Янгиликлар /

«MYu» Aleksis Sanchesga xaridor

18.11.2015

Don Balon nashri xabar berishicha «MYu» rahbariyati «Arsenal» jamoasi vakillari bilan hujumchi Aleksis Sanches borasida muzokaralarni boshlab yubormoqchi.

Ma’lumotga ko‘ra, mankunianliklar chililik futbolchi uchun 75 million yevrodan voz kechishga tayyorlar.

Transfer esa qishki xaridlar mavsumi vaqtidayoq amalga oshishi mumkin.

Aytish joizki. 26 yoshli to‘purarga shuningdek Madridning «Real» jamoasi ham nomzodlik qilmoqda.

Joriy mavsumda Sanches «Arsenal» tarkibida 17 marta maydonga tushib, 7ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Муҳокама

18.11.2015

Ander Errera «Qizil Iblis»lar jamoasi uchun yangi Pol Skoulz bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

«Menga Polni o‘yin uslubi juda yoqadi maydonda har doim unga taqlid qilib o‘ynashni xohlayman. Skoulzni himoya uslubi hujum uslubi maydonni xohlagan joyiga dioganal tarzda to‘p yetkazib berishi bu fantastika.

Esimda Yevropa chempionlar ligasi yarim final bosqichida «Barselona» jamoasiga Polni kiritgan ajoyib to‘pi ushbu o‘yin har doim meni yodimda.

To‘g‘ri ikkinchi Pol Skoulz qaytib dunyoga kelmaydi lekin «MYu» uchun men Pol Skoulz darajasidagi yarim himoyachi bo‘lishni xohlayman», -  deydi Errera.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Lingard uchun juda xursandman

17.11.2015

Lui van Gal klub yarim himoyachisi Jessi Lingardning Angliya terma jamoasiga chaqirilganidan xursand ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, yosh futbolchi jarohatlangan o‘yinchilar Maykl Kerrik hamda Jeymi Vardining o‘rniga terma jamoaga jalb etilgan.

22 yoshli Lingard Fransiyaga qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida Angliya terma jamoasi tarkibida debyutini o‘tkazishi mumkin.

«Lingard uchun juda xursandman. Mavsumdagi ajoyib start bilan terma jamoada o‘ynashga munosib futbolchi ekanini barchaga namoyish qildi. U meni mashg‘ulotlar vaqtida lol qoldirdi, shu sababli ham Lingardni «Suonsi»ga qarshi o‘yin vaqtida asosiy tarkibda maydonga tushirgandim» – deya van Gal so‘zlarini keltiradi Tmw nashri.

Муҳокама

Янгиликлар /

Xayriya uchrashuvi yakunlari

16.11.2015

14 noyabr kuni «Old Trafford» da YUNISEF tomonidan tashkil etilgan xayriya uchrashuvida Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoasi Jahon yulduzlari jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda 3:1 hisobida Buyuk Britaniya va Irlandiya jamoasi g‘olib bo‘ldi. Gollarni Pol Skoulz va Maykl Ouen ikki bora darvozaga aniq yo‘llashga bo‘lsa jahon yulduzlari jamoasidan yagona golga Duayt York mualliflik qildi.

Ushbu uchrashuvning asosiy tashkilotichilaridan biri Devid Bekxem uchrashuvdan so‘ng o‘z his xayajonlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Barchasi ajoyib tarzda bo‘ldi! – deydi Beks. –Men alohida muhlislarga, futbolchilarga va murabbiylarga alohida o‘z minatdorchiligimni aytmoqchiman, sababi ular meni qo‘llab quvvatlab ushbu tadbirda ishtirok etishdi. Ularning qo‘llab quvatlashisiz biz bunday katta miqdordagi mablag‘ni yig‘a olmas edik».

Uchrashuv so‘ngida maydonga Bekxemning o‘g‘li Bruklin ham tushdi va bir necha daqiqa davomida o‘z otasi bilan birgalikda to‘p surdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvdan tushgan mablag‘ xayriya sifatida sarf qilinadi.

 

Муҳокама

16.11.2015

«Yunayted» yarim himoyachisi Jessi Lingard ilk bora Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi. Jamoa rasmiy sayti xabar berishicha terma jamoa tarkibini jarohat sababli Maykl Karrik va Djeymi Vardi tark etishgan va shu sababli tarkibga Lingard jalb qilingan.

Lingard terma jamoa safiga yakshanba kuni borib qo‘shilgan va bosh murabbiy Xodjson qo‘l ostida Fransiya terma jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Lingard Angliya yoshlar terma jamoasida 11 bora maydonga tushgan asosiy jamoaga esa tlk bor taklif oldi.

«Terma jamoadan chaqiriq olganimdan juda xursandman. Jamoa libosini kiyish maen uchun doim sharaf», - deya izoh qoldirdi Lingard Instagram dagi rasmiy sahifasida.

Муҳокама

15.11.2015

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Devid Bekxem Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyaga qaytishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Yunayted» muxlislari hamon Krishtianu Ronalduni sevishadi. U dunyoning eng yaxshi klubi safida yuqori cho‘qqalarni zabt etdi va buyuk futbolchi ekanini isbotladi.

U haqiqiy mehnatkash va aynan mehnat evaziga u dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylandi.

Agar Ronaldu «Real»ni tark etishga qaror qilsa, «Yunayted»ga qaytishi kerak. Afsus, men o‘z vaqtida «MYu»ga qaytish imkoniga ega bo‘lmaganman», - deydi Bekxem.

Муҳокама

Янгиликлар /

HEROES — «Yunayted» hamkori

10.11.2015

«Manchester Yunayted» rasman italiyaning mashxur brendi HEROES S.R.L korxonasani bilan homiylik shartnomasi imzolanganini e’lon qildi.

Kompaniya «Manchester Yunayted» markasi ostida oyoq kiyim mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Shartnomaga ko‘ra «qizil iblislar»ning barcha murabbiy va futbolchilari jamoaning rasmiy tadbirlarida ushbu kompaniya mahsulotlaridan foydalanishadi.

www.shoptheheroes.com sayti orqali muhlislar noyabr so‘ngiga qadar mahsulotlarni maxsus takliflar orqali xarid qilishlari mumkin.

« «Manchester Yunayted» -bilan hamkorlik bu orzu edi, biz jaxoning mashhur jamoasi bilan shartnoma imzolaganimizdan xursandmiz. Bu biz uchun katta tajribaviy hamkorlik bo‘ladi. HEROES kompaniyasi bunaday hamkorlik foydali bo‘ladi degan umiddaman». , - deydi Alfredo D’Akkoli.

Муҳокама

09.11.2015

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Qirollik klubi»ni tark etib, faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Oldinroq bunday xabar portugaliyalik futbolchining yaqin do‘sti tomonidan tarqatilgandi.

«Kelajakda «Real»ni tark etishim mumkinmi? Albatta. Ha, hozir «Real» a’zosiman. Biroq keyinchalik nima sodir bo‘lishini hech kim bilmaydi. Har bir odam o‘zi uchun qulay qaror qabul qilishga harakat qiladi.

Hozir esa aytadigan gapim shuki, o‘z klubim va Portugaliya terma jamoasiga maksimal darajda foyda keltirishda davom etaman», - dedi futbolchi Kicker nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Муҳокама

08.11.2015

Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal «qizil iblislar»ning hujumni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchilarni izlashda davom etishini ma’lum qildi.

«Ko‘proq to‘p kiritishimiz kerakligini tushunaman, ammo g‘alaba uchun bitta gol farqi ham yetarli bo‘ladi. 

Albatta, bizga ijodkorlik qobiliyatiga ega va qanotlarda faol to‘p suruvchi ijrochilar nihoyatda zarur. Men bu haqda juda ko‘p bor gapirdim, ammo hozir ham shu fikrni takrorlashga tayyorman. Chunki chindan ham bizda bu borada muammoalar bor. Shunday ekan, variantlarni ko‘rib chiqishda davom etamiz», - deya Goal portaliga tayanib van Galning so‘zlarini keltiradi stadion.uz.

Муҳокама

08.11.2015

Londoning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino mavsum yakuniga yetgandan so‘ng «Manchester Yunayted» jamoasini boshqarishi mumkin.

Le10Sport tarqatgan xabarga ko‘ra, «MYu» rahbariyati portugaliyalik mutaxassisni «qizil iblislar»ga ustozlik qilishini xohlamoqda.

Klub xo‘jayinlari jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Lui van Galning jamoadagi ishi va o‘yin uslubidan qoniqish hosil qilmayapti. Shuningdek, mavsumni omadsiz boshlagan «Chelsi» Mourino bilan xayrlashishga yaqin turibdi. Bunga esa jamoaning chempionatda omadsiz ishtirok etayotgani sabab bo‘lmoqda.

Hozirda londonliklar chempionatda 12-turdan so‘ng 11 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Муҳокама