04.01.2016

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ushbu mavsum yakunlangandan so‘ng «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. Bu haqida Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Xabarlarga qaraganda «Manchester Yunayted» rahbariyati Lui van Galning ishidan qoniniqish hosil qilmayapti va mavsum yakunlangandan so‘ng jamoa boshqaruviga Italiyalik mutaxasisni taklif qilishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Allegri o‘tgan mavsumda «Yuventus» bilan Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi va Chempionlar-ligasi finaliga qadar yetib bordi.
Anderson «Yunayted» nigohida
04.01.2016

Ingliz tabloidlarining xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasi «Latsio» ning hujumkor yarim himoyachisi Filipe Anderson bilan muzokara olib bormoqda.
The Sun nashri tasdiqlashicha «Manchester Yunayted» vakillari ushbu haftada Italiyaga safar uyushtirishadi va «Latsio» rahbariyati bilan uchrashishadi. 22 yoshli futbolchining trasfer bahosi tahminan 35 mln. funt deya baholanmoqda.
«Qizil iblislar» 30 mln. funt mablag‘ni xozir 5 mln. funt mablag‘ni esa bonus sifatida to‘lab berishni ko‘zda tutmoqdalar. Nashr xabarida aytilishicha «Yunayted» xozirda futbolchi bilag shaxsiy shartnoma bandlarini ko‘rib chiqmoqda.
The Daily Star nashri xabarida aytilishicha esa «Manchester Yunayted» Filipe Andersonga haftasiga 100 ming funt mablag‘ taklif qilmoqda va keyinchalik bu miqdor haftasiga 170 ming funtgacha oshirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Kin «Yunayted» ga qaytdi
04.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasi «Preston» jamoasiga ijaraga berilgan xujumchi Uill Kinni qaytarib olmoqda deya xabar bermoqda Sky Sports nashri.
Kin mavsum boshida ijara asosida «Preston» jamoasiga berilgan edi. Futbolchi Chempionshipda 22 uchrashuvda maydonga tushib 2 gol urishga erishgan. «Yunayted» hujumdagi muammolarni hal etish niyatida futbolchini ijaradan qaytarib olmoqda.
«Bu hammasi 24 soat ichida hal bo‘ldi. «Yunayted» hujm chizig‘iga qo‘shimcha futbolchi jalb qilmoda. Albatta, biz Kinni yo‘qotayotganimizdan afsusdamiz. So‘ngi haftalarda u yuqori formaga chiqib boryotgan edi. Ishonamanki, Uillning «Manchester Yunayted» ga qo‘shilishi foydali bo‘ladi» ,- deydi «Preston» bosh murabbiyi Saymon Greyson Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
LVG: Tavakkalga qo‘l urdik
03.01.2016

Lui van Gal «Suonsi»ga (2:1) qarshi kechgan Angliya chempionatining 20-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Suonsi»ga qarshi markazda to‘rtta yarim himoyachi romb shaklida joylanishi ko‘zda tutilgan taktikani tanlab katta tavakkalga qo‘l urdik.
Biz uch himoyachi bilan o‘ynadik, ammo ko‘pgina vaziyatlar yaratdik.
Shu paytga qadar gol kirita olmayotgandik, birinchi goldan so‘ng ancha yengil tortdik. Biz ikkita chiroyli gol kiritdik.
Men futbolchilar uchun juda xursandman, chunki ular jiddiy bosim ostida edilar, shunga qaramay ular kerakli natijaga erisha oldilar.
Biz hamon yetakchilarga yaqinmiz, oradagi farq katta emas. Bu futbol, mavsum davom etadi.
Biz yilni ko‘tarinki kayfiyat bilan boshladik, endi «Sheffild»ga qarshi o‘yinda ham shu yo‘sinda davom etish zarur, – deydi van Gal.
Jerrard: Kimga ishonar edingiz?
02.01.2016

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Stiven Jerrard ushbu mavsumda ko‘plab tanqidga uchrayotgan «MYu» hujumchisi Ueyn Runini himoya qilib chiqdi.
«Vardi va Keyn - ajoyib futbolchilar, ammo siz hal qiluvchi o‘yinlarda kimga ishonardingiz? Kimdir Runidan yaxshiroq variantni ayta oladimi? Deylik, o‘yin oxirida Angliya termasining taqdirini hal qiluvchi penalti tepishi kerak. Bu zarbani kimga ishonar edingiz?
Runi - bu faqat gollar degani emas, Ueyn butun jamoaga ta’sir o‘tkaza oladi. Hozir uni qo‘llab quvvatlash kerak, tanqid emas», - deydi Jerrard.
Ueyn Runi bu mavsumda APLning 15 uchrashuvida ikkita gol urib, bitta golli uzatma oshirgan.
02.01.2016

Ueyn Runi Angliya chempionati 20 turida «Suonsi» darvozasiga gol kiritdi va jamoasining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Shu tariqa Runi «MYu» tarkibidagi gollari sonini 238 taga yetkazib oldi va klub to‘purarlari ro‘yxatida Denis Loudan o‘tib ketdi. «MYu» tarixida faqat Bobbi Charlton 249 ta gol bilan undan oldinda bormoqda.
Shuningdek Runi Angliya premer ligasi to‘purarlari ro‘yxatida ham ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu borada u Endi Koulni ortda qoldirgan. Angliya premer ligasi to‘purarlari ro‘yxatida Alan Shirer 260 ta gol bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
LVG: U o‘ynash istagan edi
02.01.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal nima sababdan yozda Xaver Ernandes va Robin van Persi sotib yuborilganini aytib o‘tdi.
«Men raqobatga u qadar ishonmayman. Men uchun ishonch muhimroq. Balki men nohaqdirman, ammo bir umr mana shunday ishlab kelganman. Men o‘z futbolchilarimga ishonaman.
Biz barcha hujumchilarni tarkibda saqlab qolsak bo‘lardi, ammo bunday holatda ko‘pchilik zaxira o‘rindig‘ida qolib ketardi va norozi bo‘lib yurardi. Keyin esa baribir ketishni istagan bo‘lardilar.
Darvoqe, bu holat Xaver Ernandesga tegishli. U o‘ynash istagan edi. Ammo futbolda har doim ham bunga imkon bo‘lavermaydi», - deydi van Gal.
Eslatib o‘tamiz, Xaver Ernandes «Bayer» tarkibida dekabrda 3 o‘yinda 5 ta gol urib, Germaniya chempionatida qatorasiga ikkinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Moyes: Runi orqaroqda o‘ynashi kerak
02.01.2016

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes joriy mavsumni omadsiz o‘tkazayotgani uchun tanqidlar nishoniga aylangan Ueyn Runini qo‘llab-quvvatlab chiqdi.
«Hozir Runi uchun oson davr emas. Lekin u vaziyatdan chiqib keta oladi. Men hamisha gapirib kelganmanki, Runi bir kun kelib yarimhimoyachiga aylanishini. Lekin u hozir ham markaziy hujumchi o‘rnida o‘ynatilmoqda.
Uni futbol olamidagi yuqori saviyali futbolchilar safidan o‘chirishga hali erta deb bilaman.
Van Gaalga esa vaqt kerak. Umid qilamanki, «MYu» van Gaalga ko‘proq ishlash imkonini beradi. U bunga munosib.
U «MYu»ni kuchaytirish uchun ishlashda davom etmoqda. «MYu» bir qator futbolchilarni sotib oldi va Ispaniyadagi tajribamdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsam, ularga o‘ynab ketishi uchun vaqt kerak», - deydi Moyes.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Ueyn Runi APLning 15ta turida ishtirok etib, 2ta gol urdi va 1 golli pas muallifi bo‘ldi.
LVG: Balki «MYu» faoliyatimdagi so‘nggi klubdir
01.01.2016

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal amalda boshqarayotgan klubi faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 64 yoshli mutaxassis 2014 yilning yozidan buyon mankunianliklarni boshqarmoqda.
«Men doim o‘z ishimni bajaraman. Siz, jurnalistlar o‘z ishingizni qilishingiz zarur. Shtabimning ba’zi a’zolari: «Xujayin, sizga yordam kerak emas-mi?», - deyishadi. Men doim shunday javob qaytaraman: «Sen o‘z ishingni barajgan holda menga yordam berasan. Uni iloji boricha yaxshi bajargin, men mamnun bo‘laman».
Shuni futbolchilardan ham talab qilaman. «MYu» faoliyatimdagi birinchi klub emas. Balki, «MYu» — faoliyatimdagi so‘nggi klubdir», — deya van Galning so‘zlarini keltiradi Goal.com portali.
Ayni damda «Manchester Yunayted» APL musobaqa jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
Yangi yilingiz bilan
31.12.2015

Hurmatli doʻstlar!
ManUtd.uz maʼmuriyati sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2016 yil bilan chin dildan muborakbod etadi. 2016 yilda barchangizga yanada koʻproq baht va omad tilab qolamiz.
Yangi yilda Manchester Yunayted jamoasi koʻplab gʻalabalarga erishib bizlarni yanada xursand qiladi degan umiddamiz. Jamoga boʻlgan mexrimiz yanada ortib borsin.
Birgalikda jamoamizni qoʻllab quvatlab gʻalabali onlarni birgaalikda nishonlash nasib qilsin.
Oʻzingizni, yaqinlaringizni ehtiyot qilin, doim sogʻ va bahtli boʻling!
Jamoa bilan doim birgalikda boʻling!birgalikda
Hurmat bilan, ManUtd.uz maʼmuriyati.