«Yunayted» Andersonni sotib olishga yaqin
31.12.2015

«Manchester Yunayted» klubi «Latsio» himoyachisi Felipe Andersonni 35 million yevro evaziga sotib olishga yaqin turibdi.
Xabar qilinishicha, transfer kelasi hafta amalga oshishi mumkin. Rimliklar 22 yoshli futbolchi uchun 35 million funt talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi martda «Latsio» bilan yangi 5 yillik shartnomaga imzo chekkan edi. Anderson joriy mavsum A seriyada 17 uchrashuvda bitta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
«MYu» Jonstonni ijaraga bermoqchi
31.12.2015

«Manchester Yunayted» darvozaboni Sem Jonston qishki transfer mavsumida bir oyga jamoadan ketishi mumkin.
Xabar qilinishicha, mankunianliklar 22 yoshli darvozabonni chempionshipning biror klubiga bir oyga ijaraga berishni istamoqdalar. Ayni vaqtda Jonston bilan «Vulverxempton», «Bristol Siti», «Reding», «Xaddersfild» va «KPR» qiziqish bildirayotgani aytilgan.
Shuningdek darvozabon o‘tgan mavsumning yarmini ijara asosida o‘tkazgan «Preston» ham da’vogarlar safida bor.
Eslatib o‘tamiz, Jonston joriy mavsum «MYu» safida birorta o‘yinda maydonga tushmagan.
Glazgoning oddiy bolakayi
31.12.2015

Glazgoning oddiy kema quruvchilari oilasida Ikkinchi Jahon urushining o‘rtasida tavallud topgan bolada g‘ayrioddiy qobiliyat borligini hech kim bilmas edi. Bolalik chog‘idan futbolga muhabbat qo‘ydi va keyinchalik futbol bilan hayotini to‘liq bog‘ladi. Futbolchi sifatida Shotlandiyaning 6 jamoasi safida 300 dan ortiq maydonga tushgan bo‘lishiga qaramay tuzukroq sovrinni qo‘lga kirita olmagan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng murabbiylik foliyatini boshlashga kirishdi. Uni oldinda qiziqarli va ajoyib davrlar kutib turganini bilmas edi.
Murabbiy sifatida o‘zining ilk sovriniga 1976/77 yilgi mavsumda «Sent-Mirren» jamoasi bilan erishdi va Shotlandiya futbol ligasining birinchi divizioni g‘olibligini nishonladi.
1978 yildan 1986 yilga qadar Shotlandiyaning «Aberdin» jamoasi bosh murabbiyi sifatida 10 ta mukofotni qo‘lga kiritdi.
1986 yildan esa keyinchalik uni Jahoning eng zo‘r murabbiy bo‘lishiga sababchi bo‘lgan voqyea yuz berdi. Bu uning «Mancheter Yunayted» jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib tayinlanshi edi.
Bu borasida u o‘zining tarjimayi holida shunday yozib o‘tgan:
«Mening oilam bu ko‘chib o‘tishga qarshi edi. Lekin «Mancheter Yunayted» men uchun oddiy bir jamoa emas - butun bir missiya edi»
Yunayted bilan o‘tkazgan oltin davrlar davomida 38 ta musobaqada g‘olib bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichni takrorlash har kimning ham qo‘lidan keladigan ish emas.
Umumiy hisobda olganda esa o‘zi boshqargan jamoalar bilan 49 bora mukofotlarni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek:
- 27 karra Angliyada oyning eng yaxshi murabbiyi sovrini g‘olibi;
- 11 karra Premer-liga ning eng yaxshi murabbiyi;
- 4 karra bosh murabbiylar Assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yahshi murabbiyi;
- Bosh murabbiylar Assotsiatsiyasi tomonidan 90 yillarda 10 yillikning eng yaxshi murabbiyi sovrini sohibi;
- «World Soccer» nashri tomonidan 4 bora Jahoning eng yaxshi murabbiyi;
- «UEFA» tomonidan eng yaxshi klub murabbiyi unvoni sohibi;
- «BBC» tomonidan sportdagi faoliyati mukofotida Yil murabbiyi;
- Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi tomonidan 2 bora Yil murabbiyi unvoni sohibi;
- 1999 yilda Mussabini medali sohibi;
- «Onze Mondial» jurnalining «Onze d’Or» mukofotiga 3 karra sazovar bo‘lgan;
- «Laureus» tomonidan yilning eng yaxshi bosh murabbiyi;
- Ikki karra «UeFA» tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi;
- 1996 yilda «AFJ tomonidan futbolga qo‘shgan xissalari uchun taqdirlangan;
- 2002 yilda Angliya futboli shon-shuhrati azolari qatoriga kiritilgan;
- 2004 yilda Shotlandiya futboli shon-shuhrati azolari qatoriga kiritilgan;
- «PFA tomonidan futbolga qo‘shgan xissalari mukofoti sohibi;
- 2011 yilda FIFA prezidentining maxsus mukofoti sohibi;
- Britananiya imperiyasi Ofitseri ordeni sohibi;
- Britananiya imperiyasi Komandori ordeni sohibi;
- 1999 yilda Ritsar-bakalavr unvoni sohibiga sazovar bo‘lgan;
- Aberdin (1999), Glazgo (1999), Manchester (2000) va Trafford (2013) shaharlarining fahriy fuqarosi;
- 9 ta Xalqaro universitetning fahriy doktorlik unvoni sohibi;
Bir so‘z bilan aytganda bugun 74 yoshni qarshilagan inson bu Ser Aleks Férgyuson edi.
Moyes: Vaqt kerak edi
31.12.2015

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining «qizil iblislar» boshqaruvidagi 2013/2014 yilgi mavsum haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Moyes 2013 yilda «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 2014 yilning aprelida iste’foga chiqarilgandi.
«Agar hozir ham jamoani boshqarganimda hech narsani o‘zgartirmasdim, yana o‘sha paytdagi ishni qilardim. Agar jamoada 6 yil emas, atigi 10 oy ishlashimni bilganimda, boshqacharoq yo‘l tutgan bo‘lardim. O‘ylagandimki, bu jamoaning ishlari yurishmasa ham, bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlashadi. Menda shunday tasavvur bor edi. Qo‘l ostimda ser Aleks bilan birga APLda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ajoyib o‘yinchilar bor edi. Jamoa asta-sekin o‘zgarishi uchun vaqt kerak edi.
Albatta, ayrim o‘yinchilarni almashtirish kerak edi, ammo bu 10 oyga cho‘zilishi kerak emas edi. Hozir «Manchester Yunayted»ning taklifini qabul qilarmidim? Albatta, ha. «Manchester Yunayted»ning taklifiga rad javobini beradigan murabbiylar jahonda kam bo‘lsa kerak», — deydi Moyes.
Skoulz: Van Galga imkoniyat berish kerak
30.12.2015

«Yunayted»ning sobiq ximoyachisi Pol Skoulz manchesterliklar ustozi Lui van Galni himoya qilib chiqdi.
«Mag‘lubiyatga uchrasa van Galni bo‘shatib yuborish kerakmi? Men bunday deb o‘ylamayman. Albatta, jamoa ko‘rsatayotgan futbol juda yaxshi emas, ayniqsa, oxirgi 4-5 haftada.
Ha, ular boshida g‘alabalarga erishib, jadvalning eng yuqorisida turishdi, ammo ko‘rsatgan o‘yinlari jozibali emasdi.
Barcha natijalar o‘yinga yarasha bo‘lyapti deb o‘ylayman, ammo ularning muammolarini nazarda tutganda, van Galni bo‘shatib yuborish kerak emas. Unga yana bir imkoniyat berish kerak.
Uning tajribasi jiddiy, u katta klublar bilan ishlagan. Unga vaqt berilsa hammasi iziga tushadi», - deydi Skoulz.
«MYu» Xamesga xaridor
30.12.2015

«Real» jamoasining kolumbiyalik yosh yarim himoyachisi Xames Rodriges Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda independent.ie nashri xabar tarqatgan.
Manbaning yozishicha, 24 yoshli futbolchi ayni vaqtda inglizlar bilan muzokara o‘tkazmoqda.
Futbolchining transfer qiymati 59 mln funt sterlingni tashkil etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rodriges joriy mavsumning birinchi yarmida jarohat tufayli 2 oy maydonga tusha olmadi va atigi 8ta o‘yinda jamoasiga yordam bera oldi. U bu o‘yinlarda 3 ta gol urib, 4 ta golli pas amalga oshirgan.
«Old Trafford» eng zerikarli stadion
30.12.2015

«Manchester Yunayted» klubiga tegishli «Old Trafford» stadioni Angliya to‘rtta divizioni orasida joriy mavsumning «eng zerikarlisi» bo‘ldi. «Qizil iblislar»ning yashil maydonida muxlislar mavsum boshidan buyon atigi 13 ta gol ko‘rishdi.
Eng kam gol ko‘rgan stadionlar orasida «Ivud Park» («Blekbern»), «Dipdeyl» («Preston Nort End») va «Stedium of Layt»(«Sanderlend») ham bor. Ushbu stadionga tashrif buyurgan muxlislar 18 tadan gol ko‘rishgan.
Mavsumning «eng tomoshabop» stadioni «London Roud» («Piterboro») bo‘ldi.
Muxlislar mavsum boshidan buyon ushbu maydonda 45 ta golning guvohiga aylanishdi. Keyingi o‘rinlardan «Etixad» («Manchester Siti») va «Gudison Park» («Everton») joy olishdi.
Mazkur stadionlarda futbol ihlosmandlari 41 tadan gol ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.
Smolling: Van Gal hali ham o‘sha-o‘sha
30.12.2015

Kris Smolling so‘zlariga qaraganda, ketma-ket sakkiz o‘yinlik g‘alabasiz seriya bosh murabbiy Lui van Galning o‘yinchilar bilan so‘zlashish uslubiga ta’sir o‘tkazmagan.
«Van Gal hali ham o‘sha-o‘sha. U o‘yinchilar bilan so‘zlashish uslubini o‘zgartirmoqchi emas, chunki bu unga yillar davomida qo‘l kelgan. Uning erishgan yutuqlari buning isbotidir.
Hozirgi vaziyatda birgina g‘alaba ko‘p narsani o‘zgartirib yuboradi. Musobaqa jadvalining yuqori qismida bo‘lish uchun har bir o‘yinda ijobiy natijaga erishishga harakat qilish zarur.
«Chelsi»ga (0:0) qarshi o‘yinda biz uch ochko jamg‘arishimiz kerak edi, chunki tashabbus biz tomonda edi.
Nima bo‘lganda ham keyingi safar g‘alaba qozonishimiz shart», — deya Smollingning so‘zlarini keltiradi Goal.com portali.
APL ishtirokchilari soni qisqarishi mumkin
29.12.2015

Angliya premer-ligasi ishtirokchilarining soni 18 ta deb belgilanishi mumkin. Bu haqda The Times ga tayanib Sport Ekspress xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, Angliya futbol assotsiatsiyasi rahbari Greg Dayk liga rahbariyatiga ushbu taklifni bildirmoqchi. U ushbu g‘oyani premer-ligasi rahbari Richard Skudamor bilan muhokama qilib oladi.
Daykning fikricha yuqori divizion ishtirokchilari sonining qisqartirilishi taqvimning ancha erkinlashishi hamda APL klublarining yevrokuboklarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishlariga, shuningdek, Angliya terma jamoasi futbolchilarining xalqaro turnirlarga ortiqcha jismoniy zo‘riqishlarsiz sog‘lom holatda yetib ketishlariga sabab bo‘ladi.
Runi: Omad bizga kulib boqmadi
29.12.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi sardori Ueyn Runi Angliya chempionati 19-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechgan o‘yindan (0:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Biz ko‘plab xavfli vaziyatlarga ega bo‘lgandik, ammo shulardan hech bo‘lmasa bittasidan unumli foydalana olmadik. Jamoa katta ustunlikka ega edi, afsuski, bu safar omad bizga kulib boqmadi.
Biz haqimizda turli gap-so‘zlar tarqalayotganidan xabarim bor. Jamoa kurashda davom etadi va yuqori pog‘onalarga qaytadi», - deydi Runi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turdan so‘ng «MYu» ochkolar sonini 30 taga yetkazib, 6-o‘rinda qolib ketdi. «Chelsi» 20 ochko bilan 14-o‘rindan joy oldi.