Янгиликлар /

Runi Anriga yetib oldi

13.01.2016

 «Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi APLning 21-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yinda ikki to‘p kiritib «qizil iblislar» tarkibidagi APLdagi 175 golini kiritdi.

Shu tariqa 30 yoshli hujumchi bitta jamoa tarkibida ko‘p gol kiritish bo‘yicha «Arsenal» ning sobiq hujumchisi Terri Anriga yetib oldi.

 

Муҳокама

13.01.2016

 «Manchester Yunayted»  hujumchisi Ueyn Runi APL 21-turidan o‘rin olgan «Nyukasl» ga  (3:3) qarshi uchrashuv borasida o‘z fikrdarini bildirib o‘tdi.

«Kayfiyat  – xuddi mag‘lubiyatga uchragandek. Biz 3 ta ajoyib gol urdik, lekin bizga biroz konsentratsiya yetishmadi».

«Uchrashuv 2:0 bo‘layotganda uch ochkoni o‘ylab, o‘yinni hal etishimiz lozim edi. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik va yakunda shuning uchun jazolandik».

«Biz doim chiroyli hujumkor o‘yin tarafdorimiz, biz buning uchun hamisha xarakatdamiz, ishonamanki yakunda natijalar yaxshi bo‘ladi», – deydi Runi.

Муҳокама

13.01.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal «Nyukasl»ga (3:3) qarshi kechgan Angliya chempionatining 21-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«So‘zsiz, bu natijani mag‘lubiyatdek qabul qildim. Biz g‘alabani qo‘ldan boy berdik».

«Hakam darvozamiz tomon penalti belgilab xato qildi, deb o‘ylayman. Bu shunchaki yelkama-yelka kurash edi. Nima bo‘lganda ham biz g‘alabani qo‘ldan boy berdik».

«Biz bemalol oltita gol kiritishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik. Agar g‘alaba qozonganimizda «Liverpul» qarshi kechadigan bahsga o‘ta ko‘tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rardik».

«Vaziyatlar yaratish qiziq emas. Har bir matbuot anjumanida men takrorlayman – muhimi raqibdan bitta ko‘p gol urish kerak», – deydi van Gal.

Муҳокама

Янгиликлар /

Tare: Bizning o‘z maqsadimiz bor

12.01.2016

Italiyaning «Latsio» jamoasi  tasdiqlashicha yozning so‘ngi kunlarida «Manchester Yunayted» rim jamoasiga Felipe Anderson borasida taklif bilan chiqqan.

«27 avgustda biz «Manchester Yunayted» ning 50 million yevroli taklifini rad qildik, shunday ekan vaziyat o‘zgarmaydi. Biz Felipeni sotish niyatida emasmiz. Uning narxi yanada baland . Bizning  o‘z maqsadimiz bor», deydi «Latsio» sport direktori Igli Tare.

Eslatib o‘tamiz, so‘ngi tarqalgan xabarlarda «Yunayted» 22 yoshli futbolchini qishki transfer oynasi vaqtida sotib olish mumkinligi aytilgan edi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ronaldu: Bu raqam omad keltirmoqda

12.01.2016

 «Real» jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted» jamoasiga kelib vo‘shilgan vaqtlarini yana bir bor esga oldi. Portugaliya lik futbolchi 2003 yilda «qizil iblislar» safiga qo‘shilgan edi.

«Manchesterga kelgan kunim 28 raqamli futbolkani so‘ragan edim, lekin Fergyuson menga yettinchi raqamda o‘ynashimni aytgan edi. Men dovdirab qolgan edim, chunki bu raqamda Devid Bekxem o‘ynagan, bu esa o‘ziga yarasha ma'suliyatli ish edi. Shundan beri bu raqam menga omad keltirmoqda».

«Men futbolda barcha yutuqlarim ushbu raqam bilan qo‘lga kiritdim».

Муҳокама

12.01.2016

«Manchester Yunayted» ketma-ket beshinchi yil mavsumiy abonementlar narxini o‘zgarishsiz qoldirdi deya xabar bermoqda Manchester Evening News.

Eng arzon abonement quyidagi «Stretford End» yoki «Skobod End» bo‘lib katta yoshdagilar uchun 532 funt, eng qimmat mavsumiy abonement uchun esa «Yunayted» muhlislari 950 funt sarflashlari lozim.

Ushbu narx 2011 yildan buyon o‘zgarishsiz qolmoqda. Jamoa jahon bo‘ylab 68 ta iqtisodiy hamkorga ega.

2005 yil Gleyzerlar oilasi jamoaga kelgandan so‘ng ayrim abonementlar 72% gacha oshirilgan edi. Umumiy abonementlar esa 55% ga oshirligan.
Jamoa rahbariyati muhlislarga qulaylik yaratish maqsadida narxlarni o‘zgarishsiz qoldirdi.   

Муҳокама

12.01.2016

«Manchester Yunayted» delegatsiyasi Madridga yetib bordi deya xabar bermoqda Ispan nashrlari.

Angliya jamoasi vakillari Madridda «Atletiko» yarim himoyachisi Saul Niges borasida muzokara olib borish uchun tashrif buyurishgan .

Xabarda aytilishicha «Manchester Yunayted» futbolchi uchun «Atletiko» ga 20 million yevro to‘lashi mumkin.

Futbolchining «Atletiko» jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilda yozda o‘z nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

«Yunayted» Bakkaga xaridor

12.01.2016

«Chelsi» va «Manchester Yunayted» vakillari «Milan» hujumchisi Karlos Bakka bilan muzokara olib bormoqda deya xabar bermoqda Britaniya OAV lari.

Xabarda aytilishicha, Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi londonliklar va mankunianslarning asosiy nishoniga aylangan. Futbolchining hozirda Italiyada omadi unchalik yurishayotgani yo‘q, shu sababli u jamoasini o‘zgartirish niyatida.   

Futbolchining transferi tahminan 30 million funt deya baholanmoqda.

Муҳокама

12.01.2016

«Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Rio Ferdinand fikriga ko‘ra «qizil iblislar» himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun jamoaga «Everton»dan Jona Stouns va «Real Madrid» dan Rafael Varanni sotib olishi lozim. Bu xaqida Daily Mirror nashri xabar bermoqda.

«Men uchun barcha bir xil, u qancha turadi, farqi yo‘q. Jons Stouns va Rafael Varan — jahoning eng yaxshilari. «Manchester Yunayted» ushbu futbolchilarni qo‘lga kiritishi kerak».

«Jamoa yaxshi himoyalanishi lozim. Jamoa biror mukofotni qo‘lga kiritish uchun himoyani kuchaytirishi lozim».

Муҳокама

12.01.2016

«Manchester Yunayted» sobiq hujumchisi Maykl Ovenning fikricha, ayni damda Lui van Gal qo‘l ostidagi jamoa ko‘pchilikda yomon taassurot qoldiryapti.

«Lui van Gal qo‘l ostidagi «Manchester Yunayted» ning ishlari yomonlashib boryapti. Yaxshilangani yo‘q. Ularning ishtirokidan odamlar hayratda. Ba'zida televizor orqali «MYu» ning o‘yinlarini bir amallab tomosha qilsa bo‘ladi, «Sheffild Yunayted»ga qarshi bahs yomon bo‘lmadi. Gap «Manchester Yunayted» dek jamoa haqida ketayotgan ekan, bu katta muammo» - deydi Oven

Муҳокама