SAF yana «Old Trafford» ga qaytadi
02.10.2015

14 noyabrda «Old Trafford» stadionida Buyuk Britaniya va Irlandiya afsonalaridan iborat terma jamoani hayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tishi belgilandi.
«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Buyuk Britaniya terma jamoasini murabbiy sifatida maydonga olib tushsa, Karlo Anchelotti Irlandiya afsonalari jamoasiga murabbiylik qiladi.
Ushbu uchrashuvga Devid Bekxem Buyuk Britaniya terma jamoasi sardori etib tayinlangan. Zayniddin Zidan raqib jamoasi sardori sifatida maydonga tushadi.
O‘yin hakami esa Italiyalik mashhur sobiq hakam Perluijji Kollina.
Uchrashuvga kirish kattalar uchun 20 funt bo‘lsa, 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa 10 funt qilib belgilangan.
Uchrashuvdan tushadigan mablag‘ Unicef hayriya jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.
Bilet bilan bog‘liq to‘liq ma’lumotni quyidagi saytdan bilib olish mumkin.
«Oltin to‘p» ga nomzodlar
02.10.2015

El Mundo Deportivo nashri «Oltin to‘p» ga nomzod 59 futbolchi ro‘yhatini e’lon qildi. Ushbu ro‘yhat futbolchilarning o‘tgan mavsumda ko‘rsatgan o‘yinlari asosida tuzib chiqilgan.
Ro‘yhatda «Manchester Yunayted» jamoasining 3 nafar a’zosi o‘rin olgan. Bular Ueyn Runi, David De Xea va Memfis Depay.
Eng ko‘p futbolchi Ispaniyaning «Real» va «Barselona» jamosi tarkibidan 7 nafardan. – Chempionlar Ligasi finalchisi Turinning «Yuventus» jamoasidan esa 6 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Dekabr boshlarida esa nomzodlar ro‘yhati 23 nafarga qisqaradi.

Batt jamoasi durang o‘ynadi
02.10.2015

«Manchester Yunayted» ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi yoshlar musobaqasining 2-turida «Volfsburg» jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Guruhning boqa vakillari SSKA va PSV jamoalari esa o‘zaro 0:0 durang natijani qayd etishdi.
Niki Batt boshchilikidagi jamoa birinchi bo‘limni ajoyib tarzda o‘tkazishdi. Xujumlarning birida raqib futbolchilari Markus Reshfordni jarima maydoni ichida yiqitishdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini jabirlanuvchining o‘zi aniq bajardi.
Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin biroz tenglashdi. 61-daqiqada “bo‘rilar” yoshlari darvozani ishg‘ol qilib, yakunda hisob 1:1 bo‘lishini ta’minlashdi.
«Manchester Yunayted» yoshlari 4 ochko jamg‘arib guruhda birinchi o‘rinda borishmoqda.
Yunayted: Henderson; Warren, Tuanzebe, Williams, Borthwick-Jackson; McTominay (Scott 70), Redmond (Whelan 81); Gribbin (Kehinde 71), Fosu-Mensah, Dearnley; Rashford.
Zahira: Dorrington, Boonen, Whelan, Kenyon, Diedrick-Roberts.
«Arsenal» — «MYu» uchrashuvini Teylor boshqaradi
30.09.2015

Angliya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Arsenal» hamda «Manchester Yunayted» jamoalari uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar nomi ma'lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, uchrashuv Entoni Teylor boshchiligidagi hakamlar brigadasiga topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» — «MYu» bahsi 4 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 boshlanadi.
LVG: Karrik maydonga tusha olmaydi
30.09.2015

Lui van Gal Maykl Karrik, Ander Errera va Antonio Valensiya kechagi mashg‘ulotlarda ishtirok etamaganini tasdiqladi. Ushbu futbolchilar «Volfsburg» jamoasiga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi so‘roq ostida turibti.
«O‘ylashimcha, Karrik «Volfsburg» ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Errera va Valensiya o‘zlarini qanday xis qilayotganlgiga qaram bir qarorga kelamiz. Ularda kichik jarohat bor, biz tavakkal qilishni hohlamaymiz. Oldinda uzoq mavsum kutib turibdi, shunday ekan bitta uchrashuv uchun futbolchilarni jiddiy jarohat olishlarini istamayman».
Eslatib o‘tamiz kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar vaqtida jamoaning o‘rinbosarlar tarkibi a'zolari Djeyms Uir, Donald Lav, Djosh Xarrop va Gilermo Varela ham ishtiro etishgan.
«Yunayted» va «Siti» bir vaqtda o‘yin o‘tkazadi
29.09.2015

So‘ngi 6 yilda ilk bora «Yunayted» va «Siti» jamoalari bir vaqt o‘z stadionlarida o‘yin o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa Manchester shahri Politsiyasiga katta mushkul tug‘dirishi mumkin.
Manchester Evening News nashri xabar berishicha Liga Kubogi navbatdagi bosqichi qura'asi natijasiga ko‘ra ikki jamoa ushbu bosyaichni o‘z maydonlarida o‘tkazishadi. 28 oktyabr kuni «Yunayted» «Midlsbro» jamoasini qabul qilsa, «ko‘klar» «Kristal Pelas» jamoasini sinovdan o‘tkazishadi.
Ikki jamoadan biri o‘z o‘yinini bir kun avvalga surishga rozilik bermadi. Chunki ikki jamoa 25 oktyabr kuni o‘zaro Premer ligada o‘zaro bellashadilar.
Ushbu holat shahar ma'muriyatiga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. 130 000 nafar muhlisni tartibga solish borasida shahar ma'muriyati bosh qotirmoqda.
So‘ngi bor ikki jamoa 2009 yilda bir vaqtning o‘zida o‘z maydonlarida uchrashuv o‘tkazishgan. O‘shanda «Yunayted» Liga Kubogi uchrashuvida maydonga tushgan bo‘lsa, «Siti» UeFA Kubkogida uchrashuvda ishtirok etgan.
Jons: Maydonga qaytganimdan xursandman
29.09.2015

Jaroxatdan qutilib sekin astalik bilan safga qaytayotgan Fil Jons Premer Liganing navbatdagi turida «Sanderlend» jamoasiga qarshi uchrashuvda zahiradan maydonga tushdi. 23 yoshli futbolchi yana safga qaytganidan xursand ekanligini yashirib o‘tirmadi.
«Mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi mashg‘ulotlarda biroz o‘zimni noqulay xis qildim va tezda maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, natijada shifokor tromb borligini aniqladi».
«Xozirda salomatligim joyda faqat yana avvalgi jismoniy holatiga qaytishimga biroz vaqt bor».
«Yana maydonga qaytganimdan xursandman va tez orada hammasi o‘zgacha bo‘ladi!».
Shou: Uzoq yo‘l sari olg‘a
29.09.2015

«Yunayted» himoyachisi Lyuku Shou Chempionlar ligasi guruh bosqichi dastlabki turida oyog‘ining ikki joyidan jiddiy jarohat olgan edi. Ikki marotaba operatsiyani qilingan futbolchi hozirda o‘z maxsus anjomlar yordamida xarkatlanmoqda.
Lyuk Instagram dagi rasmiy sahifasida: «Uzoq yo‘l sari olg‘a, lekin xursandman, yana o‘z oyoqlarimni xis qilmoqdaman!» deya xabar qoldirgan.
Jurnalistlar Lui van Galdan futbolchining jarohati qancha muddatda tuzalishi xaqida so‘rashganda u quyidagicha javob berdi: «O‘ylashimishcha u 6 oylar ichida sog‘ayishi mumkin, lekin avvaldan biror narsa aytish qiyin, bu uning tiklanish jarayoniga bog‘liq. So‘ngra u jismoniy holatini yaxshilashi lozim».

Uilson yangi shrtnoma imzoladi
29.09.2015

Jamoaning 19 yoshli xujumchisi Jeyms Uilson amaldagi shartnomasini 2019 yil oxirigacha va yana bir yilga uzaytirish sharti bilan imzoladi. Bu xaqida jamoaning rasmiy sayti xabar tarqtdi.
Uilson jamoaning akademiyasida faoliyatini boshlagan, aosiy tarkibda u 18 bor maydonga tushishga erishgan. Ilk bora 2014 yil may oyida «Xall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda debyutini o‘tkazib o‘sha uchrashuvda dubl qayd etgan.
Uilson yangi shartnoma borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Men 7 yoshimdan beri «Yunayted» daman, jamoa libosida xarakatlanishdan doim zavqlanaman. Mening o‘sishimga va ko‘plab tajriba ortirishimga jamoa katta yordam berdi. Jamoa bilang yangi shartnoma imzolaganimdan juda xursandman, ishonamanki uzoq yillar davomida jamoaning bir qismi bo‘lib qolaman».

Sky Sports: Shou 9 oy maydonga tusha olmaydi
23.09.2015

Sky Sports nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuku Shou shifoxonadan chiqib o‘z uyiga yo‘l olgan.
Angliya terma jamoasi a'zosi Chempionlar Ligasi musobaqasining guruh bosqichida Gollandiyaning PSV jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (2-1) jarohat olgan.
Shou avval Gollandiyada ikki marotaba operatsiya qilindi va keyinchalik Manchesterdagi gospitalga joylashtirilgan edi.
Taxminlarga ko‘ra 20yoshli futbolchi to‘liq sog‘ayib ketishi uchun 9 oy zarur ekan. Futbolchining terma jamoa safida yevro-2016 da ishtirok etishi ham katta so‘roq ostida qolmoqda.