LVG: Muxlislardan uzr so‘rayman
26.01.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui van Gaal APL 23-tur doirasida «Sauthempton»ga qarshi kechgan uchrashuvdan (0:1) keyin jamoaning transfer kampaniyasi va muxlislar kutgan natijalar borasida gapirib o‘tdi.
«Men muxlislar kutgan o‘yinni ko‘rsata olmayotganimizdan juda ham xafaman. Ular mening faoliyatimdan juda ko‘p narsa kutishgandi. Ammo men ular kutgan natijani qayd eta olmayapman. Buning uchun uzr so‘rayman».
Undan o‘yindagi final hushtagidan keyin muxlislarning norozilik bildirib hayqirishi borasida so‘rashganida quyidagicha javob berdi.
«Men muxlislarning fikriga to‘liq qo‘shilaman. Shuning uchun ham bu holat menga ortiqcha ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Ularni futboldan zavq olishlari uchun biz yaxshi o‘ynashimiz kerak. Bu safar ularni xursand qildik deb o‘ylamayman. Shu boisdan ham ularning jahli chiqishi tabiiy».
Jamoaning mavsum avvalida transferlar uchun 250 million funtdan ko‘proq mablag‘ ishlatgani borasida fikr bildirarkan, jamoa ham ko‘plab futbolchilarni sotib yuborganiga e’tibor qaratdi.
«Biz ham juda ko‘p o‘yinchi sotdik. Lekin bu haqda biror joyda o‘qimadim. Bilasizmi, gap «Manchester Yunayted» borasida ketganda biz boshqa jamoalarga qaraganda ko‘proq sarflashimiz kerak bo‘ladi. Bu tahlil. Men shunchaki safsatalarni gapirmayman.
Darmian: Men yaxshiman!
26.01.2016

Avvalroq «Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Sautgempton» ga qarshi uchrashuvda jaroxat olganligini aytib o‘tgan edi.
Keyinchalik futbolchi tvitterdagi rasmiy sahifasida hammasi joyida ekanlini xabar berdi.
Uchrashuvning 60 daqiqasida Darmian Sheyn Long bilan to‘qnashib jarohat olgan va stadiondan to‘g‘ri shifoxonaga olib ketilgan edi. Uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida Lui van Gal italiyalik futbolchining og‘zidan qon kelganini va jarohat jiddiy bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
«Meni qo‘llab quvtlaganlar uchun rahmat, men yaxshiman! Tez orada ko‘rishamiz» - deya yozdi Matteo Darmian.
Eslatib o‘tamiz, Darmian «Yunayted» ning jarohat olgan 5 qanot futbolchisi bo‘ldi bungacha Lyuk Shou, Antonio Valensiya, Markos Roxo va Eshli Yang jaroxat olib safdan chiqishgan edi..
Thank you all for the support, i'm fine! See you soon #MUFC @ManUtd pic.twitter.com/MyEALUS5xb
— Matteo Darmian (@DarmianOfficial) 24 января 2016
Valdes «Standart» ga ijaraga berildi
25.01.2016

Belgiyaning «Standart» jamoasi «Yunayted» darvozaboni Viktor Valdesni mavsum so‘ngiga qadar ijaraga oldi. Tomonlar o‘zaro bir qarorga kelishgan va yakunda shartnoma imzolangan. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar berdi.
«Barselona» sobiq darvozaboni «Manchester Yunayted» bilan 2015 yil yanvar oyida shartnoma imzolagan edi.
Shundan beri u asosiy jamoa tarkibida o‘tgan mavsumda ikki bora maydonga tushgan. Dastlab «Arsenal»(1-1) bilan o‘yinda zahiradan maydonga tushgan bo‘lsa, o‘tgan mavsumning so‘ngi o‘yinida «Xall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda dastlabki daqiqalardan maydonga tushgan edi.
Runi uchinchi bor ota bo‘ldi
25.01.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi bugun tungda uchinchi bor ota bo‘ldi. Bu haqida futbolchi o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berdi.
«Bizning chiroyli kichikina o‘g‘limiz bugun dunyoga keldi. Kit Djozef Runi. Vazni – 3,6 kg. Biz quvonchdan yettinchi osmondamiz», – deya yozadi Runi.
Eslatib o‘tamiz, Ueyna va Kolinning birinchi farzadlari 2009 yil 2 noyabrda, ikkinchi farzadlari esa 2013 yil 21 mayda tug‘ilgan. Ularning ismlari Key Ueyn va Kley Entoni.
Xames Rodriges uchun 63 mln funt
25.01.2016

«Manchester Yunayted» «Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun yana bir taklif bilan murojaat qilgan.
Sunday Express nashrining yozishicha, «MYu» vakillari madridliklar bilan ushbu 24 yoshli kolumbiyalik futbolchi borasida muzokara olib borishmoqda. Xabarda aytilishicha, «qizil iblislar» bu futbolchining transferi uchun 63 mln funt sarflamoqchi.
Bundan oldinroq, «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylangan Zinedin Zidan qishki transferlar vaqtida jamoani hech qaysi futbolchi tark etmasligi haqida ma’lum qilgandi.
Qolaversa, FIFA «Real»ga keyingi ikki mavsumda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘llagach, «Real» futbolchi sotish emas, sotib olish bilan shug‘ullanishi ayon bo‘ldi.
O‘tgan oyning oxirida ham «MYu» ushbu futbolchi uchun 59 mln funt taklif etgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Rodriges joriy mavsumning birinchi yarmida jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi va atigi 12ta o‘yinda jamoasiga yordam bera oldi. U bu o‘yinlarda 3ta gol urib, 4ta golli pas amalga oshirgan.
Devid Gill: «MYu» umidlarni oqlay olmayapti
25.01.2016

«Manchester Yunayted» boshqaruvi a’zosi Devid Gill jamoaning joriy mavsumdagi natijalari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz natijalar yaxshiroq bo‘lishiga umid qilgandik. Barchamizning hafsalamiz pir bo‘lgan. Bu mavsumda «Manchester Yunayted» umidlarni oqlay olmayapti.
Biroq men bilaman, klub egalari, Lui van Gal va uning jamoasi vaziyatni yaxshilash uchun tinmay ishlamoqda. Bu oson ish emas, biroq biz birlashishimiz lozim. Mavsumning oqimini burishga imkon beruvchi ishni qilish kerak va umidsizlikka berilish kerakmas.
Muxlislar noroziligi sababli jamoa nomiga g‘uvullaydigan vaziyat hech kimga yoqmaydi. Biz nafaqat boshqaruvchilarmiz, balki muxlislar hammiz. Biz jamoani qo‘llab-quvvatlashlarini istaymiz. Biroq fikrimcha, har qanday vaziyatda vazmin qolish kerak.
Van Gal avval ham yuqori darajada ishlagan, Germaniya, Gollandiya va Ispaniyada yetakchi jamoalarni boshqargan. Men premer-liga u uchun juda murakkab musobaqa bo‘ldi, deb o‘ylamayman. Biroq shu bilan birga Angliya chempionatida raqobat qanchalik kuchliligini hamma biladi.
«Lester» qilayotgan narsa – bu fantastika. Bu jamoaning o‘yini premer-liganing kuchini ko‘rsatadi. Keyingi mavsumda yangi televizion shartnoma tufayli olinadigan pullar sababli raqobat yanada oshadi.
Fikrimcha, premer-liganing barcha 20 jamoasi Yevropadagi eng katta miqdordagi oylik maoshlari vedomostiga ega 30 klub qatorida bo‘ladi. Shu sababli jamoalardan har qaysi biri yetakchi futbolchilarni jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Agar klublar pullarni aql bilan ishlatsa, raqobat juda kuchli bo‘ladi. Ko‘proq jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurashishi mumkin bo‘ladi», deb o‘z fikrlarini bildirdi Gill.
Darmian jiddiy jarohat oldi
24.01.2016

Matteo Darmian «Sautgempton» ga qarsh uchrashuv vaqtida jiddiy jarohat olgan va uni stadioning o‘zidan shifoxonaga olib ketishgan.
«Vaziyat yomon, Matteo hozirda shifoxonada. U qon qusdi. Vaziyatdan uning ko‘krak va qovurg‘asida muammo bor, lekin oldindan biror narsa deya olmayman. Biroz sabir qilsak hammasioydin bo‘ladi. Ammo futbolchini bunday holatda ko‘rish juda achinarli».
«Hozir shuni ham ayta olamanki, bu bizning tarkibdagi 5 himoyachining jarohat olishi, bu menga yana bir muammo bo‘ldi, vaziyatni hal etish yo‘llarini izlash lozim».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoa a’zolari Lyuk Shou, Markos Roxo, Antonio Valensiya va Eshli Yang jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqishgan edi.
Columbia Sportswear — jamoaning yangi hamkori
23.01.2016

Jahonning mashhur Columbia Sportswear brendi «Yunayted» jamoasining rasmiy hamkoriga aylandi. Bu haqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqa.
Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra Columbia Sportswear kompaniyasi turizm, alpinizm, qishki va suv sport turlari uchun «Manchester Yunayted» brendi ostida kiyimlar kolleksiyasini ishlab chiqaradi.
Yangi hamkorlil borasida jamoaning tijorat direktori Richard Arnold quyidagilerni aytib oʻtdi: «Manchester Yunayted» uchun Columbia Sportswear bilan hamkorlik qilish fahr.
«Endilikda jamoamiz muhlislariga sifatli va yangi mahsulotlarni oʻz brendimiz nomi bilan taklif qila olish imkoni tugʻildi.
«Columbia Sportswear katta tarixga va oʻziga hos yoʻlga ega boʻlgan zamonaviy va sifatli mahsulot yetkazib beruvchi kompaniya hisoblanadi. Columbia oʻz mahsulotlarini jahonning 100 dan ortiq mamlakatida namoyish qila oladi, bu esa jamoamizning maqsadlari bilan toʻla mos keladi».
«Manchester Yunayted» brendi ostidagi ustki liboslar Columbia Sportswear tomonidan 2016 yilning kuz oyida sotuvga chiqishi rejalashtirilgan.
«Yunayted» rahbarlari Gvardiola bilan uchrashmagan
22.01.2016

The Telegraph nashri «Manchester Yunayted» rahbarlari Parijda Pep Gvardiola bilan uchrashganini rad qildi.
Avvalroq jurnalist Terri Marshan L’Equipe du Soir shousi chog‘ida Le Bristol Paris mehmonxonasida tomonlar uchrashganini aytib o‘tgan edi. Keyinchalik britaniyaning bir qator mashhur nashirlari «Manchester Yunayted» rahbarlari Gvardiola borasida qiziqish bildirmaganini va ma'lumot noto‘g‘ri ekanlini xabar berishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispaniyalik mutaxassis kelasi mavsumdan boshlab Angliya chempionatida faoliyatini boshlashini e'lon qilgan edi. Lekin qaysi jamoada faoliyat olib borishi noaniqlikcha qolmoqda. Gvardiolaga asosiy nomzodlar «Siti», «Yunayted» va «Chelsi» jamoalari deya qaralmoqda.
Valdes jamoa bilan hayrlashdi
22.01.2016

Darvozabon Viktor Valdes «Manchester Yunayted» jamoasi bilan hayrlashdi va tez orada jamoadan ketishini bildirib o‘tdi.
«Og‘ir mehnatlar ostida o‘tgan oylar davomida meni qo‘llagan barchaga tashakkur. Men buni hyech qachon unutmayman. Ko‘rishguncha», - deya yozadi darvozabon o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida
Viktor Valdes ushbu yozuvga ilova sifatida Karringtondagi mashg‘ulotlar bazasini suratini qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yozda «MYu» bosh murabbiy Lui van Gall ayrim sabablarga ko‘ra Valdes jamoa asosiy tarkibida umuman o‘ynamaydi deya xabar bergan edi. Futbolchi «qizil iblislar» safiga 2015 yil yanvar oyida qo‘shilgan edi.
#gracias @ManUtd Family ! pic.twitter.com/Rshsg1f51T
— Victor Valdes (@1victorvaldes) 21 января 2016