Endi Koul xayriya o‘yinida ishtirok etmaydi
08.11.2015

«Manchester United»ning mashxur hujumchisi Endi Koulning xabar berishicha, Yunisef tomonidan Devid Bekham yordami orqali bo‘lib o‘tadigan xayriya o‘yinida ishtirok eta olmaydi.
1999 yilgi Trebl sohibi buyrak og‘rig‘i hastaligiga chalindi va u jiddiy davolanishi va shuning bilan bir necha oylardan keyin o‘z sog‘ligini tiklab olishi kerak bo‘ladi.
«Men qayg‘u bilan shuni ayta olamanki 14-noyabr kuni Old Traffda Yunisef tomonidan o‘tkazilayotgan «Xayriya o‘yinida» qatnasha olmayman» deydi Koul o‘z bayonotida. Iyun oyida buyragimda bir qancha kamchiliklar topildi,virus aniqlandi, havodan tomchilari orqali yuqar ekan shuning uchun men hozirgi vaqtgacha doktorlar nazorati ostidaman».
«Kasalligimni aniqlashgan kasalxonada bo‘ldim va kasalik nomini doktorlar segment glomerulosleroz deb atashdi. Uch hafta davomida buyragimni biopsiya qilishdi shu bilan birga gemodializ va plasmoferaza ham o‘tkazildi».
«Manchester qirollik klinikasining kuchli bir guruh mutahhasislari tomonidan buyrak kasalligi uchun nazorat ostida bo‘ldim va bu vaqt ichida shug‘ullanish va ishlash imkoniyatiga ega emas edim. Tuzalishimga sabab bo‘luvchi kuchli ukollar qabul qildim, tibbiy kursdan o‘tdim».
«Alohida tashakkurimni doktor Mayk Pikton va Manchester qirollik klinikasiga aytmoqchiman,ular o‘z ishlarini juda yaxshi bajarishdi va xozirgacha tuzalishimga yordam berishmoqda. Shuningdek yana men ayolimga va ikki farzandimga kuchli sabr va daldalari uchun rahmat aytaman. Biz birgalikda qiyin vaziyatni yengdik».
«Shunga qaramasdan yaxshi xabarlarim-bu kundan kunga o‘zimni yaxshi his qilayotganim va doktorlarning aytishlaricha kelgusi bahor oyiga qadar butunlay tuzalib ketishimdir».
«Meni qo‘llab-quvvatlagan barcha muhlislarimdan minnatdorman va yana shuni aytishim kerakki men «Manchester United» jamoasidagi ish faoliyatimni davom ettiraman.
Doim meni qo‘llab quvvatlagani uchun klub ma’muriyatiga rahmat aytaman!».
LVG: Men bunga chiday olaman
08.11.2015

Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gaal muxlislardan futbolchilarni tanqid qilmaslikni so‘radi.
«Muxlislarimiz jamoa tomon qaratilgan barcha noroziliklarini futbolchilarga emas, faqat menga aytishlarini istayman.
«Manchester Yunayted» uchun o‘ynash juda qiyin, futbolchilar shundoq ham doimiy bosim ostida bo‘lishadi. Agar ular «Old Trafford» stadioni tribunalaridan o‘zlariga hushtakbozliklar qilinishiga duch kelishsa, bosim yanada ortadi.
Yaxshisi, barcha hushtakbozliklaringizni menga qarating. Men bunga chiday olaman.
Futbolchilar muxlislar uchun o‘ynashadi. Muxlislar shuni tushinishlari kerakki, ularning tanqidlari faqat raqibga foyda keltiradi», deydi van Gaal.
«Golden Boy» nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi
07.11.2015

21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga topshiriladigan «Golden Boy» ya’ni «Tilla bolakay» sovrini uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Bu haqda Fichajes.com hamda Tuttosport nashrlariga asoslanib Sports.ru xabar tarqatgan. Sovrin uchun Yevropa kuchli beshlik chempionatlaridan nomzod bo‘lgan futbolchilar bilan quyida tanishish mumkin:
APL:
Antoni Martial («Manchester Yunayted»),
Lyuk Shou («Manchester Yunayted»),
Natan Ake («Uotford»/ «Chelsi»),
Dele Alli («Tottenxem»),
Ektor Belerin («Arsenal»),
Adama Traore («Aston Villa»),
Jordon Ayb, («Liverpul»),
Kelechi Ixeanacho («Manchester Siti»),
Ruben Loftus-Chik («Chelsi»),
Divok Oriji («Liverpul»).
Bundesliga:
Kingsli Koman («Bavariya»),
Maxmud Daud («Borussiya» Menxengladbax),
Fransisko Rodriges («Volfsburg»),
Per-Emil Xeyberg («Shalke»/ «Bavariya»),
Adnan Yanuzay («Borussiya» Dortmund»/ «Manchester Yunayted»),
Maks Mayer («Shalke»).
Primera:
Anxel Korrea («Atletiko»),
Danilo Barboza («Valensiya»),
Munir El-Xaddadi («Barselona»),
Sandro Ramires («Barselona»),
Marko Asensio («Espanol»/ «Real»),
Zakariya Bakkali («Valensiya»).
A Seriya:
Rikardo Kishna («Latsio»),
Sergey Milinkovich-Savich («Latsio»),
Alessio Romanoli («Milan»).
Liga 1:
Mario Pashalich («Monako»/ «Chelsi»),
Adama Traore («Monako»),
Adrien Rabo («PSJ»).
Boshqa chempionatlar:
Jezon Denayer («Galatasaroy»/ «Manchester Siti»),
Anuar El-Gazi («Ayaks»),
Gonsalu Gedesh («Benfika»),
Alen Xalilovich («Sporting» Xixon/ «Barselona»),
Nemanya Maksimovich («Astana»),
Gaston Pereyro («PSV»),
Marko Payach («Dinamo» Zagreb),
Ruben Nevesh («Portu»),
Saymon Mozes («Gent»),
Yuri Tilemans («Anderlext»),
Tonni Vilena («Feyenord»),
Andriya Jivkovich («Partizan»).
Kin: Meni xitoylik deb atanglar
06.11.2015

Jamoaning sobiq futbolchisi va sardori Roy Kin jamoa futbolchilaridan biri Eshli Yangning YeChL doirasida «CSKA»ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi harakatlarini tanqid qildi.
«Agar Eshli Yangni «MYu» futbolchisi deb bilsalaring, meni xitoylik deb atanglar. Bu juda sharmandali hol. Tajribali futbolchilar «MYu» futbolchisiga bunday harakatlar to‘g‘ri kelmasligini tushuntirib qo‘yishlari kerak.
O‘sha vaziyatda u yiqilmadi, balki dumaladi. Bu sharmandalik. Bir yoki ikki marta bunday harakatni kechirish mumkin. Lekin u 9-10 marta shunday qildi. Yang avvalgi jamoasida ham shunday dumalardi», deydi Kin ITV Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Karrik: Eng muhimi g‘alaba
06.11.2015

Maykl Karrik bosh murabbiy Lui van Galning taktikasini qo‘llashini aytib o‘tdi. Gollandiyalik murabbiy kam gol urilayotgan va tomoshabop bo‘lmagan o‘yinda ayblanayotgan edi.
«Biz asosiy maqsad g‘alaba ekanini aytyapmizmi? G‘alaba va sovrinlar kerakmi? Albatta hujumkor o‘yin kerak, ammo buni amalga oshirish har doim ham oson emas.
Ba’zan raqib o‘n kishi bo‘lib himoyalanadi va bunday vaqtda gol urish oson emas. Hozir taktikamiz biroz boshqacha ko‘rinishda. Odamlar har doim o‘tmish bilan solishtiradilar. Murabbiylar boshqa boshqa bo‘lgach, taktika ham farq qilishi turgan gap. O‘yin tabiati shunday o‘zi.
Bizning o‘yinimiz to‘pni nazorat qilishga qaratilgan. Ammo eng muhimi bu natija keltirmoqda. Van Gal juda ham konservativ deb o‘ylamayman. Unda shunchaki boshqacha qarashlar bor. Biz 1:0 hisobida g‘alaba qozonsak bo‘lgani, odamlarda taktikani muhokama qilish niyati darhol yo‘qoladi. Eng muhimi g‘alaba», - deydi Karrik.
OAV: Messi APL kulublaridan qay birini tanlaydi?
04.11.2015

«Barselona» klubining etakchi o‘yinchilaridan biri Lionel Messi o‘zining keyingi faoliyatini ingliz futbol kulublaridan birida davom ettirishi mumkin deb xabar beradi sport.mail.ru.
Bir necha ingliz nashrlarining, shuningdek Manchester Evening News va Express, habar berishiga ko‘ra, argentinalik o‘yinchining vakillari ingliz klublari bilan o‘zaro muzokaralar olib bormoqda, Messining o‘zi esa ingliz tilini o‘rganishni boshlab yuborgan.
«Messi o‘z o‘yin faoliyatida yangi taklifga ehtiyoj sezmoqda. Oldin uning «Barselona»dan ketishi bunchalik aniq bo‘lmagan. Chunki u butun umri davomida Ispaniyada to‘p surgan va o‘zining imkoniyatlarini yangi chempionatda sinab ko‘rmoqchi. U uchun Angliyada to‘p suradigan Serxio Aguero va Sesk Fabregesalarning tajribalari muhim. U yangi mamlakatda osonroq o‘rganib ketish maqsadida allaqachon ingliz tilini o‘rganishni boshlagan» deb habar beradi Sky Sports mutaxasisi Gilem Balage.
Messiga talabgor klublar «Manchester Siti» «Manchester Yunayted» va «Chelsi». Argentinalik futbolchi uchun bo‘lgan kurashda «MYu» favorit hisoblanib, «MYu» Fair Play qoidalarini buzmasdan qimmat futbolchini egallashga moliyaviy jihatdan qodir.
Messi butun o‘yin faoliyatini «Barselonada» o‘tkazgan. Ushbu davr mobaynida kataloniya klubi bilan 25 ta faxriy unvonga ega bo‘lgan va 4 marotaba eng yaxshi futbolchi deb tan olingan.
Balagening aytishiga ko‘ra, hozirgi kunga qadar bir necha jamoalar, bular qatorida «Real Madrid» ham Messini sotib olishga harakat qilgan, ammo olib borilgan o‘zaro kelishuvlar muvofaqqiyatsiz yakunllangan, Messining o‘zi ham kataloniya jamoasidan ketishni hohlamagan. O‘tgan yili ingliz OAVlari «Barselona» va «Manchester Siti» o‘rtasida o‘zaro kelishuvlar bo‘lgani haqida habar bergandi, lekin argentinalik futbolchi Ispaniyada qolgan.
Hozirgi vaqtda Messi «Las-Palmasa»ga qarshi bo‘lgan o‘yinda tizzadan olgan jarohatidan tuzalmoqda, biroq u noyabrning ohirigacha maydonga qayta olmaydi.
Beyl uchun 90 ml. funt
04.11.2015

Jamoa qishki transfer oynasi davomida «Real Madrid» yarim himoyachisi Garet Beylni sotib olishga harakat qiladi, deya xabar bermoqda Sunday People nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, mankunianliklar uelslik futbolchi uchun 90 million funt ajratishga tayyor. Yozgi transferda tomonlar kelishuvga erisha olmagandi. O‘shanda «MYu» xatto De Xeani kelishuvga qo‘shgan edi. Bu safar De Xea transferga aralashmasligi haqida klub vitse-prezidenti Ed Vudvord ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2013 yilda «Real Madrid» Garet Beylni «Tottenxem»dan 86 million funtga sotib olib, Uels terma jamoasi a’zosini dunyodagi eng qimmat futbolchiga aylantirgandi.
Riyod Mahrez «MYu» e’tiboriga tushdi
04.11.2015

«Lester Siti» jamoasining yetakchilaridan biriga aylangan Riyod Mahrez yozda o‘z klubini tark etishi mumkin. 24 yoshli jazoirlik futbolchiga ayni damda PSJ va «MYu» klublari qiziqish bildirmoqda.
Riyod Mahrez 2014 yilda Fransiyaning «Gavra» jamoasidan 400 ming yevro evaziga «tulkilar» safiga kelib qo‘shilgandi. Uning «Lester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda jazoirlik futbolchi APLning 10 uchrashuvida maydonga tushib, yettita gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bundan avval Mahrezga «Arsenal» va «Barselona» klublari qiziqish bildirishgan.
Shirer: Runiga kichik tanaffus kerak
04.11.2015

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer «MYu» sardori Ueyn Runi kichik tanaffus olib, dam olishi kerakligini aytib o‘tdi.
«Men o‘zim Runiga muxlislik qilaman. Ammo, aytish kerakki, u hozirgi holatida dam olmasa bo‘lmaydi. Undagi uchqun so‘nib qolgan va ana shu uchqunni qaytarish uchun u kichik tanaffus olib, maydonga olov singari qaytishi kerak.
Van Gal Runini markaziy hujumchi sifatida o‘yinga tushirayotgani biroz noto‘g‘ri. Marsyal yosh va kuchga to‘la, shuningdek, u yuqori tezlikka ega. Fikrimcha, aynan Marsyal markazda o‘ynashi kerak», - Shirer so‘zlarini keltiradi The Telegraph nashri.
De Xea: «CSKA» juda iliq taassurotlar qoldirdi
04.11.2015

David De Xea «CSKA»ga (1:0) kechgan Chempionlar ligasining 4-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
– Dumbiyada yuzaga kelgan golli vaziyat haqida nima deya olasiz?
– Juda muhim vaziyat edi. Jamoa hujumga zo‘r bergandi, ammo raqibning qarshi hujumi anchagina xavfli chiqdi va biz gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Zarbani qaytarishga muvaffaq bo‘ldik, keyin esa himoyachilar to‘pni uzoqroqqa tepib yuborishdi.
– «CSKA»ning o‘yini qanday taassurotlar qoldirdi?
– «CSKA»ning o‘yini juda iliq taassurotlar qoldirdi. Tezkor qarshi hjumlar, tartibli himoya chizig‘i. Biz juda noqulay raqibga qarshi, juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik, – dedi De Xea «Match-TV» telekanali efirida.