Yanuzay jarohat oldi
09.02.2016

Adnan Yanuzay va Gilermo Varela 21 yoshlilar jamoasi bilan «Norvich» ga (7:0) qarshi uchrashuvda jarohat olishgan.
Ikkala futbolchi ham uchrashuv vaqtida jaroxat olgan hamda ularni o‘rniga Mett Uillok va Timoti Fosu-Mensa maydonga tushishgan. Yanuzay oyoq paylari jarohatlangan bo‘lsa, Varela esa to‘piq qismidan jarohat olgan.
«Varela to‘piq qismidan jarohat olgan bo‘lsa, Yanuzay esa maydonni tibbiy yordamchilar yordamida tark etdi. Bu esa ehtiyotkorlik choralari edi », - deydi o‘rinbosarlar jamoasi murabbiyi Uorren Djoys.
Shuningdek uchrashuvda Fil Jons uzoq muddatli tiklanishdan so‘ng yana maydonga qaytdi va uchrashuv 60 daqiqagacha maydonda to‘p surdi. Joys tasdiqlashicha futbolchi tiklanish jarayoni yaxshi faqatgina to‘liq uchrashuvga tayyor emas.
Depay o‘rinbosarlar safida
09.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi murabbiylar shtabi yarim himoyachisi Memfis Depayni jamoa o‘rinbosarlari safiga «surgun qildi».
Bunga Depayning «qizil iblislar» tarkibida Angliya chempionatida 25-turida «Chelsi»ga qarshi (1:1) uchrashuvida harakati sabab bo‘lgan. Gap shundaki, futbolchi o‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganda zaxiradan maydonga tushirildi va hujumlarning birida u noaniq to‘p oshirishidan so‘ng mezbonlar tezkorlik bilan hujum tashkil qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoladi.
Ta'kidlash kerakki Depay o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida kecha bo‘lib o‘tgan «Norvich» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va uchta golga assistentlik qildi. Uchrashuv «MYu» o‘rinbosarlarining 7-0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shuningdek, uchrashuvda asosiy jamoa o‘yinchilaridan Paddi MakNeyr, Varela, Adnan Yanuzay va darvozabon Serxio Romero ishtirok etdi.
Joriy mavsumda Depay barcha turnirlarda 30 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan.
«Yunayted» aksiyalari arzonlashdi
09.02.2016

Dushanba kuni «Manchester Yunayted» aksiyalari so‘ngi uch yildagi eng past ko‘rsatgichni qayd etdi deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Bu jamoaning so‘ngi paytdagi omadsizliklari oqibatida va so‘ngi turdagi «Chelsi» bilan durngdan so‘ng qayd etildi. Jamoa oldiga kuchlik to‘rtlikka kirish rejasi qo‘yilgan.
«Manchester Yunayted» jamoa xozirda Chempionlar Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rindagi jamoadan 6 ochko kam jamg‘argan, shu sabab jamoa aksiyalari tushib bormoqda.
«Manchester Yunayted» aksiyalari dushanba kuni Nyu-York fond birjasida dastlab 14,50 dollar (10,05 funt) da qayd etilgan bo‘lsa keyinchalik 13,79 dollar (9,56 funt) gacha tushib ketgan. Kun so‘ngida esa 14,10 dollar (9,77 funt) ko‘rsatgichda bo‘lgan.
Jamoa investorlari ushbu ko‘rsatgichdan biroz xavotirga tushishmoqda shu sababli jamoa «Yunayted» vitse-prezidenti Ed Vudvorddan bu borada hsobot talab qilishmoqda.
Runi: De Xea eng yaxshi darvozabon
09.02.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi APL ning 25-turidan o‘rin olgan «Chelsi» (1:1) bilan o‘yindan so‘ng David de Xea shaniga iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.
«David yana bir necha marotaba darvozani ajoyib tarzda himoya qila oldi. Balki, u so‘ngi yillarda jahoning eng yaxshi darvozabonidir. U qiyin vaziyatlarda ham jamoani muqarrar gollardan saqlay oldi. Afsuski, o‘yin so‘ngida o‘tkazib yuborilgan gol alamli bo‘ldi».
«Umumiy olganda biz uchrashuvni juda yaxshi o‘tkazdik, lekin g‘alab qozona olmaganimiz juda achinarlidir», —deydi Runi jamoaning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
«20-asr Foks» jamoaning yangi hamkori
09.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi «20-asr Foks» kinokompaniyasi bilan halqaro hamkorlik shartnomasini imzolaganini rasman e'lon qildi.
Ushbu kinokompaniya endilikda «Old Trafford» da filmlar reklamasini namoyish etish xuquqiga ega bo‘ldi.
«Yunayted» futbolchilari Ander Errera, Xuan Mata, Kris Smolling, David De Xea, Bastian Shvaynshtayger va jamoa sardori Ueyn Runi kinokompaniyaning so‘ngi filmi bosh qahramoni – Dedpul bilan rolikda ishtirok etishgan. Ushbu rolik tez orada jamoaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasiga joylashtiriladi.
Xabarlaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» jamoasi «20-asr Foks» kinokompaniyasi bilan hamkorlikni yil boshidan boshlab amalga oshirgan, chunki jamoaning bir qator futbolchilari ijtimoiy tarmoqdagi o‘z rasmiy sahifalarida Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi «Выживший» (Omon qolganlar) filmini reklama qilishgan.
Runi yanvar oyiningi eng yaxshi futbolchisi
08.02.2016

Ueyn Runi jamoaning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi deya xabar bermoqda jamoa rasmiy sayti.
«Yunayted» jamoasi sardori 2016 yilning dastlabki oyida umumiy hisobda raqib darvozalarini 6 bor ishg‘ol qildi. So‘rovnoma jamoaning Twitter dagi rasmiy sahifasi da olib borildi. So‘rovnomada Ueyn Runi bilan bir qatorda Antoni Marsyal va Kemeron Bortvik-Djekson nomlari qayd etilgan edi. Yakunda muhlislar Ueyn Runi yanvar oyining eng yahshi futbolchisi deya tan olishdi.
Ushbu mukofot Ueynga «Yunayted» ning Karringtondagi bazasida topshirildi.
«Yunayted»ning Yevropa Ligasidagi tarkibi
05.02.2016

Yevropa Ligasida ishtirok etadigan «Manchester Yunayted» asosiy 25 nafar futbolchiga 3 nafar yangi futbolchini kiritish imkoni bor edi. Jamoa ushbu ro‘yxatga Uill Kin va Regan Pulni kiritishdi. «Xall Siti» jamoasiga ijaraga berilgan Nik Pauell esa ro‘yxatdan chiqarildi.
17 yoshli himoyachi Regan Pul hali asosiy jamoada maydonga tushmagan, u o‘tgan hafta 21 yoshlilar jamoasida debyut qildi. Pul «Yunayted» ga 2015 yil 1 sentyabrda «Nyuport Kaunti» jamoasidan 100 000 funt evaziga xarid qilingan edi.
Demak Yevropa Ligasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar quyidagilar:
Darvozabon: David De Xea, Serxio Romero, Sem Jonstoun;
Himoyachilar: Fil Jons, Markos Roxo, Kris Smolling, Lyuk Shou, Gilermo Varela, Matteo Darmian, Regan Pul;
Yarim himoyachilar: Xuan Mata, Maykl Karrik, Deyli Blind, Eshli Yang, Ander Errera. Antonio Valensiya, Maruan Fellayni, Morgan Shnayderlin, Bastian Shvaynshtayger, Jessi Lingard;
Hujumchilar: Ueyn Runi, Antoni Marsyal, Memfis Depay, Uill Kin.
Shuningdek, Andreas Pereyra, Peddi MakNeyr, Kemeron Bortvik-Jekson, Tayler Blekett va Adnan Yanuzay esa B ro‘yxatdan o‘rin olishgan, ya'ni ular jamoa tarbiyalanuvchisi sifatida uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, B ro‘yxatdan 1994 yil 1 yanvardan keyin tug‘ilgan va so‘ngi ikki yilni jamoa bilan o‘tgazib, 15 yoshdan UeFA da ro‘yxatdan o‘tgan futbolchilar kiritiladi.
Giggzning buvasi vafot etdi
04.02.2016

The Mirror nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» yordamchisi Rayan Giggzning buvasi Dennis Giggz seshanba kuni tongda olmadan ko‘z yumgan.
Rayaning buvasi Kardiffda tug‘ilgan va shu yerda istiqomat qilar edi, so‘ngi vatqlarda saroatondan aziyat chekayotgan edi. U «Manchester Yunayted» jamoasining Uelsdagi Cardiff and Vale Reds fan klubi a'zosi edi. Uning vafoti xaqida xabar dastlab ushbu fan klubning Facebookdagi sahifasida berildi:
«Dennis Giggzni favot etganini eshitganimizdan qayg‘udamiz. U bizning fan klubning xaqiqiy jentlmen insoni edi. Bunday qiyin vaziyatdan biz fikran uning oila a'zolari bilan birgamiz. Yaxshi orom ol, Dennis!» - deya izoh qoldirilgan.
Shu sababli Rayan Giggz ham jamoani vaqtincha tark etgan. Uning Kardiffadan qachon qaytib o‘z vazifasini bajarishga kirishishi borasida xozircha aniq ma'lumotlar yo‘q.
De Xea: O‘yin natijasidan xursand bo‘ldim
04.02.2016

David De Xea o‘ylashicha so‘ngi ikki g‘alaba jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshirgan.
«Men o‘yin natijasidan xursand bo‘ldim. «Stok» aytarli xavfli vaziyat sodir yeta olmadi, va biz o‘z darvozamizni dahlsiz saqlay oldik. Biz uchrashuvda hisobni tez ochishni istagan edik, buni uddalay oldik va bu bizga ustunlik berdi».
«Jamoa tezkor va aniq xarakat qildi, bu bizning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimiz. Biz kelasi o‘yinlarda ham shu tarzda xarakat qilamiz».
«Bizda doim o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch bor. So‘ngi ikki uchrashuvda esa biz uchtadan gol urmoqdamiz, bu esa bizga qo‘shimcha yordam bo‘ladi. Oldinda bizni «Chelsi» bilan mehmondagi uchrashuv kutib turibdi, umid qilamanki bu o‘yin ham biz uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi» - deydi De Xea jamoa rasmiy saytiga bergan inrevyusida.
LVG: Men baxtli murabbiyman
03.02.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Stok Siti»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men behad darajada baxtli murabbiyman. Men ajoyib gollar, jamoaviy gollar ko‘rdim. Bu gollarda himoyachilarimizning hissasi ham katta.
«Menimcha biz tanaffusga qadar juda hujumkor o‘yin namoyish qildik. Ikkinchi bo‘limda esa asosiy e'tibor to‘p nazoratiga qaratildi va raqibga imkon bermaslikka intildik. Bu esa oson emas edi. Chunki «Stok Siti» kabi jamoalar har doim qattiq qarshilik qiladi».
Lui van Gal shuningdek «Bavariya» ustozi va sobiq shogirdi Pep Gvardiolaning Angliya chempionatiga kelayotganidan xursand ekanini yashirmadi.
««Barselona» da murabbiy bo‘lganimda, Gvardiola mening qo‘lim ostida jamoa sardori bo‘lgan. Uni Angliyada ko‘rishdan xursand bo‘laman. Bundan tashqari, men ispan tilida ham so‘zlasha olaman va u bilan chiqishib ketaman», - deydi gollandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pep Gvardiola «Manchester Siti» klubi bilan 3 yillik shartnomaga erishganligi ma'lum qilingandi.