19.10.2015

Xuan Mata Chempionlar ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Moskvaning «CSKA» jamoasiga qarshi kechadigan safar uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz diqqatimizni allaqachon Chempionlar ligasiga qaratganmiz. Bilasizmi, bu biz uchun juda muhim bo‘lgan turnir. Biz ikki o‘yindan so‘ng uch ochko to‘pladik, Moskvada bo‘ladigan o‘yin jamoa uchun xal qiluvchi bo‘lishi mumkin. «CSKA» ustidan qozonilgan g‘alaba qolgan uchta o‘yin oldidan bizga kuch bag‘ishlagan bo‘lardi.

Menga «CSKA» bilan kechgan avvalgi o‘yinda «Yunayted»ning g‘alaba golini Antonio Valensiya kiritgan, deb aytishgandi.

Biz undan buning sirini aytishni iltimos qilamiz, ahir «CSKA» bu mavsumda saralash bosqichida ham, guruh bosqichida ham o‘z uyida mag‘lubiyatga uchramagan», - deya Mataning so‘zlarini keltiradi «MYu» rasmiy sayti.

Муҳокама

19.10.2015

«Bavariya» klubi futbolchisi Tomas Myuller «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Agar Van Gal bir futbolchiga ishonsa, u haqida boshqalar qanday fikrda bo‘lishlaridan qat’i nazar uni asosiy tarkibda maydonga tushiradi. Van Gal ushlagan joyidan kesadigan murabbiy.

Bu mutaxassis menga futbolchi sifatida o‘sishga yordam bergan. Men undan minnatdorman. Van Gal intizomga katta ahamiyat qaratadi. Ba’zi futbolchilarga u oshirib yuborayotgandek tuyulishi mumkin. Shuningdek, Van Gal taktikaga ham ko‘p e’tibor beradi. Bu jihatdan u Gvardiolaga o‘xshaydi», - deydi Myuller.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Oldindan bilish imkonsiz

19.10.2015

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal Angliya chempionati doirasida «Everton» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ba’zi futbolchilar yangi jamoa o‘yiniga moslasha olmasligi mumkin. Buni oldindan bilish esa imkonsiz. U yoki bu futbolchida ko‘p kuchli jihatlar bo‘lishi mumkin, ammo buni jamoa manfaatiga yo‘naltirish kerak.
Ilgari Di Mariya va Falkao bilan ham shunday bo‘lgan edi, ularning har ikkisi ham ajoyib futbolchilar, ammo jamoa o‘yiniga moslasha olish ham kerak.

Bu o‘rinda gap faqat Memfis Depay haqida ketmayapti, har bir yangi futbolchi shunday qila olishi shart», - deydi murabbiy.

Муҳокама

Янгиликлар /

LVG: Bunga ishonish qiyin

18.10.2015

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal jamoa himoyachisi Lyuk Shou jarohatidan tuzala boshlaganini aytib o‘tdi.
«Bunga ishonish qiyin, ammo Shou har kuni biz bilan yurishni boshlab yuborgan. Bu juda ajoyib.
Lyuk tiklanish mashqlarini boshlab yuborgan, ammo bu jarayon ancha uzoq davom etishi turgan gap», - deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Lyuk Shou bir oy oldin og‘ir jarohat olgan edi. Uning oyog‘i ikki joyidan singan bo‘lib, safga qaytishi uchun 9 oy kerak bo‘lishi aytilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Errera: Runi - bizning yetakchimiz

18.10.2015

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Ander Errera jamoadoshi Ueyn Runiga yuqori baho berdi. Eslatib o‘tamiz, Ueyn Runi «Everton»ga qarshi kechgan bahsda gol kiritib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Shu bilan birga hujumchi Premer ligadagi gollari soni bo‘yicha Endi Koulga yetib olgan va bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

«Runi jamoa ravnaqi yo‘lida juda katta mehnat qildi. U «MYu» uchun ham, Angliya terma jamoasi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Ueyn - bizning yetakchimiz va ingliz futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Sardor yaxshi formada bo‘lganida butun jamoa kuchli o‘yin namoyish qiladi», - deydi Errera.

Муҳокама

Янгиликлар /

RUNI: To‘g‘ri xulosa chiqardik

18.10.2015

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Angliya chempionaida «Everton» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.

«Biz terma jamoa uchrashuvlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng yaxshi shug‘ullandik, jamoa avvalgi mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqardi.

«Gudison Park»da o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan. Hujum chizig‘ida o‘ynashni sevaman va albatta gol urishni ham.

Ha, bu yerda gol urmaganimga ancha yillar bo‘lganini bilaman. Baxtimga bugun bunga erishdim, jamoam esa uch ochkolik bo‘ldi», - deydi Runi.

Муҳокама

17.10.2015

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Joze Mourinoning «Chelsi»da yana muvaffaqqiyat qozonishiga ishonmoqda.

«O‘ylashimcha, Joze bunday og‘ir vaziyatda «Chelsi» xo‘jayini Roman Abramovichning qo‘llab-quvvatlashini istamoqda. Ba’zan senga qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lib qoladi, ammo o‘ylashimcha, Mourino bunday quvvatlashni olgan. U to‘g‘ri qaror chiqara oladi va «Chelsi»ni inqirozdan olib chiqa oladi. Albatta, bunga bir necha hafta kerak bo‘ladi, ammo unutmangki, jamoa jarohati tufayli Tibo Kurtuani yo‘qotgan.

Mourinoning bir xislatiga qoyil qolib kelganman - uning jamoasi har doim u uchun jang qila oladi. U to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak va jamoa to‘g‘ri yo‘lga qaytadi», - deydi Fergyuson.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» APL jadvalida 16-pog‘onada bormoqda.

Муҳокама

17.10.2015

«Manchester Yunayted» klubining bosh murabbiyi Lui van Gal «Everton»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Arsenal»ga qarshi o‘yindan keyingi 2 hafta juda dahshatli tarzda o‘tdi. Shu vaqt davomida klubda juda yomon kayfiyat hukmron bo‘ldi. Hamma xafa holida yuribdi. Hattoki, meni oshpazim Mayk Donnelli ham. U oshxonadagi kayfiyat yaxshi bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadigan odam.

O‘sha mag‘lubiyat haqida ko‘p o‘yladim. Futbolchilar bilan suhbat o‘tkaza olmadim. Hamma terma jamoa ixtiyoriga uchib ketdi.

Bunday holat yana takrorlanmasligi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz», - deydi Van Gal.

Муҳокама

17.10.2015

UEFA 2016/17 yilgi mavsum Yevrokuboklarning final o‘yinlari qaysi shaharlarda bo‘lib o‘tishini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 2017 yilgi YeChL final uchrashuvi Uels poytaxti Kardiff shahridagi 74 500 tomoshabinga mo‘ljallangan «Millenium» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi g‘olibini aniqlab beruvchi o‘yin esa Shvesiyaning Stokgolm shahridagi 50 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oluvchi «Frends Arena» stadionida o‘tkaziladi.

Yevropa Superkubogi uchun bahs Skopedagi «Filipp II» stadionida bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu o‘yingoh 36 400 tomoshabin sig‘imiga ega hisoblanadi.

Муҳокама

16.10.2015

Premer Liga «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyalni sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’lon qildi. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra 19-yoshli futbolchi jamoadoshi Deyli Blind, «Uotford» xujumchisi Odiona Igalo, «Tottenxem» darvozaboni Ugo Lorisa, «Vest Xem» yarim himoyachisi Dimitri Paye va «Lester» xujumchisi Djeymi Vardini ortta qoldirgan.

Bu mukofotga 2013 yil aprel oyidan buyon ilk bora «Manchester Yunayted» futbolchisi loyiq topildi. Ueyn Runi shu kunga qadar 5 marotaba ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan.

Avvlroq Marsyal Professional futbol Assotsiatsisi so‘roviga ko‘ra sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovar bo‘lgan edi. «Manchester Yunayted»  muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda esa u Xuan Matadan so‘ng ikkinchi o‘ringa ega bo‘ldi.

Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nominatsiyasida esa «Tottenxem» bosh murabbiyi  Maurisio Pochettino sazovar bo‘ldi. Nominatsiyaga nomzodlar orasida Lui van Gal ham kiritilag edi . 

Муҳокама