Янгиликлар /

«Yunayted» Xitoyga boradimi

12.02.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi kelasi mavsum oldi turnesini Xitoyda o‘tkazishi mumkin.

Jamoa Xitoyda 10 kunlik yig‘in o‘tkazishi ko‘zda tutilgan. shuningdek, Xalqaro Chempionlar kubogi musobaqasi doirasida «Manchester Siti» jamoasi bilan o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilmoqda.

Hozirda «Siti» ushbu «derbi» ni Hitoyda o‘tkazilishiga rozilik bildirgan. «Manchester Yunayted» bilan esa muzokaralar olib borilmoqda va tez orada ushbu o‘yinga oydinlik kiritiladi.Reja bo‘yicha uchrashuv 29 yoki 30 iyulda bo‘lishi rejalashtirilgan. Sababi 3 avgust kuni «qizil iblislar» Ueyna Runi sharafiga «Old Trafford»da tashkillashtiriladigan uchrashuvda maydonga tushishlari lozim.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, jamoaga yozda Joze Mourino tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramasdan yozgi rejalar jadvalini belgilashda Lui van Gal ham faoli ishtirok etishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Puyol Manchesterda nima qilmoqda ?

12.02.2016

«Barselona» jamoasi sobiq himoyachisi Karles Puyol xozirda agentlik biznesini yo‘lga qo‘ygan, britaniyalik tabloidlar xabar berishicha uning mijozlaridan biri yozda Manchesterda paydo bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yili kuzda Puyol o‘zining shaxsiy agentstlik biznesini sobiq jamoadoshi Ivanom De la Penya bilan birgalikda boshlagan edi. Sobiq futbolchi o‘zining Instagram dagi rasmiy sahifasidagi bir rasmning tagida  «Manchesterda hamkorim Ivan bilan qahva imchoqdamiz» deya izoh qoldirgan.

Bu esa Britaniya OAV lari uchun qiziq mavzu bo‘ldi va uning nima maqsadda bu yerga tashrif buyurganini tahmin qilishmoqda.

Metro nashri xabarida Puyol «Atletik» himoyachisi Emerik Laport borasida «Manchester Yunayted» bilan muzokara olib bormoqda deyilgan bo‘lsa, The Daily Express nashri esa ishonch bilan Puyol va De la Penyaning yana bir mijozi Mark Bartra tez orada «Old Trafford» da paydo bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan. 

Муҳокама

11.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal katta futbolga kirib kelishiga sababchi bo‘lgan inson haqida so‘zlab berdi.

«Mening akam futbolga kirib kelishimga sababchi bo‘lgan. Shuningdek, braziliyalik Ronaldo va Ronaldinoning o‘yinlarini kuzatib, ilhomlanganman».

«Katta futbolga kirib kelishimga «Bordo»ning hozirgi bosh murabbiyi Villi Sanol o‘z hissasini qo‘shgan. U bir necha yil avval Fransiya yoshlar (U-21) termasiga ustozlik qilgan va meni terma jamoaga taklif qilgan».

«U «Monako»da zahirada o‘tirishimga qaramay, menga ishonch bildirgan», - deydi hujumchi MUTV telekanaliga bergan intervyusida.

Муҳокама

11.02.2016

«Yunayted» ning 22 yoshli himoyachisi  Gilermo Varela ingliz futboliga to‘liq moslashganini va uzoq yillar «Old Trafford» da to‘p surish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

«Birinchi mavsumda men bu yerga moslashib, ko‘p narsa o‘rganishga xarakat qildim. Ikkinchi mavsumda esa «Kastilo» jamoasida ijarada to‘p surdim va endilikda jamoa bilan birgaman. Murabbiy menga imkoniyat berdi, bunda men o‘z qobiliyatimni ko‘rsatishga xarakat qildim, berilgan imkoniyatdan juda xursandman».

«Hozirda qo‘rqmay aytla olishim mumkin 100% to‘liq ingliz futboliga mosalasha oldim. O‘yin haroratiga va yuklamasiga moslashdim. Men o‘ylashimcha, barchasi o‘yin nuqtai nazaridan qaraganda jismoniy jihatdan yuksalishga olib keladi».

«Ingiz futbolida jismoniy tayyorgarlik yuqori o‘rinda turadi, Urugvay yoki boshqa mamlakatlarda esa asosan texnik va taktikaga ko‘proq e'tibor qaratiladi. Bu yerda futbolchilar o‘rtasida xaqiqiy jang bo‘laib o‘tadi. Bu yerda birinchi dars jismoniy kuchga qaratiladi doim».

«Men «Vest Xem» va «Volfsburg» jamoalariga qarshi debyut uchrashuvda men o‘zimni ancha bosiq his qildim. «Manchester Yunayted» singari jamoa safida maydonga tushishga ishonar edim. Bir necha marotaba asosiy tarkibga chaqirildim va so‘ngra uchrashuvlarda ishtirok etdim, men shundan so‘ng o‘zimda ishonchni his qildim».

«Albatta, men doim zo‘r berib o‘z ustimda ishlashim lozim, chunki asosiy tarkib a'zosiman. Albatta birinchi navbatta bosh murabbiy ishrnchi ham juda muhim. Menga «Manchester Yunayted» daligim juda yoqadi va men bu yerda uzoq muddat to‘p surib musobaqalarda g‘alaba qozonish niyatidaman. Ikkinchidan esa faqat olg‘a qadam bosib milliy terma jamoa safida ham maydonga tushmoqchiman».

Муҳокама

11.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq himoyachisi Rio Ferdinand jamoaning navbatdagi bosh murabbiyi kim bo‘lishi bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mourino — qisqa muddatda jamoa bilan yaxshi natijalarga erisha olishi mumkin bo‘lgan nomzod. U bor ishtiyoqi bilan natija uchun intiladi. Lekin men Giggzni jamoadagi vaziyatni yaxshi bilgan holda uzoq yillar davomida muvaffaqiyatli boshqarishi mumkin deb bilaman».

«O‘ylaymanki, u jamoaga yosh futbolchilarni jalb qilib boradi va o‘tish davrida inqiroz bo‘lmasligiga erishadi. Yosh futbolchilar albatta asosiy tarkibga kirishlariga ishona olishlari kerak», deydi Ferdinand.

Bundan oldinroq, yozda jamoa boshqaruvida Joze Mourino Lui van Gaalning o‘rnini egallashi deyarli oydinlashgani haqida xabarlar berilgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Pereyra 40 va Lav 37 raqamda

11.02.2016

«Manchester Yunayted» o‘rinbosarlari tarkibining ikki nafar a'zosi asosiy tarkibda o‘z raqmlariga ega bo‘lishdi.

Bu futbolchilar asosiy jamoaning yevropa Ligasi uchun bergan B ro‘yxatidan o‘rin olishdi. 19-yoshli portugaliyalik darvozabon Djoel Kastro Pereyra 40 raqmda qayd etilgan bo‘lsa, 21 yoshli himoyachi Donald Lav 37 raqamli libosda maydonga tushishi mumkin.

Shuningdek, B ro‘yhatdan Peddi MakNeyr, Kemeron Bortvik-Djekson, Aksel Tuanzebe, Andreas Pereyra va Shon Goss o‘rin olishgan. Adnan Yanuzay esa yevropa Ligasi o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi. Sababi u «Borussiya D» jamoasida iajara asosida to‘p surganda ushbu musobaqada ishtirok etgan.

«Yunayted» yevropa Ligasidagi ishtirokini kelasi haftada Daniyaning «Mityulland» jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

Муҳокама

10.02.2016

Sunsport nashri bergan xabrda aytilishicha «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari «Barselona» hujumchisi Neymarni o‘z saflarida ko‘rish niyatida. Buning uchun 190 million yevro sarf qilish niyatidalar.

Futbolchining o‘zi esa yiliga 60 million yevro mablag‘ ishlab olishi mumkin.
«MYu» Neymarni sotib olish orqali uni jamoa yuziga aylantirmoqchi. Agarda  Neymar «Yunayted» ga o‘tadigan bo‘lsa u jamoaning barcha reklama kompaniyalari markazida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

 «Manchester Siti» Neymarni esa kelasi mavsumdan jamoa bosh murabbiyi bo‘lib ish boshlaydigan «Barselona» sobiq murabbiyi Xosep Gvardiolani talabiga asosan olib kelish niyatida.

Муҳокама

10.02.2016

«Atletik» jamoasi himoyachisi Emerik Laport «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqishlar doirasiga tushdi.

Xabar berilishicha, Lui van Gal markaziy himoyada Kris Smollinga ishonchli hamkor izlamoqda. Laport esa aynan shu o‘ringa asosiy nomzodlar qatoriga kiritilgan.

Futbolchi shu yilning yozida ingliz jamoasi safiga ko‘chib o‘tishi mumkin. 21 yoshli fransiyalik futbolchining transferi 32 million funt deya baholanmoqda.

Jamoa rahbariyati jamoaning so‘ngi vaqtlardagi markaziy himoyachilarining o‘yinidan ko‘ngli to‘lmayapti shu sababli kelasi mavsumda jamoa ushbu chiziqni to‘liq kuchaytirish niyatida.

Jamoa shuningdek markaziy himoya pozitsiyasiga «Everton» himoyachisi Djon Stounz va «Real M» himoyachisi Rafael Varan nomzodoarini ham ko‘rib chiqmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea shartnomasi e'lon qilindi

10.02.2016

Football Leaks sayti Davida De Xeaning «Real Madrid» bilan tuzmoqchi bo‘lgan shartnomasi nusxasini e'lon qildi. Hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganligi uchun ushbu transfer aalga oshmay qolgan edi.

De Xea jamaoa bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekkanda yillik maoshi 9,2 million funtni tashkil qilar edi. Futbolchining transferi esa 29 million funtni etib belgilangan.

Shuningdek shartnomada agarda futbolchini keyinchalik biror jamoa sotib olmoqchi bo‘lsa 500 million yevro (388 million funt) to‘lashi belgilab qo‘yilgan.

De Xea esa «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini uzoq muddatga uzaytirdi va yakunda haftalik maoshi 200 000 funt qilib belgilandi. Agarda futbolchi «Real Madrid» bilan shartnoma imzolaganda esa haftasiga 177 000 funt olar edi.

Муҳокама

10.02.2016

Ko‘plab britan OAV lari The Telegraph nashriga tayanib xabar berishicha Joze Mourinyu do‘stiga yozda «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lishini aytib o‘tgan.

Xabarda aytilishicha 20 karra Angliya chempionlari Portugaliyalik mutaxassis bilan muzokara olib borgan va yakunda o‘zaro bitimga kelishgan. Shu sababli endi «Yunayted» bosh murabbiyligiga boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqish niyatida emas.

«Mourinyu «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi, bu hal etilgan savol» - deya xabar bergan The Telegraph nashri .

Shuningdek nashr Rayan Giggzning ham faoliyatini muhokama qilgan. Agar Mourinyu jamoa bosh murabbiyi bo‘lsa jamoaga yordamchi sifatida Ruy Fariani taklif qiladi, Giggz esa «Manchester Yunayted» dagi 29 yillik faoliyatini yakunlab, biror bir jamoaning tklifini qabul qishi mumkin.

Муҳокама