«Old Trafford» dagi 1000-gol
04.04.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Atnoni Marsyal jamoasining Anliya Premer Ligasi doirasida «Old Trafford» dagi 1000-golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu tarixiy voqea APL 32-turidan o‘rin olgan «Everton» (1:0) jamoasiga qarshi uchrashuvda sodir bo‘ldi.
«Manchester Yunayted» APL jamoalari orasida birinchilardan bo‘lib o‘z maydonidagi minglik davoni zabt etdi.
Shuningdek, ushbu gol fransuz futbolchisining APLda joriy mavsumdagi 8-golidir.
Mata: Juda kerakli g‘alaba bo‘ldi
04.04.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata «Everton» ustida (1:0) qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Bu juda kerakli g‘alaba bo‘ldi. «Manchester Siti» bir kun avval g‘alaba qozongan edi, shuning uchun ham biz 3 ochko olishimiz zarur edi».
« «Everton» juda zich xarkat qilishdi. Ularning tarkibida ajoyib futbolchilar bor, bizga g‘alaba qozonish onson bo‘lmadi. Barchasi biz o‘ylagandek bo‘lganidan xursandmiz».
Eslatib o‘tamiz ushbu g‘alaba «qizil iblislar» ni 5 o‘ringa olib chiqdi. Jamoa APL da 32-turdan so‘ng 53 ochko to‘plagan holda, 4 o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» jamosidan 1 ochko kam jamg‘argan.
«Yunayted» – «Everton» 1:0
04.04.2016

Premer Liga, 32-tur.
«Manchester Yunayted» – «Everton» 1:0
Gol: Marsyal 54
«Everton» – Robles, Stounz, Beyns, Koulmen, Djagelka, Barkli (Nyasse, 87), Kleverli, Lennon, Makkarti, Deulofeu (Miralyas, 63), Lukaku.
«Manchester Yunayted» – De Xea, Smolling, Roxo (Fosu-Mensa, 46), Darmian, Blind (Valensiya, 82), Lingard, Shnayderlin, Kerrik (Errera, 58), Mata, Marsyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Smolling (61), Lingard (90).
Bosh hakam: Andre Marriner
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 53 ochko bilan 5 o‘rinda chiqib oldi, 4 o‘rinda borayotgan «Siti» da esa 54 ochko bor. «Everton» jamoasi esa 38 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Kelasi turda 10 aprel kuni «Yunayted» mehmonda «Tottenxem» jamoasi bilan kuch sinashadi.
01.04.2016

«Valensiya» jamoasi bosh murabbyi Gari Nevill o‘z lavozimini tark etdi.
Ispaniya klubi saytida ingliz mutaxassisi bilan shartnoma bekor qilingani haqida ma’lum qilindi.
«MYu»dagi futbolchilik faoliyatidan keyin televidenieda ishlay boshlagan Nevill «Valensiya»ga 2015 yilning dekabrida mavsum yakunigacha bosh murabbiy sifatida tayinlangandi.
Endilikda mavsum yakunigacha jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi sifatida Pako Ayestaran ishlaydi.
Nevill boshqaruvida jamoa Ispaniya chempionatida ketma-ket g‘alabasiz 10 o‘yindan iborat antirekord qayd etdi. Bundan tashqari, jamoa Ispaniya kubogi yarim finalida «Barselona»dan 0:7 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
4 oy davomida «Valensiya» barcha turnirlarda 10ta g‘alaba, 7ta durang va 11ta mag‘lubiyat qayd etdi.
01.04.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson yozda «Manchester Siti» boshqaruvini qo‘lga oladigan «Bavariya» ustozi Xosep Gvardiolaning faoliyatini alohida e’tirof etib o‘tdi, biroq ispaniyalik mutaxassisning yangi jamoada muammolarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.
«Shubhasiz, Gvardiola – haqiqiy mehnatsevar va buni u har bir shogirdidan talab qiladi. Kimdir «Siti»da juda yuqori darajada ishlamasa, jamoada uzoq vaqt qola olmaydi. «Manchester Siti» juda katta xaridni amalga oshirdi. Biroq Pepga Angliyada oson bo‘lmaydi, ingliz futboli shunchaki futbol emas.
Chet eldan Angliyaga ishlashga kelgan har bir murabbiy bu gapimni tasdiqlashi mumkin. Bu haqda Arsen Venger, Joze Mourino ham gapirishgan. Pep muvaffaqiyat qozonishi mumkin, ammo «shaharliklar» bilan «Barselona»da amalga oshirgan ishlarini qila oladi deb o‘ylamayman. Bu o‘ziga xos bir etalon davr edi, ular dunyoning eng kuchlisi bo‘lishgandi», deydi Fergyuson.
01.04.2016

Joriy haftadan boshlab UzReport telekanalida Angliya premer-ligasi o‘yinlari o‘zbek tilida ham sharhlab borilishi boshlanadi. Bu haqda uzreport.uz saytida xabar berilgan.
«Xabaringiz bor, telekanal orqali shanba va yakshanba kunlari APLdan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar «jonli» efirda namoyish qilib kelinmoqda.
Telekanal auditoriyasining kengligini va ko‘plab tomoshabinlarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, shu haftadan boshlab Premer-liga o‘yinlari o‘zbek tilida ham sharhlanadi.
Jumladan, 2 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da «Emireyts» stadionida «Arsenal» klubi «Uotford»ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinni Davron Fayziev va Yoqubjon Bobojonov birgalikda sharhlab borishadi.
Shu kuni soat 21:30da esa «Enfild» o‘yingohida «Liverpul» klubi «Tottenhem» bilan bahslashadi. Bu uchrashuvni Jasurbek G‘aybullaev va Otabek Jo‘raev rus tilida sharhlashadi.
3 aprel kuni esa soat 17:30da «Lester» klubi «Sauthempton» bilan kuch sinashadi. Shu kuni kechki soat 20:00da esa «Old Trafford»da «Manchester Yunayted» jamoasi «Everton»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. «Lester» - «Sauthempton»ni G‘aybullaev -Jo‘raev juftligi sharhlab borsa, «MYu» - «Everton» o‘yinini Fayziev va Bobojonov sharhlashadi.
Tez orada rus va o‘zbek tilidagi sharhlar borasida sizni yana bir ajoyib syurpriz kutib turibdi. Bu haqida vaqti kelsa ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Shou tez orada safga qaytishi mumkin
31.03.2016

Telegraph nashri xabar berishicha himoyachi Lyuk Shou kelasi xaftadan boshlab umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga kirishadi.
Lyuk yaqin 7-10 kun ichida safga qaytib jamoasining chempionatdagi hal qiluvchi o‘yinlarida va Angliya Kubogi bahsida jamoasiga yordam berishi mumkin.
Himoyachi o‘tgan yilining sentryab oyidan beri maydonga tushmayapti va hozirda jamoaning Karringtondagi bazasidan maxsus dastur asosida tiklanish jarayonida.
Angliya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchi tiklanib safga qaytgandan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi Roy Xodjson uning holatiga qarab Yevro-2016 ga boradigan tarkibga kiritishi mumkin.
20 yoshli futbolchi yozda maxsus dastur asosida mashg‘ulot olib borib kelasi mavsumda «Yunayted» ga to‘liq yordam berishi mumkinligi aytilmoqda.
Runi: 7-10 kunda safga qaytaman
30.03.2016

«Yunayted» sardori Ueyn Runi jarohat sababli 13 fevraldan buyon maydonga tusha olmayapti. Futbolchi o‘zining holati yuzasidan so‘ngi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.
«Agar hammasi reja asosida ketsa, hozirda yugurish mashqlarini bajarmoqdaman va 7-10 kundan so‘ng to‘liq mashg‘ulotlarga kirishaman. To‘liq tiklanishim uzoq davom etmaydi degan umiddaman».
Ueyn shuningdek Angliya terma jamoasidagi o‘rni haqida ham aytib o‘tdi.
«Yan bir bor takrorlayman «Yunayted» va terma jamoada men uchun asosiy tarkibdagi o‘rin kafolatlanmagan. Albatta, men terma jamoa safida muhim musobaqalarda ishtirok etishni istayman, lekin men hammasini yaxshi tushunib turibman, jamoada hozirda kuchli futbolchilar to‘plangan. Jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish niyatida safga tezda qaytishni intizorlik bilan kutmoqdaman. Buning uchun men qattiq ish olib bormoqdaman».
«Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar bizda juda kuchli jamoa yig‘ilgan, va muhlislar bizdan Yevropa Chempionatidagi ijobiy natijani kutishmoqda. Men o‘z gollarim bilan hissamni qo‘shish niyatida ushbu musobaqani intizorlik bilan kutmoqdaman».
«Old Trafford» kattalashadi
30.03.2016

«Yunayted» rahbariyati «Old Trafford» stadionini kengaytirish maqsadida ta’mirlash ishlarini olib borish niyatida.
Yaqinda jamoa rahbariyati muhlislarga qulaylik yaratish maqsadida stadionda yangi standartlarni joriy qilinishi aytib o‘tgandi. Unga ko‘ra yangi standartlar joriy qilingandan so‘ng o‘rindiqlar soni qisqarishi mumkin. Shu sababli jamoa rahbariyati stadionni kengaytirish niyatida.
Yangi loyihaga ko‘ra stadion keyinchalik 80 000 muhlis uchun hizmat qilishi ko‘zda tutilgan..
Xabarlarga ko‘ra, «Old Trafford» modernizatsiyasi 2017 yil yozidan amalga oshiriladi.
De Xea oyning eng yahshi futbolchisi
30.03.2016

David De Xea «Manchester Yunayted» ning mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi deya e’lon qilindi. Ba haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi
Ispaniyalik darvozabon «Yunayted» jamoasining Twitter dagi rasmiy sahifasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma yakuniga ko‘ra 72% ovoz oldi, keyingi o‘rinda Antoni Marsyal va Kris Smolling band etdi.
De Xea «Liverpul» va «Siti» ga qarshi kechgan o‘yinlarda ajoyib seyvlar namoyish qilgan edi.