02.11.2015

Morgan Shnayderlinning «CSKA»ga qarshi Chempionlar ligasining 4-tur uchrashuvida ishtiroki so‘roq ostida turibdi.
Fransiyalik futbolchi jamoasining bugungi mashg‘ulotida ishtirok etmagan. Shnayderlindan tashqari, mashg‘ulotda jarohatlangan yarim himoyachi Antonio Valensiya, Peddi Makneyr va hujumchi Jeyms Uilsonlar qatnashishmagan.
Himoyachi Fil Jons va hujumchi Memfis Depay shaxsiy dastur bo‘yiicha shug‘ullanishgan.
«Manchester Yunayted» – «CSKA» bahsi seshanbadan chorshanbaga o‘tar kuni tunda bo‘lib o‘tadi.
Evra: Men unga ishongandim
02.11.2015

Patris Evra sobiq ustozi Aleks Fergyuson Krishtianu Ronaldu mankunianliklar safiga qaytishiga ishonganini aytib o‘tdi.
«Yodimda, Fergyuson iste’foga chiqqunga qadar ikki hafta qolganida u bilan gaplashgan edik. U menga: «Patris, men klubda yana besh yil ishlayman», degandi.
Men esa: «Ha, boss. Keling, shunday qila qolaylik» deya javob bergandim. Men unga ishongandim. U yil o‘tgani sari yanada yoshroq ko‘rinayotgandi. Fergyuson hatto Ronaldu «MYu»ga qaytishiga 99 foiz ishonishini ham aytgandi.
Men esa: «Vau!» degandim holos. Biz u bilan YeChLda yana g‘olib chiqishni rejalashtirayotgandik.
Ammo keyin nima bo‘lganini hamma yaxshi biladi. Dunyo ag‘dar to‘ntar bo‘lsa o‘zingizni qanday his qilardingiz? Men uchun ham Fergyusonning iste’fosi shunday bo‘lgan edi», - deydi Evra.
«MYu» Xoqon Chalxanogluga xaridor
31.10.2015

Jamoa qishda o‘z tarkibini kuchaytirish uchun yana bir nechta transferlarni amalga oshirishi mumkin. Rejadagi transferlardan biri Germaniyaning «Bayer» klubi yarim himoyachisi Xoqon Chalxanogluga qaratilgan.
Turkiya matbuotida yozilishicha, «mankunianlar» yarim himoyachi uchun 29,5 million yevro taklif qilishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz Chalxanoglu Germaniya chempionatining 10 ta o‘yinida 1 ta gol urib, 1 ta golli pasni amalga oshirgan.
Depay va Uilson jamoaga yordam bera olmaydi
31.10.2015

Jamoani bir qator futbolchilari «Kristal Pelas»ga qarshi kechadigan Angliya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsni o‘tkazib yuboradi.
Yarim himoyachi Antonio Valensiya «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvda orttirib olgan to‘piq jarohatidan hali forig‘ bo‘lmagan.
Shuningdek, hujumchilar Memfis Depay va Jeyms Uilson «Midlsbro»ga qarshi bahsda jarohatlanishgan.
Eslatib o‘tamiz, «Kristal Pelas» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
RUNI: Depay va Marsyal iqtidorli yigitlar
31.10.2015

Ueyn Runi ushbu mavsum boshida jamoa safiga qo‘shilgan Antoni Marsyal va Memfis Depaylarning sha’niga iliq fikrlar bildirdi.
«Depay va Marsyal juda iqtidorli yigitlar. Ularning o‘yini kishida hayrat uyg‘otmasdan qolmaydi. Bu ikki futbolchi men va Ronalduning klubga kelgan dastlabki yillarimizni eslatib yubormoqda.
Aminmanki, ular murabbiy ko‘rsatmalariga og‘ishmay amal qilib borishsa men va Ronalduning erishgan muvaffaqiyatlarimizni takrorlashi mumkin»,- deydi Runi Goal.com internet nashriga bergan intervyusida.
LVG: Tanqid zarar yetkazmaydi
31.10.2015

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal klubning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz haqida fikrlarini bildirdi.
«Men uning fikriga qo‘shilmayman, ammo o‘zimni himoya qilmayman ham. Skoulz klub afsonasi hisoblanadi va uning o‘ziga yarasha obro‘yi bor. Ammo sen afsona bo‘lsang, klub haqida avval murabbiy bilan yoki hech bo‘lmasa o‘z do‘sting Rayan Giggz bilan gaplashib olishing lozim. Yana ijrochi direktor Ed Vudvord ham bor. Pul uchun har narsa deyaverish esa yaxshi emas.
Inglizlarda bir gap bor: «Tayoq va tosh suyagimni sindirishi mumkin, ammo gap bilan menga zarar yetkaza olmaydilar», deydilar. Ajoyib gap. Menga ham tanqid hech qanday zarar yetkazmaydi», - deydi van Gal.
Ronaldu Angliyaga qaytishi mumkin?
31.10.2015

KUN.UZ: «Real» jamoasining portugaliyalik hujumchisi Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda futbolchining do‘sti Joze Semeduga asoslanib, Talksport xabar tarqatgan.
«U Madridda juda baxtiyor. Lekin u ingliz futbolini va angliyaliklarni yoqtiradi. U faoliyati oxirigacha Ispaniyada qolmoqchi emas. Unga qolsa, «Real» bilan birgalikda APLda qatnashishni istaydi. Buning iloji yo‘q ekan, u Angliyaga qaytadi», dedi Semedu.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Semeduning o‘zi chempionship vakili «Sheffild Uensdey»da o‘ynaydi. U o‘z vaqtida Ronaldu bilan birga «Sporting» safida bo‘lgandi.
Sentyabr oyida Ronaldu «Real»ni tark etish niyatida ekani, uning «MYu»ga yoki «PSJ»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi.
Ma’lumot uchun, futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan. U «Real» safiga 2009 yilda «MYu»dan 96 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgan, ungacha Angliyada 6 yil davomida faoliyat ko‘rsatgandi.
YUNISEF tadbiri istirokchilari aniq
29.10.2015

14 noyabr kuni YUNISEF tomonidan tashkil etiladigan va «Old Trafford» da bo‘lib o‘tadigan «Bolalar uchun» tadbiri doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida Angliya va Irlandiya bira jamoa bo‘lib Jahon yulduzlariga qarshi bahsda maydonga tushishadi.
Tadbir rasmiy sayti ushbu uchrashuvda maydonga tushadigan futbolchilar ro‘yhatini e’lon qildi.
Angliya va Irlandiya jamoasi:
Murabbiy: ser Aleks Fergyuson
Tarkib: Devid Simen, Devid Djeyms, Sol Kempbell, Djon Terri, Fil Nevill, Rio Ferdinand, Djeymi Karrager, Eshli Koul, Niki Batt, Devid Bekxem (sardor), Pol Skoulz, Rayan Giggz, Maykl Ouen, Endi Koul.
Jahon yulduzlari jamoasi:
Murabbiy: Karlo Anchelotti
Tarkib: Edvin van der Sar, Kafu, Fabio Kannavaro, Alessandro Nesta, Luish Figu, Ronaldino, Patrik Vieyra, Mixael Ballak, Massimo Ambrozini, Zinedin Zidan (sardor), Rober Pires, Duayt York, Patrik Klyuyvert, Ole Gunnar Sulsher, Lendon Donovan.
Uchrashuv uchun chiqarilgan barcha biletlar sotib bo‘lingan. Faqatgina mahsus 129 funtlik biletlar qolgan holos. Ushbu bilet orqali muhlislarga bir qator qulay sharoyitlar taklif qilingan.
LVG: Valensiada jarohat bor
29.10.2015

Lui van Gal jamoa futbolchisi Antonio Valensia jarohat olganligini rasman tasdiqladi.
Ekvadorlik futbolchi “Manchester derbisi” da birinchi bo‘limida oyoq qismidan jarohat olgan va uchrashuv 81 daqiqada zaxira futbolchisiga almashtirilgan edi.
“U uchrashuvning birinchi bo‘limida oyog’idan qattiq zarba olgan edi, lekin u uchrashuvni o‘tkazishda davom etdi. Ammo u uchrashuvni so‘ngiga qadar yakunlay olmadi shi sababli zaxiradan Darmiyanni tushurishga majbur bo‘ldik” – deydi Van Gal MUTV kanaliga bergan intervyusida.
Betti jamoaning moliyaviy direktori
29.10.2015

«Manchester Yunayted» rasmiy sayti jamoaning moliyaviy direktori lavozimiga Kliff Betti tayinlanganinin e’lon qildi.
45 yoshli 2013 yildan Sportech plc kompaniyasi moliyaviy direktori va direktorlar kengashi a’zosi bo‘lib ishlagan. Shuningdek Ladbrokes plc, va Hilton Group plc kompaniyalarida ham moliyaviy ishlar bo‘yicha faoliyat olib borgan.
«Kliff jamoamizga kelgani bilan tabriklayman. U Xalqaro moliyaviy biznesda katta tajribaga ega. Janob Befi jamoaga ajoyib tarzda kirishib keta oladi» – deydi jamoaning ijrochi direktori Ed Vudvord.
Xabarlarga ko‘ra Kliff jamoaning moliyaviy holatini yanada barqaror ko‘rinishga kelishi uchun katta yordam berishi ko‘zda tutilgan.