Янгиликлар /

Makneyr jarohat oldi

13.10.2015

Terma jamoasi tarkibida Finlandiyaga qarshi uchrashuvda «Yunayted» himoyachisi  Peddi Makneyr jaroxat oldi hamda vaqtinchalik Xelsinkida qolishga majbur bo‘ldi. Bu haqida Sky Sports nashri xabar tarqatdi.

20 yoshli futbolchi Finlandiya va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro-2016 saralash uchrashuvining 13-daqiqasida jarohat oldi va shu sababli 51-daqiqada zahiraga futbolchisiga almashtirildi.

Makneyr yakshanba kechqurun Finladiyadagi gospitalga yotqizilgan, ikki kun terma jamoa shifokorlari ko‘rigida bo‘lgan.

Муҳокама

13.10.2015

Ser Aleks Fergyuson darvozabonlar David De Xea va Manuelya Noyer jahoning eng yahshi darvozaboni ekanligini aytib o‘tdi.

«Noyer va De Xea – jahoning eng zo‘r darvozaboni, ular boshqalardan ancha farq qiladi. – Maydonda to‘p suradigan eng zo‘rlari Messi va Ronaldu, darvozabonlar o‘rtasida esa bu solishtirish David va Manuel».

Fergyuson 2011 yilda De Xeani «Old Trafford» ga olib kelgan edi. Shunadan buyon De Xea 2 bora Premer Liganing eng yaxshi darvozaboni unvoniga ega bo‘ldi. 

Муҳокама

12.10.2015

Angliya va Estoniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin Ueyn Runiga ser Bobbi Charlton tomonidan «Oltin butsi» topshirildi. Runi hozirda terma jamoa safida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi sifatida taqdirlandi.

Jarohat sababli Runi ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmadi. Uchrashuvda inglizlar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

 

Муҳокама

Янгиликлар /

SAF: Kim undan ko‘ra kuchliroq?

12.10.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson murabbiylarga ishonch bildirilishi juda muhimligini aytib o‘tdi.

«Agarda «MYu» bilan g‘alabalarga erisha olmaganimda, mening ham boshimga Arsen Vengerning kuni tushgan bo‘lardi. Ammo u muammolar yetarli bo‘lishiga qaramay, har doim o‘z g‘oyasida qat’iy turgan».

«Murabbiylarga qo‘yilayotgan bosim haqida o‘ylar ekanman, «Vengerning o‘rniga kim bo‘lishi mumkin? Kim undan ko‘ra kuchliroq?» degan savolga javob topishga harakat qilaman».

«Aynan shu sababli ham uni iste’foga chiqarmayaptilar va unga ishonmoqdalar», - deydi Fergyuson.

Муҳокама

12.10.2015

27 oktyabr kuni Londondagi Graham Budd auksionida «Manchester Yunayted» jamoasiga tegishli oltin medal sotuvga qo‘yiladi.

15 karatli medal «Yunayted» jamoasining afsonaviy darvozaboni Xarri Modjeruga tegishli hisoblanadi. Jamoaning 1907-1908 yilgi ilk chempionligi uchun berilgan ushbu maedal 25-35 ming funt atrofida baholanmoqda.

Xarri Modjer «Yunayted» jamoasiga 1903  yildan foliyatini boshlagan va jamoa tarkibida 1908, 1911 yillarda chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan.

Modjer jamoa tarkibida 264 uchrashuvda maydonga tushgan. Futbolchilik faoliyatini tugatgandan so‘ng Xarri xisobchi lavozimida ishlagan va 1927 yil 48 yoshida vafot etgan.

Муҳокама

Янгиликлар /

Roy Kin tadbirda qatnashmaydi

09.10.2015

Devid Bekxem Buyuk Britaniya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi hayriya uchrashuvida Roy Kin ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi.

«Biz uchrashuvga Royni taklif qildik, lekin u hozirda terma jamoada ishi borligini aytdi. Shuningdek bunday muammo biz tarkibda ko‘rishni istagan boshqa futbolchilar bilan ham ro‘y berdi. Royga telefon qildik, lekin u band ekan» - Bekxem so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Daily Mail nashri.

Kin ushbu tadbirda Fergyuson ham ishtirok etishi sababli taklifni rad qilgan. Sobiq ustoz shogirdning hozirdagi o‘zaro aloqalari yaxshi emas. Shu sababli Kin tadbirda ishtirok etishdan bosh tortgan bo‘lishi mumkin degan taxmin bildirilmoqda.

Муҳокама

Янгиликлар /

Shvaynshtayger jarohat oldi

09.10.2015

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi  Bastian Shvaynshtayger Germaniya terma jamoasi safida mashg‘ulot paytida jarohat oldi. Shu sababli futbolchi Germaniya va Irlandiya terma jamoalari o‘ratasidagi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

31 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasi tarkibida2-3 kun mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmaydi.

 «Bastian o‘zini qanday xis qilishiga qarab qaror chiqaramiz. Jamoa shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra u 2-3 kun dam olishi zarur ekan» - deydi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoahim Lyov.

Муҳокама

08.10.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi yosh hujumchisi Jeyms Uilson «Seltik» jamoasi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan.

The Scotsman nashrining ma’lumotiga ko‘ra, glazgo jamoasi «Old Trafford»da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan 19 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda

Eslatib o‘tamiz, ikki hafta avval «MYu» Uilson bilan shartnomani 2019 yilga qadar uzaytirdi.

Муҳокама

Янгиликлар /

Ueyn Runi haqida film

08.10.2015

BBC telekanali Ueyn Runi hayoti aks ettirilgan hujjatli filmni namoyish qildi.

Ushbu filmda Ueyn Runining maydon va maydon tashqarisidagi hayoti aks ettirilgan. Shuningdek filmda Runining turmush o‘rtog‘i Kolin ishtirok etgan.

Filmda dastlab futbolchining «Everton» dagi faoliyati so‘ngra «Manchester Yunayted» ga o‘tishi, Angliya terma jamoasida o‘tkazgan vaqtlari haqida bafsil ma’lumotlar berilgan.

Муҳокама

08.10.2015

The Mirror nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» jamoasining ashaddiy muhlisi Kris Skott afsonaviy «Old Trafford» stadioni maketini tayyorlash uchun 3 oy sarf qildi. Kris Skott ushbu maketda stadioning kichik detallarigacha aks ettirishga xarakat qilgan.

Skott ushbu makat uchun umumiy hisobda 450 soat vaqt sarf qilgan, maketning asosiy qismi oddiy gugurt cho‘plaridan tashkil topgan.

Hozirda jamoaning 41 yoshli muhlisi ishning so‘ngi bosqichlarida turibdi va maksimal darajada stadioning nusxasi aks ettirilishi rejalashtirilgan.

Муҳокама