LVG: De Xea maydonga tushmaydi
25.02.2016

Lui van Gal darvozabon David De Xea «Midtyulland» ga qarshi javob uchrashuvini ham o‘tkazib yuborishini takidladi. Jamoa himoyachisi Markos Roxo esa uzoq muddatli harohatdan qutilib mashg‘ulotlarga kirishganini va Yevropa Ligasi uchrashuvida zahira o‘rindig‘idan joy olishi mumkinligini ta’kidlagan.
Otvechaya na vopros o De Xea, van Gal skazal: «Men Davidning safga qatishidan umidvor edim, afsuski bunday bo‘lmadi–bu ish xal etildi».
«Valensiya xozircha asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti, u alohida dastur asosida shug‘ulanmoqda. Roxo kecha ikkinchi jamoa bilan shug‘ulandi, bugun esa asosiy jamoa bilan, shunday ekan u zahira o‘rindig‘idan joy olishi mumkin. Lekin u faqatgina 20 daqiqa atrofida maydonda to‘p surishi mumkin».
Lyuk Shou, Fil Djons, Kemeron Bortvik-Jekson, Eshli Yang, Maruan Fellayni, Bastian Shvaynshtayger, Uill Kin vaAdnan Yanuzay Yevropa Ligasi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Kris Smolling esa kechagi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan va uning ham maydonga tushishi so‘roq ostida.
Van Gal hujum chizig‘ida jarohat olgan Runi va Kin o‘rnini yosh futbolchi – Markus Reshford bilan to‘ldirish borasida quyidagilarni aytdi: «Ha albatta, bu ham bir variant, biz hujum chizig‘idagi vaziyatni ko‘rib chiqamiz».
Pol MakGinnes akademiyani tark etdi!
24.02.2016

«Yunayted»ning sobiq o‘yinchisi va murabbiysi bo‘lgan Uilf MakGinnesning o‘g‘li Pol 1992 – yildan boshlab «Manchester» akademiyasining murabbiylar tarkibiga qo‘shilgan va u futbol olamida katta iste’dodlarni kashf qilgan. Aynan uning murabbiyligi davrida yoshlar jamoasi 2011-yildi Angliya chempionati kubogida g‘olib bo‘lgan.
Pol jamoani tark etishi haqidagi qarorini shunday izohladi:
«Otam Uilf dek men ham jamoani boshqardim va endi 28 yil deganda «Yunayted» yoshlar jamoasini topshirmoqdaman, bu vaqt ichida turli xil lavozimlarda ishladim, bu men uchun katta sharaf bo‘ldi»
Bu ishimga men hayotimni bag‘ishladim, masalan boshida jamoada o‘yinchi bo‘lib faoliyatimni boshlaganman, keyin esa mutahhasislik bo‘yicha ta’lim oldim, bir qancha vaqt ichida akademiyada yordamchi lavozimida ishladim va ko‘p narsalarni o‘rgandim, 21 yoshimda bosh bo‘limda professional sifatida ishladim va nihoyat yoshlar joamoasiga murrabbiylik qila boshladim.
Men doim Aleks Fergyusson janoblariga buning uchun rahmat aytaman, sababi u menga barcha orzularimni ro‘yobga chiqishiga yordam berdi, boshida u meni «Yunayted» jamoasini o‘yinlarini sifatini yaxshilashni uchun xarakat qilishimni so‘radi va 23 yil davomida jamoa murabbiylari safida ishlashimga sababchi bo‘ldi. Ko‘p yillar ichida Ser Aleks bilan birga yonma-yon ishlab ancha narsalarni undan o‘rgandim.
Ish faoliyatim davomida ko‘pgina esda qolarli vaziyatlar bo‘lgan ayniqsa 2011-yilda bo‘lib o‘tgan yoshlar kubogini va Myunxen fojealarini ko‘p eslayman.
Lekin hammasidan ko‘proq menga o‘z jamoam bilan ishlash menga yoqar edi. Jamoadagi faoliyatim davomida 86 ta o‘yinchi asosiy tarkibda o‘ynay boshladi va 23ta o‘yinchi o‘zlarining yurtlaridagi milliy terma jamoalarga ishtirok etish uchun chaqirildi, bu esa o‘z navbatini men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Endi esa xozirda men uchun qolgan hayotimda qilinishi kerak bo‘lgan, boshqa futbolga oid rejalarim bor, buning uchun esa jamoani tark etishim kerak.
Va so‘ngida shu yillar mobaynida «Karrington» va «Old Trafford»dagi barcha insonlardan do‘stona munosabatda bo‘lib va professional darajadagi faoliyatlari uchun hammaga minnatdorchlik bildiraman. «Yunayted»dagi barcha hamkasblarimga omad tilayman.
«Yunayted»ning ijrochi direktori Ed Vodvord:
«Pol jamoaning eng zo‘r sodiq xizmatchilardan biri edi. Jamoadagi barcha unga omad tilab qoladi va futboldagi faoliyati undan ham yuqoriroq cho‘qqilarga erishishiga umid qilamiz.
Direktorlar kengashi uni shu yillar ichida qilgan barcha xizmatlaridan minnatdor. Jamoaga huddi Poldek munosib murabbiy kelishi qiyin.»
Darmian mashg‘ulotlarga qaytdi
24.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining Italiyalik himoyachisi Matteo Darmian yana mashg‘ulotlarga qaytdi.
Angliya Premer Ligasining 26-turida «Sanderlend» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limida jarohat olib safdan chiqqan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha futbolchining yelkasi chiqib ketgan ekan. Shu sababli italiyalik futbolchi jamoasining Yevropa Ligasidagi va Angliya Kubogi doirasidagi uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi.
Bugun esa Mateo Darmian o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida quyidagicha xabar qoldirdi: «Yana mashg‘ulotlarga qaytmoqdaman»
Futbolchi payshanba kuni Yevropa Ligasidagi «Mityulland» jamoasiga qarshi kechadigan javob uchrashuvini ham o‘tkazib yuborishi va APL ning 27 turidan o‘rin olgan «Arsenal» jamoasiga qarshu uchrashuvda maydonga qaytishi kutilmoqda.
On the road back to training!! - @ManUtd pic.twitter.com/gqbatZwcoU
— Matteo Darmian (@DarmianOfficial) 24 февраля 2016
Mata urgan gol FIFAda muhokamada
24.02.2016

The Sun nashri xabar berishicha hakamlar komiteti raisi Mayk Rayli FIFA ga Angliya Kubogi doirasida «Shrusberi» jamoasiga qarshi uchrashuvda Xuan Mata tomonidan kiritilgan gol masalasida murojat yubordi.
Eslatib o‘tamiz, jarima to‘pi tepilayotgan vaqtda «Yunayted» ning uch nafar a’zosi passiv o‘yindan tagshqari holatda turgan holda raqib darvozaboning oldini to‘sib qo‘yishgan edi, yakunda esa ushbu holat gol bilan tugallangan va uni bosh hakam hisobga olgan edi.
Shu sababli Rayli Halqaro futbol assotsiatsiyasi kengashi va FIFA qo‘mitasidan ushbu holat bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish borasida maslahat so‘ragan.
Xabarga ko‘ra, Premer Liga vakillari ushbu holat borasidagi javobni bugun olishi kutilmoqda, va Rayli qaror yuzasidan keyinchalik shunday vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri qaror chiqarish borasida hakamlar uchun konsultatsiya o‘taydi.
Jamoa yangi direktorini tanishtiradi
24.02.2016

«Manchester Yunayted» tez kunlarda jamoaning yangi direktorini tanishtiradi. U ishlarda Ed Vudvordga yordamlashadi deya xabar bermoqda The Sun nashri.
Yangi direktor sifatida Piter Kaudjill ish boshlashi kutilmoqda. JD Sports sport imperiyasini asoschilaridan bo‘lgan 62 yoshli Kaudjill umri davomida «Manchester Yunayted» jamoasining muhlisi bo‘lib kelmoqda va jaxon futboli namoyondalari bilan yaxshi aloqada.
Nashir xabarida aytilishicha Ed Vudvord bu haqida Gleyzerlar oilasi bilan Floridada bo‘lib o‘tgan uchrashuv vaqtida kelishib olgan.
Kaudjill «Manchester Yunayted» ning uy uchrashuvlariga doimiy tashrif buyurib turadi va jamoaning direktorlar kengashi a’zolari ser Aleks Fergyuson va Devid Gill bilan yaxshi tanish.
Kaudjillning sobiq xamkasblarining so‘zlariga ko‘ra u o‘ziga xos dinamik xusiyatga ega shaxsdir.
Ser Aleks Mourinoning kelishiga qarshi
24.02.2016

Manchester Evening News nashri jurnalisti Semyuel Lakxerst BBC Radio 5 da bergan ma’lumotiga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati ma’lum qismi jamoaga Joze Mourino kelishidan norozi ekanligini ta’kidlagan.
Lakxerstning so‘zlariga ko‘ra jamoaning bir qator direktorlar kengashi a’zolari, shu qatori ser Aleks Fergyuson ham jamoaga portugaliyalik mutaxassisni kelishidan norozi.
«Ser Bobbi Charlton, ser Aleks Fergyuson va xatto Devid Gill ham «Manchester Yunayted» ning kelgusi murabbiyi Mourino bo‘lishini istashmayapti. Rahbariyatning ko‘pchilik a’zolari Rayan Giggz nomzodini qo‘llab quvatlashmoqda. Xozirgi holatda jamoa muhlislari esa bosh murabbiylik Giggz uchun qyin vaziyat deya bahalashmoqda».
«Ed Vudvord fikriga ko‘ra esa hozirgi holatda Mourino «Manchester Yunayted»ni tartibga keltirish uchun eng muhim tanlov ekanligini aytmoqda» - deydi Semyuel Lakxerst.
Mourino Manchester shahridan uy oldi
24.02.2016

Yangi mavsumda «Manchester Yunayted»ni boshqarishi haqida ko‘p gapirilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Manchester shahridan uy oldi. Bu haqda Correio da Manha nashri xabar tarqatgan.
Bu xabar uning mavsum yakunida «MYu»da gollandiyalik murabbiy Lui van Gaalning o‘rnini egallashi haqidagi xabarlarga dastak bo‘ldi.
Keyingi xabarlarda muxlislardan keyin jamoa futbolchilari ham bosh murabbiyning faoliyatidan norozi ekani va uning o‘rniga Joze Mourinoning kelishini istashayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, jamoa rahbariyati ham van Gaalning natijalaridan norozi.
LVG: «MYu» – Angliya Kubogi chorak finalida
23.02.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya kubogining 1/8 final doirasida «Shrusberi Taun»ga qarshi uchrashuvidan (3:0) keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bugun o‘yinimizdan to‘liq qoniqish hosil qildim. 70 daqiqa mobaynida biz ajoyib futbol namoyish etdik, professionallarcha harakat qildik, vaziyatlar yaratdik va gollar kiritdik. Keyin esa o‘n kishi bo‘lib qolganimiz uchun o‘yinni oxirgi qismini o‘tkazish biroz murakkabroq bo‘ldi».
«Bizni yana jarohatlar aqlbovar qilmas darajada ta’qib etmoqda. Futbolchilar bor e’tiborini shu o‘yinga qaratishgandi, siz buni o‘yin davomida ham kuzatgan bo‘lishingiz kerak. Hamma har qanday vaziyatda ham «Shrusberi»ni yutishimiz kerakligini ta’kidlayotgandi. Biz uchun eng muhimi «MYu» – Angliya Kubogi chorak finalida».
«Biz barcha turnirlarda kurashni davom ettiramiz, APLda «Manchester Siti»dan atigi 6 ochko ortda qolmoqdamiz bizda bosh sovrinni qo‘lga kiritish uchun imkoniyatlar ko‘p. Bu unchalik ham oson bo‘lmaydi, buning uchun hali ko‘p uchrashuvlarni yutishimiz kerak. Bularning barchasi real holat», – deya ta’kidladi van Gaal.
LVG: Kin va Bortvik-Jekson jarohat oldi
23.02.2016

«Shrusberi Taun» jamoasi ustida 3-0 hisobida g‘alaba qozongan «qizil iblislar» tarkibidagi an’ana yana davom etdi. Yani jamoaning ikki a’zosi Uill Kin va Kemeron Bortvik-Jekson uchrashuvda jarohat olib safdan chiqishdi.
«Aqil bovar qilmaydi! Kin jarohat olishidan avval Bortvik-Djeksonni jarohati sabab almashtirgan edik, va shuningdek Djessi Lingard ham uchrashuv oxirlarini og‘riq bilan o‘tkazdi.Men Mata va Antoniga biroz dam olish imkonini berish umidida ularni almashtirgan edim, yakunda esa biz yangi jarohatlarni ortirib oldik. Bunday holatga tushish qiyin, o‘ylashima barchasiga, tig‘iz o‘yinlar jadvali sababchi» - deydi van Gal uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida .
Van Gal shuningdek David De Xea holati borasida izoh berib o‘tdi.
«Men hali aniq bilmayman, David payshanbada maydonga tushishi mumkinmi. Uning jarohati yengil, va biz vaziyatni ko‘rib biror qaror chiqvarishimiz mumkin, shundagina uning asosiy tarkibga qaytishi borasida biror narsa aytish mumkin».
Mourino «MYu» bilan og‘zaki kelishuvga erishgan
23.02.2016

Joze Mourinyu «Manchester Yunayted»da Lui Van Galning o‘rnini egallash borasida og‘zaki kelishuvga erishgan, deya xabar tarqatdi Manchester Evening News.
Manbaga ko‘ra, ushbu kelishuv hech qanday dastlabki shartnoma orqali o‘z aksini topmagan. Kelishuv og‘zaki xarakterga ega. Lui van Galni iste’foga chiqarish masalasi borasida qaror qabul qilingan. Mourino esa «MYu» bosh murabbiyligi unga nasib etishiga ishonmoqda.
Yagona masala, mazkur almashuv qachon amalga oshishida. «Qizil iblislar» ijrochi direktori Ed Vudvord yozgacha kutishni afzal bilayotgan bo‘lsa, portugaliyalik mutaxassisning agenti Jorje Mendesh murabbiyning tezroq ishga kirishishini istamoqda.