Янгиликлар /

De Xea jarohati jiddiy emas

22.02.2016

Yevropa Ligasida «Midtyulland» jamoasiga qarshi uchrashuv arafasidagi mashg‘ulot vaqtida jarohat olgan David De Xeaning jarohati jiddiy bo‘lib chiqmadi. U haqida The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashrning xabarida aytilishicha De Xeaning oyog‘ining tizza qismi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra shifokorlar futbolchining ahvoli yaxshi ekanligini takidlashgan.

De Xea ehtiyotkorlik sifatida Angliya Kubogi doirasidagi «Shrusberi Taun» jamoasiga qarshi uchrashuvda ham maydonga tushmasligi mumkin. Ispaniyalik darvozabon «Midtyulland» jamosiga qarshi javob uchrashuvida to‘liq safga qaytishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Angliya Kubogi 6-bosqich

22.02.2016

Angliya Kubogi 6-bosqichiga qura tashlandi. Unga ko‘ra agarda «Manchester Yunayted» 5-bosqich o‘yinida «Shrusberi Taun» ustidan g‘alaba qozonsa unda 6-bosqichda «Old Trafford»da «Vest Xem» jamoasini qabu qiladi.

6-bosqich juftliklar quyidagi ko‘rinishda:

  • «Shrusberi Taun» / «Manchester Yunayted» — «Vest Xem»
  • «Reding» — «Kristal Pelas»
  • «Everton» — «Chelsi»
  • «Arsenal» / «Xall Siti» — «Uotford»

Uchrashuvlar 11-14 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

22.02.2016

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya Kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan «Shryusberi» klubiga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirar ekan, raqiblarga qo‘rquv soladigan jamoaga aylanish kerakligini aytib o‘tdi.

«So‘nggi ikkita o‘yindan kelib chiqib xulosa qiladigan bo‘lsak, raqiblar bizdan qo‘rqmay qo‘yishganini tan olish zarur. Ammo biz ularni yana bizdan qo‘rqishga majburlashimiz zarur».

«O’tgan mavsumda «MYu» debyut o‘yinida Suonsi»ga yutqazib qo‘yganidan keyin ajoyib o‘yinlar namoyish qilgandi. Biz buni takrorlay olamiz. Bizga yana g‘alabali o‘yinlar seriyasi kerak».

«Men bu haqida futbolchilarimga aytib o‘tdim. Davomiy tarzda yutqazishimiz mumkin emas», - deydi Lui van Gal.

Муҳокама

21.02.2016

Ueyn Runi «Qizil iblislar» safini tark etish istagi yo‘qligini aytib o‘tdi.

The Sun nashrining xabar qilishicha, 30 yoshli hujumchi ushbu haftada ikki Xitoy klubidan taklif olgan va ularni rad etgan. Angliyalik tajribali futbolchi 2004 yildan buyon mankunianliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.

Avvalroq, «Shanxay Shenxua» Runining transferi uchun 27 million funt sterligdan voz kechishga tayyorligi xabar qilingandi. Hujumchining o‘ziga esa Xitoy klubi haftasiga 500 ming funt maosh to‘lashga tayyor.

Муҳокама

21.02.2016

Taniqli ispaniyalik jurnalist Gilem Balage ta’kidlashicha, «Manchester Yunayted» klubi va «Chelsi» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘q.

«Men buni har hafta takrorlab kelyapman — hozircha «MYu» va Joze Mourino o‘rtasida hech qanday kelishuv yo‘q. Portugaliyalik murabbiy lageridan kelgan ma’lumotga ko‘ra, u boshqa jamoani tanlashi mumkin.

Ayrim OAV Lui van Gal va «Manchester Yunayted»ga bosim o‘tkazish maqsadida Mourinoning nomini ishonch bilan tilga olmoqda.

Agar murabbiyni hozir taklif qilishmasa, u boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu o‘yin va bosimning bir qismi. Shuningdek, Mourino ba’zi tanishlaridan foydalanishi mumkin. Masalan, Massimo Moratti.

«MYu» va Mourino o‘rtasida qaysidir darajada uchrashuv bo‘lib o‘tgani aniq, ammo tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv bo‘lmagan, hech qanday shartnoma imzolanmagan», – deya yozdi Balage o‘zining blogida.

Муҳокама

21.02.2016

The Guardian nashrining yozishicha, jamoaning bir qator yetakchi futbolchilariga murabbiyning taktikalari yoqmayapti.

Bundan tashqari, futbolchilar bundan oldin ham van Gaalning vaziyatni o‘zgartira olishiga ishonch bildirmasliklari haqida aytilgandi.

Xabarda ta’kidlanishicha, jamoaning rahbariyat qarorlariga ta’sir ko‘rsata olar darajadagi obro‘li futbolchilari van Gaalning ketishini va uning o‘rniga Joze Mourinoning olib kelinishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

«Manchester Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvort esa van Gaalni ishdan bo‘shatib yuborishga ikkilanmoqda. Shu bilan birga Vudvord agar harakat qilinmasa, Mourinodan ham quruq qolish mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, van Gaal g‘alabalar miqdori bo‘yicha keyingi 35 yil ichida eng yomon natija ko‘rsatgan murabbiy sifatida jamoa tarixiga kirdi. «Qizil iblislar» YeChLni guruh bosqichidayoq tark etishdi, Yevropa ligasining 1/16 finali bosqichida esa birinchi uchrashuvda Daniyaning «Midtyulland» jamoasiga yutqazib qo‘ydi. Ayni vaqtda jamoa APLning 26 turidan keyin 41 ochko bilan 5-o‘rinda joylashgan.

Муҳокама

20.02.2016

Yevropa ligasining 18/16 finali birinchi o‘yinida Daniyaning «Midtyullann» klubi dongdor «Manchester Yunayted»dan 2:1 hisobida ustun keldi. Garchi jamoa safarda gol urgan va keyingi bosqichga chiqish uchun hozir ham yaxshi imkoniyatga ega bo‘lsa-da, «MYu»ning kechagi o‘yini ishqibozlarni ranjitgani aniq.

Kamina o‘yinni kuzatar ekanman, qayd etilgan natijani bir necha omillarga bog‘ladim. Quyida ular bilan batafsil tanishtirishga harakatqilaman.

1) Men aslida «Manchester Yunayted»ning muxlisi emasman. APLda mutlaqo boshqa klubga muxlislik qilaman. Biroq ushbu jamoaning ser Aleks Fergyuson boshqargandagi damlaridagi o‘yinlarini haligacha qumsayman. Zero, kuchli jamoalarning kuchayishi milliy birinchilik uchrashuvlarining shiddatli, tomoshabop bo‘lishiga xizmat qiladi. Tomoshabinga esa aynan shu kerak.

Fergyusondan keyin jamoa barqaror o‘ynolmayapti. Moyes davrida ham, van Gal qo‘l ostida ham o‘z o‘yinini topa olgani yo‘q. Bo‘lmasa klubning kadrlar siyosatida qancha o‘zgarishlar qilindi, nechta yulduz futbolchilar sotib olindi… Ilgari «MYu»ga qarshi o‘yindan avval oyoqlari qaltirab turadigan, «Old Trafford»ga qo‘rqa-pisa tashrif buyuradigan jamoalar endi uning eshiklarini tepib kirib kelishmoqda, o‘zlariga kerakli natijani qayd etib ketishmoqda. Bu albatta biroz mubolag‘ali, pafosga berilib yozilgan fikrlar, ammo jamoaning avvalgi o‘yin falsafasini yo‘qotib qo‘ygani bor gap.

Kechagi o‘yinda qayd etilgan natija ham bevosita ana shu muammolar bilan bog‘liq. Yo‘qsa Yevropaning o‘rtamiyona chempionati vakilidan mag‘lubiyatga uchrarmidi? Mayli, «Midtyullann» Daniya superligasining peshqadamlaridan biridir, mayli, u futbol bo‘yicha mamlakatning amaldagi chempionidir (o‘z tarixida birinchi marta), biroq u saviya jihatdan «MYu»ning yaqiniga ham yo‘lay olmaydi.

2) Mag‘lubiyatning yana bir sababi mankunianliklarning raqibni mensimagani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Odatda, grand jamoalar taniqli bo‘lmagan raqiblarga qarshi shunday kayfiyat bilan maydonga tushishsa, o‘zlari xohlagan o‘yinni namoyish etisha olmaydi. Aksincha, autsayderlarlarda kuchli klublarga qarshi ko‘proq ishtiyoq bo‘ladiki, ba’zida bu ham g‘alabani ta’minlaydi.

3) Ana endi masalaning eng muhim qismiga yetib keldik. «MYu» mag‘lubiyati menga tabiiy emasdek tuyuldi. Hozir fikrimni tushuntirishga harakat qilaman.

Futbol bugungi kunda sport turidan ko‘ra biznesga aylanib ulgurgan. «MYu» ham aslida biznes-loyiha. Uning rahbarlari ham tadbirkorlar. Biznech bo‘lgach, u foyda keltirish kerak. Foyda keltirish uchun esa, avvalo, milliy chempionatdagi ishi yaxshi bo‘lishi, YeChLda uzoqroqqa borishi kerak.

Jamoaning milliy birinchilikdagi ishlari ko‘ngildagidek emas. Garchi u ayni paytda APLda 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, mavsum oxirigacha uning bu o‘rinda qolishi kafolatlanmagan. «Qizil iblislar» YeChLni guruh bosqichidayoq tark etishdi (shuning uchun ham Yevropa ligasida yurishibdi). Keyingi yili ham mazkur nufuzli turnirda ishtirok etishi uchun Premer-ligada kamida 4-o‘rinni egallashi kerak. Buning uchun esa futbolchilarni kutilmagan jarohatlar va jismoniy zo‘riqishlardan asrash kerak. Bu bir.

Ikkinchidan, Yevropa ligasi manfaatdorligi jihatidan baribir Yevropa chempionlari ligasia teng kela olmaydi. YeChLning saralash bosqichidan boshlab to turnir yakunigacha har bir g‘alaba va durang uchun yaxshigina mukofot puli beriladi. Shu bois ham o‘rtamiyona klublar guruh bosqichiga chiqish uchun saralashda «o‘ligini tashlashadi». Masalan, «BATE» singari klublar guruh bosqichida o‘ynab, kamida 2 marta g‘alaba qozonishsa, o‘zlarining bir yillik xarajatlarini qoplashi haqida o‘qiganmiz.

Yevropa ligasida bunaqa emas. Mazkur turnirning mukofot jamg‘armasi turli mamlakatlarga borib kelish-xarajatlari, futbolchilarga to‘lanadigan ko‘tarma pullar va boshqa ko‘plab xarajatlarni qoplay olmaydi. Hatto g‘olibnikini ham. Klub o‘rtamiyona, o‘yinchilarining maoshi ham o‘rtacha bo‘lsa boshqa gap.

Shu bois «MYu» kechagi o‘yinda atay yutqazganday tuyuldi. Bu balki Gleyzerlarning topshirig‘idan, balki Lui van Gal hech bo‘lmasa APLda yaxshiroq natijani qayd etish maqsadida «piyoda»ni qurbon berishga qaror qilgandir, bu yog‘i yolg‘iz xudoga ayon. Balki o‘sha kuni shunchaki jamoaning omadi chopmagandir.

Har holda hali masala uzil-kesil hal bo‘lgani yo‘q. Oldinda javob uchrashuvi bor. Hammasi shundan so‘ng oydinlashadi. Kutamiz.

Adham O‘rol O‘g‘li / Tafsilot.uz

Муҳокама

19.02.2016

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Pol Skoulz «Manchester Yunayted» ga murabbiy sifatida qaytish istagida.

41 yoshli Skoulz hozirda BT Sport va ITV telekanallarida ekspert bo‘lib faoliyat olib bormoqda va murabiylik foliyatini boshlash niyatida.

Skoulz «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galning asosiy tanqidchilaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan uning murabbiylar shtabidan o‘rin olishi juda qiyin. Faqatgina gollandiyalik mutaxassis jamoani tark etsagina sobiq yarim himoyachi jamoa tarkibiga kelib qo‘shilishi mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, Devid Moyes jamoadan ketganidan so‘ng Skoulz «Yunayted» da Rayan Giggzga yordam bergan edi. Shuningdek, bir necha yil avval Niki Batt bilan birgalikda UYEFA yoshlar ligasi musobaqasida «Yunayted»ning 19 yosh jamoasini boshqargan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Xargrivz: Moyesning aybi ko‘proq

19.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq yarim himoyachisi Oven Xargrivz Yevropa Ligasi doirasida «Midtyulland»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yaqin vaqtlar ichida «MYu» yaxshi o‘ynab ketishiga ishonmayman, ammo bunda van Galdan ko‘ra Moyesning aybi ko‘proq».

«Jamoa nihoyat transfer siyosati uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi lozim. Hozir eng kuchli futbolchilar «MYu»dan ko‘ra «Siti», «Chelsi» yoki «Arsenal»ga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqdalar».

««MYu» o‘zidan so‘rab ko‘rishi kerak: «Biz qayoqqa ketyapmiz? Qanday futbol namoyish etishni istaymiz? Bizning falsafamiz nimadan iborat?» Oldin aniqlik kiritib olish kerak va shundan so‘ng kerakli futbolchilarni sotib olishi lozim».

«Menimcha jamoa beshinchi o‘ringa munosib o‘yin namoyish qilmoqda», - deydi Xargrivz.

Муҳокама

19.02.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa kelasi yil Chempionlar Ligasiga yo‘llanmaga ega bo‘lmasa futbolchilarning maoshlarini qisqartirish mumkin. Bu xaqida Daily Mirror nashri xabar tarqatdi.

Bunda futbolchilar o‘z maoshlarini 25 foizidan voz kechishlariga to‘g‘ri keladi. Bunday qarorga kelinishiga asosiy sabab, bu jamoaning kelasi yilgi moliyaviy holatini saqlab qolishdir.

Jamoa 26 turdan so‘ng APL da 41 ochko bilan 5 o‘rinda bormoqda. yevropa Ligasining 1/16 final bosqichi dastlabki bellashuvida «Manchester Yunayted» Daniyaning «Midtyullann» jamoasiga 2-1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Муҳокама