o‘tayotgan Angliya Kubogi finali 21 mayga belgilangan. Final bahsi an’anaga ko‘ra Londondagi «Uembli» o‘yingohida o‘tkaziladi.

Муҳокама

25.04.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Xuan Mata zamonaviy futbol haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yunayted» o‘yinlariga kirish chiptasi narxi 40 funtni tashkil qiladi. Bu arzon emas. Odamlar zamonaviy futbolga qarshi ekanliklarini aytishsa, ularni yaxshi tushunaman. Futbol biznesi klub xo‘jayinlari uchun muxlislardan ko‘ra muhimroqdek ko‘rinish bera boshladi. Aslida hammasi bunday emasdi. Tarixdagi futbolda matbuot bunchalik ko‘p emasdi va ularning hammasi bir parcha bo‘lakka ilinib qolishga intilmasdi.

Futbolda juda yaxshi maosh to‘lashadi. Biz shishirilgan pufaklar ichida yashaymiz. Biz aqlbovar qilmas darajada ko‘p maosh olamiz. Jahon futbolchilari bilan solishtirganda o‘rtacha maosh olaman. Ammo oyligim Ispaniya va boshqa dunyo mamlakatlarining 99,9 foiz aholisi bilan solishtirganda kamtarin bo‘lmagan darajada.

Biz o‘z sheriklarimiz bilan oylik maoshlarimizni taqqoslaymiz. Men sovun pufagi ichida yashayman. Do‘stim esa haqiqiy real hayotda yashaydi. U ish topishi, pul ishlashi kerak. Bu normal hayot. Mening futbolchi sifatida hayotim esa – normalarga to‘g‘ri kelmaydi.

Menga futbolning biznesga aylanishi yoqmaydi. Men bu sport turini yaxshi ko‘raman. Mashg‘ulotlar o‘tkazishni va musobaqalashishni yoqtiraman. Agar futbol biznes g‘oyalaridan chiqib ketsa oyligimning qisqartirilishiga ham jon deb rozi bo‘lardim», – deya Mataning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.

Муҳокама

Янгиликлар /

van Gal: Vaziyat og‘ir

25.04.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui Van Gal jamoaga yetishmayotgan bo‘g‘inlar borasida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men transferlar oynasi vaqtida bir necha marotaba tezkor, yaratuvchanlik qobiliyati yuqori bo‘lgan futbolchilar kerak ekanini ta’kidlab kelganman.

Vaziyat og‘ir, axir men o‘z talablarimga mahorati mos tushmaydigan futbolchilar bilan ishlashimga to‘g‘ri kelmoqda.

Biz hamon 4-o‘rin uchun kurashni davom ettirmoqdamiz. Bundan tashqari, Angliya Kubogi finaliga yo‘llanma oldik», — deya gapirib o‘tgan van Gal.

Муҳокама

Янгиликлар /

«Everton» 1 — 2 «Yunayted»

24.04.2016

Angliya Kubogi musobaqasining yarim finalida «Manchester Yunayted» jamoasi safarda «Everton» bilan o‘zaro bahs olib bordi.

Unda 1:2 hisobi qayd etilib, mankunianlar foydasiga hal bo‘ldi.

O‘yin kutilganidek murosasiz va kurashlarga boy tarzda o‘tdi.

Uchrashuvning 34 daqiqasida Maruan Fellayni hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Kris Smolling o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. 57 daqiqada esa Lukaku tomonidan amalga oshirilgan penaltini De Xea qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtning so‘nggi daqiqasida Antoni Marsyal gol kiritib, «MYu»ni finalga olib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, ertaga Angliya Kubogi ikkinchi yarim finalida «Kristal Pelas» va «Uotford» final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Angliya Kubogi, 1/2 final

Everton – Manchester Yunayted 1:2

Gollar: Smolling (76-avtogol) – Fellayni (34), Marsyal (90+3)

Ogohlantirishlar: Barkli (89) – Runi (60), Errera (89)

Everton – Robles, Beyns, Jagelka, Stounz, Beshich, Kleverli, Lennon (Deulofeu, 70), Makkarti, Gibson, Barkli, Lukaku.

Manchester Yunayted – De Xea, Fosu-Mensa (Valensiya, 62), Roxo, Smolling, Blind, Kerrik, Lingard, Fellayni (Errera, 87), Reshford, Runi, Marsyal.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» mavsumni qutqara oladimi?

23.04.2016

Avgust oyida Lui van Gal «Manchester Yunayted» chempionlar ligasini yutishga qodirligin ta’kidlagandi. Endi u muxlislarni boshqa narsaga ishontirmoqda: «Biz kuchli to‘rtlikka kirishga harakat qilamiz va kubokni qo‘lga kiritamiz bu bizning maqsad».

Shunday bo‘lsa golland kelajagidan xavotir olmasa ham bo‘ladi. Agar shu vazifa bajarilsa u «Old-Trafford»da qolishi mumkin.

Albatta, bu yo‘lda «qizil iblislar»dan faqat g‘alaba qozonish talab etiladi. Navbatdagi raqib esa, «Everton». Bu jamoaga qarshi o‘yin har doim qiyin kechgan ko‘ramiz bu safar nima bo‘larkin. Har-holda so‘nggi paytlarda «MYu» ancha o‘ziga kelgandek taassurot qoldirmoqda.

Муҳокама

23.04.2016

«Yunayted» darvozaboni David De Xea Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan Angliya Premer Ligasi 2015/2016 mavsumining «Yil jamoasi» tarkibiga kiritildi.

Bu Ispanyalikni PFA tomonidan 3 marta etirof etilisi, bundan oldin «Yil jamoasi» tarkibiga 2012/13 va 2014/2015 mavsumlarida kiritilgandi. So’ngi ikki mavsumda «Manchester Yunayted» jamoasidan faqatgina De Xea joy oldi.

2012/13 mavsumida 13 titulini qo’ga kiritgan «Yunayted» a’zolardan yana 3 nafari Rio Ferdinand, Maykl Karrik va Robin van Persi «Yil jamoasi»da etirof etilgandi .

PFA etirofiga ko’ra «Yil jamoasi-2016» quyidagicha

Муҳокама

22.04.2016

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi terma jamoa sardori bo‘lib Yevro-2016 musobaqasiga borajagini ma’lum qildi.

«Men Uyn Runidan sardorlik bog‘ichini olib qo‘yish, kamiga terma jamoaga chaqirmaslik uchun birgina ham sabab ko‘rmayapman.

Nima uchun Runini Yevropa chempionatiga olib bormasligim kerak? U ajoyib sardor va oxirgi mavsumlarda zo‘r o‘yin ko‘rsatdi. Runi Yevro-2016ga borish uchun munosib», - deydi Xodjson.

Runi ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» safida 35 marta maydonga tushib, 14ta gol urdi va 4ta golli uzatma oshirdi.

Муҳокама