14.03.2016

Daily Star nashrida ayni vaqtda PSJ jamoasini boshqarib turgan Loran Blan «Manchester Yunayted»ga taklif etilishi mumkinligi haqida xabar berildi.

«Qizil iblislar» jamoasi rahbariyati ayni vaqtda jamoani boshqarib turgan gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal nomzodini qo‘llashi haqida bir necha bor ma’lum qilgan bo‘lsada, zimdan unga o‘rinbosar qidirishda davom etayotgani aytilgan.

Bungacha nashrlar yozda Manchesterda Joze Mourino ish boshlashi haqida ishonch bilan yozishayotgandi. Van Gaalning o‘rniga Rayan Giggz tayinlanishi mumkinligi haqida ham xabarlar berilgan.

Qayd etish kerakki, Blan o‘z vaqtida, futbolchi sifatida 2001-2003 yillar mobaynida «Manchester Yunayted» jamoasi sharafini himoya qilgan va 48ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Ayni vaqtda «Manchester Yunayted» APLning 29 turidan keyin 47 ochko to‘plagan holda oltinchi o‘rnida bormoqda. Jamoa YeChLni tark etgach, Yevropa Ligasida ishtirok etishni boshladi. Turnirning nimchorak finalida «Manchester Yunayted» «Liverpul»ga qarshi juftlik hosil qilgan. O‘tgan haftada o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda van Gaal shogirdlari safarda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Javob uchrashuvi 17 mart kuni «Old Trafford»da o‘tkaziladi.

Муҳокама

13.03.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal ushbu mavsumda hali sovrin yutish imkoniyati borligini bildirib o‘tdi.

«Biz uchta musobaqada ishtirok etyapmiz. Ko‘p jamoalar va murabbiylar ayni paytda bunday fikr bildira olmaydilar. Bizda hamon qandaydir sovrin yutish imkoniyati mavjud. Men doimo tarkibni o‘zgartirib turishga majburman. Jarohatlar va charchoq tufayli ko‘p o‘yinlarda bitta tarkibni maydonga tushira olmadim. Uchta musobaqada ishtirok etayotganingda hamda ixtiyoringda futbolchilar ko‘p bo‘lmaganida, senga qiyin bo‘ladi.

Qo‘shilaman, «Liverpul»ga qarshi o‘yin mavsumda eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘lmadi, ammo biz butun mavsum davomida bunday o‘ynamayapmiz. Bundan yaxshi o‘ynagan uchrashuvlarimiz bo‘ldi. «Midtyullann»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyin OAV meni iste’foga chiqarib qo‘ygandi. Lekin biz keyingi o‘yinda oyoqqa turdik va g‘alabalar seriyasini amalga oshirdik. Balki, bunday holat «Liverpul»ga qarshi javob o‘yinida ham ro‘y berar. Shuningdek, Angliya kubogi doirasida «Vest Xem»ni mag‘lub etishimiz mumkin.

Mening rejalarim ish beryapti, deb o‘ylayman. Ba’zida esa vaziyat bizning zararimizga ishlayapti va biz kerakli natijaga erisha olmayapmiz. Biz chempionlikni qo‘lga kiritish uchun yaxshi o‘ynay olmayapmiz, ammo Yevropa ligasi va Angliya kubogida g‘olib chiqish imkoniyatiga egamiz. Agar biz musobaqalarning biridan chiqib ketsak, barchamiz uchun murakkab vaziyat yuzaga keladi, ammo bizda sovrin yutib olish imkoniyati saqlanib qoladi. Biz bunga qodirligimizga ishonishda davom etishimiz kerak», — deydi Lui van Gal «The Guardian»ga bergan intervyusida.

Муҳокама

12.03.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Yevropa ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Liverpul»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) keyin yana jurnalistlar bilan tortishib qoldi.

Muxbir o‘yindan keyin sobiq «MYu» himoyachisi Rio Ferdinandning fikrlariga munosabatini so‘radi. Shundan so‘ng van Gaal jurnalist bilan dialogga kirishdi.

– Birinchidan bitta narsani so‘ramoqchiman. Siz uchun Rio Ferdinandning nima degani muhimmi shunchalik?

– Rio «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi sifatida o‘z fikrini bildirgan, deya qo‘shimcha qilgan jurnalist.

Bunga javob Van Gaal: Ha, demak siz o‘z fikringizni aytmayapsiz, balki Rio Ferdinand nima demoqchi bo‘lganini ta’kidlayapsiz..

Men ham hozir o‘z fikrimni aytaman, siz ham buni boshqa kishiga savol qilib bering.

«Biz «Liverpul»ning o‘ta yuqori pressingiga dosh bera olmadik. Buni oldindan kutgan bo‘lsakda, bu ishni uddalay olmadik. Ular bilan chempionat doirasida o‘ynaganimizda ham jamoa o‘z uyida shunday pressing qo‘llagandi.

Men nega shunday bo‘lganini yana bir marotaba tushuntirib o‘taman: ular pressing qo‘llashdi va biz bunga dosh bera olmadik. Pressing muxlislar tomonidan emas, futbolchilardan tomonidan amalga oshirildi. Juda yuqori darajadagi pressing. Umuman olganda bularning barchasi atmosfera... Men qanday qilib gol o‘tkazib yuborganimizni tushuntirishim mumkin. Bu juda yoqimsiz hissiyot», – deya ta’kidlab o‘tgan van Gaal.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi Xitoyga yo‘l olishi mumkin

12.03.2016

Yozgi transferlar vaqtida «Manchester Yunayted»ning hujumchisi Ueyn Runi Xitoyga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda jurnalist Pirs Morganga asoslangan holda The Daily Mail nashri xabar tarqatgan.

Manbada yozilishicha, ushbu futbolchiga Xitoy Superligasi ishtirokchisi «Shanxay Telleys» jamoasidan qiziqish mavjud. Xitoyliklar unga 3 yillik shartnoma va yiliga 100 million yevrolik maosh taklif qilishgani aytilgan.

«20 fevral kuni Runi bilan telefon orqali muloqot qildim. Undan «Shanxay Telleys» jamoasidan taklif borligi haqidagi ma’lumotga oydinlik kiritishini so‘radim.

U buni tasdiqladi. Runidan qancha maosh taklif qilishayotgani haqida so‘raganimda, avvaliga u kuldi va keyin bu mablag‘juda kattaligini aytdi. Og‘zim ochilib qoldi. Unga soliqlarni chiqarib tashlagan holda 8ta nolli raqamda ifodalanadigan maosh to‘lashmoqchi», deb yozadi Morgan.

Agar bu transfer amalga oshsa, Runi dunyodagi eng yuqori maosh to‘lanuvchi futbolchiga aylanadi.

Joriy mavsumda 30 yoshli Runi «Manchester Yunayted» safida 22 o‘yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi va 4ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fevral oyida argentinalik hujumchi PSJdan Xitoyning «Xebey Forchun» jamoasiga o‘tdi. Unga yiliga 30 mln yevrolik maosh tayinlashgan. Bu jamoaning yana bir yangi legioneri, «Roma»dan transfer qilingan Jervino esa yiliga 8 mln yevro oladi.

Муҳокама

12.03.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellaynining fikricha, mankunianliklar Yevropa ligasi 1/8 final javob o‘yinida «Liverpul»dan uchralgan 0:2 hisobini yo‘qqa chiqarib, chorak finalga yo‘l olishga qodir.

«Liverpul»ga qarsh kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida van Galning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajara olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.

Shunga qaramay, «MYu» javob o‘yinida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga  chiqishga qodir», – deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa ligasi 1/8 final o‘rin olgan «MYu» – «Liverpul» javob uchrashuvi 17 martdan 18 martga o‘tar kechasi, tungi 01:45 da boshlanadi.

Муҳокама

07.03.2016

So‘ngi paytlarda «Manchester Yunayted» jamoasiga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishi haqidagi xabarlar tinmayapti. «Special one» «Qizil iblislar» murabbiyi bo‘lishi kerakmi?

Ha

1) «Manchester Yunayted» Fergyuson ketganidan buyon, birorta sovringa ega chiqa olmadi. Klub muxlislari bunga ko‘nikib qolishmasidan burun, jamoani yangi sovrinlar sari yetaklay oladigan mutaxassis jamoani boshqargani ma’qul. Bu borada Mourino klubga to‘g‘ri keladi. U uzog‘i bilan 2 mavsum ichida jamoa muzeyiga yangi kuboklarni olib kela oladi. Buni portugaliyalik mutaxssis «Portu», «Inter», «Chelsi» va «Real» klublarida ham isbotlagan.

2) «Yunayted» o‘tgan yili Chempionlar ligasida ishtirok eta olmagan bo‘lsa, bu yil guruh bosiqchidayoq o‘z ishtirokini yakunladi. Bu natija klub imidjiga ham ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi. Joze «qizil iblislar»ga mazkur turnidagi stabillikni taqdim etishi, har mavsum klubni yarim finalga qadar olib kelishi mumkin.

3) «Siti»ga Gvardiola kelayotganini inobatga oladigan bo‘lsak, «Yunayted»ga Mourino kelsa chempionatdagi shiddat yanada kuchayadi. Muxlislar yana Pep-Joze dueliga guvoh bo‘lishadi. Gvardiola boshqaradigan jamoalarga chempionat bahslarida faqatgina Mourino bas kela olganini unutmaslik lozim.

Yo‘q

1) Mourino bitta jamoada ko‘pi bilan 3 mavsum ishlaydi. «Qizil iblislar» Fergyusondan keyin yana jamoani uzoq muddat boshqaradigan mutaxassis kelishini istashadi. Agar klub rahbariyati uzoq yillar davomida jamoani boshqaradigan mutaxassis izlashsa, bu borada Mourino ularning ro‘yhatiga kirmaydi.

2) Joze odatda shogirdlari orasida kimdir uning obro‘sidan yuqori turadigan futbolchi bo‘lishini xohlamaydi. U «Real»da Kasilyas, «Chelsi»da Mata bilan qanday vaziyatlar keltirib chiqargani ko‘pchilikka ayon. Agar portugaliyalik «Yunayted»ga kelsa, katta ehtimolki jamoani Mata va Runidek yetakchilar ham tark etishi mumkin. Mour ichki muhitni yaxshi ushlab tura olmasligi ham, uning «MYu»ga kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

3) Mourino ikki marta «Chelsi»da ishlagan. Bu esa «iblislar» muxlislariga unchalik ham yoqmasligi mumkin. Zero, u „aristokratlar»ni boshqarganida, bir necha bor Manchester klubini yomonlagan edi. Mourino «MYu»ga kelsa, «Chelsi» bilan to‘qnashuvlar tinch o‘tishi dargumon.

Xo‘sh, siz bu borada qanday fikrdasiz?

Муҳокама

04.03.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi muxlislari hujumchi Markus Reshfordni fevral oynining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

18-yoshli futbolchini muhlislarning 56% qo‘llab-quvatlashdi. Ikkinchi o‘rin esa Memfis Depay (31%), uchinchi o‘rin Jessi Lingard (13%) munosib topildi.

Eslatib o‘tamiz, Reshford dastlab «Midtyullan» (5:1), so‘ngra esa «Arsenal» (3:2) darvozalariga ikkitadan gol kiritgan va bitta golli pasni amalga oshirgan edi. 

Муҳокама

03.03.2016

Premer Liga, 28-tur.

«Manchester Yunayted» – «Uotford» 1:0

Gol: Mata 83

«Manchester Yunayted» – De Xea, Fosu-Mensa, Roxo (Darmian, 70), Varela, Blind, Shnayderlin, Errera (Lingard, 77), Mata (Makneyr, 89), Depay, Reshford, Marsyal.
«Uotford» – Gomes, Xolebas, Nom, Britos, Predl, Kapu, Abdi (Suares, 70), Bexrami (Anya, 86), Uotson, Dini, Igalo (Amrabat, 75).

Ogohlantirishlar: Fosu-Mensa (23), Britos (82), Amrabat (90).

Bosh hakam:  Mayk Djons

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 47 ochko bilan 4 o‘rinda borayotgan «Manchester Siti» bilan tenglashib oldi, «Uotford» 37 ochko bilan 12 o‘rinda.

Kelasi turda 6 mart kuni «Yunayted» safarda «Vest Bromvich» jamoasi mehmoni bo‘ladi.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Timoti yaxshi xarakat qildi

03.03.2016

 «Uotford» ga qarshi uchrashuvdan so‘ng Lui van Gal 18 yoshli himoyachi Timoti Fosu-Mensa ko‘rsatgan o‘yin borasida fikr bildirib o‘tdi.

 «Timoti bizni uch bora murakkab vaziyatdan saqlab qoldi, uning tezligiga ham yuqori, shunday ekan men juda xursandman, u maydonda yaxshi xarakat qildi. Men uni ikkinchi bo‘lim boshida almashtirmoqchi edim, u oyog‘idan zarba qabul qilib olgan edi, lekin madonda qoldirishga qaror qildik, chunki u jarima maydonini yaxshi qo‘riqlay oldi».

Eslatib o‘tamiz, Fosu-Mensa «Yunayted» ga 2014 yilgi yozgi transfer vaqtida kelgan edi va shu kunga qadar u 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan jamoa tarkiblarida to‘p surdi.

Муҳокама

03.03.2016

«Yunayted» va «Uotford» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv qahramoni va yagona to‘p muallifi o‘yindan so‘ng bahs xaqida to‘htalib o‘tdi.

Muhlislar o‘rtasida o‘tgan so‘rovga ko‘ra Mata 77% ovoz bilan ushbu uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deya topildi.

«Bugun muhim bahsda g‘alaba qozondik. Bu bizning yaxshi o‘yinimiz chiroyli chiqmagan bo‘lsada, muhim ochkoga ega bo‘ldik, chunki raqiblarimiz ochko yoqotishdi. Biz uchun bu g‘alaba juda muhim edi, shuning uchun ham golni shunday xursandchilik bilan nishonladik».

«Sardor bo‘lib maydonga tushish ajoyib, bu haqiyiy sharaf. Umuman olganda kun men uchun yoqimli o‘tdi – g‘alaba, gol urdim, muhim uch ochko va sardorik bog‘isi. Men bugun hammadan ham xursandman!».

 «Premer Liga – murakkab musobaqa va so‘ngi turga qadar biror narsa deyish qiyin. Biz so‘ngiga qadar kurashamiz. Xozir bizda ajoyib seriya bo‘lmoqda, raqiblarimizda esa muammo boshlandi, va bu bizning foydamizga xizmat qiladi».    

Муҳокама