Янгиликлар /

LVG: Barcha birdek suyunardi

28.02.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal «Arsenal»ga qarshi o‘yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi. U savollarga javob berish vaqtida «qizil iblislar»ning Yevropa Ligasidagi ishtirokiga ham to‘xtalib o‘tdi va hali shogirdlarini «Midtyulland» ustidan qozonilgan g‘alabadan (5:1) keyingi kabi xursand holda ko‘rmaganini tan oldi .

«Men kiyim almashtirish xonasida shu vaqtgacha bu kabi xursandchilik ro‘y berganini ko‘rmagandim. O‘yinda ishtirok etgan futbolchilar ham, maydonga tushmaganlar ham, jarohatli futbolchilar ham birdek quvonishardi. Barcha birdek suyunardi, hali bunaqasi bo‘lmagandi.

Qoidaga ko‘ra bunday kayfiyat jamoaga yangi g‘alabalarni keltiradi. Jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortaji. Ammo biz navbatdagi raqibimiz «Arsenal» ekanini, bu jamoa premer-ligadagi eng kuchli jamoalardan biri ekanini unutmasligimiz darkor.

Bu oddiy chaqiriq emas. Qolaversa, biz 10 kun ichidagi to‘rtinchi o‘yinda maydonga tushishimiz kerak. Yangi kuchlar bilan o‘ynaymiz», — deydi van Gaal.

Муҳокама

27.02.2016

Yevropa ligasi 1/16 finali javob o‘yinida «Midtyullann»ga ikkita gol urgan «MYu» futbolchisi Markus Rashfordni o‘z vaqtida «Manchester Siti» klubi o‘z safiga qo‘shib olishni istamagan edi.

Bunga sabab Rashfordning jussasi kichikligi bo‘lgan. Futbolchi «Fletcher Moss Reyndjers» safida faoliyatini davom ettirgan va skautlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib, «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Rashford o‘tgan haftada Yevropa ligasining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Eslatib o‘tamiz, «MYu» «Midtyullann»ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Муҳокама

26.02.2016

Bugun Yevropa Ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi. Qur’a natijasiga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi Angliyaning boshqa bir jamoasi «Liverpul» bilan 1/4 bosqichga chiqish uchun kurash olib boradi.

 Dastlabki uchrashuv 10 martda Liverpulda bo‘lib o‘tsa javob uchrashuvi 17 mart kuni «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadi.

 Qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishni tashkil qilishdi:

 1/8 final juftliklari

«Shaxter» (Ukraina) - «Anderlext» (Belgiya)

«Bazel» (Shveysariya) - «Sevilya» (Ispaniya)

«Vilyareal» (Ispaniya) - «Bayer» (Germaniya)

«Atletik» (Ispaniya) - «Valensiya» (Ispaniya)

«Sparta» (Chexiya) - «Latsio» (Italiya)

«Borussiya» Dortmund (Germaniya) - «Tottenxem» (Angliya)

«Fenerbaxche» (Turkiya) - «Braga» (Portugaliya)

Final bahsi 18 may kuni Bazel shahridagi «Sankt-Yakob Park» stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Муҳокама

26.02.2016

 «Manchester Yunayted» yosh futbolchisi Markus Reshford o‘zining Yevropa Ligasidagi debyut uchrashuvida asosiy taribda maydonga tushib ikki gol urib o‘ziga xos natijani qayd etdi deya xabar bermoqda The Belfast Telegraph nashri.

Reshford 18 yosh va 117 kunlikda jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushib gol urish borasida rekord o‘rnatdi. Bundan avvalgi ko‘rsatkich «qizil iblislar» ning afsonaviy futbolchisi Jordj Bestga tegishli edi. Best 1964 yil oktyabr oyida 18 yoshu 158 kunlik vaqtida Yarmarka Kubogi doirasidagi Shvedsiyaning  «Yurgorden» jamoasiga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Uchrashuv «Manchester Yunayted» foydasiga 6:1 hisobida yakunlangan edi.

Reshford shuningdek bitta mavsumda «Manchester Yunayted» ning 18, 19 va 21 yoshgacha bo‘lgan jamoasi va asosiy jamoa tarkibida gol urib Jeyms Uilson ko‘rsatkichini takrorladi.

Муҳокама

26.02.2016

«Chelsi» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted» boshqaruviga o‘tishi haqidagi savolga ochiq javob berishni istamadi.

«Lui van Gaalning o‘rnini egallab, «Manchester Yunayted»ni boshqaramanmi? Bu million dollarlik savol. Aslida esa buni hech kim bilmaydi. Birinchi navbatda mening o‘zim bilmayman.

Men o‘zim haqimda juda ko‘p, bir-biridan farqli xabarlar o‘qiyapman. Birinchi kuni mening ishim tayin bo‘lgani haqida yozishsa, ikkinchi kuni oldingi xabar inkor qilinadi. Uchinchi kuni esa meni Xitoyga jo‘natishadi. Italiyaga, Milanga borganimda men «Inter»ga qaytish niyatida ekanim haqda yozishdi.

Men yaxshisi sabr qilib, tashvishga tushmasdan kutaman. Men albatta yangi mavsumda yangi jamoada ish boshlayman», — deydi Mourino

Муҳокама

26.02.2016

Lui van Gal so‘zlariga ko‘ra «Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal jiddiy jarohatdan qutilib qoldi, chunki futbolchi mashg‘ulot vaqtida oyoq qismining paylarida og‘riq sezishi bilan maydonni tark etgan.

«Bu uning jamoaga kelgandan buyon ilk muskullaridan olgan birinchi jarohati. Yaxshiyamki u darhol maydonni tark etdi. Bu pay uzilishi yoki boshqa jiddiy jarohat emas, oddiygina pay og‘rig‘i xolos. O’ylashimcha bu katta muammo bo‘lmaydi».

«Antoni –robot emas, u ham charchashi mumkin. Endigina 20 yoshda, so‘ngi vaqtlarda barcha uchrashuvlarda ishtirok etmoqda. Menga maqqul tarafi uning jarohatini o‘z vaqtida bildik».

«Albatta, bu jamoa uchun zarba bo‘ldi, biz bu vaziyatni albatta yengishimiz kerak. Dastlab De Xea, so‘ngra Marsyal, bu ikki o‘yinchi ajoyib mavsumni o‘tkazayotgan edi» - deydi van Gal.

Marsyal qachon safga qaytishi borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. Faqatgina so‘ngi xabarlarda aytilishicha futbolchi «Arsenal» ga qarshi uchrashuvda safga qaytishi mumkin. 

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Bu fantastika

26.02.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan «Midtyulland»  (5:1) jamoasiga qarsh uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Juda ajoyib o‘yin bo‘ldi. Muhlislar bizning hujumkor o‘yinimizdan rohatlanishdi».

««Midtyulland» bir bora hujum uyushtirishdi va gol urishdi. Bunday vaziyatda ishonch yoqoladi, lekin biz o‘ynashni davom ettirib  o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik».

«Biz penaltini ura olmadik – xayratlanarli, – lekin yuqori ruhda davom etirdik. Futbolchilar mening maqtovimga loyiqlar.

Markus Reshford birinchi bo‘limda ko‘proq qanotda xarakat qildi. Tanaffusda esa unga: «Darvoza oldida harkat qil, va sen gol urasan» dedim. Shundan so‘ng u dubl qayd etdi. Bu fantastika», – deydi van Gal.

Муҳокама

26.02.2016

«Manchester Yunayted» – «Midtyullannd» 5:1

Gollar: Bodurov, 32 (avt.), Reshford, 63, 75, Errera, 87 (pen.), Depay, 90 - Sisto, 27

«Manchester Yunayted»: Romero, Varela, Karrik, Blind, Rayli (Roxo, 78), Shneyderlen, Errera (Pul, 90+1), Lingard (A. Pereyra, 86), Mata, Depay, Rashford

«Midtyullannd»: Andersen, Romer, Xansen, Bodurov, Novak, Sparv, Sisto, Poulsen, Olsson (Pushich, 79), Xassan (Kadlets, 67), Urenya (Onuachu, 46)

Ogohlantirishlar: Lingard – Romer, Novak, Xansen

Chetlatish: Romer, 89

Dastlabki uchrashuv: 1:2

Ushbu g‘alaba jamoani Yevropa Ligasi 1/8 bosqichiga chiqishini ta’minladi.

Shuningdek, Yevropa Ligasi 1/16 bosqichi javob uchrashuvlaridan so‘ng 1/8 final bosiqichiga yo‘l olgan jamoalar nomi aniq bo‘ldi:

«Valensiya», «Liverpul», «Latsio», «Shaxter», «Atletik», «Braga», «Fenerbaxche», «Sparta», «Bayer», «Manchester Yunayted», «Vilyarreal», «Bazel», «Tottenxem», «Borussiya D», «Sevilya» va «Anderlext».

Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da Qur’a tashlash bo‘lib o‘tadi. Bu safar saralanganlar jamoalar bo‘lmaydi va bir davlat vakillari ham o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin.

Yevropa Ligasi 1/8 final o‘yinlari 10 va 17 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Marsyal jarohat oldi

26.02.2016

 «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal «Midtyulland» ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulot vaqtida jarohat oldi deya xabar bermoqda jamoaning rasmiy sayti.

Jarohat sababli Fransiyalik futbolchi o‘yinda maydonga tusha olmadi uning o‘rniga o‘rinbosarlar jamoasi futbolchisi Markus Reshford maydonga tushdi va ikki golga mualliflik qildi. Uchrashuv esa «qizil iblislar» ning 5-1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Marsyal borasidagi yakuniy qaror bugun o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvdan so‘ng aniqlanadi.

Муҳокама

25.02.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger jarohati haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hammasi juda yaxshi ketmoqda. Ammo paylardan olingan jarohat tuzalishi uchun vaqt kerak. Agar Yevropa chempionatini mart oyiga ko‘chirmasalar, hammasi juda yaxshi. O’z tanamni yaxshi bilaman va o‘zimga ishonaman».

«Besh kundan so‘ng yugurishni boshlayman. Yana besh kundan so‘ng esa to‘p bilan ishlay boshlayman. Shunday ekan, mart oyidayoq safga qaytishga umid qilmoqdaman».

«Bu yil jarohat va diskvalifikatsiyaga qaramay 27 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurdim», - deydi Shvaynshtayger.

Муҳокама