Янгиликлар /

Runi jarohat oldi

08.10.2015

Manchester Evening News nashri bergan xabarga ko‘ra Ueyn Runi Angliya terma jamoasi tarkibida Estoniyaga qarshi kechadigan uchrashuvda maydonga tusha olmasligi mumkin ekan.

Ueyn APL 8-turida «Arsenal» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda kichik jarohat olgan va terma jamoaning so‘ngi ikki mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgan. Xabarda aytilishicha Lui van Gal xujmchi bilan bog‘lanib uning holatidan xab olgan..

Angliya futbol assotsiatsiyasi «Uembli» stadionida Estoniya terma jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda Runi sharafiga terma jamoada urgan gollari bo‘yicha amalga oshirgan rekordi uchun o‘ziga hos marosim tashkil qilib unga ser Bobbi Charlton tomonidan «Oltin butsa» topshirishni rejalashtirayotgan edi. 

Муҳокама

Янгиликлар /

Shou Karringtonga tashrif buyurdi

08.10.2015

Jiddiy jarohat olib safdan chiqqan «Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou jarohatdan so‘ng ilk bora Karringtondagi bazaga tashrif buyurdi. Bu xaqida futbolchi o‘zining rasmiy tvitterdagi sahifasida xabar berdi.

Shouning oyoq qismi ikki yoqlama singan va xozirda tiklanish jarayonlarining dastlabki bosqichlarida ishtirok etmoqda.

Shou to‘liq tiklanishi uchun qancha muddat zarurligi xozircha aniq emas. Rasmiy xabarlarga ko‘ra ushbu jarayon 6 oydan 9 oygacha davom etishi mumkin. Lyuk to‘liq mashg‘ulotlarda ishtirok etishi kelasi yilning mart oyi o‘rtalariga to‘g‘ri kelishi aytilmoqda. 

07.10.2015

«Yunayted» darvozaboni Serxio Romero Davida De Xeani asosiy tarkibga qaytganini xotirjamlik bilan qabul qilganini aytib o‘tdi.

 «Menga kerakli darajada imoniyat yaratib berishdi va bir necha uchrashuvlarda ishtirok  etdim, David shartnomasini uzaytirgandan so‘ng tarkibga to‘liq qaytdi. David o‘z o‘rniga to‘liq loyiq ekanligini isbotlab qo‘ygan. Bu holat borasida bosh murabbiy bilan gaplashib oldim va barchasini xotirjamlik bilan qabul qildim».

Муҳокама

07.10.2015

 «Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal Fransiya terma jamoasi safiga borib qo‘shildi. Fransiya OAV lari futbolchidan qisqa intervyu olishga musharraf bo‘lishdi.

«Albatta Anri – afsonaviy o‘yinchi bo‘lgan, Angliya Premer Ligasida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan, lekin hozir bizlarni solishtir mumkin deb o‘ylamayman. Terri Anri – bu Terri Anri, men esa hal ko‘p narsani isbotlashim zarur. Albatta, men uning darajasiga yetish uchun xarakat qilaman, hozircha bundan ancha uzoqdaman».

Marsyal shuningdek transfer oynasi yopilishining so‘ngi kunlarida «Yunayted» jamoasiga qo‘shilganlig xaqida ham aytib o‘tdi.

«Menga avalroq menga xech qanday takliflar ko‘rib chiqilmasligi aytilgan va men «Monako» qolaman deb o‘ylagan edim. «Yunayted» dan taklif esa juda tezlik bilan sodir bo‘ldi. Men Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida maydonga tushishni juda ham hohlar edim. Lui van Gal menga qo‘ng‘iroq qildi va onam bilan ham gaplashishga musharaf bo‘ldi. Manchesterga yetib bordim va biz o‘zaro ko‘p narsani muhokama qilik oldik va barchasi tezda hal bo‘ldi».

Муҳокама

07.10.2015

 «Manchester Yunayted» jamoasining 16 nafar futbolchisi o‘z terma jamoalari safidaga yo‘l olishdi .

Bastian Shvaynshtayger Germaniya tarkibida Irlandiya va Guruziya terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Peddi MakNeyr Shimoliy Irlandiya terma jamoasining Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida Gresiya va Filandiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarga jalb qilingan ro‘yhatga kiritilgan. Peddi xozirda term jamoa tarkibida Maykl O’Nil boshchiligida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda .  

Antoni Marsyal va Morgan Shnayderlin Fransiya terma jamoasi tarkibida «Alyans Rivera» stadionida Armeniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari mumkin.

Janubiy Amerika qita’sida esa ChJ-2018 sarash bosqichi doirasida Argentina Ekvador terma jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi. Ikki terma jamoa tarkibida ham «Manchester Yunayted» a’zolari  Antonio Valensiya va  Serxio Romero o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin. Ushbu uchrashuvga chaqiruv olgan futbolchilar orasida Markos Roxo ham bor edi, lekin futbolchi hozirda tiklanish mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani bois maydonga tushishi katta so‘roq ostida turibdi. Shuningdek Valensiya terma jamoasining Boliviya termasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ham maydonga tushishi mumkin.  

Ueyn Runi, Maykl Karrik, Kris Smolling va Fil Djons Angliya terma jamoasi tarkibida Yevro-2016 saralash bosqichi o‘yinlariga xozirlik ko‘rishmoqda. Dastlab Angliya terma jamoasi «Uembli»da Estoniya termasi bilan uchrashuv o‘tkazilsa so‘ngra Litvada mehmon bo‘lishadi.

David De Xea va Xuan Mata ham Ispaniya terma jamoasi tarkibiga jalb qilindi. Terma jamoaning Luksemburg va Ukrainiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarda maydonga tushish imoniyatiga egalar.

Italiyalik Matteo Darmian esa terma jamoasi tarkidiba Ozarbayjon va Norvegiya termalariga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Deyli Blind va Memfis Depaya Yevro-2016 saralash bosqichida qiyin ahvolda qolgan Gollandiya terma jamoasi tarkibida Qozog‘iston va Chexiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga xozirlik ko‘rishmoqda. Gollandiya terma jamoasining Fransiyada bo‘ladigan Yevro-2016 ga chiqish imkoniyatlari bugungi kunda juda past baholanmoqda.

Belgiya terma jamoasi yetakchisi Maruan Fellayni jamoasi bilan Andorra va Isroil terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

 

Муҳокама

07.10.2015

«Manchester Yunayted» jamoasi  sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem kelajakda «qizil iblislar»ni Rayan Giggz boshqarishi mumkinligi haqida aytib o‘tdi.

«Giggzda yaxshi murabbiy bo‘lishi uchun barcha hislatlari etarli. «Manchester Yunayted» muhlislari shunday murabbiy bilan faxrlanib yurishlari mumkin.

«Qachon jamoani qabul qilib oladi, fikrimcha buning ahamiyati yo‘q. Besh yildan keyinmi yoki o‘n yildan keyin?», - deydi Goal nashri Bekxem so‘zlarini keltirib.

Муҳокама

07.10.2015

«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning sobiq futbolchisi va hozirda Lui van Gaalga yordamchilik qilayotgan Rayan Giggz haqidagi fikrlarini bildirdi.

«Agar Giggz o‘z futbolchilik faoliyatini 6 yoki 7 yil avval tugatganida edi, u hozir «MYu»ni boshqarayotgan bo‘lardi. Men o‘sha paytdayoq uni o‘zimga yordamchi qilib olgan bo‘lardim va u mendan keyin jamoada bosh murabbiy bo‘lib qolardi.

U menga munosib o‘rinbosar bo‘la olardi.

Lekin men futbolchilardan muddatidan oldin o‘z faoliyatini tugatishini so‘ramayman», deydi Fergyuson o‘zi haqida ishlangan hujjatli filmda.

Муҳокама

07.10.2015

Sky Sports nashri xabar berishicha Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) «Manchester Yunayted» futbolchisi Antoni Marsyalni Premer Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deya e’lon qildi. G‘olib avgust-sentyabr oyida muhlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rov asosida aniqlandi.

So‘rovnoma final bosqichida Marsyal «Lester» yarim himoyachisi Riyad Marez va «Vest Xem» futbolchisi  Dimitri Pay shuningdek,  Bafetimbi Gomis («Suonsi»), Odiona Igalo («Uotford»), Vensan Kompani, David Silva («Siti»), Gratsiano Pelle («Sautgempton»), Djeymi Vardi («Lester»), Kallum Uilson («Bornmut»), Eshli Uillyams («Suonsi») larni ortta qoldirgan. 

19-yoshli futbolchi APL da ishtirok etgan o‘zining dastlabki 3 uchrashuvida 3 bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi shuningdek, «Sanderlend» ga qarshi o‘tgan uchrashuvning eng yahshi futbolchisiga aylandi.

PFA versiyasi bo‘yicha oyning eng yaxshi futbolchilari:

Premer Liga: Antoni Marsyal, «Manchester Yunayted»;

Chempionship: Ross Uolles, «Sheffild Uensdey»;

Birinchi liga: Djordj Monker, «Kolchester Yunayted»;

Ikkinchi liga: Grem Keri, «Plimut Argayl».

 

Муҳокама

Янгиликлар /

MYu bayrog‘i fazoga ko‘tarildi

04.10.2015

NASA astronavti Stiv Svenson «Manchester Yunayted » futbol jamoasi bayrog‘ini koinotga olib chiqdi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.
Aytilishicha, Svenson ketayotgan kema Yer orbitasini aylanib chiqqan.
Jamoaning rossiyalik muxlisi Aleksey Yakovlev Xalqaro kosmik stansiyadagi tanishlari orqali sevimli jamoasining bayrog‘ining koinotga olib chiqilishiga erishgan. Bu bilan u jamoaning har doim eng yuqorida bo‘lishiga tilak bildirgan.

Муҳокама

03.10.2015

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyati davomida faqat to‘rt nafar haqiqiy kuchli futbolchisi bo‘lgani haqidagi gapiga izoh berdi.

«Bu holatda ham OAV mening gaplarimni to‘liq holatda keltirmayapti. Agarda «Manchester Yunayted» boshqaruvida o‘tkazgan 27 yillik faoliyatimga qarasak, bir qator fantastik va buyuk futbolchilarni ko‘rasiz. Men hech qachon ular orasidan birortasini buyuk bo‘lmagan demaganman, barchasi fantastik futbolchilar edi.

Ammo men ba’zi futbolchilar o‘yin taqdirini hal qila olish iqtidoriga ega bo‘lganini gapirganman, ular - Kantona, Skoulz, Gigz va Ronaldu. Krishtianu va Messi - dunyo darajasidagi ikki buyuk futbolchi.

Shunday ekan, men hech qachon futbolchilarimni «ahlat»ga chiqarmaganman. Ularning bari buyuk bo‘lishgan. Men aytgan to‘rt futbolchi hech qachon yolg‘iz o‘zlari o‘yinni yuta olmas edilar, buning uchun butun jamoaning mehnati kerak bo‘ladi», - deydi murabbiy.

Муҳокама