09.01.2016

«Yunayted» kelgusi 2016/17-mavsumga belgilangan «Old Trafford» o‘yingohiga kiruvchi bir mavsumli abonent chiptalarini muzlatib qo‘ydi.

Bunga asosiy sabab sifatida APL jamoalarini yangi teletranslyatsiya shartnomasiga qo‘l qo‘yganliklari ko‘rsailmoqda.

Ushbu shartnomaga ko‘ra APL jamoalari 5 mlrd 135 mln funt sterling haq olishadi.

«Old Trafford» o‘yingohini eng qimmat tribunasi Ser Aleks Fergyuson nomli tribuna hisoblanadi. Ushbu tribunaga belgilangan bir mavsumli abonent chiptani bahosi 950 funt sterling turadi.

Glezerlar oilasi «MYu»ni xarid qilishganidan so‘ng «Old Trafford»ga kirish chiptalari bahosini 72 foizga ko‘tarishdi.

Муҳокама

09.01.2016

Hujumchi Antoni Marsyal «Yunayted» tarkibida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Oyning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Marsyal 69% ovoz to‘plab, ishonchli tarzda Kris Smolling va Deyli Blindni ortda qoldirgan.

Fransiyalik futbolchi 2015 yilning so‘nggi oyida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va «Volfsburg» (2:3) va «Norvich»ga (1:2) qarshi bahslarda golga mualliflik qilgan.

Муҳокама

09.01.2016

Xabaringiz bor, «Manchester Yunayted» jamoasi ijara asosida «Borussiya D»da to‘p surgan Adnan Yanuzayni muddatidan avval o‘z safiga qaytarib oldi.

«Qizil iblislar» bosh murabbiyi Lui van Galning ta’kidlashicha, belgiyalik yarim himoyachiga ikkinchi imkoniyat beriladi.

«Yanuzayning iqtidoriga ishonaman va buni avval ham aytganman. «Borussiya» o‘ynash qiyinligini bilaman, ammo, uninn u yerga o‘tgani to‘g‘ri bo‘ldi. Uill Kinda ham shuddi shunday holat. Futbolchilar ikkinchi imkoniyat uchun qaytishdi», - deydi Lui van Gal.

Муҳокама

Янгиликлар /

Eden Azar uchun 100 million yevro!

09.01.2016

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Eden Azarni sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqida Daily Star nashri xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, mankunianliklar belgiyalik futbolchi uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyorlar. 25 yoshli yarim himoyachi uchun kurashda «MYu» Madridning «Real» klubi bilan jiddiy raqobatchilik qilishiga to‘g‘ri keladi.

Qolaversa, o‘yinchining xizmatlariga «PSJ» hamda «Bavariya» jamoalari ham qiziqishmoqda.

Joriy mavsumda Azar Angliya chempionati hamda Chempionlar ligasi o‘yinlarida 25 marta maydonga tushib, 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Azar, Lukaku, Gyundogan

08.01.2016

Britaniyaning bir qator OAV lari «Manchester Yunayted» jamoasining qishki transfer oynasi vaqtida qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilar xaqida ma'lumot bermoqda.

The Daily Star nashri xabariga ko‘ra «Yunayted» Garet Beylni o‘z tarkibiga jalb qila olmasa asosiy e'tiborni «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azarga qaratadi. Futbolchining transferi 65 mln. funt deya baholanmoqda. Jamoa Azarni qo‘lga kiritish uchun PSJ va «Bavariya» jamoalari bilan raqobatlashishi lozim. Belgiyalik futbolchi «Old Trafford»  da haftasiga 250 ming funt mablag‘ olishi taxmin qilinmoqda.

The Daily Mirror nashri xabarig ko‘ra esa «Yunayted» Romelu Lukaku borasida jiddiy ishlar olib borish niyatida. 22 yoshli futbolchini «Old Trafford» da to‘p surishi 40 mlnyu funt deya baholanmoqda.

The Daily Express esa «Yunayted» jamoasi «Borussiya» yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganni qo‘lga kiritish uchun «Yuventus» bilan raqobatlashish lozmligini takidlamoqda.

Муҳокама

08.01.2016

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera takidlashicha Angliya Kubogi musobaqasi sayyoramizning eng qadimiy va qiziqarli musobaqasi ekan.

«O‘tgan mavsumda biz ushbu musobaqada uzoqqa bora olmadik, lekin menga ushbu uchrashuvlarda maydonga tushish juda yoqdi. Bu juda qadimiy turnir, va shuni alohida aytish joyizki Angliyada uchrashuvlar ajoyib tarzda tashkil qilinadi. Biz ushbu mavsumda o‘z maydonimizda boshlaymiz, va ishonamanki g‘alabaga erishamiz».

Муҳокама

08.01.2016

«Uotford» hujumchisi Odion Igalo faqatgina «Manchester Yunayted» jamoasidan taklif bo‘lsagina o‘z jamoasini tark etishi mumkinligni aytib o‘tdi.

26-yoshli nigeriyalik hujumchi Premer Liganing 20 uchrashuvida 14 bora raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Igalo namoyish qilayotgan o‘yin bir qator yevropaning yetakchi jamoalarida qiziqish uyg‘otgan. Ular orasida Madridning «Atletiko», Italiyaning «Roma». Igalo esa faqatgina «Yunayted» safida o‘ynash niyati borligini takidlamoqda.

«O‘z jamoamni tark etish niyatim yo‘q, lekin ishonch bilan aytmanki «Yunayted» dan qo‘ng‘iroq bo‘lsa taklifni rad etishim qiyin. Bu jamoada o‘ynashni men yoshlikdan istayman. Endi Koul va Duayt York o‘yinlarini namoyish qilish yoqimli bo‘lgan. Ular mening kumirim, «Old Trafford» da o‘ynash esa mening orzuim»,- deydi Igalo The Sun nashriga bergan intevyusida.

 

Муҳокама

07.01.2016

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi rahbariyati italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan muzokaralar olib borgan.

«MYu» ijrochi direktori Ed Vudvord noyabr oyi so‘ngida Anchelotti bilan aloqaga chiqqan va unga jamoa bosh murabbiyi Lui van Galning o‘rnini egallashni taklif qilgan.

Biroq, italiyalik murabbiy bu taklifni rad etgan va «Bavariya»ni boshqarishga qaror qilgan.

Муҳокама

07.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni David De Xea so‘zlariga qaraganda, jamoa yevropa ligasida g‘alaba qozonish uchun kurashar ekan.

«Evropa ligasi — ajoyib turnir. 2010 yili men «Atletiko» bilan ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandim. Bu juda uzoq davom etadigan musobaqa va boz ustiga o‘yinlar payshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Shu sabab, kun tartibimizmizga o‘zgartirishlar kiritishimizga to‘g‘ri keladi».

«Ammo, biz ushbu musobaqada g‘alaba qozonishga tayyormiz, deb o‘ylayman», — deydi David de Xea.

Муҳокама

07.01.2016

Gollandiyaning De Telegraaf nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi  «Everton» hujumichisi Romelu Lukaku borasidagi vaziyatni o‘rganib chiqmoqda.

Xabarda aytilishicha Lui Van Gal qishki transfer oynasi vaqtida jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish niyatida va Lukaku bu o‘ringa asosiy nomzod qilib qaralmoqda.
 
Van Gall skautlari «Gudison Park» stadionida futbolchining bir qator uchrashuvlarini ko‘rishgan.

Ushbu mavsum 22 yoshli futbolchi Premer-Liganing 20 turida ishtirok etib 15 ta gol urishga erishgan.

Taxminlarga ko‘ra «Everton» Lukaku uchun 35 mln. funt sterlingdan ziyod mablag‘ talab qilmoqda.

Муҳокама