19.02.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal yevropa ligasi doirasida «Midtyulland»ga qarshi kechgan o‘yindagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berarkan, Merfi qonuniyatini aybdor qilib ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, ushbu qonuniyatning asosi sifatida - bo‘lib o‘tishi tahmin qilingan voqea albatta sodir bo‘lishi ko‘rsatiladi.

«Men bu mag‘lubiyatimiz sababchisi sifatida Merfi qonuniyatini ko‘rsataman. Agar o‘yindan oldin darvozabon jarohat olganlar safida 14 chi bo‘lsa, bu o‘yinning boshlanishini yaxshilamaydi».

«Futbolchilar miyasida turli fikrlar aylanmoqda. Birinchi golni rikoshetdan so‘ng o‘tkazib yubordik. Bunisi endi ortiqcha edi».

«Ikkinchi bo‘limda esa har bir yakkakurashda mag‘lub bo‘ldik. Har birida. Biz raqibga ikkinchi golni urishga imkon bermasligimiz kerak edi. Lingardda ikki marta o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lgan edi. Ammo o‘yinning ma'lum qismida biz yaxshi o‘ynay olmadik».

«Har hafta jarohat tufayli tarkib almashaversa, o‘yinni tashkil qilish qiyin. Futbolda shunaqasi ham uchrab turadi. Bizda o‘z maydonimizda «Midtyulland»ni yengish imkoni bor va biz undan foydalanishimiz shart».

«De Xea tizzasidan jarohat olgan va biz tibbiy ko‘rik natijalarini kutmoqdamiz», - deydi van Gal.

Муҳокама

19.02.2016

David De Xea «Midtyulland» jamoasiga qarshi uchrashuv oldi mashg‘ulot vaqtida jarohat oldi va shu sababli uning o‘rniga Serxio Romero maydonga tushdi.

Ispaniyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ning jarohat olgan 14 o‘yinchisi hisoblanadi. Xabarlarga ko‘ra futbolchining jarohatti jiddiy emas, va murabbiylar shtabi futbolchini maydonga tushishi mumkinligini aytishgan bo‘lsada Lui van Gal tavakkal qilishni istamagan va argentinalik darvozaboni maydonga tushirgan.

Uchrashuvda «qizil iblisalar» 2-1 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Runi jarohat olgan

18.02.2016

Lui van Gal ommaviy axborot vositalariga jamoa hujumchisi Ueyn Runi jarohat olganini tasdiqladi.

O‘yin oldi matbuot anjumanida ishtirok etgan van Gal jamoa holati haqida ma'lumot berib o‘tdi.

«Bizda 13 nafar jarohat olgan futbolchilar bor, Ueyn ham shular qatorida. Hozircha uning qayaon safga qaytishi borasida biror narsa deyish mushkul, u tizzasidan jarohat olgan, shunday ekan biroz kutishimiz lozim».

«Darmianning yelasi chiqqan. Baxtimizga uning jarohatti jiddiy emas lekin xozircha maydonga tusha olmaydi. Shuningdek Bortvik-Djekson ham betobligi sababli maydonga tushmaydi. 13 nafar futbolchi hozirda jamoaga yordam bera olmaydi».

«Avval bunday ko‘p jarohatni kuzatmagan edik. Barcha jarohatlar kontaktda ro‘y bergan jarohatlar, faqatgina Fellayni mushaklari shikaslangan. Bu dahshatli darajada omadsizlik!».

«Ueyn –doimo oxirigacha boradigan futbolchi, hatto og‘riqni xis qilsa ham maydoni tark etishni istamaydi. U o‘z ishiga fantastik yondashadi, biz uni faqatgina o‘zini yaxshi xis qilmayotganidan bildik».

Муҳокама

Янгиликлар /

Fellaini Xitoyga ketishi mumkin

17.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Maruan Fellayni «qizil iblislar» safini tark etishi mumkin. Yarim himoyachining xizmatlariga Xitoy klubi qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubi belgiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Xitoyliklar futbolchini yozda sotib olishni rejalashtirishmoqda.

Qayd etish joiz, «Shanxay Shenxua» jamoasi joriy mavsumda Fredi Guarin va Obafemi Martines bilan shartnoma imzolagan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Jamoa Daniyaga yo‘l oldi

17.02.2016

UEFA kubigida ishtirokini boshlaydigan «Manchester Yunayted» Daniyaga 18 nafar futbolchi bilan yo‘l oldi. Bu xaqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ueyn Runi jamoa bilan Daniyaga yo‘l olmadi. Nima sababdan hujumchining jamoa bilan birga emasligi borasidagi batafsil ma'lumot Toshkent vaqti bilan 22-00 bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldi matbuot anjumanida aytilishi kutilmoqda.

Shuningdek, «Sanderlend» ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Matteo Darmian ham jamoa bilan birga emas.

Daniyaga shuningdek bir qator yosh futbolchilar ham yo‘l olishdi. Bular Regan Pul, Djo Rayli va Djeyms Uir.

Bosh murabbiy Kemeron Bortvik-Djeksonga dam olish uchun imkon yaratib bergan va u ham tarkibga kiritilmagan.

 «Midtyulland» jamoasiga qarshi uchrashuvga yo‘l olgan jamoa tarkibi:

David De Xea, Serxio Romero, Love, Peddi MakNeyr, Kris Smolling, Deyli Blind, Regan Pul, Djo Rayli, Maykl Karrik, Ander Errera, Morgan Shnayderlin, Djessi Lingard, Andreas Pereyra, Djeyms Uir, Xuan Mata, Memfis Depay, Antoni Marsyal, Uill Kin.

Муҳокама

17.02.2016

«Manchester Yunayted» Akademiyasiga yana bir mutaxassis qo‘shildi. «Ayaks» ning sobiq  skauti Xenni de Regt endilikda «qizil iblislar» akademiyasi skaut xizmatida faoliyat olib boradi.

De Regt jamoa Akademiya tizimi faoliyatini rivojlantirish maqsadida taklif qilindi.

Gollandiyalik mutaxassis 18 yil davomida «Ayaks» jamoasida jamoa skauti, analitik va yoshlar jamoasi murabbiyi kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

De Regt shuningdek Gregori van der Vil, Rafael van der Vart, Uesli Snayder, Naydjel De Yong, Jonni Xeytinga va Yan Vertongen kabi futbolchilarni katta futbolga kirib kelishlarida muhim rol o‘ynagan inson hisoblanadi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Batt Akademiyaning yangi rahbari

16.02.2016

Niki Batt «Manchester Yunayted» Akademiyasining direktori etib tayinlandi deya xabar bermoqda jamoaning rasmiy sayti.

41-yoshli Batt mashhur «Klass-92» bitiruvchisi hisoblandi va jamoa tarkibida 1992-2004 yillar davomida 387 uchrashuvda maydonga tushgan. Olti marotaba Premer Ligi g‘olibi, 3 karra Angliya Kubogi sohibi, UeFA Chempionlar Ligasi g‘olibi, Qitalararo Kubok sohibi. Batt hozirda UeFA professional murabbiylik litsenziyasi sohibi.

 «Yunayted» vitse-prezident Ed Vudvord bu haqida quyidagilarni aytib o‘tdi: «Men xursandman, Niki Akademiya boshlig‘i bo‘lishga rozilik bildirganidan. Unda qonida bizning jamoa ananasi va merosi bor. U bilan jamoa Akademiyasi yanada boyidi va o‘z yo‘liga ega bo‘ladi».

«Akademiya maqsadi – yosh futbolchilarni asosiy tarkibga tayrlab berish. Bizning bitiruvchilar doim zamonaviy futbolda eng yaxshi jamoa bo‘lib kelgan, Niki Akademiyaga o‘ziga hos his, energiya va o‘z ajribasini bera oladi. So‘ngi to‘rt yil davomida Akademiyaning 15 nafar tarbiyalanuvchisi asosiy jamoa tarkibida 173 uchrashuvda maydonga tushdi, jamoa ushbu ko‘rsatkichdan faxrlanadi».

Niki Batt esa quyidagilarni qo‘shimcha qildi: «Bunday lavozimni egallash– men uchun o‘ziga xos imtiyoz. Jamoaning sobiq tarbiyalanuvchisi sifatida, juda faxrdaman  menga Akademiyani boshqarish imkoniyati berilganligidan. «Manchester Yunayted» ananalarini saqlab qolgan holda yangi yosh futbolchilarni yetishtirishda o‘z xissamni qo‘shmoqchiman.

«Albatta bu qiyin ish, lekin yuqori saviyadagi jamoa bilan buni uddalay olamiz. Bizning maqsad avvalgidak oliy– yuqori saviyadagi yoshlarni asosiy tarkib jamoaga tayyorlab berish, qachonki ular jaxoning buyuk jamoasida to‘p surayotganliklarini xis etib tursinlar ».

Муҳокама

16.02.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa himoyachisi Kemeron Bortvik-Jekson bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

19-yoshli himoyachi jamoada yuzaga kelgan jarohatlar epidemiyasi oqibatid asosiy tarkibda maydonga tushish imokniyatiga ega bo‘ldi. Bir qator ucharshuvlarda esa o‘zini yaxshi taraflama ko‘rsatishga xarakat qildi.

Shu sababli jamoa rahbariyati yosh ingliz futbolchisiga uzoq muddatli moliyaviy taraflama yaxshilangan shartnoma taklif qilmoqchi.

Bortvik-Jekson bilan shartnoma uzaytirish borasida bosh murabbiy Lui van Gal quyidagilarni aytib o‘tdi: «Ha, Albatta biz bu borada ish olib bormoqdamiz, lekin jamoaning rasmiy xabarini kutishim lozim».

Муҳокама

16.02.2016

«Old Trafford» stadioning janubiy sektori endilikda «Manchester Yunayted» ning afsonaviy futblchisi va jamoa direktori ser Bobbi Charlton nomi bilan nomlanadi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.

Stadioning ushbu sektori 1910 yilda qurilgan stadioning saqlab qolingan qismlarini biri hisoblanadi.

Ushbu sektorning taqdimot marosimi 2016 yil 2 aprelda «Everton» jamoasiga qarshi kechadigan o‘rtoqlik uchrashuvdan oldin tashkil etiladi.

Charlton «Yunayted» yoshlar jamoasiga 1953 yilda qabul qilingan va 1956 yilda debyut uchrashuvini o‘tkazgan. Faoliyati davomida «Yunayted» tarkibida 758 uchrashuvda ishtirok etib 249 gol urgan. Angliya terma jamoasi tarkibida esa 106 uchrashuvda ishtirok etib 49 gol urgan.  

Ushbu sektorni o‘zgartirish xaqida jamoa vitse-prezident Ed Vudvord quydagilarni aytib o‘tdi: «Barchasi oddiy, Bobbi – ingliz futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘ziga xos shahs. O‘yinchi, diplomat, xaqiqiy djentlmen, insonparvarlik hislatlarini o‘zida jam qilgan Angliya va «Manchester Yunayted»dagi eng yaxshi insonlardan biri .

Bu xaqida shuningdek Ser Bobbi ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Bu men uchun katta sharaf! Men va oila a'zolarim ushbu qarori eshitib faxrlandik. «Manchester Yunayted» hayotiming muhim qismi hisoblanadi va bu albatta «Old Trafford» bilan ham bog‘liq. Jamoa direktori sifatida chiroyli o‘yinlarni va futbolchilarni xarkatlarini ko‘rish niyatidaman. Bu joy men uchun juda muhim hisoblanadi».

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» yoshlari peshqadam

12.02.2016

«Manchester Yunayted» 21 yoshli o‘rinbosarlar jamoasi musobaqa jadvalining birinchi o‘rniga ko‘ratirilib oldi.

Kecha «Yunayted» yoshlari «Siti» o‘rinbosarlari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va turnir jadvalida birichi o‘ringa chiqdi. Uchrashuvdagi yagona golga Djo Rotuell mualliflik qildi.

Hozirda Uorren Djoys boshchiligidagi jamoa «Sanderlend» jamoasini ikki ochkoga ortta qoldirmoqda, shuningdek jamoa hisobida bitta zahira o‘yini ham bor. «Siti» o‘rinbosarlarini esa 10 ochkoga ortta qoldirishmoqda.

«Manchester Yunayted» U21 — «Manchester Siti» U21 1:0 (1:0)

Gol: Rotuell 16'

«Manchester Yunayted»: Dj. Pereyra, Fosu-Mensa, Uilliams, Lav, Rayli, Pul, Redmond, Rotuell (Rashford 71'), Xarrop (El Fituri 69'), Kin, Ueyr

Муҳокама