07.01.2016

 «Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xea fikricha bu yil jamoa himoyachilari o‘tgan mavsumga qaraganda yaxshi o‘yin namoyish qilishmoqda.

APL da o‘tgan  20 turdan so‘ng «Yunayted» o‘z darvozasidan 17 gol o‘tkazib yuborgan bu «Tottenxem» (16) dan keyingi o‘rin degani.

«Albatta, afsuslanarli, biz ketma-ket bir qator uchrashuvlarda ochkolarni boy berdik, bunga tarkibdagi jarohatlar sabab bo‘ldi. Yanada ko‘proq xarakat qilish kerak».

«Ushbu mavsumda avvalgiga qaraganda «Yunayted» himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, bu jamoaga ishonch bag‘ishlaydi. «Yunayted» da ajoyib hujumkor futbolchilar yig‘ilgan, shunday ekan gol albatta bo‘lishi lozim. Kuchli jamoada ishonchli himoya bo‘lishi juda muhim», — deydi de Xea «Manchester Yunayted» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Муҳокама

Янгиликлар /

BBC: Yanuzay ijaradan qaytadi

07.01.2016

«Manchester Yunayted» ijara asosida Dortdmundning «Borussiya» jamoasida ijarada to‘p surayotgan Adnan Yanuzayni muddatdan avval qaytarib olishi mumkin. Bu xaqida BBC nashri xabar bermoqda.

«Qizil iblislar» 20 yoshli futbolchini 2015/16 mavsum so‘ngiga qadar nemis jamoasiga ijaraga bergan edi. Adnan so‘ngi paytda nemis jamoasi tarkibida o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda.

Yanuzay  «Borrussiya» tarkibida 12 bor maydonga tushgan bo‘sa faqatgina 3 o‘yindagina asosiy tarkibda maydonga tushgan. Shu sababli «Yunayted» rahbariyati futblchini jamoaga qaytarish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Yanuzayning «Yunayted» bilan shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» Boyan Krkichga xaridor

06.01.2016

Ispaniyalik 25 yoshli hujumchi Boyan Krkich faoliyatini «Old Trafford»da davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» klubi ayni paytda «Stok Siti» sharafini himoya qilayotgan Krkichga jiddiy qiziqish bildiryapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi 10 million funt sterling evaziga «Qizil iblislar» safiga ko‘chib o‘tadi. Aynan shuncha summa Boyanning shartnomasida belgilab qo‘yilgan. Joriy mavsumda Krkich «Stok» safida 17ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol kiritgan.

Муҳокама

06.01.2016

Italiyaning bir qator klublari  «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellayni uchun kurashga qo‘shilishdi. Avvalroq, belgiyalik futbolchiga  «Milan» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.

Turin klubi Fellaynini Simone Zaza o‘rniga jamoaga olib kelishmoqchi bo‘lsa, rimliklar Miralem Pyanichga o‘rinbosar qidirishmoqda.

 «Milan»ning vitse-prezidenti Adriano Galliani Fellaynining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda. Avvalroq,  «MYu » Fellayni uchun 20 million yevro talab qilayotgani ma’lum etilgandi.

Муҳокама

06.01.2016

«Manchester Yunayted» klubi «Real»ning uelslik yarim himoyachisi Garet Beylni qishki transferlar vaqtida sotib olmoqchi.

The Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi uchun manchesterliklar 75 million funt to‘lashga tayyor.

Manbada yozilishicha, «MYu» bosh murabbiyi yordamchisi Rayan Giggz o‘z vatandoshini «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishiga jamoa rahbariyati umid qilmoqda.

Shuningdek, Beylning o‘zi Rafael Benitesning iste’fosidan xafa bo‘lgan va faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2013 yilda «Tottenhem»dan rekord darajadagi mablag‘ (85 million funt) evaziga «Real»ga ko‘chib o‘tgandi.

Муҳокама

06.01.2016

«Liverpul» klubi sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp «Manchester Yunayted» Garet Beylni sotib olishi kerakligini aytib o‘tdi.

«Beyl «Manchester Yunayted»ga ham futbolchi, ham brend sifatida juda mos keladi. Bu so‘zni ishlatganim uchun uzr.

Klubning tijoriy bo‘limi bundan katta foyda ko‘rishi turgan gap. Chunki muxlislar klubdan Ronaldu va Giggz ketgach bunday darajadagi yulduzni ko‘rganlari yo‘q.

Bu transfer yozda amalga oshsa kerak. Agar Garet Angliyaga qaytishga qaror qilsa, mankunianliklar uni albatta o‘z safiga qo‘shib olishi lozim. Buning uchun esa kamida kuchli to‘rtlikka kirishi kerak bo‘ladi», - deydi Rednapp.

Муҳокама

Янгиликлар /

Beyl uchun 75 million funt

06.01.2016

«Manchester Yunayted» klubi «Real» yarim himoyachisini qishki transfer mavsumidayoq sotib olmoqchi.

Xabar qilinishicha, mankunianliklar 26 yoshli futbolchi uchun 75 million funt taklif qilmoqchilar. «MYu»ga kelajakda ustozlik qilishi kutilayotgan Rayan Giggz vatandoshini mankunianliklar safiga o‘tishga ko‘ndirishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Beyl Rafael Benitesning iste’fosidan norozi bo‘lmoqda va Angliya chempionatiga qaytishga rozi bo‘lishi mumkin. Yarim himoyachi 2013 yilda «Tottenxem»dan rekord qiymatdagi 85 million funt evaziga sotib olingan edi.

Муҳокама

05.01.2016

Ueyn Runi Angliya terma jamoasida 2015 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deya topildi, bu xaqida BBC nashri xabar bermoqda.

Angliya va «Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi 2014 yilda ham ushbu unvonga sazovar bo‘lgan edi.

Angliya terma jamoasi muhlislari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra Runi umumiy 37% ovozga ega bo‘lgan. U bu unvonga to‘rtinchi barotaba loyiq ko‘rilmoqda.
Angliya yoshlari terma jamoasi eng yaxshi o‘yinchisi deb esa «Stok Siti» darvozaboni Djek Batlend topildi.

Futbolchilarga ushbu mukofot Angliya terma jamoasining 2016 yil mart oyida o‘tkazadigan o‘yinida topshiriladi.

Муҳокама

05.01.2016

Adidas kompaniyasining bosh direktori Xerbert Xayner «Manchester Yunayted» jamoasi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Kompaniyaning «MYu»  bilan olib borayotgan biznesi juda yaxshi ketayapti. Biz kutganimizdan ham ziyodaroq futbolkalarni sotdik. Biz bundan juda mamnunmiz. Lekin, «Yunayted» jamoasining o‘yini biz kutgandek emas», — deydi Xayner.

Eslatib o‘tamiz, Adidas «Manchester Yunayted» jamoasi bilan 10 yilga mo‘ljallangan homiylik shartnomasini imzolagan edi. Shartnomaga ko‘ra ushbu davr davomida jamoa 750 mln yevro mablag‘ga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Fellaini jamoani tark etmaydi

05.01.2016

Italiyaning Corriere della Sera va La Re La Repubblica nashrlari xabar berishicha Italiyaning «Milan» jamoasi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Maruan Fellaini ijara asosida o‘z saffiga qo‘shib olish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

Fellaini ushbu mavsumda Premer Ligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushga bu esa belgiyalik futbolchining ko‘proq o‘yin amaliyotisiz qolib ketishiga to‘g‘ri kelmoqda. «Manchester Yunayted» rahbariyati Fellainini jamoaning muhim o‘yinchisi ekanligini takidladi va «Milan» jamoasi taklifini inkor etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham belgiyalik futbolchiga Italiyaning bir necha jamoalari qiziqish bildirishgan edi.

Муҳокама