Fellayni xaydovchilik guvohnomasidan ayrildi
27.11.2015

Maruan Fellayni xaydovchilik guvohnomasidan ayrildi deya xabar bermoqda Manchester Evening News nashri.
Futbolchi 6 daqiqa ichida ikki bor yo‘l qoidasini buzgan. Dastlab tezlik 65 km/s chegaralangan yo‘ldan 130 km/s tezlikda o‘tgan bo‘lsa, oradan olti daqiqa o‘tib tezlik 50 km/s chegaralangan yo‘ldan 95 km/s tezlikda avtomobilini boshqargan.
«Yunayted» yarim himoyachisi yuqoridagi qilmishi sababli 9 oyga xaydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi va 1188 funt miqdordagi jarima to‘lashi belgilangan. Shuningdek sud xarajatlari hisoblangan 440 funt mablag‘ni ham to‘lashi shart. Bu futbolchining dastlabki yo‘l qoidasini buzishi emas shu kunga qadar futbolchi bir necha marotaba shunday qoida buzushlarni amalga oshirgan.
Uilson ijaraga berildi
27.11.2015

«Manchester Yunayted» hujumchisi Jeyms Uilson 2015-16 mavsumning bir qismini ijara asosida «Brayton Xouv Albion» jamoasi safida o‘tkazadi. Bu xaqida jamoaning rasmiy safti xabar tarqatdi.
1 dekabrda 20 yoshga to‘ladigan futbolchi shu kunga qadar «Manchester Yunayted»zahira o‘rindig‘ida qolib kelmoqda edi.
Yozgi transfer vaqtida jamoaga Antoni Marsyal kelib qo‘shilgandan so‘ng uning asosiy tarkibda o‘ynashiga bo‘lgan ishonchi biroz kamaydi.
Chempionshipda «Xall Siti» jamoasidan so‘ng ikkinchi o‘rinda ketayotgan «Brayton » kelasi yil Premer Ligada ishtirok etishi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish maqsadida jamoa safini kuchaytirish niyatida.
Nistelroy: Depay goleador bo‘la oladi
25.11.2015

Gollandiya terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Rud van Nistelroy ishonch bilan aytishicha Memfis Depay tez orada o‘zining goleadorlik qobiliyatini namoyish qila oladi.
«Memfisda yettinchi raqamni egas bo‘lish uchun yetarli fazilati bor. Ushbu jamoada yulduz bo‘lish uchun, ajoyib o‘yin ko‘rsatish va yuqori darajadagi uchrashuvlarni hal qila olishi zarur. Memfis xozir bunga to‘liq tayyor emaas».
«Lekin men ishonch bilan ayta olamanki, u o‘z goleadorlik qobiliyatini ko‘rsata oladi. U yanada chiroyli o‘yin namoyish qila olib jamoaga o‘z yordamini bera oladi. Eng muhimi u o‘zi yanada ko‘proq o‘rganishni istamoqda»- deydi Rud Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
LVG: Runi va Marsyal deyarli safga qaytishgan
25.11.2015

Lui van Gal Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5 turidan o‘rin olgan PSV jamoasiga qarshi uchrashuvdan oldin jamoaning bugungi holati haqida ma’lumot berib o‘tdi. Jamoa futbolchilari Jons, Errera, Valensiya, Karrik va Shou ushbu uchrashuvda maydonga tusha olmaslshiklari aniq.
«Men sizlarga shuni aytishim kerakki Runi va Marsyal deyarli safga qaytishgan. Deyarli – sababi ularni jismoniy holatin qandayligi aniq emas. Ushbu haftada ko‘p mashg‘ulotlarda ishtirok eta olishmadi. Fellayni ham maydonga tushishga tayyor, bu biz uchun yaxshi yangilik».
«Jons va Errera xozircha o‘ynay olishmaydi. Ular maydonga tushishiga hali biroz vaqt bor, ular to‘liq tiklanib olishlari uchun ozroq vaqt kerak. Shunday ekan tarkibda jarohat olgan futbolchilar 5 nafar».
Pauell maydonga qaytdi
24.11.2015

Nik Pauell 9 oylik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytdi. Jarohatdan forig‘ bo‘lib tiklanish mashqlaridan so‘ng futbolchi «Yunayted» ning 21 yoshgacha bo‘lgan jamoasi tarkibida «Norvich» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi va daqiqa to‘p surdi. Uchrashuv 2:0 hisobida «Norvich» g‘alabasi bilan yakunlandi.
Pauell bahor oylarida «Everton» yoshlar jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jiddiy jarohat olgan edi.
Xabar berilishicha futbolchi to‘liq jismoniy holatini tiklab olgandan so‘ng asosiy jamoa safiga qo‘shilishi yoki ijaraga berib yuborilishi mumkin.
Runi Xitoyga ketadimi?
24.11.2015

«Yunayted» sardori Ueyn Runi Xitoy Superligasining rasmiy yuziga aylanishi mumkin. The Mirror nashri bergan xabarda aytilishicha Xitoy futbol assotsiatsiyasi 30 yoshli futbolchini mamlakat Superligasiga taklif qilish niyatida.
Xitoyda futbolni yangi bosqichga ko‘tarish niyatida mamlakatga jahoning mashhur futbolchilari taklif qilinmoqda.
Runini Superligaga jalb qilib TV translyatsiya borasidagi qamrovni kengaytirish niyatida.
Bugungi kunda Xitoy Superligasida Premer Liganing sobiq futbolchilari Robino, Tim Keyxil va Demba Ba to‘p surmoqda, shuningdek mashhur murabbiylar Sven-Goran Eriksson va Luis Felipe Skolari ham o‘z murabbiylik faoliyatlarini shu yerda davom ettirmoqdalar .
Skoulz: Himoya chizig‘i qoniqarli emas
24.11.2015

Jamoasining sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz «qizil iblislar»ning mavsumda sovrinlar qo‘lga kiritishiga ishonch bildirmayapti.
U gollandiyalik mutaxassis Lui van Gaal o‘zidan kutilgan natijalarni ko‘rsata olmayotganini ta’kidlab o‘tgan.
«Men «Manchester Yunayted»ning yaxshi holatda ekaniga ishonmayman. Jamoa van Gaal bilan APL chempionligini qo‘lga kirita olmasa kerak. Faqatgina «Arsenal» va «Manchester Siti» birdaniga kuchsizlansa, «MYu» yuqorida qolish uchun imkoniyat paydo bo‘lishi mumkin.
Jamoa juda kam gol urmoqda. Ueyn Runi o‘zi to‘p qidirib yuradi, unga avvalgi paytlardagidek to‘pni aniq yetkazib bera olishmayotgani uchun uning natijalari yomonlashgan. Yarim himoya chizig‘ining holati qoniqarli emas», deydi Skoulz.
Qayd etish kerakki, Skoulz «MYu»ning hozirgi murabbiyini o‘qtin-o‘qtin tanqid qilmoqda.
Uning tanqidlariga biroz oldinroq, van Gaal javob bergan, jamoani «butun bir armiyadan iborat murabbiylar boshqarayotgani, o‘ziga ish qoldirishmayotgani» haqida aytib o‘tgandi.
Ma’lumot uchun, 21 noyabr kuni «MYu» «Uotford»ga qarshi kechgan safar o‘yinida 2:1 hisobida g‘alaba qildi va ayni paytda jamoa 13 o‘yindan keyin 27 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda joylashgan.
LVG: Skoulzning jahli chiqib qolishi mumkin
19.11.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal hujumkor futbol namoyish etilmayotgani haqida Pol Skoulz tomonidan qilingan tanqidga javob berib o‘tdi.
U o‘zi kinoya aralash bildirgan javobida jamoadagi «xodimlar armiyasi» o‘ziga ish qoldirmayotgani haqida aytib o‘tgan. Shu orqali o‘ziga juda ko‘p yordamchilar biriktirilganiga noroziligini bildirib o‘tgan.
«Men eski avlod murabbiyi bo‘lsam kerak. Men murabbiylikni boshlagan vaqtimda murabbiy jamoadagi asosiy va hal qiluvchi shaxs hisoblanar edi. Hozirda «MYu»da sport fanlari departamenti, skautlar departamenti, katta tibbiyot bo‘limi, menejer yordamchilari, murabbiy yordamchilari bor. Shunday ekan mening ish qilishimga hojat qolmayapti. Men shunchaki atrofni kuzatyapman. Umuman ish qilmasdan pul olayapman», deydi murabbiy The Telegraph nashriga.
«Men «Ayaks»da ishlagan vaqtimda jamoa bankrot bo‘lgan edi. Shu sababli bor e’tiborni yoshlarga qaratishga majbur bo‘lganman.
Biz Yari Litmanenni kuzatib bordik va uni 10 ming funt sterling evaziga sotib oldik. Keyin esa Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Finidi Jorjni 3 ming funtga olganmiz. Men bu pulni o‘z cho‘ntagimdan to‘laganman! Keyin esa Mark Overmarsni sotib olganmiz.
Ammo hamma Klarens Zeedorf, Patrik Klyuyvert, Mixael Raysigerning nomini ham juda yaxshi biladi. Biz o‘shanda hujumkor futbol namoyish etib, barcha musobaqalarda g‘olib chiqqanmiz. Ammo bu haqida ko‘p gapirmaylik, aks holda janob Skoulzning jahli chiqib qolishi mumkin», deya kulgu bilan so‘zlarini yakunlaydi van Gaal.
De Xea: «Myu» posboni ekanligim bilan faxrlanaman
18.11.2015

David ESPN Deportes-kanalining Fuera De Juego teleshou dasturi mehmoni bo‘ldi va ushbu so‘zlarni ta’kidlab o‘tdi.
«O‘ylaymanki «MYu» bilan amaldagi shartnomamni uzaytirganim bu men uchun eng oqilona yo‘l edi buni juda ko‘p sabablari bor.
Men dunyoning eng mashhur jamoasi posboniman va jamoam muxlislari meni juda yaxshi ko‘rishadi agar ishonmasangiz «Old Trafford»ga borib muxlislar meni qanday qo‘llab quvvatlashini guvohi bo‘ling.
«Real» jamoasiga transferim amalga oshmaganidan hech ham afsuslanmayman agar ushbu transfer amalga oshirilganida hech o‘zimni kechira olmasdim.
Jamoamiz murabbiyi bilan hozir munosabatlarimiz avvalgidek a’lo darajada u menga yana avvalgidek ishonch bildirmoqda,men haqiqatdan ham baxtiyorman va «Myu» posboni ekanligim bilan faxrlanaman deydi», - deydi De Xea.
Marsyal stadionni qo‘ltiqtayoqda tark etdi
18.11.2015

Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antoni Marsyal Angliyaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida(0:2) jarohat olgan.
19 yoshli forvard «Uembli»ni qo‘ltiqtayoqda tark etgan va uning oyog‘i bint bilan qalin qilib o‘rab qo‘yilgandi.
Ammo «uchranglilar» bosh murabbiyi Dide Desham Marsyalning jarohati jiddiy emasligini ma’lum qilgan.
«Marsyal o‘yindan keyin oyog‘ida og‘riq his qildi. Jarima maydonchasi ichida oyog‘iga zarba berilgan. Menimcha bu u qadar jiddiy jarohat emas va Antoni tez orada safga qaytsa kerak», – deya Desham so‘zlarini keltiradi SPORTS.RU ga tayanib std.uz.