Янгиликлар /

Runi qachon safga qaytadi?

29.03.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionati 26-turida «Sanderlend»ga qarshi kechgan uchrashuvda tizzasidan jarohat olgan edi. O’sha uchrashuvda mankunianliklar 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashgan.

Runi aprel oyi o‘rtalarida safga qaytishi kutilmoqda. Shu tariqa u Yevropa chempionati boshlangunga qadar optimal sport formasini qayta tiklashi mumkin.

Runi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galning qarori tufayli Yevropa chempionatidan mahrum bo‘lishiga bir bahya qoldi. Murabbiy hujumchini jarohat olgan bo‘lishiga qaramay zaxiraga olmadi va keyinchalik Runining o‘zi buni istagani haqida gapirib o‘tdi. Aslida esa Ueyn Runi 65-daqiqadayoq kuchli og‘riq tufayli zaxiraga olishini Lui van Galdan so‘rgan ekan.

Agarda Runining jarohati yanada og‘irlashib ketganda, u 9 oy muddatga safdan chiqishi mumkin edi.

Муҳокама

29.03.2016

22 yoshli «Everton» xujumchisi Romelu Lukaku «Chelsi» jamoasiga qaytib bormasligini, va «Manchester Yunayted» ning qiziqishlari borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi .

« «Chelsi» ga qaytib borish imkoni bormi? Yo‘q va yana yo‘q. Bu sahifa yopilgan. Men kichkinaligimda «Manchester Yunayted» va «Bavariya» jamoalarining hujumkor o‘yinlaridan zavqlanardim. Ko‘ramiz, vaziyat qanday bo‘lishini, bu men uchun ko‘p narsani isbotlashim lozimligini ko‘rsatadi. Qolgan ko‘p narsa–mening agentimga ham bog‘liq».

Lukaku shuningdek, «Yunayted» ga Joze Mourinyu bosh murabbiy bo‘lishi ehtimoli ham uning fikrini o‘zgartirmasligi mumkinligini aytdi.

«Ayrimlar aytmoqdaki Mourinyu bilan yomon aloqalarimizni. Uch yil avval men  20 yoshda edim, va top jamoada to‘p surish xayajoni bor edi. Bir necha ajoyib mavsumdan so‘ng barchasi o‘zgardi. May oyida 23 yoshga to‘laman, va yozda jamoamni trak etishim mumkin» deydi futbolchi La Dernière Heure nashriga bergan intervyusida

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda xujumchi «Everton» safida barcha musobaqalarda 37uchrashuvda maydonga tushib 25 gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.

Муҳокама

29.03.2016

Antoni Marsyal o‘ziga PSJ jamoasidan qiziqish bildirilayotgani borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.   

RTL telekanali muxbirining Fransiyaga qaytishga va PSJ a’zosiga aylanishga tayyormisan degan savolga Antonii quyidagilarni aytib o‘tdi: «Hozirda «Yunayted» yuqorida darajada emas, lekin ishonamanki kelgusi yili boshqacha bo‘ladi».

«O’ylashimcha, hujimlarni yanada samaraliroq yakuniga yetkazamiz. Ushbu mavsumda men ko‘p imkoniyatlarni qo‘ldan chiqardim, lekin, kelasi yil bunday ancha yaxshi bo‘ladi».

«Men Angliyaga kelganimda boshida biroz xayajonlandim. O’yin vaqtida shuni tushunib yetdimki, bunday yuqori darajadagi saviyada to‘p surish oson emas. 17 yoshdaligimda chidamli bo‘lishib borasida aytishgan edi».

«Men ingliz futbolini yaxshi ko‘raman, bu yerda barchasi men istaganimdek». 

Муҳокама

28.03.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi Ispaniyaning «Atletik» jamoasi safidagi himoyachi Mikel San Xose va yarim himoyachi Oskar De Markosni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Goal.com nashrida yozilishicha, yozgi transferlar vaqtida bu reja amalga oshiriladi. Futbolchilarning transferi uchun «Qizil iblislar» 70 million yevro to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Xabar qilinishicha, bu futbolchilarga jamoaning ayni vaqtdagi bosh murabbiyi Lui van Gaal tomonidan qiziqish bildirilgan. Lekin u jamoani mavsum yakunida tark etadigan bo‘lsa, bu transferlar amalga oshirilishi so‘roq ostida qoladi.

Joriy mavsumda San Xose «Atletik» uchun ichki chempionatda 26 o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. De Markos ham shuncha uchrashuvda maydonga tushgan va bir golga mualliflik qilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

«PSJ» Marsiyalni sotib olmoqchi

28.03.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining fransiyalik yosh hujumchisi Antoni Marsiyal Parijning «PSJ» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.

Le 10 Sport nashri xabariga ko‘ra, mavsum yakunida parijliklar jamoasi Edinson Kavanini transferga qo‘yib, uning o‘rniga Marsiyalni xarid qilishni rejalashtirishgan.

Bundan tashqari, jamoaning asosiy hujumchisi Zlatan Ibrahimovich ham mavsum yakunida «PSJ»ni erkin agent sifatida tark etishi aytilgan.

O‘tgan yilning yozida Marsiyal Fransiyaning «Monako» jamoasidan «MYu»ga 36 million funt evaziga o‘tgandi. Kelishuvga ko‘ra, bonuslar orqali bu transfer qiymati 58 milliongacha ortishi mumkinligi belgilangan.

APLning joriy mavsumida bu futbolchi manchesterliklar safida 24 o‘yin o‘tkazdi va 7 gol urib, 4 golli uzatmaga mualliflik qildi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Lukaku «MYu»ga o‘tadimi

28.03.2016

«Everton» jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuning otasining so‘ziga ko‘ra uning o‘g‘li katta jamoalarga o‘tishga tayyor va «Manchester Yunayted» u uchun qulay jamoadir.

«U tayyor. Men bilaman u bilan «Atletiko», «Bavariya», «Yuventus», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalari qiziqish bildirishmoqda. O’ylashimcha, «Manchester Yunayted» yoki «Bavariya» jamoalaridan birini tanlashi kerak.

««Yunayted» xozirda qayta qurish jarayonida va jamoa asosiy tarkibni aniqlab olish niyatida. «Bavariya» - esa bu bir mashina. Bu jamoaga faqatgini Levandovski jamoani tark etgan taqdirdagina o‘tishi mumkin».

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda Premer Ligada 18 ta gol urishga erishgan u ning jamoasi esa quyi pog‘onalarda bormoqda.  

Муҳокама

26.03.2016

Gollandiyalik mutaxassis Lui van Gal Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubiga bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng, klub qiymati qariyb 1 milliard dollarga tushib ketdi. Bu haqda The Mirror’ga asoslanib, «TASS» xabar bermoqda.

23 mart, chorshanba kuni Nyu-York fond birjasining yopilish vaqtida «Manchester Yunayted» klubining bitta aksiyasi narxi 13,33 dollarni tashkil qildi. 2014 yilning iyul oyida, ya’ni Lui van Galning «MYu»ga bosh murabbiy etib tayinlanmasidan avval, bitta aksiyani 20 dollarga sotib olish mumkin edi.

Nashrning yozishicha, aksiyalar narxining pasayishi qimmat futbolchilarni sotib olish va klubning muvaffaqiyatsiz natijalar ko‘rsatishi bilan bog‘liq. Shuningdek, qayd etilishicha, mavsum yakunida «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida kuchli uchlikdan joy olmasa, aksiyalar narxi yana tushib ketishi mumkin.

Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda «Manchester Yunayted» klubining umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng edi.

Lui van Gal 2014 yilning may oyida, Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasini bronza medali sovrindoriga aylantirganidan so‘ng, «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan edi. Faoliyati davomida 64 yoshli mutaxassis «Ayaks», «Barselona» va «Bavariya» klublarini ham boshqargan.

«Manchester Yunayted» jamoasi Angliya chempionatida 30 ta o‘yindan so‘ng 50 ochko to‘plagan holda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Муҳокама

25.03.2016

Kecha bo‘lib o‘tgan FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik uchrvshuvlarida «Manchester Yunayted» jamoaning bir qator futbolchilario‘z terma jamoalari tarkibida maydonga tushishdi.

O’rtoqlik uchrashuvlarining markaziy uchrashuvi deya topilgan Italiya va Ispaniya o‘rtasidagi uchrashuvda Matteo Darmian, Xuan Mata va David De Xea asosiy tarkibda maydonga tushishdi. Uchrashuvd jangovor 1:1 hisobida nihoyasiga yetdi. David De Xea uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Xuan Mata  birinchi bo‘limdan so‘ng zahira futbolchisiga almashtirildi. Italiya tarkibida esa Matteo Darmian uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi.

Himoyachi Peddi MakNeyr esa Shimoliy Irlandiya va Uels terma jamoalari o‘rtasida uchrashuvda ishtirok etdi. Bu uchrauvda ham 1:1 hisobi qayd etildi. MakNeyr uchrashuvni 74-daqiqasida zahira futbolchisiga almashtirildi.

Janubiy Amerikada esa JCh 2018 saralash uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ekvador va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Antonio Valensiya 90 daqiqa to‘p surdi uchrashuv 2:2 hisobida yakuniga yetdi. Ekvador hozirda turnir jadvalida 5 uchrashuvdan so‘ng 13 ochko to‘plagan holdi peshqadam bo‘lib kelmoqda.

Serxio Romero va Markos Roxo esa Argentina terma jamoasi tarkibida Chiliga qarshi uchrashuvda maydonga tushishdi va mehmonda 1:2 hisobida g‘alabaq qozonishdi. Ikkala futbolchi ham uchrashuvda to‘liq xarkat qilishdi

Eslatib o‘tamiz, bugun o‘tadigan uchrashuvlarda ham «Yunayted» jamoasi a’zolari o‘z terma jamoalari safida maydonga tushishi kutilmoqda Urugvay va Braziliya o‘rtasidagi uchrashuvda himoyachi Varela maydonga tushishi mumkin bo‘lsa, Gollandiya va Fransiya o‘rtasidagi uchrashuvda esa Deyli Blind, Memfis Depay va Antoni Marsyal maydonda to‘qnash kelishlari mumkin. 

Муҳокама

25.03.2016

«Latsio» yarim himoyachisi Felipe Anderson uni sotib olish borasida «Manchester Yunayted» rasmiy taklif bilan chiqqanligini aytib o‘tdi.  

«Har safar transfer oynasi vaqtida mening kelajigim borasida muzokaralar olib boriladi. So‘ngi ikki yil ichida esa meni nomimni ko‘plab yevropa jamoalari bilan bog‘lashmoqda, lekin men ishlashda davom etaman, va faqat «Latsio» haqida o‘ylamoqdaman».

««Manchester Yunayted»? Ular o‘tgan yili taklif bilan chiqishgan edi, va buni «Latsio»  ham tasdiqlagan. Rahbariyat mavsumni jamoa uchun yaxshi nihoyasiga yetkazish uchun meni jamoada saqlab qolishni lozim topdi. Afsuski o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlab bo‘lmaydi, lekin biz bor kuch bilan ishlashda davom etamiz, yakunda bizni nimalar kutimoqda ekan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Latsio» sport direktori Igli Tare 22 yoshli futbolchini 50 mln. yevroga «qizil iblislarga» sotishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan edi. 

Муҳокама

24.03.2016

Xuan Mata shvedsiyalik futbolchi Zlatan Ibragimovich bilan bir jamoada to‘p surish istagi borligini aytib o‘tdi. So‘ngi shov-shuvlarga qaraganda 34 yoshli futbolchi kelasi yil faoliyatini «Manchester Yunayted» da davom ettirishi mumkin.

«Men uni nima qilishini bilmayman, Parijda qoladimi yoki ketadimi. Uzoq muddatli faoliyati davomidagi unda yangi sahifa ochish imkoniyati bor».

«Zlatan, so‘zsiz, shvedsiya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi. U bir qancha chempionatlarda to‘p surdi va ko‘plab mukofotlarni qo‘lga kiritdi. Bu uning o‘yining sifati bilan bog‘liq va shu sababli u terma jamoada va PSJ  da jamoa sardoridir».

«U juda yaxshi o‘yinchi, menga u kabi o‘yinchilar bilan to‘p surish juda yoqadi. Xar bir futbolchi Zlatan kabi futbolchi bilan birga to‘p surishni istaydi».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibragimovich mavsum yakuniga yetgandan so‘ng PSJ ni tark etishi mumkinligini aytib o‘tgan edi.  

Муҳокама