20.03.2016

Yevropa futbol ittifoqi (UEFA)ning Tartib-intizom qo‘mitasi Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Liverpul»ga nisbatan Yevropa Ligasi 1/8 final javob o‘yinidan so‘ng ish ochdi. Bu haqda UEFA rasmiy saytiga tayanib, «Chempionat» xabar bermoqda.

UEFA «Manchester Yunayted»ga o‘yin vaqtida klub muxlislarining uyushtirgan tartibsizligi, tribunalardan ortiqcha predmetlar uloqtirishi va stadiondagi zinalarni yopib qo‘yganligi uchun e’tiroz bildirdi. «Liverpul»ga esa ushbu jamoa muxlislari taqiqlangan qo‘shiqlar kuylagani, ortiqcha predmetlarni maydonga uloqtirib, pirotexnika vositalaridan foydalangani va ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqargani uchun UEFA tomonidan e’tiroz bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» jamoasi «Manchester Yunayted» klubini Yevropa Ligasi 1/8 final dastlabki o‘yinida 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, javob o‘yinida 1:1 hisobi qayd etildi va «Liverpul» musobaqaning chorak finaliga chiqdi.

Муҳокама

19.03.2016

«Manchester Yunayted» 17 mart oqshomida Yevropa ligasining nimchorak finalida «Liverpul»ga qarshi bahs o‘tkazdi.

«Old Trafford»da bo‘lib o‘tgan bu javob o‘yini 1:1 hisobida yakunlandi va mezbonlar turnirni tark etishib, mavsumda sovrinsiz qolishi aniq bo‘ldi.

O‘yinni tomosha qilishi uchun «Old Trafford» stadioniga 75 180 muxlis tashrif buyurgan. Bu haqda UEFA rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Shu tariqa, Manchesterda Yevropa Ligasi turniri tarixida eng ko‘p muxlis tashrif buyurishi bo‘yicha rekord o‘rnatildi.

Bundan avvalgi rekord o‘tgan mavsumda turnirning nimchorak finalida Kievning «Dinamo» va Liverpulning «Everton» jamoalari o‘rtasida kechgan, 5:2 hisobida yakunlangan uchrashuvida qayd etilgandi. O‘shanda «Olimpiyskiy» stadioniga 67 553 muxlis yig‘ilgandi.

Муҳокама

19.03.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi sobiq yarimhimoyachisi Roy Kin «qizil iblislar»ning Yevropa ligasi 1/8 final «Liverpul»ga qarshi uchrashuvi (0:2, 1:1) borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Men rostan ham «Manchester Yunayted» bilan so‘nggi bir-ikki yilda sodir bo‘layotgan voqealardan afsusdaman. Xuddiki «Manchester Yunayted»ga begona bo‘lganlar jamoaga yig‘ilib maydonga tushgandek taassurot paydo bo‘lmoqda.

Men jamoada o‘ynagan paytlarda jamoaning o‘yinidan rohatlanib, o‘zimni uch metrlik odamdek his qilardim. «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda jamoa ishtirokida hech narsani ko‘rmadim. Mersisaydliklarga omad kulib boqqanida kamida 5-6ta gol kiritgan bo‘lishardi», deya ta’kidladi Kin.

Муҳокама

19.03.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda jamoada murabbiy yordamchisi sifatida ishlayotgan Rayan Giggz o‘zining 9 yoshli o‘g‘lini bir vaqtlar kuchli futbolchi bo‘lganiga ishontira olmaganini tan oldi.

«O‘g‘lim mening o‘yinlarimni ko‘rmaganidan xafa bo‘laman. U meni «Manchester Yunayted» uchun bir necha yil o‘ynagan xolos deb biladi. Uning sevimli futbolchisi – Neymar. Undan keyin esa Ronaldu va Messi.

Men hech qachon o‘zimni maqtamaganman, ammo bir safar unga Messidan tezkorroq bo‘lganman dedim.
U esa bunday javob qaytardi: «Yo‘q, unday bo‘lmagan. Hatto men ham sendan tezroq chopaman». Yana bir safar esa uni tutib oldim va dedim: «Televizordagi dadangni qara, mana uning gollaridan biri». U esa yuzini o‘girdiyu xonadan chiqib ketdi», — deya eslaydi Giggz.

Муҳокама

Янгиликлар /

Batt: Reshford hali juda yosh

16.03.2016

«Manchester Yunayted» akademiyasi boshlig‘i Niki Batt fikriga ko‘ra Markus Reshford Angliya terma jamoasida o‘ynashi uchun hal juda erta.

Batt: «Markus terma jamoaga chaqiriq olishi uchun hali vaqtli deya hisoblayman. To‘g‘ri bu Angliya bosh murabiynining ishi. Lekin Markus hal juda yosh, ko‘p narsani o‘rganishi lozim, va uni uzoq yo‘l kutib turibdi».

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford jamoa xujumchilari Runi va Marsyal jarohat olgan vaqtda berilgan imkoniyatdan oqilona foydalandi hamda Yevropa Ligasida va Premer-Ligda dubl qayd etgan edi.

Муҳокама

16.03.2016

«Manchester Yunayted» ning afsonaviy sardori Brayan Robson fikriga ko‘ra jamoa biror futbolchini qo‘yib yuborishdan avval yaxshilash o‘ylashi kerakligini aytdi. Mavsum boshida Xaver Ernandes, Darren Fletcher va Djonni Evans jamoani tark etgan edi va hozirda jamoada ushbu futbolchilar to‘p suradigan pozitsiyalarda kamchiliklar kuzatilmoqda.

«Men albatta sezib turibman, jamoa juda kuchli bo‘lishini. Hech bir jamoa jarohatlardan qochib qutila olmaydi, va bizda ham shunday bo‘ldi. Jamoaning ko‘plab asosiy futbolchilari uzoq muddatga safdan chiqishdi».

«Ernandes, Fletcher va Evans kabi futbolchilar jamoani tark etishidan avval savol berish kerak edi. Ularga ketishiga imkon berish kerakmi yoki jamoada saflab qolish lozimmi deya».

«Yakunda futbolchilar jamoani tark etishdi, va murbbiylar shtabi mavsum so‘ngiga yaqinlashganda biroz qiyin vaziyatda qoldi. Ko‘ramiz mavsum so‘ngida qanday natija qayd etilar ekan».

Муҳокама

15.03.2016

Agarda «Manchester Yunayted» Angliya Kubogi takroriy o‘yinida «Vest Xem» jamoasi ustidan g‘alaba qozonsa, musobaqa yarim finalida «Everton» jamoasi bilan kuch sinashadi.

Angliya Kubogi yaorak finalidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Vest Xem» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1-1 hisobida yakunlangandan so‘ng, musobaqa reglamentiga ko‘ra takroriy uchrashuv raqib maydonida o‘tkazilishi belgilangan. Xozircha ushbu takroriy uchrashuv qachon bo‘lib o‘tishi aniq emas.

Yarim finalning ikkinchi juftligidan «Kristal Pelas» va «Uotford» jamoalri o‘rin olishdi. Ikkala yarim final bellashuvlari 2016 yil 23 va 24 aprelda «Uembli» stadionida o‘tkazilishi belgilangan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Gulf Oil International yangi homiy

15.03.2016

«Manchester Yunayted» Shimoliy Amerikaning Gulf Oil International neft kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzoladi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Bunday uch yillik homiylik shartnomasi, Premer Ligadagi bunday kompaniya bilan ilk bor ro‘y berishi. Gulf Oil vitse-prezidenti Frank Rutten va «Manchester Yunayted» jamoasi  tijorat direktori Djeymi Reygl jamoaning mashg‘ulotlar bazasiga tashrif buyurib, asosiy tarkib futbolchilari bilan uchrashishdi.

Gulf Oil Texasning mashhur neft kompaniyasi hisoblanib 1901 yildan buyon foliyat olib keladi. Jahon bozoriga texnik moy va yoqilg‘i yetkazib beradi. Endilikda kompaniya belgisi Premer Liga, Angliya Kubogi va Liga Kubogi musobaqalarida «Old Trafford» tablosida aks etadi.

Gulf Oil International «Manchester Yunayted» bilan tuzilgan shartnoma orqali o‘zining biznesini Osiyoda keng tarmoqlarda namoyish qilish niyatida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Hammasi rejadagidek ketmoqda

15.03.2016

«Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi Yevropa chempionatiga qadar avvalgi formasini tiklab olishga intilayotganini bildirdi.

«Hammasi rejadagidek ketmoqda. Shu sababli tiklanishim cho‘zilmasligiga umid qilmoqdaman. Terma jamoalar uchun ajratilgan tanaffusdan so‘ng safga qaytishga umid qilyapman».

«Biz muammolar ko‘payib ketmasligi uchun extiyot bo‘lamiz. Umid qilamanki, o‘yinga qaytganimda biz hamon ikkita Kubok uchun kurashayotgan bo‘lamiz», - deydi Runi.

Муҳокама

14.03.2016

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi, afsonaviy ser Aleks Fergyusson joriy mavsumda APLda kechayotgan chempionlik poygasi haqidagi fikrlarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, Klaudio Raneri bosh murabbiyligidagi «Lester Siti» peshqadamlikda davom etadi va muddatidan oldin chempionlikka erishadi.

«Bu safar Angliya chempionligi chempionat yakunlanishiga 3 tur qolganida aniq bo‘ladi. Ishonch bilan aytamanki, bu yilgi chempion «Lester Siti». Bunga albatta ularning kuchi yetadi. Raneri joriy mavsumda APLda o‘z so‘zini ayta oldi», — deya Fergyussondan iqtibos keltiradi Sunday Times nashri.

Ayni vaqtda, mavsum yakuniga 9 tur qolgan pallada «Lester» jamoasi 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa o‘zining eng yaqin ta’qibchisi «Tottenhem»ni 5 ochko, uchinchi o‘rindagi «Arsenal»ni esa 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Муҳокама