«Old Trafford» da - 1 431 000 muhlis
23.09.2015

«Manchester Yunayted» Premer Liga jamoalari orasida uy uchrashuvlariga eng ko‘p muhlis tashrif buyurgan jamoa bo‘ldi.
Mutaxasisslar Yevropa jamoalari orasida o‘tgan mavsum asosida olib borilgan statistik tahlillar natijalarini e'lon qilishdi.
Lui van Gal boshqaruvidagi jamoa o‘yinini tomosha qilish uchun «Old Trafford» stadioniga o‘rtacha xab bir o‘yinda 75 335 muhlis tashrif buyurgan. Bu Dortmundning «Borussiya» va Kataloniyaning «Barselona» jamoalaridan keyingi uchinchi ko‘rsatkichdir.
«Old Trafford» xozirda Angliyadagi eng katta stadionlardan biri hisoblanadi. 9 yil avval stadion o‘rindiqlari 75 000 gacha yetkazilgan edi. Rejaga ko‘ra stadion o‘rindiqlari 94 000 gacha ko‘payishi belgilangan.
Yevropaning kuchli top-10 ligi quyidagicha ko‘rinishda:
1. «Borussiya» (Dortmund) – umumiy tashriflar: 1 367 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 80 463 muhlis;
2. «Barselona» - umumiy tashriflar: 1 475 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:77 632 muhlis;
3. «Manchester Yunayted» - umumiy tashriflar: 1 431 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 75 335 muhlis;
4. «Real» (Madrid) - umumiy tashriflar: 1 388 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 73 081 muhlis;
5. «Bavariya» (Myunxen) - umumiy tashriflar: 1 239 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 72 882 muhlis;
6. «Shalke 04» - umumiy tashriflar: 1 046 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:61 578 muhlis;
7. «Arsenal» (London) - umumiy tashriflar: 1 079 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 59 992 muhlis;
8. «Gamburg» - umumiy tashriflar: 905 278 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:53 252 muhlis;
9. «Marsel» - umumiy tashriflar: 1 005 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:52 917 muhlis;
10. «Nyukasl» - umumiy tashriflar: 956 823 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:50 359 muhlis;
LVG: Roxo va MakNeyr jarohat olgan
23.09.2015

Lui van Gal aytishicha Markos Roxo va Peddi MakNeyr jarohat olganliklari bois Liga Kuboki uchrashuvida «Ipsvich» jamoasiga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda maydonga tusha olishmaydi.
«Roxoning oyoq qismi paylarida biroz jarohat bor, MakNeyrda ham kichik jarohat alomatlari kuzatildi. Lyuka Shou bilan olib qaralganda jamoaning uch nafar himoyachisi maydonga tusha olmaydi. Jons zahiradan o‘rin olishi mumkin, jismoniy holati yuqori darajada bo‘lmasa ham».
Fil Jons mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda
23.09.2015

«Yunayted» himoyachisi Fil Jons Liga Kubogi doirasida «Ipsvich Taun» jamoasiga qarshi uchrashuvda ham maydonga tusha olmaydi. Futbolchi hozirda asosiy tarkib bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda.
23 yshli futbolchida Trombozning yengil ko‘rini namoyon bo‘lganligi sababli ushbu mavsumda hali maydonga tushmadi. Jamoa bosh murabbiyi Lui van Gal so‘zlariga ko‘ra futbolchi hali to‘liq asosiy tarkibda maydonga tushish uchun tayyor emas.
«Juma kuni Fil umumiy guruh bilan ilk bora mashg‘ulotlarda ishtirok etdi, shunday ekan uning tarkibga qaytishi yaqin, lekin jismoniy holatini tiklashi zarur. Maydonga tushishiga esa hali vaqt bor».
Rasman De Xea yangi shartnoma imzoladi
11.09.2015

«Manchester Yunayted» rasman David De Xea bilan yangi 4+1 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yangi shartnomaga ko‘ra De Xea «Old Trafford»da 2019 yil yoziga qadar jamoada qoladi.
24 yoshli ispaniyalik darvozabon «Old Trafford» ga 2011 yilda madridning «Atletiko» jamoasida kelib qo‘shilgan edi. Shu kunga qadar darvozabon 175 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 2013 yilda «Yunayted» tarkibida De Xea Angliya chempionlini qo‘lga kiritdi. Shuningdek so‘ngi ikki yilda jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi.
David yangi shartnoma borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Men «Manchester Yunayted» safiada yangi sahifa boshlanganimdan xursandman. «Yunayted» - ajoyib jamoa, «Old Trafford» - esa men faoliyatimni davom ettirishim uchun va o‘sishga erishishim uchun mos jamoa. Mazkur yoz men uchun ancha qiyin kechdi. Endilikda bor kuch bilan ishlashda davom etib, jamoadaoshlarim bilan muvafaqqiyat qozonish niyatidaman».
Shuningdek Lui van Gal ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Men David yangi shartnoma imzolaganidan xursandman. U – jaxoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. David yana uzoq muddat jamoa a'zosi bo‘lib qolishidan mamnunman. U yosh darvozabon hisoblanadi va u yana ancha yillar mobaynida faoliyat olib bora oladi».
De Xea yangi shartnoma imzolash arafasida
11.09.2015

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» Davida De Xea bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Ispaniyalik darvozaboning agenti Jorje Mendesh muzokara olib borish maqsadida kecha Karringtondagi bazaga tashrif buyurgan hamda Lui van Gal va jamoa rahbariyati bilan uchrashgan. Shuningdek David De Xea va uning oila a'zolari ham bazaga tashrif buyurishgan.
Darvozaboning amaldagi shartnomasi kelasi yi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sababli jamoa ijrochi direktori Ed Vudvord futbolchini jamoa tarkibida saqlab qolish niyatida. Xabarlar qilinishicha yangi shartnomaga ko‘ra futbolchi yiliga 4 million funt mablag‘ olishi ko‘zda tutilmoqda.

Darmian avgust oyidagi eng yahshi o‘yinchisi
11.09.2015

Darmian so‘rov natijalariga ko‘ra ishtirokchilarning 42% ovoziga eglik qildi, Kris Smolling 35%, Lyuka Shou esa 23% natijani qayd etishdi.
«Bu men uchun juda muhim, bu muhlislarning qarorlaridir, - deydi Matteo jamoaning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
«Muhlislarga alohida o‘z rahmatimni aytmoqchiman, men juda ham baxtliman! Shuningdek jamoada meni iliq qarshi olgan jamoadoshlarimga ham o‘z minatdorchiligimni aytmoqchi edim. Men tinimsiz ravishda ishlab jamoa g‘alabalariga o‘z xissamni qo‘shmoqchiman».
«Manchester Yunayted» rasmiylari Mateoni mukofot bilan tabriklab ushbu so‘rovnomada ishtirok etgan jamoa muhlislariga o‘z minatdorchiligini bildirishdi.

Niki Bat shogirdlari UEFA yoshlar ligasida
11.09.2015

«Manchester Yunayted» jamoasining 19 yoshlilar jamoasining UEFA yoshlar ligasi musobaqasida ishtirok etadigan tarkibi aniq bo‘ldi. Niki Bat boshchiligidagi jamoaning raqiblari Germaniyaning «Volfsburg», Gollandiyaning PSV va Rossiyaning SSKA jamoalari yoshlaridir.
«Manchester Yunayted» 19 yoshlilar jamoasining UeFA uchun yuborgan yakuniy tarkibi quyidagi ko‘rinishda:
Darvozabonlar:
Din Xenderson (Angliya, 18 yosh), Oliver Birn (Angliya, 17 yosh), Ilias Sebtaui (Belgiya, 16 yosh), Djordj Dorrington (Angliya, 18 yosh).
Himoyachilar:
Tayler Rid (Angliya, 18 yosh), Kemeron Bortvik-Djekson (Angliya, 18 yosh), Aksel Tuanzebe (Angliya, 17 yosh), Ro-Shon Uilyams (Angliya, 17 yosh), Timoti Fosu-Mensa (Gollandiya, 17 yosh), Tirell Uorren (Angliya, 16 yosh), Charli Skott (Angliya, 18 yosh).
Yarim himoyachilar:
Zakari Dirnli (Angliya, 16 yosh), Mettyu Uillok (Angliya, 19 yosh), Kallum Gribbin (Angliya, 16 yosh), Devonte Redmond (Angliya, 18 yosh), Skott Maktominey (Angliya, 18 yosh), Demetri Mitchell (Angliya, 18 yosh), Itan Gamilton (Angliya, 16 yosh), Indi Bonen (Belgiya, 16 yosh), Tosin Kexinde (Nigeriya, 17 yosh), Djeyk Kenon (Angliya, 16 yosh), Makela Fostin (Angliya, 16 yosh), Djoshua Dauti (Kanada, 18 yosh), Djeyms Dann (Irlandiya, 17 yosh), Kallum Uilan (Angliya, 16 yosh), Tomas San (Angliya, 16 yosh).
Hujumchilar:
Markus Reshford (Angliya, 17 yosh), Keyn Didrik-Roberts (Angliya, 16 yosh)
De Xea: «MYu»da ham ishlarim yurishib ketadi
09.09.2015

«MYu» darvozaboni va Ispaniya terma jamoasi darvozaboni David De Xea yevro-2016 saralash bosqichida Makedoniya termasi ustidan qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ajoyib hissiyotlar og‘ushidaman. Umid qilamanki, endi «MYu»da ham ishlarim yurishib ketadi».
«Menga bugungi madad juda zarur edi. Terma jamoadagi sheriklarimga esa gap yo‘q», — dedi De Xea.
Eslatib o‘tamiz, De Xea yangi mavsumda «MYu» tarkibidashu kunga qadar maydonga tushgani yo‘q.
Skoulzni «Yunayted» ga qaytadi-mi?
08.09.2015

The Mirror nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» rahbariyati jamoaning sobiq futbolchisi Pola Skoulzni jamoaning futbol Akademiyasiga murabbiylar shtabiga taklif qilish niyatida.
Xozirgi kunda Skoulz BT Sport telekanalida ekspert sifatida faoliyat yuritadi shuningdek The Independent nashrida o‘z mualliflik sahifasiga ega.
Jamoa rahbariyati Skoulz bilan kelisha olsa, u jamoning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bilan Chempionlar Ligasi yoshlar musobaqasida murabbiylar shtabidan o‘rin olish mumkin.
Karrik jarohat oldi
08.09.2015

Angliya Futbol assotsiatsiyasi xabar berishicha Maykl Karrik Angliya terma jamoasi yig‘inida jarohat olgan va shu sababli futbolchi Manchesterga qaytib kelgan.
34 yoshli futbolchi yevro-2016 saralash o‘yinlari doirasidagi Angliyaning San-Marino ga qarshi kechgan uchrashuvida zahira o‘rindig‘idan joy olgan edi. Jarohat sababli futbolchi bugun bo‘lib o‘tadigan Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Shuningdek, Karrik «Manchester Yunayted» jamoasi tarkibida
«Liverpul» ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda ham maydonga tusha olmasligi mumkin.
Futbolchining jarohati xaqidagi batafsil ma'lumot tibbiy tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng oydinlashadi.