Янгиликлар /

Pirson jamoani tark etdi

12.01.2016

«Yunayted» jamoasi o‘rinbosarlari yarim himoyachisi Ben Pirson  «Old Trafford» ni tark etdi va «Preston» bilan shartnoma imzoladi deya xabar bermoqda jamoa rasmiy sayti.

Futbolchining transfer miqdori aytilgani yo‘q. Lekin bir qator OAV larning xabariga ko‘ra futbolchi 100 ming funt deya baholanmoqda. Benning trasferini to‘liq rasmiylashtirish dushanba kuni o‘z nihoyasiga yetgan. Shundan so‘ng futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib jamoa bilan shaxsiy shartnoma imzolagan.

Shu tariqa yarim himoyachi «Preston» jamoasi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.

Муҳокама

12.01.2016

Lui van Gal «Nyukasl» jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi va jamoa yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

«Hamma biladi Bastian jaroxat olgan. «Sheffild Yunayted» ga qarshi qiyin uchrashuvdan so‘ng u to‘liq tiklana olmadi. Uning qachon safga qaytishi sanasi aniq emas».

«Albatta qiyin, «Sheffild Yunayted» ga qarshi qiyin uchrashuvdan so‘ng tiklanish. Futbolchilarga tiklanish uchun vaqt zarur. Futbolchilarga biroz qiyin bo‘lishi qiyin».

Gollandiyalik murabbiy shuningdek Adnan Yanuzay borasida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Biz uning jismoniy holatiga va uchrashuvga tayyorligiga qaraymiz, uni tezda o‘yinga tushirish ham katta tavakkal bo‘ladi».

Муҳокама

12.01.2016

Angliya Kubogi 4 bosqich qur'a natijasiga ko‘ra «Yunayted» ushbu bosqichda «Derbi Kaunti» mehmoni bo‘ladi.

Ushba jamoa bilan o‘zaro 9 ta uchrashuvda ishtirok etgan «Yunayted» 6 g‘alabaga erishgan bo‘lsa bitta uchrashuvda durang qayd etilgan 2 uchrashuvda esa «Derbi Kaunti» 0alaba qozongan. So‘ngi bor jamoalar «Prayd Park» da 2009 yil 15 fevralda to‘qnash kelishgan va Darron Gibson, Nani, Uelbek hamda Krishtianu Ronaldu tomonidan kiritilgan to‘plar uchrashuvni  4-1 hisobida yakunlanishini ta'minlagan.

Angliya Kubogi 4 bosqichi joriy yilning 29 yanavar-1 fevral kunlarida bo‘lib o‘tadi.  

Qur'a natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi juftlikni tashkil qildilar:

West Brom or Bristol City v Peterborough United

Eastleigh or Bolton v Leeds United

Arsenal v Burnley

Derby Kaunty v Manchester Yunayted

Huddersfield or Reading v Walsall

Exeter City or Liverpool v West Ham

Wycombe or Aston Villa v Manchester City

Shrewsbury Town v Sheffield Wednesday

Nottingham Forest v Watford

Carlisle or Yeovil v Everton

Crystal Palace v Stoke City

Oxford United v Newport County or Blackburn

Ipswich or Portsmouth v AFC Bournemouth

Colchester United v Tottenham or Leicester

Bury or Bradford v Hull City

Northampton Town or MK Dons v Chelsea

Муҳокама

11.01.2016

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya Kubogining 1/32 bosqichidan o‘rin olgan «Sheffild Yunayted» (1:0) jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz borgan sari yaxshiroq o‘ynayotganimizni bilamiz. Biz buni yaxshi xis qilib turibmiz. Щtgan mavsum «Chelsi» chempion bo‘lgan edi. Ammo Angliya Kubogidan ularni «Bredford» chiqarib yuborgandi».

«Ushbu musobaqada doim kutilmagan natijalar bo‘lib turadi, shunday keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz. Bunday tig‘iz himoyani yorib o‘tish qiyin bo‘ldi, lekin biz buni udalab g‘alaba qozondik», —deydi Runi BBC Sport nashriga bergan iniervyusida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Darmian: Men bu yerda baxtliman

11.01.2016

«Manchester Yunayted» himoyachisi 26 yoshli Matteo Darmian jamoani tar etish niyati yo‘qligini takidlab o‘tdi. OAV lar tomonidan Darmian Turinning «Yuventus» jamoasi safiga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

«Men bu yerda baxtliman, jamoa, xodimlar va shahar menga juda yoqadi. Baxtliman, shunday ekan xech qanday mish-mishlarga ahamiyat bermaslik lozim. Men faoliyatimni shu yerda davom ettiraman»

«Mening fikrimcha o‘yinimdan murabbiy ham rozi. Kundan kunga o‘yinimizni kuchatirib boramiz, murabbiy menga doim imkoniyat bermoqda. Jamoamga o‘yinim orqali yordam berish niyatidaman».

Matteo dastlab mavsumni o‘ng qanot himoyachisi sifatida boshlagan edi. Lyuk Shou jaroxat olgandan so‘ng murabbiy uni chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushirmoqda.  «Sheffild Yunayted» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda italiyalik futbolchi yana o‘ng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushdi va chiroyli o‘yin namoyoish qildi.

«Men uchun o‘ng qanotda to‘p surish qulay. Lekin chap qanot ham menga noqulaylik tug‘dirmaydi, murabbiy qaerda o‘ynashimni istasa, men o‘sha yerda o‘ynashga tayyorman. Maydonga chiqar ekanman  bor kuchim bilan harakat qilaman»,-deydi Darmian Manchester Evening News nashriga bergan intervyusida.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Shvaynshtayger jarohat oldi

11.01.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger Angliya Kubogi doirasida «Sheffild» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (1:0) tizzasidan jarohat olgan. Bu haqida jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal xabar berdi.

«Shvaynshtayger APL ning navatdagi turida «Nyukasl»ga qarshi o‘ynay olishi katta  shubha ostida. Uning jarohati borasida aniq bilmayman, o‘ylashimcha uning tizzasida muammo bor. Tez orada vaziyatga to‘liq oydinlik kiritiladi», - deydi van Gal.

Муҳокама

11.01.2016

 «Borussiya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi Adnan Yanuzayning ijara asosida Dordmundda o‘tkazgan faoliyati borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 «Afsus, Adnan o‘zining imkoniyatini to‘liq namoyish qila olmadi, uning yoshida o‘zini xar taraflama ko‘rsata olish zarur edi. Biz bilan to‘liq bo‘la olmaganidan qayg‘udaman. Endi «Manchester Yunayted» bilan doim birga bo‘la oladi degan fikrdaman».

«Afsuski, biz Adnanga o‘sishida yordam bermoqchi edik» - deydi Tuxel Daily Mail nashri bergan intervyusida.

Муҳокама

11.01.2016

«Bavariya» jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Angliyaning qator top jamoalarida jiddiy qiziqish uyg‘otmoqda.
The Independent nashrining yozishicha, 27 yoshli futbolchiga «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Levandovskining o‘zi «Bavariya»dan ketishga tayyor, negaki yangi marralarni ko‘zlamoqda, yangi natijalarga erishmoqchi.

Futbolchining narxi 70 mln funt sterlingni tashkil qilishi mumkin. Angliya jamoalaridan tashqari, unga «Real», «Barselona» va «PSJ» da’vogarlik qilmoqda.

Муҳокама

11.01.2016

Rimning «Latsio» klubi bosh murabbiysi Paolo Pialo shogirdi Felipe Anderson haqidagi mish-mishlarga fikr bildirdi

«Hozircha «Manchester Yunayted» bizga Anderson uchun hech qanday taklif yubormadi. Andersonni o‘zidan so‘rasam u «Latsio»da qolishga qarshi emasligini aytdi. 24 avgust kuni «Manchester Yunayted» Anderson uchun 50 mln yevro taklif qilgandi. Biz buni qabul qilgandik ham. Lekin «Fiorintina» ustidan g‘alaba qozonganimizdan keyin fikrimiz o‘zgardi va taklifni rad etdik», - deydi Paolo Pialo

Eslatib o‘tamiz o‘tamiz Felipe Anderson «Fiorentina»ga qarshi uchrashuvda 2 ta gol va 1 ta golli pas uzatib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi.

Муҳокама

09.01.2016

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi vakillari va muxlislari bosh murabbiyning ishidan qoniqishmayapti. Shuning uchun oxirgi paytda Lui van Galning egallab turgan kursisi qimirlab qolgan. Ayni damda «qizil iblislar» mutasaddilari gollandiyalik mutaxasisning o‘rniga boshqa nomzodlar qidirishni boshlab yuborishgan.

Daily Star nashrining xababr berishicha, mankunianliklar parijliklar ustozi Loran Blan bilan muzokaralarni boshlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, «MYu» vakillari Fransiyalik murabbiyga yaxshigina shartnoma taklif qilishmoqda. Blanning o‘ziga esa mo‘maygina pul berishni vada qilishgan.

O‘z navbatida, «Manchester Yunayted» rahbarlari Loran Blanni mavsum oxirida van Galning o‘rniga taklif qilishmoqchi.

Муҳокама