«MYu» Grizmann uchun kurashga qo‘shildi
21.04.2016

«Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann Angliya klublari qiziqishlari doirasiga tushdi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, fransiyalik 25 yoshli futbolchiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqmoqda.
Ammo madridliklar tovon puli 80 million yevro qilib ko‘rsatilgan Grizmannni sotmoqchi emaslar. Bundan tashqari, futbolchi APLning atletik futboliga moslashib ketishiga gumonlar bor.
Avvalroq, Grizmannnga «PSJ» qiziqayotganligi xabar qilingan edi.Grizmann Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 34 o‘yin o‘tkazib, 20ta gol urgan va 5ta golli uzatma oshirgan.
Mourino Angliya termasiga bosh murabbiylik qiladi
21.04.2016

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino UNICEF homiyligi ostida o‘tkaziladigan xayriya uchrashuvida Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ladi. Inglizlar bu uchrashuvda jahon terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Bu haqda o‘yin tashkilotchilariga asoslangan holda AFP xabar tarqatgan.
Bu uchrashuv 5 iyun kuni «Manchester Yunayted» o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bundan oldin ham Mourino xayriya uchrashuvida ishtirok etgan, o‘shanda u jahon terma jamoasini boshqarib, Angliya terma jamoasi ustidan g‘alaba qilgandi.
«Men bunday uchrashuvlarda ikki tomonda turib ham g‘alabaga erishgan ilk murabbiyga aylanmoqchiman», degan u.
Bu uchrashuvga jahon terma jamoasini «Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri boshlab keladi.
van Gal: Ijodiy g‘oyalarga boy futbolchi yo‘q
20.04.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal jamoasini «Tottenxem» klubiga o‘xshatdi va tarkibida g‘oyalarga boy futbolchi yo‘q ekanini aytdi.
«Menimcha, «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klubilari bir xil darajada o‘yin ko‘rsatmoqda, lekin ochkolar farqi vujudga kelgan. Shunchaki, «shporlar» bizdan ko‘ra koproq gol urmoqda. Shu sababli ham ularning ochkosi biznikidan ko‘proq. Ularning ko‘p gol urishi esa o‘yinchilarning g‘oyaga boyligi bilan bog‘liq.
Avval aytganman va yana takrorlayman. Menda ijodiy g‘oyalarga boy futbolchi yo‘q. Bundan tashqari biz istagan futbolchini xarid qila olmayapmiz», – deydi van Gal.
Ayni damda «Tottenxem» Angliya chempionatida 68 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, «MYu» 56 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.
Pochettino «MYu»ni boshqarishi mumkin
20.04.2016

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hozircha londonliklar bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayapti, deya xabar beradi The Sun.
Manbaga ko‘ra, agar Joze Mourino «PSJ»ni tanlasa, Pochettino «MYu»ni boshqarishi mumkin. Argentinalik mutaxassisning «Tottenhem» bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilgacha amal qiladi.
«Tottenhem» Angliya chempionatida peshqadam «Lester»da besh ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Vidich: «MYu»ga tajribali futbolchilar kerak
19.04.2016

«Spartak», «Manchester Yunayted» va «Inter» klublari sobiq himoyachisi, o‘z faoliyatini yanvar oyida yakunlagan Nemanya Vidich «MYu»ning himoyasida yetakchi yo‘q ekanini aytdi.
«Menimcha, «MYu»ning yosh himoyachilariga barqarorlik yetishmayapti. Bir yo‘la 3-4 ta yosh himoyachi maydonga tushsa albatta xatoliklar ko‘payadi. Jamoaga ushbu yoshlarni oldinda boshlaydigan yetakchi kerak. Shunday yetakchi bo‘lmasa, barcha ayb ularning bo‘yniga tushadi.
«MYu»ga tajribali futbolchilar kerak. To‘g‘ri, yosh o‘yinchilar buni boshqacha qabul qiladi. Ammo ular kelsa xatolar ham kamroq bo‘ladi», – deydi Vidich.
LVG: Reshfordga yetarlicha vaqt beryapman
19.04.2016

«Yunayted» jamoasi bosh muarbbiyi Lui van Gal klub hujumchisi Markus Reshfordga yetarlicha vaqt berayotganini aytdi.
«Aston Villa»na qarshi o‘yinda Reshfordni 76-daqiqada zaxiraga oldim. Ertasi kuni u mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Bu esa uning yetarlicha dam olishi uchun imkon yaratadi. Markus jismoniy tetikligini saqlab qolishi jamoa uchun muhim.
Shou asta-sekin tiklanmoqda. U astoydil harakat qilyapti. Lekin u hamon fizioterapevt bilan ishlamoqda, murabbiy bilan emas», – deydi gollandiyalik murabbiy.
Marsyal: U tezkor futbolchi
19.04.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal jamoadoshi Markus Reshford haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.
«Reshford bilan qay birimiz tezroq ekanini bilmayman, ammo u tezkor futbolchi. Shuningdek, u yosh bo‘lishiga qaramay ancha ulg‘aygan futbolchi. Markus maydonda bosim ostida harakat qilmaydi. Bu hislat uning boshqalarda farq qilishiga yordam beradi», – deydi fransiyalik futbolchi.
Joriy mavsumda Markus Reshford «MYu»ning 12 o‘yinida maydonga tushib, 7 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Ernandes: Lui van Gal - yaxshi murabbiy
18.04.2016

«MYu»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Bayer»da to‘ surayotgan Xaver Ernandes manchesterliklarning hozirgi ustozi Lui van Gal haqida iliq so‘zlar aytdi.
Meksikalik 27 yoshli futbolchi 2010 yildan 2015 yilgacha «MYu» futbolchisi bo‘lgan. Ernandes ushbu mavsum 37 uchrashuvda 25 ta gol urgan va ikki golga hammualliflik qilgan.
«Lui van Gal - yaxshi murabbiy. U o‘z yo‘lida ketmoqda. «MYu» yaqin 50 yoki 100 yil ichida yangi Fergyusonni topa olmaydi, chunki u o‘ziga xos mutaxassis edi. Van Gal «MYu»ga kelganida men jamoaning asosiy tarkibida joy kafolatmasligi, asosiy hujumchi Ueyn Runi bo‘lishi aytgan edi», - deydi Ernandes.
Iguain «Yunayted»ga o‘tishi mumkin
18.04.2016

«Napoli» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain kelayotgan yozda «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tib ketishi mumkin. Bu haqida Sunday People nashri xabar tarqatdi.
Ma’lumotga ko‘ra, mankunianliklar 28 yoshli argentinalik futbolchi uchun 70 million yevrodan voz kechishga tayyorlar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi neapollik klub bilan amaldagi bitimini uzaytirishdan bosh tortgandi.
Ushbu mavsumda Iguain Italiya chempionatining 31ta o‘yinida 30ta gol hamda ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Red News: Fergi Mour kelishiga rozi(mi)?!
17.04.2016

«Qizil iblislar» sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson, uning hozirgi va kelajakdagi bosh murabbiylari borasida bir qarorga kelgan, deya xabar bermoqda «Red News» rasmiy fan klub sayt.
«Yunayted» bilan 13 marotaba Angliya chempionligi qo‘lga kiritgan shotlandiyalik mutaxxasis va jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord o‘rtasida bosh murabbiylik borasida ancha vaqtdan buyon kurash kechmoqda. Shotlandiyalik afsona sobiq shogirdi Rayan Giggzni nomzodini anchadan buyon qo‘llab-quvvatlab kelmoqda edi. Shu bilan birgalikda Fergyuson janoblari yozni intizorlik bilan kutayotgan Mourino jamoa boshiga kelishiga jiddiy qarshilik ko‘rsatmoqda edi.
Yuqoridagi manbaa bergan ma’lumotga ko‘ra, Fergyuson bu borada kurashni to‘xtatgan va Mourni jamoaga kelishiga ortiq qarshilik ko‘rsatmaydi.