Bild: Mourino «Yunayted» bilan shartnoma imzoladi
17.04.2016

«Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzoladi va mavsum so‘ngida Lui van Galning o‘rnini egallaydi, deya xabar tarqatdi Bild nashri. Tuzilgan shartnoma 2019 yilgacha rejalashtirilgan.
Manbaga ko‘ra, Mourino mankunianliklarni qabul qilib olishi «PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrohimovichning «MYu»ga kelish ehtimolini oshiradi.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» Angliya Premer-ligasining 33ta o‘yinidan kein 56 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. To‘rtinchi o‘rinda borayotgan «Arsenal» hisobida 59 ochko va bitta zaxira o‘yin bor.
LVG: Runi maydonda qolishni istagan edi
17.04.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Aston Villa»ga qarshi kechgan o‘yin vaqtida (1:0) amalga oshirgan zaxira o‘zgarishlari haqida gapirib o‘tdi.
«Reshford oxirgi 12 o‘yinda maydonga tushgan edi. Shu sababli uni almashtirishni istagandim. Ammo u ajoyib kayfiyatda edi va oxirigacha o‘ynashga tayyorligini bildirdi. Shunga qaramay so‘nggi 15 daqiqa juda muhim ahamiyatga egaligini inobatga olib, uni zaxiraga oldim.
Xuddi shu gap Runiga ham tegishli, chunki u oxirgi vaqtlarda ko‘p o‘ynamagan edi. Shu sababli almashtirdik. Runi maydonda qolishni istagan edi, shuning uchun mendan jahli chiqdi. Biroq ikkinchi bo‘limda u ko‘p bora to‘p yo‘qotdi. Birinchi bo‘limda esa yaxshi o‘ynagandi», - deydi Lui van Gal.
LVG: Baribir hech narsa aytmayman
15.04.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal kelajagi borasida berilgan savolga javob qaytarishdan bosh tortdi.
«Matbuotda «Manchester Yunayted» rahbariyatining menga ishonchi haqida o‘qimoqdaman. Boshqa murabbiylar haqida esa, siz yozmaysiz. Men kelajagimni siz bilan muhokama qilmayman - bu haqida ming marta so‘rashingiz mumkin, ammo men hech narsa aytmayman. Iste’fom haqida matbuot yozmoqda, shunday ekan, bu sizning muammongiz, mening emas.
Biz barqaror o‘ynashga intilmoqdamiz. Barqarorlik - juda muhim. Albatta ba’zi o‘yinlarda bunga erisha olmayapmiz va rahbariyat norozi bo‘lishi turgan gap. Ammo buning sabablari bor. Agar har bir o‘yinda yangi jarohatlar bilan to‘qnash kelaversangiz, barqarorlik haqida gapirishga imkon qolmaydi», - deydi murabbiy.
Reshford «Liverpul»ga o‘tishni istamagan
15.04.2016

«Yunayted» hujumchisi Markus Reshford o‘z vaqtida «Liverpul» akademiyasida o‘qishi mumkin bo‘lgan.
Reshfordning birinchi klubi «Fletcher Moss Reyndjers»dagi manbaga ko‘ra, futbolchi 7 yoshligida unga «Liverpul» va «Everton» klublari qiziqish bildirgan.
Ammo Reshford o‘zi muxlis bo‘lgan «Manchester Yunayted»ni tanlagan.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi fevral oyida «MYu»da debyut qilgan va shu vaqtgacha 11 uchrashuvda 6ta gol urdi.
Futbol o‘yini qoidalariga o‘zgartirishlar kiritiladi
15.04.2016

Futbol o‘yini qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Xalqaro futbol assotsiatsiyalar kengashi (IFAB) rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, birinchi navbatda ikki hissa jazolash qoidasi bekor qilinadigan bo‘ldi. Jarima maydonchasi ichidagi qo‘pollik uchun hakam ham penalti belgilab ham qizil kartochka ko‘rsatishi shart bo‘lmaydi. Bu cheklov penalti va sariq kartochka bilan jazolanadi.
Arbitr shuningdek futbolchilarni o‘yindan oldin, misol uchun tribuna ostida chiqib kelishdan avval janjal yuzaga keltirganlarni chetlatishi mumkin bo‘ladi. Agar zayavka e’lon qilingan bo‘lsa, bu futbolchi o‘rniga boshqasi jalb qilinadi, jamoalar to‘liq tarkib bilan o‘yinni davom ettiradi.
Hakamga nisbatan jamoa a’zolari va zaxira o‘rindig‘idagilar tahdid qilishsa, jarima zarbasi belgilanadi.
O‘yin vaziyatidan tashqari holatlarda raqibga bosh bilan berilgan har qanday zarba qizil kartochka bilan jazolanadi.
Mazkur yangi o‘zgarishlar 2016/17 yilgi mavsum boshidan amalga tatbiq etiladi.
LVG: Sovrinlarga ega bo‘lishni istayman
14.04.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya kubogida «Vest Hem» ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) va yarim finalga yo‘llanma qo‘lga kiritilganidan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Jamoamiz himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Biz «Vest Hem»ga hujumda vaziyat yarata olishi uchun deyarli hech qanday imkoniyat bermadik. Yanada ishonchliroq g‘alabaga erishsak bo‘lar edi, vaziyatlarimiz yetarli bo‘ldi. Angliya kubogini qo‘lga kiritish men uchun emas, klub va o‘yinchilar uchun muhimroq. Albatta men ham sovrinlarga ega bo‘lishni istayman», - deydi Van Gal.
«Vest Hem» – «Yunayted» 1:2
14.04.2016

13 aprel oqshomida Angliya Kubogining chorak finalida «Vest Hem» va «Manchester Yunayted» o‘rtasida ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va Lui van Gaal shogirdlari 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra yarim finalga chiqdi.
Uchrashuvning 54 daqiqasida Antoni Marsiyalning uzatmasidan so‘ng Markus Reshford individual mahorati evaziga gol urib, hisobni ochdi. 67 daqiqada Maruan Fellayni hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
«Vest Hem» himoyachisi Tomkins 79 daqiqada bitta javob to‘pini kiritdi.
O‘yinda hisob boshqa o‘zgarmadi va manchesterliklar turnirda ishtirokni davom ettiradigan bo‘ldi.
Angliya Kubogining yarim final o‘yinlari 23-24 aprel kunlari o‘tkaziladi. «MYu» «Everton» maydoniga safar qilsa, «Kristal Pelas» «Uotford» bilan o‘ynaydi.
Angliya Kubogi, 1/4 final. Javob o‘yini
Vest Hem – Manchester Yunayted – 1:2
Gollar: Tomkins, 79 — Reshford, 54, Fellayni, 67
Vest Hem: Randolf — Kressvell, Ogbonna, Tomkins, Antonio — Nobl, Kuyate — Paye, Lansini (Emenike, 74), Valensiya (Mozes, 62) — Kerroll
Manchester Yunayted: De Xea – Roxo (Valensiya, 69), Blind, Smolling, Fosu-Mensa — Karrik, Fellaini — Marsiyal, Errera (Shneyderlen, 77), Lingard – Reshford (Runi, 90)
Ogohlantirishlar: Kerroll – Karrik, Roxo, Errera
Dastlabki o‘yin: 1:1
13.04.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi narxi 2015-16 yillar mavsumi boshidan buyon 2 mlrd funtdan 1,58 mlrd funtgacha tushgan. Bu haqda Sky Sports xabar yozgan.
2014 yilning yozida jamoaga hollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal bosh murabbiy sifatida kelganidan buyon jamoaning bozor kapitalizatsiyasi deyarli 1 mlrd funtga kamaygan.
Narxning pasayishiga joriy mavsumda «Manchester Yunayted» ko‘rsatayotgan omadsiz ishtirok sabab bo‘lgan. Jamoa YeChLning guruh bosqichida qolib ketdi, UEFAda ham ishtirokni uzoq davom ettira olmadi. APLda esa jamoa ayni vaqtda, 32 tur o‘yinlaridan keyin beshinchi o‘rinda joylashgan.
Lekin, jamoa brendi ommalashishda davom etgan, rahbariyat tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli shartnomalar tuzishga erishgan. Xususan, Chevrolet bilan rekord darajadagi summaga homiylik shartnomasi tuzilgan.
11.04.2016

Antoni Marsyal yozda jamoasini almashtirishga shaylanayotgan «PSJ» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich bilan «MYu» tarkibida birga o‘ynash niyati borligini bildirdi.
«Ibrahimovich bilan «MYu» tarkibida birga o‘ynasak ajoyib bo‘ladi. U ajoyib futbolchi, tobora yoshi ulg‘ayib borayotgan bo‘lsa-da, o‘z ustida ishlashdan to‘xtab qolmayapti», – deydi fransiyalik futbolchi.
Shuningdek, Marsyalning faoliyatida katta rol o‘ynagan Lui van Gal haqida ham fikr bildirdi.
«Van Gal menga juda yoqadi. Murabbiy meni og‘ir kunlarda qo‘llab-quvvatladi. «MYu» tarkibida paydo bo‘lishimda asosiy rolni o‘ynadi, muhimi, asosiy tarkibda menga ishonch bildirayotgani uchun van Galga minnatdorchilik bildiraman», – dedi Marsyal.
Lui van Gaal: Raqibdan yaxshiroq o‘ynayotgandik
11.04.2016

«Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal APLning 33-turida «Tottenhem»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Birinchi golga qadar jamoalar teng o‘yin ko‘rsatishayotgandi. Eng yaxshi vaziyat biz tomonimizdan hosil qilingandi, Antoni Marsiyalda gol urish uchun zo‘r imkoniyat bo‘lgandi.
Biz raqibga birinchi golni sovg‘a qildik va futbolchilar hali nima bo‘lganini anglashiga ulgurmasidan yuzaga kelgan parokandalikdan foydalangan raqib 5 daqiqa ichida yana 2ta gol urdi.
Ikkinchi gol – standartdan, hamisha bunday vaziyatlarda ustunlik qiladigan va bosh bilan yaxshi o‘ynaydigan futbolchilarimiz o‘z duellarini boy berishdi. Alderveyreld esa fantastik zarba berdi. Bunaqasi kamdan-kam ro‘y beradi.
Yangni hujumga qo‘yganim sababini so‘raysizmi? Men hujum chizig‘ida ko‘proq harakat bo‘lishini istagandim.
Har jamoa yutqazishga haqli, ammo biz hali chempionlik poygasidamiz. Albatta, mag‘lubiyatdan keyin farqni qisqartirish zarurati yuzaga keladi va vazifa qiyinlashib boradi.
«Tottenhem» – a’lo darajadagi jamoa. Men buni o‘yindan oldin ham aytgandim. Lekin o‘yin 0:0 bo‘lib turganida biz yaxshiroq o‘ynayotgandik. 0:3 – juda xunuk natija, ammo biz gol o‘tkazib yuborishimizdan oldin ulardan ustunroq edik», – deydi van Gal.