29.12.2015

Angliya chempionatining 19 turi doirasida «Manchester Yunayted» jamoasiga qarshi uchrashuvdan keyin (0:0) «Chelsi» bosh murabbiyi Gus Xiddink jurnalistlar bilan gaplashdi. U o‘yindagi natijadan qoniqqanini bildirgan.

«Bir tomondan safardagi bu natija yaxshi, biz qiyin uchrashuvda ochko oldik. Ikkinchi tomondan qarasak, bizda g‘alaba bilan qaytish uchun ham imkoniyatlar bo‘lgandi. Vaziyatlardan birortasidan unumli foydalnishimiz va 3 ochkoga ega chiqishimiz ham mumkin edi. Bizga yakunlovchi hujumchi yetishmadi (jamoa hujumchisi Diego Kosta diskvalifikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yubordi - tahririyat izohi). Umuman olganda, natijadan roziman. Jamoa katta ishtiyoq bilan o‘yin ko‘rsatdi va xavfli hududni tark etib, yuqoriga intilmoqda»,deydi murabbiy.

Ayni vaqtda, APLning turnir jadvalida «Chelsi» 20 ochko bilan 14 o‘rinda, «MYu» esa 30 ochko bilan oltinchi o‘rinda joylashgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Iste’foga ketamanmi?

29.12.2015

«Shaxsan men uchun, mening kelajagim haqidagi suhbat - mutlaqo qiziqarli mavzu emas. Men unga ta’sir o‘tkaza olmayman, men faqat o‘z futbolchilarim bilan ishlashim mumkin. Ular men uchun jang olib borayotganlarini ko‘rib turibman.

Hatto shunday natijadan so‘ng ham muxlislar meni olqishladilar. Shu sababli tashvishdaman, deb aytaolmayman. Futbol olamida oldindan biror narsani o‘zgartirish mumkin emas. Ammo men klub rahbariyati va futbolchilariga to‘liq ishonaman.

Iste’foga ketamanmi? Aksincha. Futbolchilar bu qadar og‘ir bosim ostida ham shunchalik yaxshi o‘ynar ekan, iste’foga ketishim uchun hech qanday sabab ko‘rmayapman. Balki buni OAV istar, ammo men bunday qilmayman.

Gap mening qolishim yoki qolmasligim emas, balki shartnoma bandlarini bajarishdadir», - deydi van Gal.

Муҳокама

29.12.2015

Angliyaning «Arsenal» klubi sobiq hujumchisi Terri Anrining ta’kidlashicha, Joze Mourino «Manchester Yunayted» uchun munosib murabbiy bo‘la oladi.

«O‘ylashimcha, Mourino «MYu» uchun eng ideal variant bo‘ladi. Agar uning «Chelsi»dagi ilk davrini eslasak, uning qanotlarda Robben va Daffdan unumli foydalanganini ko‘rishimiz mumkin. Gudonsen esa Drogbani yaxshi qo‘llab-quvvatlardi. Shunda hozir «MYu»da bo‘layotgan gol bilan bog‘liq muammolar umuman ko‘rmasdik.

Ispaniyada u «Real» bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan va «Barselona»dan ko‘proq gol urgan. Shunday ekan, u «MYu»dagi muammolarni hal qilish uchun juda mos», – deya Anridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq portugaliyalik mutaxassisning Lui van Gaal o‘rniga «MYu»ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Муҳокама

28.12.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal APLning 18 turida «Stok Siti»ga qarshi o‘yinda uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa vitse-prezidenti Ed Vudvord bilan uchrashgan va ular mavjud vaziyat yuzasidan muloqot qilishgan.

Vudvord 64 yoshli ushbu mutaxassisga ketma-ket 4 mag‘lubiyatdan keyin ham ishlashda davom etish va xatolarni to‘g‘rilash mumkinligini aytgan.

The Times nashri xabariga ko‘ra, van Gal bundan bir hafta oldin «Norvich» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan keyinoq iste’foga chiqishga tayyorligini bildirgan. U jamoani inqirozdan olib chiqish qo‘lidan kelmasligini aytgan.

O‘shanda ham jamoa rahbariyati murabbiyga ishonch bildirib, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgandi.

Hozirda van Gal vaziyatni o‘nglay olishiga umuman ishonmayapti va keyingi turda «Chelsi» bilan o‘yindan keyin ketma-ket beshinchi mag‘lubiyat qayd etilishi mumkin.

«Stok Siti»ga qarshi o‘yindan keyin murabbiy futbolchilarini futbol o‘ynashdan qo‘rqishda ayblagandi.

U jurnalistning shu boradagi savoliga «Ha. Men shu vaqtgacha ularga ishonib kelardim. Shu vaqtgacha», deya javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, jamoaning oxirgi mashg‘ulotiga Lui van Gal kelmadi. Uning o‘rning Rayan Giggz futbolchilarni shug‘ullantirdi.

Undan avvalroq Lui van Gal iste’foga chiqarilsa, Giggz jamoani mavsum oxirigacha boshqarishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatilgandi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Runi: Murabbiy uchun kurashamiz

25.12.2015

Ueyn Runi jamoa bosh murabbiy Lui van Galni to‘la qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. Futbolchining fikricha, murabbiy sha’niga bo‘layotgan tanqidlar asossiz va mutaxassis jamoani murakkab vaziyatdan olib chiqib keta oladi.

«Murabbiy uchun kurashamiz, vaziyatni o‘nglashga harakat qilamiz. Ko‘p odamlar ko‘p narsadan bexabar bo‘la turib, xuddi hamma narsani biladigandek gapirishadi. Jurnalistlar ham haqiqiy ahvolni bilmasdan ko‘p narsa yozishyapti. Biz «Manchester Yunayted»da o‘ynayotganimizdan xursandmiz», - deydi Ueyn Runi.

Муҳокама

Янгиликлар /

OAV: LVG KECHIR BIZNI ILTIMOS!

24.12.2015

Kecha, 23 dekabr kuni «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gaal Angliya Premer-ligasining 18-turi doirasidagi «Stok Siti»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, ingliz jurnalistlarini o‘ziga nisbatan hurmatsizlik qilganlikda ayblab, ular o‘zidan uzr so‘rashi kerakligi haqida aytib o‘tgandi.

U matbuot anjumani vaqtida bor yo‘g‘i 2 ta savolga javob qaytarib, 5 daqiqa ichida zaldan chiqib ketgandi.

«Meni iste’foga chiqarishibdi, bu haqida o‘qidim. Bu xonada hech kim mendan uzr so‘rash kerakligini his qilayotganlar yo‘qmi?», degandi u.

Bugun Sun nashri muqovasida ingliz nashrlari nomidan van Gaaldan uzr so‘raldi.
Gazeta muqovasida quyidagi so‘zlarni ko‘rish mumkin.

 «LVG uzr so‘rashni talab qildi. Mana marhamat: «KEChIR BIZNI ILTIMOS!»

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz ketma-ket oltinchi uchrashuvda g‘alaba qila olmadingiz!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz birinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa quladingiz!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz YeChLdan uchib ketdingiz!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz muxlislaringizga jahannamiy zerikarlilik «tuhfa etdingiz»!

Biz shuning uchun uzr so‘raymizki, siz buning barchasi uchun 250 mln yevroni havoga uchirdingiz!

«Yunayted»ning hurmatli muxlislari, biz chin dildan uzr so‘raymiz, negaki u hamon o‘z postida qolmoqda!

Муҳокама

24.12.2015

Jamoaning yetakchi futbolchilari APLning 17-turidan o‘rin olgan «Norvich»ga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan (1:2) keyin jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal bilan birga inqiroz vaziyatidan chiqish rejasini muhokama qilishgan.

The Daily Mail nashrining bergan xabariga ko‘ra, gollandiyalik mutaxassis bilan uchrashuvda Ueyn Runi, Maykl Kerrik, Kris Smolling va Xuan Mata ishtirok etishgan. Ular murabbiyning mashg‘ulotlar protsessi, ortiqcha qattiq rejim va uchrashuv paytida taktikadan norozi bo‘lishgan.

Futbolchilarning fikriga ko‘ra, jamoadagi jarohatlarning ko‘payishiga mashg‘ulotlar jarayonidagi ortiqcha yuklamalarning ko‘pligi sabab bo‘lmoqda. Shu maqsadda ular van Gaaldan mashg‘ulotlar paytida yuklamalarni qisqartirishni so‘rashgan.

Bundan tashqari, qayd qilinishicha, van Galdan asosan ispaniyalik Mata va Ander Erreralar norozi bo‘lishmoqda. Ular Yevro-2016 musobaqasida terma jamoa safidan joy ola bilmay qolishdan cho‘chishmoqda.

Gazetaga ko‘ra, van Gal futbolchilarning talabini to‘g‘ri qabul qilgan va tomonlar mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlamaslik uchun kelishib ishlash bo‘yicha og‘zaki bitimga kelishgan.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» bu mavsumda Chempionlar Ligasining pley-off bosqichiga chiqishni uddalay olmadi, shuningdek 17-turdan keyin APLda 5-o‘rinni egallab turibdi.

Oldinroq, van Gal bo‘lajak ikkita o‘yindan birida mag‘lubiyatga uchragan taqdirda iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Муҳокама

21.12.2015

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Lui van Galni APLning navbatdagi uchrashuvlaridan birida «Stok Siti» yoki «Chelsi» jamoalaridan biriga yutqazgan taqdirda iste’foga chiqaradi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.

«MYu» rahbariyati jamoa murabbiyining bu mavsumdagi ishidan qoniqish hosil qilmayapti. Klub YeChLning pley-off bosqichiga chiqa olmadi, APLda chempionlik uchun barqaror kurash olib bora olmayapti. Buning ustiga jamoaning barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda g‘alaba qozona olmagan o‘yinlari soni oltitaga yetdi (uchta mag‘lubiyat va uchta durang).

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Britaniya matbuotida van Galning o‘rnini yaqindagina «Chelsi» murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Муҳокама

21.12.2015

«Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofotiga sazovor bo‘ldi.

20 yoshli futbolchi so‘rovnoma natijasiga ko‘ra Ruben Nevesh («Portu»), Kingsli Koman («Bavariya»), Ektor Belerin («Arsenal») va Munir («Barselona»)ni ortda qoldirdi.

Fransiyalik futbolchi «MYu»ning ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan uchinchi futbolchisi bo‘ldi. Unga qadar bu sovrinni Ueyn Runi (2004) va Anderson (2008) qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Marsyal Angliya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Муҳокама

20.12.2015

«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.

Portugaliyaning DN nashrida xabar qilinishicha, Mourinoning o‘zi agenti Jorje Mendesh bilan suhbatlashgan va «MYu»ni boshqarish istagini bildirgan.
Tomonlar bu borada muzokara boshlashgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, Jorje Mendesh «MYu» vitse prezidenti Ed Vudvord bilan do‘stona aloqada ekani murabbiyning transferini tezlashtirishda muhim o‘rin tutishi mumkin.

«MYu» so‘nggi turda «Norvich Siti»dan 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgach, bosh murabbiy Lui van Gaal iste’foga chiqarilishi oydinlashgan.

Муҳокама