16.10.2015

 «Yunayted» muhlislari jamoa yarim himoyachisi Xuan Matani sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb ovoz berishdi. Bu xaqida jamoaning rasmiy sayti xabar bermoqda.

Sentyabr oyida 6 uchrashuvda ishtirok etgan yarim himoyachi 5 uchrashuvda jamoasi g‘alabasiga katta xissa qo‘shdi.

27 yoo‘li futbolchi «Sautgempton», «Sanderlend» va «Volfsburg» jamoalariga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa yana uch uchrashuvda jamoadoshlariga golli pas amlaga oshirdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra Mata 44% ovozga ega bo‘ldi, undan so‘ng 42 % bilan Antoni Marsyal, uchinchi o‘rinni esa Kris Smolling (14%) egalladi.

Муҳокама

15.10.2015

Chorshanba kuni kechqurun «Manchester Yunayted» sobiq futbolchilari Rayan Giggz va Gari Nevill Milliy futbol muzeyining “Hall of Fame” zalidan o‘rin olishdi deya xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

“Hall of Fame” zalida bundan avval ham «Manchester Yunayted» jamoasining mashhur murabbiy va futbolchilari Djordj Best, Erik Kantona, ser Bobbi Charlton, Dunkan Edvards, Denis Lou, ser Mett Basbi, ser Aleks Fergyuson, Peter Shmeyxel, Roy Kin, Mark Xyuz, Nobbi Staylz, Devid Bekxem, Pol Skoulz, Teddi Sheringem, Maykl Ouen va Krishtianu Ronaldu o‘rin olishgan edi.

Milliy futbol muzeyi Manchester shahrida joylashgan bo‘lib bu yerda barcha davrlarda futbolga o‘zining katta hissasini qo‘shgan futbol afsonalari o‘rin oladi

Муҳокама

15.10.2015

Viktor Valdesning agenti Xines Karvaxal aytishicha uning mijozi «Manchester Yunayted» jamoasini yanvarda tark etishi mumkin.

«U o‘zi qarorni qabul qilishi va o‘ziga mos jamoani tanlashi lozim. Uning o‘zi Ispaniyaga qaytib borish niyatida emas».

«Ko‘rinib turibdi, u yanvarda jamoani tar etishi mumkin. Unga o‘zini yaxshi xis qila oladigan jamoa topishimiz lozim».

«Ushbu yozda Viktorda «Valensiya» jamoasiga o‘tish uchun imkon bo‘ldi, lekin buni o‘zi istamadi».

Муҳокама

15.10.2015

Jarohat sababli 3 kunni Xelsinkidagi shifoxonada o‘tkazgan 20 yoshli «Yunayted» himoyachisi Peddi MakNeyr Manchester shahriga qaytib keldi. Bu xaqida Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Shifokorlarning taxminiga ko‘ra futbolchining jigar qismi shikaslangan. Jarohat qanchadik jiddiyligi haqida aniq ma’lumotlar aytimagan.

Xabarlarga ko‘ra, Makneyr ikki hafta davomida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Depay liboslari haridorgir

15.10.2015

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Angliyskoy Premer-ligasida to‘p suradigan futbolchilar orasida Memfis Depayning nomi yozilgan futbol liboslari ommabop  sotilmoqda. 1 iyuldan 20 sentyabrgacha bo‘lgan ko‘rsatkichlar xisobga olingan.

Ushbu statistik ko‘rsatkichlarda Yevropa jamoalarida to‘p suradigan futbolchilar TOP-10 taligi quyidagi ko‘rinishda aks etgan:

1. Lionel Messi («Barselona»)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»)
3. Memfis Depay («Manchester Yunayted»)
4. Bastian Shvaynshtayger («Manchester Yunayted»)
5. Eden Azar («Chelsi»)
6. Ueyn Runi («Manchester Yunayted»)
7. Neymar («Barselona)
8. Serxio Aguero («Manchester Siti»)
9. Aleksis Sanches («Arsenal»)
10. Filippe Koutino («Liverpul»)

Муҳокама

15.10.2015

A Bola nashri bergan xabarga ko‘ra «Manchester Yunayted» jamoasi skautlari Portugaliyaning  «Sporting» jamoasi himoyachisi Paulu Oliveyrani kuzatib borishmoqda.

Xabarda aytilishicha, ingliz jamoasi skautlari muntazam ravishda 23 yoshli futbolchining o‘yinini kuzatib kelishmoqda.

«Bu men uchun ajoyib hodisa. Mening maydonidagi hatti-harakatlarimni obro‘li odamlar kuzatib borganidan juda xursandman».

«Men bu yerda baxtliman va jamoa uchun, hamda o‘zim uchun sovrinlarni qo‘lga kiritmoqchiman», – deydi Oliveyra Antena 1 radiosiga bergan intervyusida.

Муҳокама

Янгиликлар /

Persi va Depay jajanlashdi?

14.10.2015

«MYu» jamoasining sobiq niderdandiyalik hujumchisi Robin van Persi va «MYu»ning yozgi transferlar vaqtidagi xaridi bo‘lmish boshqa bir niderlandiyalik yosh futbolchi Memfis Depay o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Goal.com nashrida xabar qilinishicha, bu janjal Niderlandiya terma jamosining Yevropa chempionati saralashi doirasida Qozog‘istonga kechgan bahs oldidan bo‘lib o‘tgan. Bunga ushbu o‘yin arafasida van Persining o‘rniga Depay asosiy tarkibga kiritilgani sabab bo‘lgan.

«Biz futbolchilar bilan bu masala bo‘yicha gaplashib oldik. bu janjal mening qarorim bilan bog‘liq emas», deya bu vaziyatga munosabat bildirgan terma jamoa bosh murabbiyi Blind.

«Men van Persi yaxshi formada emasligi uchun uni o‘yin boshidan maydonga tushirmadim. U jarohatlaridan tuzalgan.
Van Persi o‘zini hozirda to‘la sog‘lom his qilmoqda. Lekin u Qozog‘istonga qarshi safar o‘yinida 90 daqiqa o‘ynay olmasdi. U Chexiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, buni ertaga hal qilaman», deydi murabbiy.

«Men uni yuzinchi o‘yini uchungina maydonga tushirganim haqidagi gaplarda ham asos yo‘q», deya o‘z so‘zini tugatgan Blind.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Fenerbahche» a’zosi hisoblanadigan van Persi Qozog‘istonga qarshi o‘yinning 87 daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi.

Ushbu uchrashuv van Persi uchun terma jamoa tarkibidagi 100-o‘yin edi.

Муҳокама

14.10.2015

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem kelgusida rejalashtirgan ishlari haqida aytib o‘tdi.

«Biz tashkiliy jihatlari va tuzilmasi «Manchester Yunayted»dagi kabi bo‘lgan jamoa tuzmoqchimiz. Menda sobiq futbolchi sifatida bu bo‘yicha tushuncha bor va umid qilamanki yangi futbol klubi egasi sifatida ham ishlay olaman. Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda o‘z maqsadimizga erisha olishimizga ishonaman.

Men tuzilajak jamoaning murabbiyi va menejeri ishlariga aralashmayman. Shuningdek, jamoada qaysi futbolchilar o‘ynashiga ta’sir ko‘rsatmoqchi emasman.
Men murabbiyga futbolchilarni shug‘ullantirishda o‘z maslahatlarimni berib turishni ham rejalashtirmaganman. Meni faqat jamoa xo‘jayini sifatida ko‘rasiz.

Hozircha bu jamoaga nom topmadik, lekin «Mayami Vays», «Mayami Reds» va «Mayami Yunayted» variantlari taklif qilingan. Yaqin orada bir qarorga kelamiz», Devid Bekxem.

Муҳокама

Янгиликлар /

De Xea: Buni agentimdan so‘rang

14.10.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi darvozaboni David De Xea o‘zining yangi 4 yillik shartnomasida ustama puli 30 mln funt etib belgilangani bo‘yicha savollarga javob berishni istamadi.

«Bu haqda mendan emas, agentim Jorje Mendeshdan so‘rang. Shartnomaning bu jihatlari bilan u shag‘ullanadi», deydi darvozabon.

The Guardian nashri jurnalisti bu borada «MYu» rahbariyatiga murojaat qilgan va javob ololmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yozgi transferlarining so‘nggi kunida De Xeaning «Real»ga o‘tishi amalga oshmay qolgandi.

Муҳокама

14.10.2015

«Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord jamoani kuchaytirish uchun yana katta transferlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Bu xaqida Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

«Jamoani kuchaytirish uchun yangi futbolchilarni izlashda davom etadi, shuningdek yosh futbolchilarni ham asosiy jamoaga jalb qilish niyatida», - deydi Ed Vudvord.

Shuningdek Vudvordning aytishicha o‘tgan yozda jamoa 100 nafar futbolchini o‘rganib shulardan 6 nafarini jamoaga jalb qtlganini ham ta’kidladi.

Муҳокама