Янгиликлар /

Runi yana bir rekordni yangiladi

18.01.2016

«Yunayted» sardori Ueyn Runi «Enfild» da urgan goli orqali yana bir rekrodni zabd etdi. Futbolchi Premer Ligada bir jamoa safida gol urish borasida rekordni o‘rnatdi.
Runi avvalgi rekord sohibi Terri Anri bilan bir hil ko‘rsatgichga ega bo‘lib turgan edi,  «Liverpul» jamoasiga qarshi o‘yinda urgan golidan so‘ng futbolchi yakka peshqadam bo‘lib oldi.

Shuni alohida aytib o‘tish lozimki Runi ushbu o‘rinni bemalol bir necha yil saqlab tura oladi, chunki uning yaqin taqibchilarining barchasi futbolchilik faoliyatini yakunlashgan.

Ro‘yhatdan joy olgan futbolchilar quyidagi ko‘rinishda o‘rin olishgan:

Ueyn Runi (Manchester Yunayted» - 176

Terri Anri (Arsenal) – 175

Alan Shirer (Nyukasl) – 148

Frenk Lempard (Chelsi) – 147

Robbi Fauler (Liverpul) – 128

Stiven Djerrard (Liverpul) – 120

Maykl Ouen (Liverpul) – 118

Alan Shirer (Blekbern) – 112

Rayan Giggz (Manchester Yunayted) – 109

Pol Skoulz (Manchester Yunayted) – 107

Dide Drogba (Chelsi) – 104

Ian Rayt (Arsenal) – 104

Mett Le Tisse (Sautgempton) - 100

Муҳокама

17.01.2016

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea jamoadan ketish haqida o‘ylamayotganini va «qizil iblislar» afsonasiga aylanmoqchi ekanini ta’kidlab o‘tdi.

«Men «Yunayted»da baxtliman va jamoaga ishonaman. Piter Shmeyxel va Edvin van der Sar Premer-liganing buyuk darvozabonlari, ushbu jamoa afsonalari bo‘lishgan. Men ham shunday darajaga erishmoqchiman.

Jahonning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun men o‘z ustimda tinimsiz ishlamoqdaman. Hozirgi kundan dunyoning eng yaxshi posboni kim ekanini bilmayman, ammo men bunga erishmoqchiman.

Menga oson bo‘lmadi. Shunday vaziyatlar bo‘ldiki, Ispaniyaga qaytish haqida o‘yladim. Lekin trenajyor zali va bevosita maydonda sidqidildan mehnat qildim. Bu mehnat o‘z mevasini berdi», — deydi De Xea.

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF qaytadimi?

17.01.2016

Ser Aleks Fergyuson «Manchester Yunayted»  jamoasiga maslahatchi murabbiy sifatida qaytishi mumkin. Bu holat jamoaning hozirgi murabbiyi Lui van Gaal ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga Rayan Giggz jamoani boshqara boshlagan holda yuz beradi. Bu haqda Mirror nashri xabar bergan.

Ayni vaqtda Giggz Lui van Gaalga yordamchilik qilmoqda. Van Gaal ko‘rsatayotgan natijalar esa muxlislar hamda rahbariyaning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.

Nashrning yozishicha, gollandiyalik mutaxassis «Liverpul» ga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinda kerakli natija qayd etilmasa, ishdan bo‘shatiladi.

21 turdan keyin «qizil iblislar»  34 ochko to‘plagan holda APLning turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. 22 turning shu vaqtgacha o‘tkazilgan o‘yinlaridan keyin « Lester»  44 ochko bilan peshqadamlik qilib turibdi va mankunianlar peshqadamdan 10 ochko ortda qolgan.

Ma’lumot uchun, 74 yoshli mutaxassis Fergyuson «Manchester Yunayted» ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan. 2012-13 yilgi mavsum yakunida murabbiy jamoa bilan 13 marta Angliya chempioni bo‘ldi va iste’foga chiqishga qaror qildi. Bundan tashqari Aleks Fergyuson jamoa bilan 2 marta YeChLda g‘olib chiqqan.

Futbolchilik faoliyatini «Manchester Yunayted» ga bag‘ishlagan 42 yoshli sobiq futbolchi Rayan Giggz 2014 yilda (u 24 mavsumni « Manchester Yunayted»  safida o‘tkazgan va 672 marta shu jamoa safida maydonga tushgan) butsalarini mixga ilgandi.

Муҳокама

17.01.2016

Ispaniyalik mashxur futbol eksperti Gilem Balagi «Yunayted» jamoasi Saulga qiziqish bildirayotganini tasdiqlamadi.

Avvalroq Ispaniyaning Marca nashri Mirrorga asoslanib «Yunayted» va «Arsenal» jamoalari «Atletiko». yarim himoyachisi uchun kurash olib borishmoqda deya habar tarqatgan edi. Ikkala jamoa ham futbolchi uchun 24 mln yevro taklif qilishi ko’zda tutilgan.

Gilem Balagie,   bu borada o’zfikrini aytib o’tdi.  «So’ngi vaqtlarda «Yunayted» Saulga 20 mln yevro taklif qilayotgani haqida habar berildi. FIFA  ning «Atletiko» ga qoygan taqiqlarga tayangan holda aytish mumkinki jamoalar futbolchiga katta miqdorda mablag’ sarf qilishsa ham futbolchi Madridni tark etishi juda ham qiyin».

Муҳокама

16.01.2016

Kievning «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi Sergey Rebrov jamoa himoyachisi Aleksandar Dragovichni  «Manchester Yunayted» safiga o‘tishi haqidagi habarlarga izoh berdi.

«Men doim u bilan suhbatlashib turaman, u juda ham yahshi inson. Uning maqsadi jamoa bilan Chempionlar Ligasini pley-off bosqichida maydonga tushish. Nima bo‘lishi faqat tangriga ayon».

«Men ishonch bilan ayta olamanki, «Dinamo Kiev» jamoasi faqatgina bir-ikki futbolchiga bog‘lanib qolmagan. Bizda yetarlicha o‘yinchilar bor, jamoani tark etmoqchi bo‘lgan futbolchilarni o‘rnini to‘ldirishga».

«Internetda harqanday shov shuv tezlik bilan tarqaladi, biror bir transfer yuz bersa hamma eshtadi».

Муҳокама

16.01.2016

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui vaan Gal «Liverpul» bilan bo‘lajak to‘qnashuv arafasida o‘zining ish uslubiga kinoyali fikr bildirib, uning «futbol falsafasi» haqida eslab o‘tgan raqiblar bosh murabbiyi Yurgen Kloppga kinoyali ravishda javob qaytardi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «MYu» «Liverpul»dan farqli o‘laroq 26 yil chempionlik sovrinisiz qolib ketmaydi.

Qayd etish kerakki, mersisaydliklar 1990 yildan buyon, liga nomi Angliya premer ligasi deya o‘zgartirilganidan beri Angliya chempionatida g‘olib bo‘la olmay kelmoqda.

«MYu» ham 26 yil davomida (1967 yildan 1993 yilgacha) Angliya chempioni bo‘la olmagan.

«Men jamoaning qayta qurilish davrida ishtirok etmoqdaman va «Manchester Yunayted»ni 26 yil chempion bo‘la olmasligini tasavvur qila olmayman. Biz o‘tish davrida to‘g‘ri harakat qilyapmiz.

Balki bu men o‘ylaganimdan ko‘ra ko‘proq vaqt davom etishi va sovrinlarni kutib qolishimiz mumkin. «MYu» yaxshi tashkil etilgan, yirik klub. Bizda ajoyib infrastruktura bor va yildan yilga o‘sishga erishyapmiz.

Mening hisoblashimcha, hozirda APLda avvalgi o‘n yilliklardagi kabi osongina chempion bo‘lish ilojsiz. O‘sha vaqtlarda «MYu», «Liverpul» kabi jamoalar boshqalaridan bir bosh ustun bo‘lgan. Hozirda bu farqlar yo‘qolgan. Lekin «MYu» kelgusida yana o‘z darajasiga qaytadi. Biz har mavsumda kuchli uchlikka kirishimiz kerak. «Liverpul» bilan ham shunday vaziyat», deydi van Gaal.

Муҳокама

16.01.2016

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasidagi «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan jamoaning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mening tajribamda Fergyuson bilan bir necha marta gaplashish imkoniyati bo‘lgan. Ser Aleks bilan gaplashish – bu faxr.

Fergyuson bilan suhbat paytida eng ma’qul ish – shunchaki o‘tirish va uni tinglash. Uni nima demoqchi bo‘lganini tushunib olishim uchun menga o‘n daqiqa kerak bo‘lgan.

Ser Aleks – barcha davrlarning eng buyuk murabbiyi bo‘lishi mumkin. U futboldagi Jon Lennon yoki xuddi shu darajadagi boshqa bir kishidek.

Men Fergyusonga o‘ta katta hurmat bilan muomalada bo‘lganman. Ser Aleks murabbiy sifatida boshqa birorta kishi eplay olmaydigan natijalarni qayd etgan», – deya nemis mutaxassisidan iqtibos keltiradi The Guardian.

Муҳокама

16.01.2016

«Real» yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoani tark etib, «Manchester Yunayted»ga o‘tadi, deya xabar tarqatdi Goal.com.

Manbaga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchining mashg‘ulotga munosabati va uning jismoniy holati bosh murabbiy Zayniddin Zidanga yoqmayapti. Shuningdek, Rodrigesning o‘zi ham kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi bo‘lmoqda.

"Qirollik klubi" rahbariyati Xamesni sotishga rozilik berdi va bu haqda «MYu»ga xabar berdi. "Qaymoqranglilar" futbolchi uchun 70 million yevro so‘ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames 2014 yilda «Monako»dan «Real»ga 80 million yevro evaziga o‘tgandi. Futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 12ta o‘yinda maydonga tushdi, 3ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Kastis: Ochko yig‘a olasizmi?

16.01.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Nyukasl»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng Runining ortiqcha vazni haqida savol bergan jurnalist Nil Kastisning o‘zini semizlikda ayblagan edi. O‘z navbatida jurnalist unga qarshi javob qaytardi.

«Lui, men birinchi navbatda ortiqcha vazn borasidagi muammoimni ko‘rsatib berganingiz uchun sizdan minnatdorman. Men buni sezmagan ekanman.

Ammo endi men o‘z oldimga maqsad qo‘ydim - men ozishga harakat qilaman. Ammo sizning jamoangiz men tashlagan vazncha ochko yig‘a olarmikan? Men ikki stoun (tahminan 12,7 kilogramm) ozmoqchiman. Bu esa 28 funt bo‘ladi. Biroq siz may oxiriga qadar shuncha ochko yig‘a olasizmi?» - deydi Katis.

Муҳокама

16.01.2016

«Liverpul» ga qarshi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etgan Lui van Gal jamoa holati yuzasidan ma’lumot berdi.

 «Bizda jarohat olgan futbolchilar yetarlicha, yangi jarohatlanganlar yo‘q. – Shvaynshtayger maydonga qaytish imkoniyati bor, lekin hali to‘la aniq emas. U maydonga tushishi mumkin, lekin o‘ylashimcha unga to‘loq tiklanib olishi uchun biroz vaqt kerak».

 «Karrikda ham jarohat bor. U ham to‘liq tiklanib olmagan shu sababli maydonga tusha olmaydi. Jons maydonga tushishi mimkin, lekin Roxo, Valensiya va Shouga hali uzoq vaqt kerak – ular maydonga tushishga tayyor emas».

 «Yanuzay borasida nima deyish mumkin. Biz uni tavakkal qilib maydonga tuahirmoqchi emasmiz. U mashg‘ulotlarda mahsus dastur asosida ishlamoqda. Shunday ekan u zaxiradan joy olishi mumkin yoki ikkinchi jamoa safida maydonga tushishi tusha oladi».

Муҳокама