Pereyra: Ijara — oddiy holat
15.01.2016

«Yunayted» yarim himoyachisi Andreas Pereyra qishki transfer oynasi vaqtida ijara asosida boshqa jamoa safiga o‘tishi mumkin.
1 yanvar kuni 20 yoshni qarshilagan futbolchi ko‘p marotaba asosiy jamoaga kiritilib kelmoqda lekin ko‘pincha zaxirada qolib ketmoqda. Asosiy tarkibda Andreas faqatgina ikki bor kubok uchrashuvida maydonga tushgan holos.
«Albatta, xar bir uchrashuvda maydonga tushishni istayman, lekin xozirda ko‘pincha zahirada qolib ketmoqdaman. Men maydonga tushar ekanman, doim jamoaga o‘z yordamimni berishni va kelasi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashni istayman».
«Ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishim mumkinmi? Prinsip jixatdan, ha, bunday vaziyatda bu oddiy holat. Albatta, jamoada qolishni istayman, ammo hammasini vaqt ko‘rsatadi».
15.01.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Old Trafford» stadioni oynalari maxsus shaffof qoplama bilan qoplanadi.
Xabarda aytilishicha, bu maxsus himoya qoplami stadion tashqarisida ro‘y beradigan ko‘ngilsiz voqyealarda himoya qilish vazifasini o‘taydi. «Manchester Yunayted» rahbariyati Parijda «Stad De Frans» stadionida bo‘lgan voqyeani o‘rganib chiqqan holda shu qarorga kelgan .
Ushbu hafta so‘ngiga qadar ishlar to‘liqligicha yakunlanadi. Shu orqali muhlislar va stadion ishchilari favqulotda vaziyatlarda aziyat chekmasliklari ko‘zda tutilmoqda.
Adidasdan maxsus to‘plam
15.01.2016

Adidas kompaniyasi «Manchester Yunayted» bilan hamkorlikni kengaytiri maqsadida jamoa ramzi tushirilgan golf sporti uchun maxsus to‘plamni taqdim etdi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
To‘plam tarkibidan maxsus oyoq kiyim, golf to‘pi va boshqa aksesuarlar o‘rin olgan. Ushbu kolleksiyani TaylorMad va «Manchester Yunayted» vakillari maxsus tadbirda namoyish qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adidas rahbari «Manchester Yunayted» bilan biznes hamkorlik yaxshi ketayotganligini aytib o‘tgan edi.
Adidas Gvardiolani «Yunayted»ga olib kelmoqchi
15.01.2016

Bir oy avval «Bavariya» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda jamoani tark etishini ma’lum qilgan edi. Shu bois, ushbu mutaxasisni o‘ziga og‘dirib olish uchun bir nechta klublar harakatni boshlab yuborishgan. Ular orasida «Manchester Yunayted» ham bor.
«Daily Mail» nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, mankunianliklar homiysi Adidas jamoa uchun Xosep Gvardiolani olib kelmoqchi. Chunki «MYu» rahbarlari Lui van Galning ishidan qoniqishmayapti. Shu bois, mavsum oxirida gollandiyalik mutaxasis jamoani tark etishi mumkin. Uning o‘rniga «qizil iblislar»ning yangi homiysi Adidas Gvardiolani bosh murabbiylikka olib kelishni rejalashtirmoqda. «Barselona»ning sobiq ustoziga homiylar yaxshigina oylik taklif qilishmoqda.
Bir necha yil avval, mankunianliklar homiysi Nike jamoaga Krishtianu Ronalduni olib kelishini aytib o‘tgan edi.
Darmian: «Enfilda» g‘alab qozonishni istaymiz
14.01.2016

Matteo Darmian fikricha «Yunayted» yashanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda «Liverpul» ustida g‘alaba qozonishi shart.
«Biz «Nyukasl» ga qarshi o‘tgan uchrashuvdan so‘ng juda hafa bo‘ldik, chunki biz 2-0 hisobida oldnda borayotgan edik. Bizda uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz uchun yetarli darajada vaziyatlar bo‘ldi. Futbol 90 daqiqa davom etishi yana bir bora isbotlandi. Oldinda bizni «Liverpul» ga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Biz ushbu uchrashuvga bor kuchimiz bilan maydonga tushamiz. Shubhasiz, bizning jamoa «Enfilda» g‘alab qozonishni istaydi».
«Men Ueyn Runi ikkita gol kiritganidan xursandman. U – buyuk futbolchi, ishonamanki u shu ishini yana davom ettira oladi».
Dragovich tez orada «MYu»ga o‘tadi
14.01.2016

«Dinamo» Kiev himoyachisi Aleksandr Dragovich tez orada «Manchester Yunayted» a'zosiga aylanishi mumkin deya xabar bermoqda Sport Mediaset nashri.
Xabarda aytilishicha, jamoalar amalda o‘zaro bitimga kelishgan va 24 yoshli Avstriyalik futbolchi tez orada «MYu» safiga qo‘shiladi. Futbolchining transferi 21 million deya baholanmoqda. Avvalroq, futbolchiga «Inter» va «Lester Siti» jamoalari ham qiziqish bildirishgan edi.
Mitrovich: Runi yana 10 yil futbol o‘ynay oladi
14.01.2016

«Nyukasl» hujumchisi Aleksandr Mitrovich «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi futbolchisi Ueyn Runi haqida fikr bildirdi.
«Runini tanqid qilayotganlar futbol ko‘rishmasa kerak, agar ular haqiqatdan ham shunday deb o‘ylasa, tanqidchilar aqldan ozib qolgan bo‘ladi. Agar u ketma-ket bir necha uchrashuvda gol ura olmasa, bu hyech narsani anglatmaydi, chunki uning jamoasi yaxshi o‘ynay olmayapti. U bilan birga o‘ynasang, uchrashuv Runi bilan qanchalik oson bo‘lishin bilasan, Ueyn yana 10 yil futbol o‘ynay oladi», - deydi Mitrovich.
Stil: De Xeada juda katta iqtidor bor
14.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq darvozabonlar murabbiyi Erik Stil «qizil iblislar» darvozaboni David de Xea o‘yin uslubi Peter Shmeyxel va Edvin van der Sarga o‘xshashligini aytib o‘tdi.
«De Xeada juda katta iqtidor bor, u Shmeyxel va van der Sar kabi o‘ynay olishi mumkin. Lekin u hali yosh va o‘sishda davom etishi lozim. David «MYu» ga kelganda 19 yosh edi, hozir de Xea — yetuk va jismonan kuchli darvozabon. Peter Shmeyxel «MYu» 28 yoshda edi, shunday ekan de Xea hali ancha yosh. U yana ancha yil «MYu» ga yordam bera oladi va Shmeyxeldan ham щzib ketishi mumkin», — deydi Stil United Review nashriga bergan intervyusida.
Skoulz: O‘yin ancha yaxshi bo‘ldi
14.01.2016

«Nyukasl» qarshi o‘tgan uchrashuv to‘g‘risida BT Sport telekanalida «MYu» sobiq futbolchisi Pol Skoulz quyidagilarni aytib o‘tdi.
«O‘yin ancha yaxshi bo‘ldi. Uydami mehmondami «Manchester Yunayted» o‘yinini ko‘rish doim yoqimli, albatta gollar bo‘lsa».
««Manchester Yunayted» yaxshi o‘yin namoyish qildimi. Ha, ular g‘alaba qozona olishmadi, lekin bunga xaqli edilar».
«Fellayni qulay vaziyatdan foydalana olganda hisob 4-2 bo‘lishi mumkin edi, shuningdek Djessi ham qulay vaziyatni boy berdi».
«Men doim «Manchester Yunayted»dan yaxshi o‘yin kutaman, ular mehmonda o‘ynaydimi uydami farqi yo‘q. Albatta, o‘z maydoningda o‘ynash yoqimli».
«MYu» Gomeshga qiziqish bildirmoqda
13.01.2016

«Manchester Yunayted» rahbariyati «Valensiya» jamoasi yarim himoyachisi Andre Gomeshga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Daily Star nashri ma'lumot berdi.
Dastavval ingliz jamoasi «Atletiko» jamoasi xavbeki Saul Nigesni xarid qilmoqchi bo‘lgan, madridliklar uni sotishdan bosh tortishganidan so‘ng, e'tiborini Gomeshga qaragan.
Manbada aytilishicha, futbolchining transfer qiymati 20 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Andre Goneshning «Valensiya» bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.