03.02.2016

«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Xuan Mataning xizmatlariga qiziqmoqda, deya xabar beradi Daily Mail.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchi bilan aloqaga chiishgan. Luis Enrike bir yarim yildan beri bu futbolchining o‘yinlarini kuzatadi. Murabbiy maydon markazida Inestaga hamda hujumda Messi, Neymar va Suaresga yordam beradigan yarimhimoyachini sotib olish istagida.

Mata ushbu mavsum APLning 24 uchrashuvida 4 gol urgan va 3 golli uzatma oshirgan. Uning «MYu» bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Giggz vaqtincha jamoa bilan emas

03.02.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz oila a'zolaring kasalligi tufayli so‘ngi o‘yinlarida jamoa bilan birga bo‘la olmadi deya xabar bermoqda The Mirror nashri.

«Stok Siti» ga qarshi uchrashuvda chiroyli g‘alabaga erishilgan jamoa murabbiylar shtabi qatorida Rayan Giggaz ko‘rinmaganni ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan edi. So‘ngi paytda «Yunayted» afsonaviy futbolchisi «Seltik» jamoasiga bosh murabbiyi bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidaga xabarlar avj olgan edi.

Xabarda aytilishicha Giggz jamoa rahbariyatidan ma'lum muddatga oilaviy sabablarga ko‘ra jamoa bilan birga bo‘la olmasligini so‘ragan. Yaqin orada esa Rayan yana jamoa bilan birga bo‘lib o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishadi.

Муҳокама

02.02.2016

Jarohat olib safdan chiqqan Bastian Shvaynshtayger yana bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Angliya Kubogi 3 bosqichi «Sheffild Yunayted» jamoasiga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.

Shvayshtayger Germaniyada MRT dan o‘tkazilgan, Germaniya terma jamoasi shifokori Xans-Vilgelm Myuller-Volfart so‘zllariga ko‘ra uning jaroxati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqqan.

Shunga ko‘ra, Shvaynshtayger Premer Liganing «Stok Siti», «Chelsi»,«Sanderlend» jamoalariga qarshi uchrashuvni hamda yevropa Ligasidagi «Mityulland» va Angliya Kubogi doirasidagi «Shrusberi Taun» qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.

31 yoshli futbolchi taxminan 2016 yil 28 fevralda «Arsenal» bilan bo‘ladigan uchrashuvda maydonga qaytishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Pauell «Xall Siti»ga o‘tdi

02.02.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Nik Pauell mavsum so‘ngiga qadar «Xall Siti» jamoasida ijara asosida to‘p suradi. Bu xaqida «yo‘lbarslar» ning rasmiy sayti xabar berdi.

21 yoshli Pauell xujumkor yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida to‘p sura oladi. Futbolchining dushanba kuni qyechqurun barcha hujjatlari hal bo‘lgan va u bugundan yangi jamoasi mashg‘ulotlrida ishtirok etadi.

Nik yangi jamoasi bosh murabbiyi Stiv Bryus qo‘l ostida doimiy ravishda maydonga tushish istagida. U yangi jamoasi safida 22 raqamda xarakat qiladi.

Avvalroq Pauell 2013-14 mavsumda «Uigan» safida ijara asosida to‘p surib raqiblar darvozasini 12 bora ishg‘ol qilgan edi. «Xall Siti» jamoasida ham u shuko‘rsatkichlarni ko‘rsatishi kutilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Karrik yozda jamoani tark etadi

01.02.2016

Maykl Karrik yozda erkin agent maqomini oladi va «Old Trafford» ni tark etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda deya xabar bermoqda Britaniya OAVlari.

34 yoshli «Manchester Yunayted» yarim himoyachisining jamoa bilan tuzgan shartnomasi tugashiga besh oy qoldi va shu sababli futbolchi kelgusi faoliyati xaqida boshqa jamoalar bilan muzokara olib borishi mumkin.

Karrikka Premer Ligi jamoalaridan faqatgina «Nyukasl» qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, Fransiyaning PSJ jamoasi futbolchini o‘z tarkibida ko‘rish nityaida.

Shuningdek, futbolchi faoliyatini AQSh jamoalridan birida ham davom ettirishi mumkinligi aytilmoqda.

Муҳокама

01.02.2016

Angliya Kubogi musobaqasining 5-bosqichiga qur'a tashlandi. Faqatgina durang qayd etgan jamoalar takroran o‘yini o‘tkazishadi.

Qur'a natijalariga ko‘ra «Manchester Yunayted» safarda Angliya birinchi ligasi vakili «Shrusberi Taun» jamoasi bilan kuch sinashadi.

«Qizil iblislar» ilk bor ushbu jamoa bilan kuch sinashishadi. 4-boschiqda «Shrusberi» jamoasi «Sheffild Uensdey» ustida 3-2 hisobida g‘alaba qozongan edi, g‘alaba to‘pi uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritilgan edi.

Angliya Kubogi. 1/8 final juftliklari quyidagi ko‘rinishni olgan:
«Chelsi» - «Manchester Siti»
«Reding» - «Vest Bromvich»/»Piterboro»
«Uotford» - «Lids Yunayted»
«Shryusberi Taun» - «Manchester Yunayted»
«Blekbern» - «Liverpul»/»Vest Xem»
«Tottenxem» - «Kristal Pelas»
«Arsenal» - «Xall Siti»
«Bornmut» - «Everton»
Angliya Kubogi 5- bosqich uchrashuvlari 2016 yil19-22 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

01.02.2016

«Yunayted» sardori Ueyn Runi fikriga ko‘ra jamoadagi barcha muammolarda muhlislar faqatgina Lui van Galni ayiblashlari noo‘rin ekanligini aytib o‘tdi.

«Barchasida faqatgina bosh murabbiyni ayblash noto‘g‘ri»,- deydi Ueyn «Derbi Kaunti» qarshi kechgan Kubok uchrashuvidan so‘ng.

«Maydonda biz to‘p suramiz,  shunday ekan futbolchi o‘ziga o‘yindagi va natijadagi katta javobgarlikni o‘z.bo‘yniga olishi lozim. Biz birlashib tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilishimiz lozim. Albatta, biz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishni istaymiz va buning uchun doim harakatdamiz».

«Bu o‘yinda murabbiy o‘yin rejasida bizga erkinlik berdi, biz esa bundan rohatlanib xarakat qildik va gollar urib g‘alabaga erishdik. Men ishonamanki,  seshanba kuni «Stok Siti» ga qarshi uchrashuvda ham shunday harakat qila olamiz»,- deydi Ueyn.

Муҳокама

Янгиликлар /

Vidich faoliyatini yakunladi

29.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq sardori Nemanya Vidich futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Bu haqida «Yunayted» rasmiy sayti ham xabar berib o‘tdi.

Jamoa tarixidagi eng yaxshi himoyachisi, bir nech hafta oldin Milanning «Inter» jamoasidan ketganligi ma'lum bo‘lgan edi. Futbolchi 34 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

«Butsini mixga osadigan vaqt keldi. – So‘ngi yillardagi jarohatlar menga qattiq ta'sir qildi. Men bilan birga o‘ynagan futbolchilarga, murabbiylarga, jamoa xodimlariga va albatta alohida rahmatni qo‘llab quvatlagan jamoa muhlislariga aytib qolaman.».

Eslatib o‘tamiz, Vidich «Yunayted» ga 2006 yil yanvar oyida Moskvaning «Spartak» jamoasidan kelib qo‘shilgan edi.

U jamoa safida 300 uchrashuvda maydonga tushib 21 gol urgan. Nemanya jamoa bilan 5 marotaba Angliya chempioni, 3 karra Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi g‘olibi, Klublar o‘rtasidagi Jaxon chempionati g‘olibiga aylangan. Vidich «Manchester Yunayted»dagi faoliyati davomida ikki bora Premer Liganing eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgan.

Муҳокама

29.01.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya Kubogining 1/16 bosqichida «Derbi Kaunti»ga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘ziga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

«Agar bu o‘yinda ham mag‘lub bo‘lsak, jurnalistlar meni yana bir marta «iste'foga chiqarishadi». Ular shu vaqtgacha bu ishni 3 marta amalga oshirishdi. Lekin men hali ham o‘z o‘rnimdaman».

«Men «Sautgempton»ga qarshi o‘yindan keyin iste'foga chiqmoqchi ekanligim haqida gapirmaganman. Bu yolg‘onga uni to‘qib chiqargan jurnalistlarning o‘zlarigina ishonishadi».

«Men hamisha oxirigacha kurashaman. Men 3 yillik shartnomaga imzo chekkanman. Bu bitta o‘yindan iborat emas, bu butun boshli jarayon. Men «MYu»da ishlashda davom etishni istayman. Agar buni istamaganimda, bundan bir yarim yil avval bu ishga kirishmagan bo‘lardim».

«O‘zim ishlagan barcha klublarda jamoa direktorlari va xo‘jayinlari bilan ko‘p gaplashganman va doimo ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilganman, nafaqat «MYu»da, balki «Bavariya» va «Barselona»da ham. Lekin shu bilan birgalikda ishonchni oqlash uchun katta bosim ostida bo‘lasan. Albatta, biz ishonchni oqlashimiz mumkin, boisi, biz endi yo‘lning yarmiga keldik», – deydi van Gaal.

Eslatib o‘tamiz, APLning 23-turidan keyin «MYu» jadvalda 5-o‘rinda bormoqda.

Angliya Kubogi doirasida «Derbi Kaunti»ga qarshi o‘yin bugun, Toshkent vaqti bilan 00:55da bo‘lib o‘tadi.

Муҳокама

29.01.2016

2016 yil 3 avgust kuni «Old Trafford» stadionida Ueyn Runi sharafiga , «Manchester Yunayted» va «Everton» jamoalari o‘rtasida xayriya uchrashuv bo‘lib o‘tadi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Xabarda aytilishicha Ueyn nihoyat «Everton» bosh murabbiyi Roberto Martinesni ushbu uchrashuv bo‘lib o‘tishiga ko‘ndirgan. Uchrashuv 2016/17 mavsum boshlanishidan bir hafta avval bo‘lib o‘tadi.

Ushbu uchrashuvdan tushgan mablag‘lar 4 ta tashkilot- Liverpuldagi Alder Hey bolalar shifoxonasi, Claire House xospisi, «Manchester Yunayted» xayriya fondi va NSPCC jamg‘armalariga sarf qilinadi .

Jamoalar uchrashuvda kuchli tarkib bilan ishtirok etish borasida kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tishdan oldin «Everton» safida 77 uchrashuvda maydonga tushib 17 ta gol kiritgan.

Муҳокама