03.03.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui Van Gal «qizil iblislar»ning Angliya Premer-ligasida kuchli to‘rtlikdan joy olishlari va bu borada ularga «Liverpul»dek jamoa qarshilik ko‘rsatishi haqida gapirib o‘tdi.

«Biz o‘yindan o‘yinga biz yuqorilayapmiz. «Liverpul» bo‘lsa - judayam yoqimsiz raqib. Ular «Siti»ni yirik hisobda yutishdi - bu hazil emas».

«Hammasini sekin-astalik bilan qilish kerak. Biz to‘rtta g‘alaba qozondik, ammo o‘ynaydigan futbolchilarimiz judayam kam. Har safar kimni tushirish haqida bosh qotiramiz», - deydi Van Gal.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Reshfordni tinch qo‘yinglar

02.03.2016

Lui van Gal jurnalistlarga murojaat qildi va hujumchi Markus Reshfordni tinch qo‘yishni so‘radi.

«Menimcha matbuot uni tinch qo‘yishi kerak. Jurnalistlar Reshfordni uyi oldida kutib turishi - 18 yoshli yigitchaga hech qanday yaxshilik keltirmasligi turgan gap. 

Uni tinch qo‘yinglar. Unga o‘zini 18 yoshli yigitcha deb his qilishiga imkon beringlar. Bie esa o‘z navbatida uni to‘g‘ri yo‘nalishda ketishiga harakat qilamiz. Markus juda kamtar yigit va futbolchi sifatida o‘sishida muammolar bo‘ladi, deb o‘ylamayman.

Albatta matbuotning e’tibori ostida qolganingda hammasi o‘zgarib ketishi mumkin. Ammo Reshford osmonlarda uchib yurmasligiga ishonchim komil», - deydi van Gal.

Eslatib o‘tamiz, Markus Reshford «MYu»ning oxirgi ikki o‘yinida to‘rtta gol kiritgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi Dubayga ketmoqda

02.03.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha Ueyn Runi borasida tibbiyot xodimlari yaxshi yangilik aytishgan va futbolchi yaqin kunlar ichida xordiq chiqargani Dubayga yo‘l oladi.

«Yunayted» sardori «Sanderlend» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat olgan va ikki haftadan buyon o‘ng oyoq qismida mahsus bog‘lam bilan xarakatlayotgan edi. Avvalroq  esa Ueyn mavsum so‘ngiga qadr safdan chiqanligi borasida xabarlar tarqalgan. 

So‘ngi xabarlarga ko‘ra futbolchi xech qanday tibbiy amaliyotni o‘tamaydigan bo‘ldi.

Lui van Gal Runiga oila a’zolari bilan BAA ga yo‘l olishiga ruxsat berdi, jamoa sardori mavsum so‘ngiga qadar katta kuch bilan safga qaytish niyatida. Avvalroq Dubayda kichik dam olish uchun futbolchilar Bastian Shvaynshtayger va Fil Jonsga ham imkon berilgan edi.

Van Gal futbolchining holati yuzasidan quyidagilarni aytdi: «Yo‘q, unga xech qanday tibbiy amaliyot shart emas. Biz Ueyni martda safga qaytishini intizorlik bilan kutmoqdamiz».  

 

Муҳокама

02.03.2016

 «Uotford» jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin Lui van Gal matbuot anjumanida ishtirok etdi.

«O’ylashimcha, martdan futbolchilar safga qatishni boshlashadi. Ular biz uchun juda muhim, chunki o‘yinlar jadvali juda tig‘iz. Marsyal o‘ynashga shay, Darmian ham ham maydonga tushishi mumkin, Kris Smolling ham safga qatytishga tayyor, lekin uni o‘zini qanday xis qiliayotganiga qaraymiz ».

«Xozirda bizning maqsad– o‘yinchilarga jimoniy holatlarini tiklashga ko‘maklashish. Misol tariqasida Markos Roxo – dastlab 20  daqiqa to‘p surdi, so‘ngra esa 60 daqiqa, garchi ushbu vaqtni to‘liq o‘tkazmagan bo‘lsa ham. Ikkinchi jamoa tarkibida to‘p surish ham ular uchun bir variant ».

«Roxo? Bu oyog‘idan oddiy zarba qabul qildi. Ko‘pchlik o‘yinchilar o‘yin vatida bunday zarbalarga uchrab turishadi va kelasi o‘yinda ham bemalol maydonga tusha olishadi ».

«Marsyal, Darmian va Smollinga maydonga qaytishga shay, birichi navbatda tez orada Fellayni va Valensiya yana maydonga qaytadi. Maruan bugun tiklanishning so‘ngi bosqichini o‘tadi, Valensiya esa jamoa bilan shug‘ullandi, shunday ekan ular tez orada maydonga qaytishadi. Ueyn Runi esa hozircha himoya vositasida».

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Donald Lav jarohat oldi

01.03.2016

«Yunayted» jamoasining faqatgina asosiy tarkib futbolchilari emas, balki o‘rinbosarlar tarkibi a’zolari ham jarohat olishdi. «Midlsbro» ga qarshi kechgan bahsda jamoaning qanot himoyachisi Donald Lav jarohat olib safdan chiqdi.

21 yoshli ingliz futbolchisi «Yunayted» aosiy tarkibida «Sanderlend» jamoasiga qarshi to‘p surgan, shuningdek Yevropa Ligasi «Midtyulland» jamoasiga qarshi kechgan bahsda ham maydonga tushagan edi.

21 yoshlilar jamoasining o‘yinida shuningdek yana bir futbolchi Djo Rayli ham jarohat oldi. Bu futbolchilar APL ning navbatdagi turida «Uotford» jamoasini qabul qiladigan «qizil iblislar» tarkibidan o‘rin olishi kutilayotgan edi.

Futbolchilarning qachon safga qatishlari xozircha aniq emas.

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik: Men hech narsani bilmayman

01.03.2016

Maykl Karrik aytishicha «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati u bilan yangi shartnoma borasida hali muzokara olib bormagan.

34 yoshli futbolchining jamoa bilan tuzgan shartnomasi shu yili yozda o‘z nihoyasiga yetadi, shu sababli futbolchi erkin agent sifatida jamoani tark etishi ham mumkin.

«To‘g‘rsini aytadigan bo‘lsam, men hech narsani bilmayman, hozircha hech qanday yangilik yo‘q. Xaqiqatdan men buning ichida emasman, shu sababli buni izohlay olmayman».

Eslatib o‘tamiz, Jamoa 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan faqtgina bir yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.  Karrikning amaldagi shartnomasi 2015 yil mart oyida imzolangan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Reshford maoshi 10 baravar oshadi

01.03.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» tez orada Markus Reshford bilan yangilangan shartnoma borasida muzokara olib boradi, va yangi shartnomaga ko‘ra futbolchi haftasiga 15 000 funt mablag‘ oladi.

Ushbu shartnomagacha 18 yoshli ingliz futbolchisi haftasiga 1 500 funt olar edi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2017 yozda nihoyasiga yetish kerak edi, «Yunayted» esa ikkita debyut uchrashuvida 4 ta gol urgan futbolchi bilan tezda yangi yaxshilangan shartnoma imzolash niyatida.

Qiziqarli tarafi Reshforda Nike bilan avvaldan homiylik shartnomasini imzolagan ekan, bu uning 18 yoshli jamoada to‘purar bo‘lganda amalga oshirilgan.

Shundan so‘ng Markus 19 yoshlilar jamoasi sardoriga aylandi, hamda 21 yoshlilar jamoasida debyut qildi, va tez orada britan gazetalarining bosh sarlavhasiga aylanib Lui van Gal bochiligidagi asosiy jamoa tarkibida ikki bor maydonga tushdi

Муҳокама

29.02.2016

 «Manchester Yunayted» direktori Devid Gill FIFA da yangi vazifada ish boshlashi va tashkilotning moliyaviy islohati yaxshilashda ishtirok etishi mumkin deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

FIFA ning yangi prezidenti Djanni Infantino tashkilotning avvalgi mavqeini qatarishga vada bergan va moliyaviy tomondan qo‘yilgan kamchiliklar boshqa takrorlanmas ekanligini aytgan edi..

«Men UEFA ning moliyaviy qo‘mitasi a’zosiman, xuddi FA da bajargan ishlarimni u yerda ham bajaraman, FIFA da ham ushbu ishni bajarish uchun tayyorman» - deydi Gil.

Eslatib o‘tamiz, Gill «Yunayted» jamoaga 1997 yilda moliya direktori vazifasida ish boshlagan edi, 2000-2013 yillarda esa «Yunayted» ijrochi direktor vazifasini bajarib kelgan. Ushbu lavozimdan ketgandan so‘ng esa direktorlar kengashi a’zoligini saqlab qoldi. Shuningdek u  FIFA va UEFA  ijrochi qo‘mitasi va Angliya Futbol assotsiatsiyasi boshqaruv kengashi a’zosi hisoblanadi.

Муҳокама

29.02.2016

«Manchester Yunayted» – «Arsenal» 3:2

Gollar: Reshford 29, 32, Ererra 65 - Uelbek 40, Ozil 69

«Manchester Yunayted» – De Xea, Varela, Kerrik, Blind, Roxo (Fosu-Mensa, 55), Shnayderlin, Lingard, Errera (Ueyr, 90), Mata, Depay, Reshford (Yanuzay, 80).
«Arsenal» – Chex, Belerin, Gabriel, Koselni, Monreal, Koklen (El-Nenni, 70), Remzi, Uelbek (Ivobi, 83), Ozil, Sanches, Uolkott (Jiru, 63).
Ogohlantirishlar: Varela (9), Kerrik (22), Remzi (71), Errera (72), El-Nenni (73), Ozil (90), Yanuzay (90).

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Manchester Yunayted» 44 ochko bilan 5 pog‘onani band etgan bo‘lsa «Arsenal» 51 ochko bilan 3 o‘rinda qoldi.

Kelasi turda «Yunayted» o‘z maydonida «Uotford» jamoasini qabul qilsa, «kanonirlar» safarda «Suonsi» mehmoni bo‘lishadi.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Reshforda: Bu o‘ziga xos bonus

29.02.2016

APL ning 27 turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» va «Arsenal» (3-2) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng uchrashuvning qahramoni 18 yoshli  «Yunayted» futbolchisi Markus Reshford APL dagi debyuti borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Bu mening Angliya chempionatidagi ilk o‘yinim. Bitta narsa aytishim mumkin: barchasi ajoyib. Ikkita urilgan gol – o‘ziga xos bonus», - futbolchining so‘zlaridan izo keltirdi APL ning Twitter dagi rasmiy sahifasi.

Eslatib o‘tamiz, Reshforda uchrashuvda dubga erishib o‘z debyutini ajoyib tarzda nishonladi. Avvalroq futbolchi Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichida «Midtyuland» jamoasi ustidan qozonilgan  (5:1) g‘alabada ham dubl qayd etgan edi.

Муҳокама