Янгиликлар /

Kavani «Yunayted» ga keladimi ?

05.12.2015

The Metro fransuzlarning L’Equipe nashriga tayanib xabar berishicha «Manchester Yunayted» PSJ jamoasi rahbariyati bilan Edinson Kavani borasida muzokara olib bormoqda.

Urugvayliy futbolchi jamoadagi holatidan norozi, jamoa bosh murabbiyi Loran Blan futbolchini qanot futbolchisi sifatida maydonga tushirmoqda. Xujumchi esa markaziy xujum chizig‘ida to‘p surish niyatida.  

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa xujum chizig‘idagi kamchilikni Kavanini jalb qilish orqali bartaraf etish niyatida.

28 yoshli futbolchi uchun jamoa 32mln. funt mablag‘ taklif qilish niyatida. Kavanining amaldagi shartnomasi esa 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Муҳокама

05.12.2015

«Manchester Yunayted» muxlislari  jamoa yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerni noyabr oyida jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi. Bu xaqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bastian noyabr oyida jamoaning barcha uchrashuvlaridan asosiy tarkibda maydonga tushagan. «Lester» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda raqib darvzoasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, «Uotford» ustidan qozonilgan g‘alabada ham katta hissa qo‘shdi.

Germaniya terma jamoasi futbolchisi muxlislarning 55 foiz ovozini to‘plagan bo‘lsa, Kris Smolling 30 foiz ovoz bilan ikkinchi, uchinchi o‘rin esa Jessi Lingard 15 foiz ovoz bilan band etdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Roxo va Runi jarohat oldi

05.12.2015

«Vest Xem» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etgan Lui van Gal jamoa holati yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.

«Bu haqida gazetalar xabr berib o‘tdi– Markos Roxo jarohat oldi. – U mashg‘ulotlar vaqtida qo‘lidan jarohat oldi, o‘tgan yili ham shunday jarohat olgan edi. Bu biz uchun juda yomon, avvaliga Lyuk Shou uzoq muddat safdan chiqdi, shunday ekan bizda chap  qanot himoyasida muammo bor ».

«Shuningdek, Ueyn Runida ham jarohat bor va  u ham «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Fil Djons ham hali to‘liq jismoniy holatini tiklay olmadi. Bizda xozirda 6 nafar jarohat olgan futbolchilar bor. Faqatgina bitta yangilik Jessi Lingard maydonga tushishga shay holda».

Boss shuningdek, Ander Errera va Antonio Valensiya hali ham jarohatda va tiklanish ishlarini davom ettirishmoqda deya ta’kidlab o‘tdi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Bolalar uchun bayram sovg‘asi

04.12.2015

«Manchester Yunayted» xayriya fondi  mahalliy maktab o‘qiuvchilari uchun ananaviy Yangi yil uchun mo‘ljallangan tasvirga olish tadbirini tashkil qildi deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.

Ushbu tadbirga Manchester shahrida va unga qo‘shni bo‘lgan maktablarda o‘quvchilar taklif qilindi. Ulkan futbol to‘plaridan yasalgan archa oldida tasvirga olish ishlarida ham ishtirok etishdi.

Tadib qatnashchilaridan birining onasi quydagilarni so‘zlab berdi: «Mening o‘g‘lim «Manchester Yunayted» jamoasini yaxshi ko‘radi va u bunday tadbirda ishtirok etishni orzu qilardi. U ushbu tadbirga tug‘ulgan kuning ertasida taklif oldi, va bu unga o‘ziga xos katta ajoyib sovg‘a bo‘ldi!».

 

Муҳокама

Янгиликлар /

Roxo jarohat oldi

04.12.2015

«Manchester Yunayted» himoyachisi Markos Roxo qo‘lidan jarohat olib safdan chiqdi  deya xabar bermoqda Sky Sports nashri .

Roxo mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan «Vest Xem» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Xabarda aytilishicha futbolchi yaan qo‘l qismidan jarohatlangan. O‘tgan mavsumda ham «Siti» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng futbolchi qo‘lidan jarohat olgan edi. Jarohat qanchalik jiddiy darajada ekanligi xaqida xozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Shanba kungi bahsda chap qanot himoyasida Roxo o‘rniga Deyli Blind o‘ynashi kutilmoqda. Avvlroq Lyuka Shou va Antonio Valensiya jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqishgan edi. Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gala esa safdan chiqqan futbolchilarni o‘rniga yanvar oyidagi transfer vaqtida jamoaga yangi qanot himoyachisi taklif qilish niyatida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Nevill "Fergyuson ro‘yhati" da

04.12.2015

Gari Nevill «Valensiya» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangach ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida to‘p surib, faoliyatini yakunlagandan so‘ng bosh murabbiy sifatida faoliyat boshlagan 29-futbolchiga aylandi.

Hozircha Garining ukasi Fil Nevill ushbu ro‘yxatga kiritilmagan. U buguni kunda «Valensiya» jamoasida yordamchi murabbiy vazifasni bajarib kelmoqda.

Sera Aleks Fergyuson sobiq o‘yinchilari va bosh murabbiy bo‘lib tayinlanganlar ro‘yhati:

Viv Anderson, Maykl Epplton, Xenning Berg, Kleyton Blekmor, Loran Blan, Stiv Bryus, Kris Kasper, Piter Devenport, Saymon Devis, Darren Fergyuson, Rayan Giggz, Devid Xili, Gabriel Xaynse, Mark Xyuz, Pol Ins, Andrey Kanchelskis, Roy Kin, Xenrik Larsson, Gari Nevill, Pol Parker, Mayk Felan, Brayan Robson, Mark Robins, Teddi Sheringem, Ole Gunnar Sulsher, Frenk Steplton, Gordon Strakan, Kris Terner, Nil Uebb.

Муҳокама

Янгиликлар /

Dembele «MYu» nishonida

04.12.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi «Fulxem»ning 19 yoshli hujumchisi Musa Dembeleni qishda harid qilishi mumkin. Bu xaqida Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

Dembele Fransiya terma jamoasining 5 toifadagi yoshlar jamoalarida to‘p surgan va xozircha asosiy jamoaga chaqiruv olmagan.

Sky Sports eksperti Endi Xinchkliffning so‘zlariga ko‘ra yosh fransuz futbolchisi Chempionshipning 10 nafar eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiradi va bemalol Premer Liga uchrashuvlarida o‘zini ko‘rsata oliishini ta’kidladi.

«Albatta, u hali yosh va tajribasiz, lekin u maydonni juda yaxshi xis qila oladi. U Premer Liga uchrashuvlarida ishtirok eta oladi va bu uning yanada o‘sishi uchun qiziqarli taklif bo‘lar edi» - deydi Xinchkliff.

Муҳокама

Янгиликлар /

Pogba Angliyaga keldi

03.12.2015

 «Yunayted» jamoasining sobiq a’zosi Pol Pogba «Yuventus» ning so‘ngi o‘yinidan so‘ng  Angliyaga kelgan. Futbolchining Manchester shahrida joylashgan mashhur Wing’s restoranida ko‘rishgan.

Pogba restorandan mahalliy soat bo‘yicha 23:00 da chiqib kelgan, odamlar tanib qolmasligi uchun yuzini sharf bilan berkitib olgan edi. Shunday bo‘lishiga qaramay futbolchini fotorepartyorlar tanib qolishgan va unga «Yunayted» yoki «Siti» deya savol berishgan. Pol esa : «Men Manchesterni yaxshi ko‘raman» deya javob qaytargan va mashinaga o‘tirib ketib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Pogba «Manchester Yunayted» jamoasini 2012 yilda erkin agent sifatida tark etib «Yuventus» jamoasi safiga borib qo‘shilgan edi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

«MYu» ikkinchi o‘rinda

03.12.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi 2014 yil sentabr oyidan 2015 yil oktabr oyiga qadar jamoa agentlariga 14 million funt mablag‘ to‘lagan. Bu Angliya chempionatidagi ikkinchi ko‘rsatkich deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Premer Liga jamoalari agentlarga umumiy hisobda 130 million funt mablag‘ sarflashgan. So‘ngi ikki trasfer oynasi davomida Angliya jamoalariga 172 yangi futbolchi kelgan bo‘lsa, 573 nafar futbolchi jamoalarni umuman yoki ijara asosida tark etgan. 542 nafar futbolchi esa shartnomalarni uzaytirishgan.

Муҳокама

03.12.2015

 «Manchester Yunayted» jamoasining sobiq sardori Gari Nevill Ispaniyaning  «Valensiya»jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Gari jamoa bilan 2016 yil 30 iyunga qadar shartnoma imzoladi.

Bu Garining ilk bor bosh murabbiy bo‘lib tayinlanishi. Xozirda Nevillarning kattasi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roya Xodjsonga yordam berib kelmoqda edi. Shuningdek, Sky Sports telekanalida 2011 yildan beri yetakchi ekspert sifatida faoliyat olib bor kelmoqda.

Nevill «Valensiya» bilan 5 oylik shartnoma imzoladi va shu bilan birga, Roy Xodjsonga Angliya terma jamoasining Yevro-2016 o‘yinlarida yordamlashib keladi.

Mavsum avvalida «Valensiya» jamoasiga Garining ukasi Fil Nevil yordamchi murabbiy vazifasida ishlab kelayotgan edi. Fil ham jamoada akasiga yordam berishi kutilmoqda.

Муҳокама