Bolt: Men futbolchi bo‘la olaman
20.01.2016

Taniqli yamaykalik sprinter Useyn Bolt o‘zi muxlislik qiladigan «Manchester Yunayted» jamoasidagi hozirgi ahvol bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uning o‘zi aytishicha, u Lui van Gaal boshqaruvidagi «Manchester Yunayted»da o‘ynashga rozilik bermagan bo‘lardi.
Sprinter gollandiyalik murabbiyning o‘yin uslubini o‘ta zerikarli deb baholagan.
«Menimcha, men «Manchester Yunayted»ning talabiga javob bera oladigan futbolchi bo‘la olaman. Jamoa meni transfer qilishga urinib ko‘rsa bo‘ladi. Men o‘ta tezkorman, to‘p bilan muomila qilishni ham qoyillataman va taktik sxemalarga aqlim yetadi. Lekin van Gaalning o‘yin uslubini kuzata turib, men bunday taklifga rozi bo‘lmagan bo‘lardim deb o‘ylamoqdaman. Men jamoa murabbiyni o‘zgartirmaguncha, bunday taklifga rad javobini qaytaraman», deydi Bolt Goal nashriga bergan intervyusida.
Sanches londonliklar safini tark etmoqchi
19.01.2016

«Arsenal»ning yetakchi futbolchilaridan biri, chililik qanot hujumchisi Aleksis Sanches londonliklar safini tark etishga tayyor. Bu haqda Don Balon nashri xabar bergan.
Ushbu 27 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted», «Chelsi» va»Manchester Siti» jamoalaridan qiziqish mavjudligi aytilmoqda.
Futbolchi Manchester shahri vakillarining takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini, ammo «Chelsi»ga o‘tishni xayoliga ham keltirmayotganini aytgan.
Yaqin vaqt ichida uning agenti «MYu» va «Manchester Siti» vakillari bilan uchrashishi aytilgan.
Ma’lumot uchun, Sanches joriy mavsumda «Arsenal» safida 20ta o‘yin o‘tkazdi va 9ta gol urib, 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
19.01.2016

Kris Smolling ham boshqa jamoadaoshlariga o‘hshab jamoaning mehmondagi uchrashuvlarini jamoaning ashaddiy muhlislari bilan birgalikda stadionda kuzatish niyatida.
«Liverpul» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Fil Jons, Markos Roxo va Maykl Karrik mehmon muhlislari uchun ajratilgan sektorda jamoaning muhlislari bilan o‘yinni kuzatishgan. Kris fikricha bu yaxshi an'anabo‘lib qoladi.
«Uchrashuv boshida men bilmadim, ular bu yerdaligini, o‘yindan so‘ng Esh (Eshli Yang), ularni televizor orqali ko‘rib qolganini aytdi. – Ajoyib, muhlislar bilan bir sektorda o‘tirish! Biror bir uchrashuvni shunday kuzatish imkoni tug‘ilganda ushbu uchrashuv «Liverpul» ga qarshi bo‘lgan bo‘lsa va biz g‘alaba qozonishimiz oqibatida ular stadioni boshlarini baland ko‘tarib tark etishlari mumkin bo‘ldi ».
«Umid qilaman doim o‘ynab turaman, agarda mabodo shunady vaziyat bo‘lib qolsa men uchraushlarni muhlislar bilan birga ko‘rishga tayyorman», - deydi Smolling The Daily Mail nashriga bergan intevyusida.
Xardi: Pep «Yunayted» kelishi kerak
19.01.2016

Sunday Times nashri jurnalisti Martin Xardi fikriga ko‘ra «Yunayted» jamoasi bosh murabbiylikka Pep Gvardiolani olib kelishi lozim.
«Agarda «Siti» Pep Gvardiolani qolga kiritadigan bo‘lsa «Yunayted» kelgusi besh yilikda ikkinchi jamoa sifatida qaytd etilishi mumkin. Chunki barcha kuchli futbolchilar ispaniyalik murabbiy bilash ishlashni hohlaydi. O‘ylashimcha, o‘shanda «Manchester Yunayted» tarixda ilk bora «Manchester Siti» soyasida qolib ketadi».
«Bu yerda gap faqat moliyaviy tarfaga emas balki chempionlik unvoniga ham bog‘liq. Gvardiola «Siti» ni Yevropaning eng kuchli jamoasi qilishi mumkin. Mana nimaga «Yunayted» Pepni o‘z safiga qo‘shishi kerak. Shundagina ular «Biz – ushbu shahardagi eng katta jamoa va ushbu mamlakatdagi eng katta jamoamiz, deya olishlari uchun bosh murabbiy ham shunga yarasha bo‘lishi kerak».
«Hozirgi kunda «Yunayted» qiyin vaqtlarni o‘tkazmoqda. Men eslay olmayman, avval qachon bunaqa zerikarli o‘yin ko‘rsatishganini», deydi Xardi Sky Sports nashriga bergan intervyusida .
Shnayderlin: David — muhim o‘yinchi
19.01.2016

Morgan Shnayderlin «Enfild»da qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoaning rasmiy saytiga intervyu berdi.
« «Enfild» da doimo ajoyib muhit hukmronlik qiladi, ayniqsa derbilarda. Biz o‘zimizni yaxshi xis qildik va g‘alaba qozondik biz bundan xursandmiz. Jamoaga va jamoa muhlislariga g‘alabni tortiq qildik. Ishonamanki biz shu ruxda o‘ynashni davom ettira olamiz».
«Birinchi bo‘limda bizning hisobda raqibdan to‘p olib qo‘yishimiz kam bo‘ldi. Lekin doim to‘pga birinchi tegishda ko‘p g‘olib bo‘ldik, lekin to‘p olib qo‘yishda oqsadik».
«Birinchi bo‘limdan so‘ng kiyinish xonasiga kirganimizdan so‘ng tanqid va baqiriqlar bo‘ldi, albatta, bu normal xolat, derbida g‘alaba qozonish uchun kurashish lozim».
«Liverpul» —jamoasi, hujumda doim pressing ishlatdi, biz bilar edik, darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubormasak, g‘alaba uchun imkon bo‘lar edi. Ikkinchi bo‘limda biz buni uddalay oldik. Biz gol urdik va yakunda mo‘jizaviy uch ochkoni qo‘lga kiritdik».
«David — jamoa uchun juda ham muhim o‘yinchi. — Biz uning o‘tgan yili yozda jamoani tark etmaganidan xursand bo‘lgan edik. Darvozada bunday futbolchi turar ekan, bu juda yaxshi, biz bilamiz ko‘p gol o‘tkazmayotganimizni yaxshi bilamiz, u bizni qutqarmoqda. O‘z ishini yaxshi bajarmoqda».
Shmeyxel: «MYu» o‘yinni saqlab qoldi
18.01.2016

«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel jamoasning so‘ngi o‘yini va chempionlika bo‘lgan imkoniyatlari borasida fikr bildirib o‘tdi.
«Men o‘ylashimcha «Yunayted» bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kirita olmaydi. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun jamoa tarkibi yetarli emas. Ular bunday o‘yin bilan biror unvonni qo‘lga kiritishlari mushkul. «Liverpul» ga qarshi o‘yinda esa uch ochko omad orqali qo‘lga kiritildi.
«De Xea ajoyib xarakatlari oqibatida «MYu» o‘yinni saqlab qoldi. Shuningdek, Runi ko‘rsatgan o‘yin sababli jamoa ochko ola bildi».
«Van Gal doim jamoa mashg‘ulotlarda katta kuch bilan ishlayotganini aytadi. Bilmadim, «Manchester Yunayted» bunday o‘yini bilan Ligada g‘alab qozona olmaydi», – deydi Shmeyxel.
Mata: O‘yin juda og‘ir kechdi
18.01.2016

Xuan Mata «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Yakshanba oqshomi biz uchun oddiy kun bo‘lmadi, biz muhim g‘alabaga erishdik va «Enfild» da oltinga teng uch ochkoni qo‘lga kiritdik, - deya yozadi Xuan shaxsiy blogida.
«O‘yin juda og‘ir kechdi, o‘yin atmosferasi va sarflangan asablar. Men yildan yilga bunday to‘qnashuvlarda domiy ishtirok etayotganimdan faxrlanmoqdaman».
«Bizning muhlislar alohida e'tiborga loyiq. Ular doim ajoyiblar! Ularni qo‘llab quvatlashlarini har daqiqada xis qilib turamiz. Bu bizning zo‘r o‘yinimiz emas, lekin biz o‘z darvozamizni «quruq» saqlay oldik, (David ajoyib xarakat qildi) va burchak to‘pi malga oshirilgandan so‘ng Runi g‘alaba to‘pini kiritdi».
«Ishonamanki, ushbu g‘alaba bizlarga o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Oldinda ko‘plab uchrashuvlar kutib turibti, xech bir jamoa chempionatda bir tekisda o‘yin namoyish qila olmaydi, shunday ekan bizlarda ikoniyat bor».
Yang jarohat oldi
18.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi yarim himoyachisi Eshli Yang «Liverpul»ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida Yang oyog‘ining son qismidan jarohat oldi va shundan so‘ng uning o‘rniga 18 yoshli Kemeron Bortuik-Jekson maydonga tushdi.
Xozircha Eshli Yangni jarohati qay darajada jiddiy ekanligi va qancha muddatga safdan chiqqanligi ma'lum emas.
Runi: Muhim va ajoyib g‘alaba
18.01.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Liverpul» (1:0) ga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Shuningdek, futbolchi APL da bir jamoa safida to‘p kiritish borasida rekord o‘rnatdi.
«Hamma biladi, «Liverpul» ga qarshi uchrashuv turnir jadvalidagi o‘rin qanday bo‘lishidan qat'iy nazar juda katta ahamiyatga ega. Bu juda ham muhim o‘yin edi».
«Biz uch ochkoni qo‘lga kiritib va yil boshidagi yaxshi o‘yinlarni davom etirishimiz juda zarur edi. Juda ham muhim va ajoyib g‘alaba bo‘ldi.
«Rekord haqida nima deyishim mumkin, men bu haqida bilmas edim. Rekord o‘rnatish – bu juda ajoyib. Men «Enfild» da g‘alaba to‘pini kiritdim. Men bu his – hayajondan bahtiyorman», – deydi Runi.
LVG: Men juda xursandman
18.01.2016

Bosh murabbiy Lui van Gal «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng uchrashuv borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
G‘alaba haqida: « Albatta «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonish muhlislar uchun ham katta ahamiyat kasb etishini bilardim. Yana bir muhim tarafi jadvaldagi asosiy raqobatchilarimizning ochko yoqotgani bo‘ldi. Shunday ekan ushbu g‘alaba– jamoaning to‘g‘ri yo‘ldaligini ifodalovchi yaxshi qadam va men juda xursandman».
Uchrashuvdagi reja haqida: «Bizning reja birinchi taymda to‘liq ishlamadi, «Liverpul» juda agressiv va yaxshi o‘yin namoyish qildi. Ikkinchi taymda esa to‘pni ishonch bila nazorat qila oldik, hamda o‘yinni qatara oldik, vaziyatlar tashkil qildik va yakunda Ueyn Runi gol urishga musharrf bo‘ldi».
Ikkinchi taym haqida: «Men ikkinchi bo‘limda namoyish qilgan o‘yinimizdan m'mnun bo‘ldim, birinchi bo‘limda «Liverpul» ustunlik qildi, lekin biz gol o‘tkazib yubormadik. Ikkinchi bo‘limda esa, biz qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatib qo‘ydik, va xar qanday vaziyatda ham gol ura olishimizni isbotladik».
Runi haqida: «Men uning uchun xursandman, shuningdek uning o‘zi ham juda xursand. Men undan «Enfild» da gol urishini so‘ragan edim va buni uddaladi, hamda ketma-ket bir necha o‘yindan beri gol urish seriyasini davom ettirdi. Men o‘ylashimcha u fantastik hujumchi. O‘ylashimcha gazetalar ham uni shuday hisoblashadi. Mavsum boshida ular Ueynni ko‘p tanqid qilishgan edi».
De Xea haqida: «Men David nechta seyv amalga oshirganini hisoblamadim, lekin o‘ylashimcha bu ishni ko‘p amlga oshirdi. U doimo o‘z belgilangan darajada o‘ynay oladi, bu esa juda ajoyib».