Eshli Fletcher «Barnsli» da
29.01.2016

«Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi futbolchisi Eshli Fletcher «Barnsli» jamoasida ijara asosida to‘p suradigan bo‘ldi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
20 yoshli futbolchi 7 yanvardan bir oy muddatga ijaraga berilgan edi, keyinchalik jamoalar kelishgan holda ushbu ijarani mavsum so‘ngiga qadar o‘zgartirishdi.
Fletcher «Barnsli» safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va jamoa murabbiylar shtabida va raqib murabbiylarida ham katta taasurot qoldirdi.
«Eshli barchasini «a'lo» bajarmoqda. Men uni «Bredford» ga qarshi kechgan o‘yindagi harakatlarini borib kuzatdim. Jamoa murabbiyi ham uning o‘yinlarini maqtadi» deydi «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi murabbiyi Uorren Joys.
LVG: Karrik maydonga qaytishga tayyor
29.01.2016

Lui van Gal «Derbi» jamoasiga qarshi o‘tadigan kubok uchrashuvsidan oldin jamoaning bugungi holati borasida ma'lumot berib o‘tdi.
«Jarohatlanganlar borasida nima deyish mumkin. Darmian maydonga tusha olmaydi, lekin Maykl Karrik maydonga qaytishga tayyor, ammo u hali to‘liq 90 daqiqa o‘ynay olmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramay uning maydonga qaytishi yaxshi bo‘ldi».
«Xozirda Darmian borasida ham hammasi yaxshi ketmoqda. O‘ylaganmizdek jarohat jiddiy bo‘lib chiqmadi, lekin «Derbi» bilan o‘yinda maydonga tushmaydi.
«Men Shvaynshtayger va Jons qachon maydonga qaytish sanasini aniq ayta olmayman. Doim jarohat olganlar borasida gapirish qiyin, chunki ular bilan yana nimadir sodir bo‘lmoqda. Kutamiz va keyin ko‘rami. Premer Liga yuqori ritimda shunday ekan jarohatdan so‘ng bunday ritimga qaytish biroz qiyin».
Eslatib o‘tamiz, Markos Roxo, Lyuk Shou, Antonio Valensiya va Eshli Yang esa jarrohlik amaliyotini o‘tab tiklanish jarayonida bosqichma bosqich ishtirok etishmoqda.
Pereyra jamoada qoladi-mi?
28.01.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha Lui van Gal jamoa yarim himoyachisi Andreas Pereyrani ijaraga berishga qarshilik bildirgan.
Lui hisoblashicha futbolchi ijaraga berilgandan ko‘ra «Old Trafford» da katta amaliyotga ega bo‘ladi. Pereyra ham mavsumning ikkinchi qismida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish niyatida.
«Albatta, men xar bir uchrashuvda maydonga tushishni istayman, lekin men «Manchester Yunayted» futbolchisiman. Men gazetalarni o‘qib turaman, ko‘plab jamoalarmeni ijara asosida o‘z safida ko‘rish niyatida, lekin men xozircha xech narsa bilmayman, «Yunayted» ijaraga beradimi yoki yo‘q».
«Men katta kuch bilan xarakat qilmoqdaman va o‘zimga beriladigan imkoniyat kutaman. Barchasini hal etish rahbariyatning qo‘lida».
Ushbu mavsumda Andreas Pereyra asosiy jamoa tarkibida yetti bora maydonga tushagnn va bita gol kiritgan. 20 yoshli futbolchi ikki bora boshlang‘ich tarkibda tushgan bo‘lsa – ikkala o‘yin ham Angliya Liga Kubogi uchrashuvidir.
28.01.2016

«Tottenxem» klubi sobiq bosh murabbiyi Xarri Rednapp «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Galning iste'fosi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Hozir ko‘pchilik bu haqida gapirmoqda, ammo men van Galning iste'foga chiqishiga ishonmayman. Chunki «Manchester Yunayted» bu tarkib bilan hatto Aleks Fergyuson bosh murabbiy bo‘lganda ham beshinchi-oltinchi o‘rinda yurardi», - deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» Angliya chempionatida 23 turdan so‘ng beshinchi o‘rinda bormoqda va birinchi o‘rindagi «Lester»dan 10 ochko ortda qolmoqda.
Musa «Yunayted» nishonida
28.01.2016

Rossiyaning SSKA jamoasi hujumchisi Ahmad Musaga «Manchester Yunayted» tomonidan qiziqish bildirilgan.
Allnigeriasoccer nashri bergan xabarga ko‘ra 23 yoshli Nigeriyalik futbolchiga avvalroq «Lester» ham qiziqish bildirgan edi. Xabarda aytilishicha, «qizil iblislar» futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqishgan.
Avvalroq, SSKA Axmad Musani «Lester» jamoasiga 15,1 million funt evaziga sotmagani xabar berilgan edi.
Futbolchining SSKA bilan tuzgan shartnomasi 2019 yil yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchining transfer summasi 22,9 mln. funt deya baholanmoqda.
Eshuort yangi rahbar bo‘lishi mumkin
27.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoa Akademiyasi rahbarligiga Den Eshuort nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu xaqida The Sun nashri xabar bermoqda.
44 yoshli Eshuort «Norvich» safida to‘p surgan va keyinchalik «Piterboro» va «Vest Bromvich» akademiyasi tizimida faoliyat olib borgan. 2012 yildan esa Angliya Futbol assotsiatsiyasi direktorlaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, «Yunayted» rahbariyati jamoaning Akademiya tizimini yangilash niyatida. «Yunayted» ning 21 yoshlilar jamoasi Uorren Djoys qo‘l ostida o‘tgan yilgi chempionlik unvonini saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo‘lsa. 18 yoshlilar jamoasi esaketma-ket 10 ta o‘yinni boy berib jadvalning quyi o‘rnlardan birida bomoqda.
«Manchester Siti» jamoasining 200 million funt sarflab qurgan yangi akademiyasi tizimi «Yunayted» rahbarlarini ham akademiya tizimida o‘zgarish qilishiga sabab bo‘lmoqda.
YOU.C1000 jamoaning yangi hamkori
27.01.2016

«Manchester Yunayted» va Indoneziyaning mashhur izatonik ichimlik ishlab chiqaruvchi brendi YOU.C1000 Lemon and Orange Water o‘zaro uzoq muddatli xududiy hamkorlik shartnomasini imzoladi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar berdi.
Endilikda YOU.C1000 va «Manchester Yunayted» hamkorlikda Indoneziyadagi 54 milionlik muhlislar o‘rtasida turli hil promo-aksiyalar, tadbirlar va musobaqalar o‘tkazishadi.
Ushbu mahsus ichimlik faqatgina inson organizmidagi suyuqlikka bo‘lgan extiyojni qodiribgina qolmay, inson imsun tizimini himoya qilishda yordam beradi. Endilikda ushbu ichimlik ustida «Manchester Yunayted» futbolchilarining suratlari ham paydo bo‘ladi.
Bu uzoq muddatli shartnoma ikkala tomonning ham iqtisodiy ko‘rsatkichlarini o‘sishiga katta yordam berishi ko‘zda tutilgan.
Yang mart oyi so‘ngida safga qaytadi
27.01.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «qizil iblislar» safida jarohat olib safdan chiqqan futbolchi Eshli Yang mart oyi so‘ngida yana safga qaytadi.
30 yoshli ingliz futbolchisi «Liverpul» ga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo‘limining so‘ngi daqiqalarida jarohat olib maydoni tark etgan edi.
Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal futbolchi jarohlik amaliyotidan o‘tishi lozimligini aytib o‘tgan edi. Ayrim nashrlar esa futbolchi ushbu mavsumda maydonga qatmaydi deya xabar berishgan edi.
So‘ngi tarqalgan xabarlarga ko‘ra futbolchi to‘liq tiklanib safga qaytishi uchun 6-8 hafta zarur ekanligi takidlangan.
Asli yarimhimoyachi bo‘lgan Eshli Yangi jamoaning so‘ngi o‘yinlarida himoya chizig‘ida xarakat qilmoqda edi. Agar uning tiklanish jarayoni rejadagidek ketsa futbolchi 20 mart kuni mehmonda «Siti» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tushishi mumkin
Mata: Mag‘lubiyatga uchraganimizdan xafaman
26.01.2016

«Manchester Yunayted» klubi yarim himoyachisi Xuan Mata «Sautgempton»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Mag‘lubiyatga uchraganimizdan juda xafaman. G‘alaba uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lgandik, ammo bu imkoniyatdan foydalana olmadik».
«Biz yomon o‘ynadik, ammo uchrashuvda durang qayd etilsa, menimcha, adolatdan bo‘lardi. Muxlislarning holatini tushunib turibman, biz ham ulardan kam xafa bo‘lganimiz yo‘q».
«Endi tezroq o‘zimizga kelishimiz va Angliya Kubogi uchun kurashishimiz zarur», - deydi Mata.
LVG Angliyaga qaytdi
26.01.2016

Lui van Gal Gollandiyadan qaytib keldi deya xabar bermoqda The Guardian nashri.
Van Gal qizining tug‘ilgan kuni sababli Gollandiyaga yo‘l olgan va oila a'zolari bilan o‘zining kelajagi borasida maslahatlashib olgan.
Nashr tarqatgan xabarga ko‘ra «Sautgempton» dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Lui van Gal jamoani o‘z xoxishiga ko‘ra tark etishi borasida ma'lumotlar tarqalgan edi. Jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord undan o‘zining kelajagini oila a'zolari bilan maslahatlashgan holda hal etishi lozimligi taklif qilgan. Gollandiyadan qaytgan van Gal endilikda o‘zining qarorini vitse-prezidentga e'lon qilishi lozim.
Xabarlarga ko‘ra, Vudvord bosh murabbiyning jamoani tark etishini hohlamayapti, sababi u mavsum o‘rtasida jamoa murabbiy almashtirish niyatida emas.
«Yunayted» Vitse-prezidenti Gleyzer oilasi bilan maslahatlashgan holda Lui van Galni doimo qo‘llab quvvatlash niyatida.