Янгиликлар /

Yanuzay yana jarohat oldi

07.04.2016

Adnan Yanuzay jarohat olib safdan chiqqan va shu sababli o‘rinbosarlar tarkibida «Chelsi» yoshlariga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmagan deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

21 yoshli futbolchi «Borussiya D» jamoasidan ijaradan qaytgandan so‘ng ikkinchi bor jarohat olmoqda.

Adnan ijaradan qaytgandan so‘ng «Sautgempton» va «Arsenal» jamoalariga qarshi uchrashuvning so‘ngi daqiqalarida maydonga tushgan edi. Yanuzay shuningdek o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida ham 7 uchrashuvda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi 2018 yil yozda nihoyasiga yetadi. 

Муҳокама

07.04.2016

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Joze Mourinyu agenti Jorje Mendesh «Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvord bilan uchrashgan va bir necha masalalarni muhokama qilishgan.

Gollandiyaning De Telegraaf nashri xabar berishicha jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Lui van Gal shartnomada nazarda tutilgan 3 yilni to‘liq o‘tkazishi ko‘zda tutmoqda. Jamoa rahbariyati esa bosh murabbiyga yozgi trasfer vaqtida o‘yinchilarni xarid qilishi uchun yana mablag‘ ajratishi rejalashtirilgan. Shu sabab, van Gal yangi mavsum oldi tayyorgarlik rejasini tuzishga kirishgan.

Ed Vudvord Jorje Mendesh bilan Mourinyu masalasi bo‘yicha gaplashib olgani va jamoa bosh murabbiyni kelasi mavsumda almashtirish rejasi yo‘qligini aytgani ta’kidlanmoqda.

 

Муҳокама

07.04.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi tomonidan bildirilgan taklifni rad etdi.

Unga ko‘ra murabbiy mamlakat terma jamoasida texnik direktor vazifasiga taklif etilgan edi. Ammo 64 yoshli murabbiy «Manchester Yunayted» bilan imzolangan va 2017 yilning yoziga qadar davom etadigan shartnoma oxiriga qadar mankunianliklar boshqaruvida qolmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam Lui van Gal «Manchester Yunayted» boshqaruvida kelasi yil ham qolishi va yozda tarkibni kuchaytirish uchun 100 million yevro mablag‘ olishi aytilgan edi.

Муҳокама

06.04.2016

Antoni Marsyal fransuz jurnalislar bilan Joze Mourinyuni «Manchester Yunayted»ga o‘tishi muhokama qilishni istamadi, jamoa bosh murabbiyi Lui van Galga esa unga ishongani uchun rahmat aytdi.

«Mourinyu? Hozirda bizda amaldagi murabbiyimiz bor, va men bu xaqida o‘ylamayman. Mourinyu kelishi borasida nim deyish mumkin, bosh murabiyimiz hozircha shu yerda».

«Xar bir mutaxassisda o‘zining yaxshi va yomon tomonlari bo‘ladi. Van Gal doim menga o‘z kuchimga ishonishimni aytadi, men esa hamisha bor kuchim bilan harakat qilishga intilaman. Undan minatdorman».

Eslatib o‘tamiz, Marsyal ushbu mavsumda «Manchester Yunayted» tarkibida 40 uchrashuvda maydonga tushib 13 gol va 5 ta goli uzatma qayd etgan. 

 

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF: Erik haq bo‘lib chiqqan

06.04.2016

Ser Aleks Fergyuson darvozabon David De Xeaning jamoga kelib qo‘shilishi borasidagi voqeani aytib berdi.

2011 yil fevral oyida van der Sar foliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi, va ser Aleks o‘sha vaqtdagi «Shalke» darvozaboni Noyerni jamoaga olib kelishi istagan edi, darvozabonlar bo‘yicha murabbiy Erik Stil esa David De Xeani olib kelish borasida qattiy turib olgan edi.

«Erik bizga uzoq muddat De Xeani aytgan edi, Noyer «Shalke» ning asosiy posboni edi. O’ylashimcha, agar Noyer «Bavariya» ga emas bizning jamoaga o‘tganda «Shalke» ham xurasand bo‘lar edi».

«Erik o‘z gapida qattiq turib olib De Xeani jamoaga olib kelishimizni istagan edi. Men unga: «Eshit, bu Noyer – tayyor o‘yinchi. U yetuk va jismoniy baquvat o‘yinchi». U esa menga: «Ha, sen haqsan, lekin uch yildan so‘ng De Xea zo‘r o‘yinchi bo‘ladi». Men esa: «OK, bu dalil bo‘la oladi».

«Erik va men De Xea o‘yinini kuzatish uchun «Valensiya» ga qarshi o‘yinga bordik, va men Erik aytganidek – men unda egiluvchanlik, ishonch, tezkorlikni ko‘rdim. Erik esa uning yaqinlari bilan aloqaga chiqishga ulgurgan ekan. Men uning haq bo‘lib chiqqanidan xursandman».

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Lui van Gal «Yunayted»da qoladi?

05.04.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati bosh murabbiy Lui van Gaalga yozgi transferlarda o‘zi istagan xaridlarni amalga oshirishi uchun 100 mln yevro miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqda Niderlandiyadagi De Telegraaf nashri xabar yozgan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, jamoaning yozgi transferlardagi asosiy maqsadi «Everton» hujumchisi Romelu Lukaku bo‘ladi. Unga jamoa 70 mln yevro to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Bundan avvalroq, OAVda hollandiyalik murabbiy jamoani tark etishi mumkinligi, uning o‘rnini portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino egallashi mumkinligi aytilgandi.

Van Gaal «MYu» bilan 2014 yilning yozida, Niderlandiya terma jamoasidan ketgach shartnoma imzolagandi. U o‘z vaqtida «Ayaks», «Barselona» va «Bavariya» jamoalarida muvaffaqiyatli ravishda ishlagandi.

Uning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan. 64 yoshli mutaxassis «MYu»dan ketganidan keyin faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qilgandi.
Ayni vaqtda, 31 turdan keyin «MYu» Angliya chempionatining beshinchi o‘rinida joylashgan.

Муҳокама

05.04.2016

Fil Jons, Eshli Yang va Kemeron Bortvik-Djekson 21 yoshlar jamoasi tarkibida «Chelsi» yoshlari jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda maydonga tushdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.

Jons 76-daqiqada zahira futbolchisiga almashtirildi. Yang va Bortvik-Djekson esa uchrashuvni to‘liq o‘tkazishdi va asosiy tarkibga qatish uchun katta qadam tashlashdi.

Shuningdek ushbu uchrashuvda Gilermo Varela va Andreas Pereyra ham ishtirok etishdi. 

Муҳокама

05.04.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou maydonda xarakatini boshladi deya xabar bermoqda ingliz nashrlari.

Ingliz futbolchisi hozirda yugurish mashqlarini olib bormoqda. Futbolchiga doimiy fizioterapev hamrohlik qilmoqda.

Shou uzoq muddatli jarohatdan forig‘ bo‘lgan va tez orada maydonga qaytishi kutilmoqda. U sentyabr oyida Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi uchrashuvida «PSV» (1:2) oyog‘ining ikki joyidan sindirib olgan edi. Shu sababli yarim yilni jarohatni tiklash bilan o‘tkazib yubordi.

«Mening do‘stim Lyuk Shou yugurish mashqlaridan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytadi. U tez orada maydonga tuship to‘p tepa oladi», – deya yozadi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata o‘zining instagramdagi rasmiy sahifasida.

Муҳокама

04.04.2016

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel hisoblashicha hujumchi Antoni Marsyal uchun eng qulay pozitsiya bu markaziy xujum chizig‘idir.

«Ishonamanki, Antonii tez orada markaziy hujum chizig‘ida xarakat qiladi. Men uni xozida Markus Reshford harakat qilayotgan pozitsiyada o‘ynashini istardim. Ha, Marsyal qanotda ham o‘zini yaxshi namoyish qilmoqda, lekin markazda u yanada kuchli bo‘la oladi».

«Menga Markus Reshford o‘yini ham yoqmoqda, u so‘zsiz iqtidorli futbolchi. O’ylashimcha, uni yaxshi kelajak kutmoqda, hali u juda yosh. Uni doim maydonga tushirish ham yaramaydi, biroz xordiq chiqarishi lozim. Markus juda yaxshi o‘yinchi, lekin uning har o‘yinda maydonda tushishi uning zarariga xizmat qilishi mumkin».

Муҳокама

Янгиликлар /

Yubiley gol sohiblari

04.04.2016

«Yunayted» APL jamoalari orasida birinchilardan bo‘lib o‘z maydonida raqib darvozasiga 1000 to‘pni kiritgan ilk jamoaga aylandi.

Ushbu ko‘rsatkichga faqatgina «Arsenal» yaqin yillarda yetib kelishi mumkin. Hozirda «Arsenal» o‘z maydonida raqib darvozasini 916 bora ishg‘ol qilgan. «Siti» esa bu minglik davonni zab etishi uchun «Etixad» stadionida yana 364 gol urishi zarur.

Urilgan gollarning asosiy qismi o‘yindan kiritilgan bo‘lsa, 56 gol esa penaltidan so‘ng kirtilgan, 33 bora esa futbolchilar belgilangan jarima to‘pidan unimli faoydalanishgan, 34 ta golni esa raqib o‘z darvozasiga yo‘llagan.

Urilgan gollardan 99 tasini Ueyn Runi kiritgan bo‘lsa, Pol Skoulz hisobida – 59 ta va Krishtianu Ronalduda – 57 ta.

1000 to‘pini kiritgan Antoni Marsyal o‘z nomini jamoaning nomdor futbolchilar qatoriga yozib qo‘ydi. Premer Liga doirasidagi «Manchester Yunayted» ning uy uchrashuvidagi ilk golni 1992 yilda himoyachi Denis Irvin kiritgan qolgan yubiley gollarni esa quyidagi futbolchilar kiritishgan:

100 – Erik Kantona

200 – Pol Skoulz

300 – Endi Koul

400 – Ole Gunnar Sulsher

500 – Rayan Giggz

600 – Ole Gunnar Sulsher

700 – Krishtianu Ronaldu

800 – Ueyn Runi

900 – Sindzi Kagava

1000 – Antoni Marsyal 

 

Муҳокама