UEFA vakillari tekshiruv boshladi
24.03.2016

UEFA Yevropa Ligasi doirasida o‘tgan «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv borasida yana qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazadi. Bu xaqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda.
UEFA intizom qo‘mitasi ushbu uchrashuvda jamoalarning muhlislari tomonidan olib borilgan qonunga zid harakatlar uchun tekshiruv ishlarini olib bormoqda.
Hozirda qo‘mita uchrashuvda bo‘lib o‘tgan voqea xodisalar yuzasidan dalillar to‘plash ishlarini yakuniga yetkazish arafasida. So‘ngra yana bir marotaba ushbu xodisalar yaxshilab o‘rganilib va yakuniy xulosa chiqariladi. Shundan so‘ng tartib intizom qo‘mitasi ikkala jamoani ham jazolashi mumkin.
Shvaynshtayger jarohat oldi
24.03.2016

«Manchester Yunayted» safidan Germaniya terma jamoa safiga borib qo‘shilgan Bastian Shvaynshtayger shanba kuni Angliyaga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmasligi mumkin deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri. 31 yoshli futbolchi mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan.
Shvaynshtayger kechagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan va tibbiy tekshiruv uchun Myunxenga yo‘l olgan.
«Bastian mashg‘ulotlar vaqtida oyog‘idan jarohat oldi. Hozirda u Myunxenda, va tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning holatiga aniqlik kiritiladi. Hozirda uning holati borasida biror narsa deyish qiyin. Men uning qancha muddatga safdan chiqqanligini ayta olmayman» - deydi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov.
Eslatib o‘tamiz, so‘ngi bor Bastian «Yunayted» asosiy tarkibida 9 yanvarda maydonga tushgan edi, so‘ngra jarohat sababli 12 uchrashuvni o‘tkazib yubordi. Jamoaning so‘ngi to‘rt o‘yinida esa zahiradan maydonga tushdi.
Takroriy uchrashuv sanasi aniq bo‘ldi
24.03.2016

Angliya Futbol assotsiatsiyasi rasman Angliya Kubogi doirasidagi «Manchester Yunayted» va «Vest Xem Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi takroriy uchrashuv bo‘lib o‘tish sanasini belgiladi. Uchrashuv 13 aprel kuni britaniya vaqti bo‘yicha 19:00 da «Vest Xem» jamoasining uy stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki «Old Trafford» da bo‘lib o‘tgan uchrashvda 1-1 hisobi qayd etilgan va musobaqa ruglamentiga ko‘ra takroriy bahs o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan edi.
Uchrashuv dastlab 6 aprelda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Takroriy bahs bo‘lib o‘tishi belgilangan sanada UEFA Chempionlar Ligasi bahslari bo‘lib o‘tishi tufayli Angliya futbol assotsitsiyasi UEFA dan rasmiy ruhsat olishlari lozim edi.
Yakuniy qarorga ko‘ra jamoalar 13 aprelda bellashishlariga kelishildi va bung ikki jamoa ham rozilik bildirgan.
«Yunayted» yozda Xitoyda 2ta o‘yin o‘tkazadi
23.03.2016

Yozda «Manchester Yunayted» jamoasi mavsumoldi tayyorgarlik mashg‘ulotlarining bir qismini o‘tash uchun Xitoyga yo‘l oladi.
Jamoa rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, manchesterliklar jamoasi Xitoyda 8 kun davomida bo‘ladi va 2ta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. «MYu» jamoasi qarshi o‘sha kunlarda o‘yin o‘tkazadigan jamoalar nomi yaqin vaqtda ma’lum qilinadi.
«Manchester Yunayted» Xitoy bilan tarixiy aloqalarga ega va biz u yerda juda ko‘p muxlislarga ega ekanimizdan faxrlanamiz.
Xitoyga avvalgi turnelarimiz vaqtida o‘tkazgan o‘yinlarimizni tomosha qilish uchun 500 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurgandi. Shuning uchun jamoamiz yoz kelishini sabrsizlik bilan kutmoqda», — deydi klubning ijrochi direktori Ed Vudvord.
Taxit Chong «Yunayted» a’zosi
22.03.2016

Gollandiyaning Voetbal International nashri xabar berishicha, «Feyenoord» ning 16 yoshli yarim himoyachisi Taxit Chong «Manchester Yunayted» a’zosiga aylandi.
Chong «Feyenoord» jamoasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u akademiyada 2009 yildan boshlab to‘p surib kelgan. Yosh vinger shuningdek jamoaning 17 yoshlilar jamoasida to‘p surgan, so‘ngra Gollandiyaning 17 yoshli trema jamoasiga ham chaqirilgan.
Chong «Feyenoord» akademiyasining eng iqtidorli futbolchisi hisoblanadi. Futbolchiga «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari ham qiziqish bildirishgan edi.
Ko‘plab Gollandiyalik jurnalistlar va futbol mutaxassislari ham Chong «Yunayted» a’zosiga aylanganini tasdiqlashgan.
Karrik: Hech nima eshitmadim
22.03.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maykl Kerrikning aytishicha, klub shu vaqtgacha unga shartnomasini uzaytirishni taklif etmagan, uning amaldagi shartnomasi ushbu mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
«To‘g‘risini aytsam, nima bo‘lishini bilmayman. Shu vaqtgacha hech nima eshitmadim. Yaqin orada o‘zgarish bo‘lishiga umid qilaman. Men ko‘pdan beri «Manchester Yunayted» jamoasida o‘ynayman, jamoani yaxshi ko‘raman. Bu juda yaxshi joy», — dedi 34 yoshli futbolchi Sky Sports telekanaliga bergan intervyusida.
Ushbu mavsum Premer-ligada Kerrik 22 o‘yin o‘tkazib, samarali natija ko‘rsatmadi.
«Yunayted» futbolchilari terma jamoa safida
22.03.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining 14 nafar futbolchisi o‘z terma jamoalari safiga yo‘l olishdi.
Deyli Blind va Memfis Depay Gollandiyaga Amsterdamda bo‘lib o‘tadigan Fransiyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun yo‘l olishdi . Fransuzlar safiga esa xujumchi Antoni Marsyalchaqiriq olgan bo‘lsa, Morgan Shayderlin esa bu safar terma jamoaga chaqiriq olmagan.
Gollandiya terma jamoasi shuningdek «Uembli» stadionida Angliya terma jamoasiga qarshi ham uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan. Angliya terma jamoasi safiga «qizil iblis» lar himoyachisi Kris Smolling chaqiriq olgan.
Germaniya terma jamoasi safiga esa yarim himoyachi Bastian Shvaynshtayger ham chaqirilgan.
Italiya terma jamoasining Ispaniya va Germaniya termalariga qarshi kechadigan uchrashuvda himoyachi Matteo Darmian to‘p surishi mumkin.
Ispaniya terma jamoasiga esa David De Xea va Xuan Mata chaqiriq olgan. Ikkala futbolchi jamoaning Ruminiya va Italiyaga qarshi uchrashuvlarda maydonga chiqishlari mumkin.
Peddi MakNeyr esa Shimoliy Irlandiya termasi safida Uels va Sloveniyaga qarshi uchrashuvga chaqirilgan. Maruan Fellayni Belgiya termasi safida Portugaliya termasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi.
Jamoaning yosh himoyachisi Gilermo Varela esa Urugvay terma jamoasi safiga Braziliya va Peruga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun chaqiriq olgan.
Markos Roxo va Serxio Romero esa Argentina terma jamoasiga yo‘l olgan bo‘lsa, Antonio Valensiya Venesuyela tarkibida Paragvay va Kolumbiya jamoalariga qarshi uchrashuvda ishtirok etadigshan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
«Siti» – «Yunayted» 0:1
22.03.2016

Premer Liga, 31-tur.
«Manchester Siti» – «Manchester Yunayted» 0:1
Gol: Reshford 16
«Manchester Siti– Xart (Kabalero, 50), Demichelis (Boni, 53), Klishi, Sanya, Mangalya, Ture, Fernandino, Silva, Navas, Sterling (Fernando, 26), Aguero.
«Manchester Yunayted» – De Xea, Smolling, Roxo (Valensiya, 63), Darmian (Fosu-Mensa, 84), Blind, Lingard, Shnayderlin, Kerrik, Mata (Shvaynshtayger, 70), Marsyal, Reshford.
Ogohlantirishlar: Smolling (10), Mangalya (76).
Bosh hakam: Maykl Oliver
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 50 ochko bilan 5 o‘rinda borayotgan «Vest Ham» bilan tenglashib oldi, «Siti» esa 51 ochko bilan 4 o‘rinda.
Kelasi turda 3 aprel kuni «Yunayted» o‘z maydonida «Everton» jamoasini qabul qiladi.
20.03.2016

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino «Manchester Yunayted» bilan jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Lui van Gal lavozimini egallash bo‘yicha dastlabki shartnomani imzoladi. Bu haqda El Pais nashri xabar bermoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, shartnomada agar Mourino bilan «MYu» 1 maygacha shartnoma imzolamasa, unda portugaliyalik 6,5 mln yevro va agar 1 iyungacha imzolanmasa yana 13 mln yevro tovon puli olishi bandi ham kiritilgan. Agar Mourino o‘z fikridan qaytadigan bo‘lsa, u ham jamoaga tovon puli to‘laydi, biroq bu summa aytilmagan.
Avvalroq OAVda «Chelsi»dan qoniqarsiz natijalar uchun ketgan Mourino «MYu» bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani ma’lum qilingandi, unga ko‘ra murabbiyga uch yil ichida 60 mln yevrodan ko‘proq maosh to‘lanadi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar 1,5 oy davom etgan.
Ayni vaqtda van Gal boshchiligida «Manchester Yunayted» chempionatda 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa, shuningdek, Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan chiqa olmadi, Yevropa ligasining 1/8 final bosqichida esa «Liverpul»ga imkoniyatni boy berib, bu musobaqani ham tark etdi.
20.03.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Manchester derbisida Ueyn Runining rekordini yangilashi mumkin.
Agar Reshford ushbu o‘yinda gol ursa, APL doirasidagi «MYu» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi to‘qnashuvda darvozani ishg‘ol qilgan eng yosh futbolchiga aylanadi.
O‘yin kuni Reshford 18 yoshu 141 kunlik bo‘ladi. Hozirda bu boradi eng yaxshi ko‘rsatkich Ueyn Runiga tegishli bo‘lib turibdi. U 2004/05 yilgi mavsumda 19 yoshu 112 kunlik paytida «Manchester Siti» darvozasini ishg‘ol qilgan.
«Manchester Siti» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi Angliya Premer-ligasining 31-turi doirasida 20 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.