«Yunayted» rahbariyati Gvardiola bilan uchrashdi
22.01.2016

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan uchrashdi. Bu xabarni fransuzlarning L’Equipe nashri ham tasdiqladi.
Uchrashuv o‘tgan haftada Parij shahrida bo‘lib o‘tgan. «Yunayted» rahbariyati ispaniyalik murabbiyni mavsum nihoyasiga yetgandan so‘ng jamoaga olib kelish niyatidalar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myunxen jamoasi rahbariyati mavsum yakunlangandan so‘ng Gvardol o‘rniga Karlo Anchelotti ish boshlashini rasman e'lon qilgan edi.
45 yoshli Gvardiola «Bavariya» da 2013yildan beri ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida jamoa bilan ikki bora mamlakat chempioni, Germaniya Kubogi sohibi, UeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi haqon chempionatida g‘alaba qozongan.
Fellaini «Milan» o‘tadimi
21.01.2016

Sky Sports xabar berishicha «Milan» jamoasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayniga yana bir bora qiziqish bildirgan.
Telekanal bergan xabarda aytilishicha Italiya jamoasi 28 yoshli belgiyalik futbolchini nishonga olgan, lekin futbolchi uchun talab qilinayotgan 19 million funt mablag‘ni to‘lashga tayyor emas.
Ma'lumotga ko‘ra «Milan» vitse-prezidenti Adriano Galliani ushbu haftada Fellayni agenti Luchano D’Onofrio bilan uchrashib vaziyatda chiqishning boshqa yo‘lini muhokama qilmochi, ya'ni futbolchini ijara asosda o‘z jamoasiga olib kelish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Fellayni «Yunayted» ga 2013 yil sentyabda 27,5 million funt mablag‘ga kelib qo‘shilgan. Ushbu mavsumda Maruan 21 uchrashuvda maydonga tushib 2 gol urgan.
«Yunayted» «Real» dan o‘tib ketadi
21.01.2016

Deloitte xalqaro auditorlik kompaniyasining tahminlariga ko‘ra kelasi yilda «Manchester Yunayted» jamoasi «Real Madrid» ning 12 yillik gegemonligiga chek qo‘yib eng boy futbol jamoasi reytingida birinchi o‘ringa chiqib oladi.
Deloitte Football Money League bergan hisobot natijalariga ko‘ra «Yunayted» ro‘yxatda xozircha Ispaniyaning ikki jamoasi «Real» va «Barselona» dan so‘ng uchinchi o‘rinda qayd qilingan.
««Manchester Yunayted» «Real» jamoasiga kelasi mavsumdan va yaqin yillarda taqib qilishi kutilmoqda», - deydi Deloitte kompaniyasi hamkori Den Djons. – Bu jamoaning moliyaviy yutuqlari va Premer Ligadagi o‘yinlarini namoyish qilish bo‘yicha yangi shartnomaga asosan ro‘y berishi mumkin».
« Bu ko‘rsatkichlar «Yunayted» ning yana Chempionlar Ligasiga qaytishi , xatto guruhdan chiqa olishmagan taqdirda ham va Adidas kompaniyasi bilan uzoq muddatli hamkorlik natijasidir. Kelasi yildajamoaning ko‘rsatkichlari 500 million funtga yetishi tahmin qilinmoqda».
Kavani uchun 32 million funt
21.01.2016

«PSJ» hujumchisi Edinson Kavani «Manchester Yunayted» jamoasi safiga kelib qo‘shilishi mumkin.
ESPN bergan xabarda aytilishicha , «MYu» jamoasi rahbariyati Urugvaylik futbolchi uchun Parij jamoasiga rasmiy taklif bilan chiqish niyatida.
28 yoshli futbolchini «qizil iblislar» skautlari anchadan beri kuzatib bormoqda.
«Yunayted» Kavani orqali biroz oqsayotgan hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida.
Avval aytib o‘tilganidek, «PSJ» Kavani uchun «MYu» dan 32 million funt mablag‘ talab qilmoqda.
Marsial APLning eng tezkor futbolchisi
21.01.2016

«Manchester Yunayted» xujumchisi Entoni Marsial «Lesert» futbolchisi Jeymi Vardi bilan Premer liganing eng tezkor futbolchisi deya topildi. Bu xaqida futbolchilar statistikasini olib boruvchi EA Sports' Player Performance Index kompaniyasi e'lon qildi.
Fransiyalik futbolchi «Sent-Djeyms Park» stadionida «Nyukasl» jamoasiga qarshi uchrashuvda (3-3) soatiga 22 mil (tahminan 35,4 km/s) tezlikda harakat qilgan.
EA Sports PPI kompaniyasi doimiy ravishda Premer liga futbolchilarini turli statistik holatlarini e'lon qilib boradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Ueyn Runi bir necha uchrashuvlarda 35 km/s tezlikda harkatlangandi.
Premer liganing so‘ngi 22-turidan so‘ngi eng tezkor futbolchilar 6 taligi quyidagi ko‘rinishda:
1: ANTONII MARSIAL - 22 Mil/soat
2: JAMIE VARDY - 22 Mil/soat
3: JEFFREY SCHLUPP - 21,9 Mil/soat
4: KYLE VALKER - 21,8 Mil/soat
5: DIVOCK ORIGI - 21,8 Mil/soat
6: PAUL DUMMETT - 21,8 Mil/soat
Valdes Belgiyaga ketishi mumkin
21.01.2016

«Manchester Yunayted» darvozaboni Viktor Valdes Belgiyaga yo‘l olishi mumkin. Britaniyaning Independent nashri xabar berishicha futbolchiga Lejning «Standard» jamoasi qiziqish bildirgan.
O‘tgan yili yozda «MYu» bosh murabbiy Lui van Gall ayrim sabablarga ko‘ra Valdes jamoa asosiy tarkibida umuman o‘ynamaydi deya xabar bergan edi. Futbolchi «qizil iblislar» safiga 2015 yil yanvar oyida qo‘shilgan edi.
Ushbu mavsumda Valdes Premer-liganing biror bir uchrashuvida maydonga tushmagan.
20.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi 13 bora «Liverpul» jamoasini bir mavsumda ham uyda ham mehmonda mag‘lubiyatga uchratgan. O‘tgan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan o‘yinda Ueyn Runi tomonidan kiritilgan gol g‘alab keltirgan edi. Runi 2004/2005 mavsumdan beri ilk bora yana «Liverpul» darvozasini ishg‘ol qildi.
Jamoada Ser Aleks Fergyuson bosh murabbiy bo‘lib ishlagan 26 mavsum mobaynida «qizil iblislar» Premer Liga musobaqalarida «Liverpul» ustidan bir mavsumda 6 bora ham uyda ham mehmonda g‘alaba qozonishgan. Lui van Gal qo‘l ostida esa jamoa ikki mavsumdan beri «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonib kelmoqda.
«Manchester Yunayted» va «Liverpul» to‘qnashuvidagi 13 ta «dubl»:
2015/16
12/09/15 (Uyda) 3-1 – Blind, Errera (pen.), Marsyal
17/01/16 (Mehmonda) 1-0 - Runi
2014/15
14/12/14 (Uyda) 3-0 – Runi, Mata, van Persi
22/03/15 (Mehmonda) 2-1 – Mata (2)
2012/13
23/09/12 (Uyda) 2-1 – Rafael, van Persi (pen.)
13/01/13 (Mehmonda) 2-1 – van Persi, Vidich
2007/08
16/12/07 (Uyda) 1-0 - Teves
23/03/08 (Mehmonda) 3-0 – Braun, Ronaldu, Nani
2006/07
22/10/06 (Uyda) 2-0 – Skoulz, Ferdinand
03/03/07 (Mehmonda) 1-0 - O'Shi
2004/05
20/09/04 (Uyda) 2-1 – Silvestr (2)
15/01/05 (Mehmonda) 1-0 - Runi
2002/03
01/12/02 (Uyda) 2-1 – Forlan (2)
05/04/03 (Mehmonda) 4-0 – van Nistelroy (2 pen.), Giggz, Sulsher
1996/97
12/10/96 (Uyda) 1-0 - Bekxem
19/04/97 (Mehmonda) 3-1 – Pallister (2), Koul
1969/70
13/09/69 (Uyda) 1-0 - Morgan
13/12/69 (Mehmonda) 4-1 – Yeyts (avt.), Ure, Morgan, Charlton
1964/65
31/10/64 (Uyda) 2-0 – Xerd, Krerand
24/04/65 (Mehmonda) 3-0 – Lou (2), Konnelli
1952/53
13/12/52 (Uyda) 2-1 – Aston (katta), Pirson
20/04/53 (Mehmonda) 3-1 – Pirson, Rouli, Berri
1913/14
01/11/13 (Uyda) 3-0 – Uoll (2), Uest
15/04/14 (Mehmonda) 2-1 – Trevers, Uoll
1912/13
23/11/12 (Uyda) 3-1 – Uoll, Anderson (2, 1 pen.)
29/03/13 (Mehmonda) 2-0 – Uoll, Uest
Lui van Gal jamoani tark etishi mumkin
20.01.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal mavsum so‘nggida klubni o‘z istagiga ko‘ra tark etadi. Bu haqida Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Gollandiyalik mutaxassisning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2017 yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lishicha qaramay, u mavsum so‘nggida jamoa bilan kelishuvni bekor qilishga tayyor.
Manbaning ta'kidlashicha, Lui van Gal oilaviy sharoiti tufayli ushbu to‘xtamga kelgan.
Avvalroq, gollandiyalik mutaxassis o‘rniga Joze Mourino kelishi taxmin qilingandi. Lekin, Rayan Giggz ham «MYu» ni boshqarishi mumkinligi aytib o‘tilmoqda.
Grimshou «Preston Nort End» a'zosi
20.01.2016

«Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi Liam Grimshou «Preston Nort End» jamoasi a'zosiga aylandi deya xabar bermoqda jamoaning rasmiy sayti. Transfer summasi e'lon qilinmagan.
20 yoshli yarim himoyachi Shotlandiyaning «Moteruell» jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan edi, ko‘rsatayotgan o‘yinlari bir necha jamoaga yoqib qolgani bois futbolchini sotib olish uchun bir necha jamoa kurash olib bordi. Yakunda esa futbolchi «Preston» jamoasi a'zosiga aylandi.
Grimshouga «Dipdeyl» stadioni begona emas «Yunayted» darvozaboni Sem Djonstoun ham shu jamoada iajara asosida to‘p surmoqda. Shuningdek o‘tgan mavsumda yana bir «Yunayted» tarbiyalanuvchisi Marnik Vermiyl «Prestona» jamoasi a'zosiga aylangan edi.
«Yunayted» akademiyasida katta o‘zgarishlar
20.01.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati jamoa akademiyasining vaqtinchalik direktori hisoblangan Nik Batt bilan shartnomani uzaytirish nityaida.
«Qizil iblislar» ning sobiq yarim himoyachisi Akademiyaga yangi direktor tayinlangandan so‘ng «Yunayted» 19 yoshlilar jamoasi bosh murabiyiga aylanadi. Jamoa akademiyasida yangilanish ishlari olib borilmoqda Batt esa yangi tizimni joriy qilinishida asosiy rolni o‘ynashi takidlanmoqda.
Jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord Karringtondagi jamoa akademiyasini yangilash borasida o‘zi rahbarlik qilmoqda. Jamoaning azaliy raqibi «Siti» umumiy miqdori 200 million funtlik akademiya ochgandan so‘ng «qizil iblislar» da ham yangi tizim joriy qilish bo‘yicha rejalar tuzilgan.
The Times nashri xabar berishicha jamoaning yoshlarni jalb qilish xizmati rahbari Derek Lengli ham yozda istefoga chiqarilishi mumkin. Uning o‘rniga «Yunayted» rahbariyati «Tottenxem» jamoasi mutaxassisi Jon MakDermottni jalb qilishi niyatida. Bu mutaxassis qo‘l ostida «shpor» lar akademiyasidan Xarri Keyna, Denni Rouza va Rayan Meysonlar chiqishgan. Hozircha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakuniga yetgan va– MakDermott rad javobini bergan.